7-MAVZU. Kichik Biznes Va Tadbirkorlik Sub’ektlarida Ishlab Chiqarish
Xarajatlari Va Mahsulot Tannarxi Tahlili
1-mashg’ulot
1.
Ishlab chiqarish xarajatlari to’g’risida tushuncha
2.
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar
3.
Mahsulot tannarxi kiritilmaydigan harajatlar.
1. Ishlab chiqarish xarajatlari to’g’risida tushuncha
Har bir korxona maxsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq xarajatlarni
amalga oshiradi. Maxsulot ishlab chiqarish jarayonida
sarf qilingan moddiy
resurslar (asosiy vositalar eskirishi, xom-ashyo va materiallar, yonilg’i-moylash
materiallari, extiyot qismlar va boshqa) va jonli mehnat
sarfi ishlab chiqarish
xarajatlarini tashkil qiladi.
Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va boshqa faoliyati natijasida yuzaga
keladigan xarajatlarini quyidagicha turkumlash mumkin (7.1.1-rasm):
1. Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga ko’ra:
- ishlab chiqarish harajatlari;
- noishlab chiqarish harajatlari.
2. Ishlab chiqarishda sarf etiladigan resurslar manbaiga ko’ra:
- ichki harajatlar;
- tashqi harajatlar.
3. Maxsulot ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga nisbatai:
- doimiy harajatlar;
- o’zgaruvchan harajatlar.
4. Maxsulot tannarxiga olib borilishi jihatidan:
- bevosita harajatlar;
- bilvosita harajatlar.
5. Korxonaning
umumiy ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa faoliyati
natijasida yuzaga keladigan:
- maxsulot tannarxiga kiritiladigan harajatlar;
- davr harajatlari;
- moliyaviy faoliyat bo’yicha harajatlar;
- favqulodda zararlar.
Ishlab chiqarish harajatlari bevosita ishlab chiqarish jarayoni amalga
oshirish bilan bog’liq quyidagi harajatlardan tashkil topadi:
- bevosita moddiy material harajatlari;
- bevosita mehnatga haq to’lash harajatlari;
- ishlab chiqarishga taalluqli ustama harajatlar.
Bevosita maxsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan
harajat turlari noishlab chiqarish harajatlari deb yuritiladi. Uning tarkibiga:
- maxsulotni sotish bilan bog’liq harajatlar;
- boshqaruv harajatlari;
- boshqa operatsion harajatlar va zararlar;
- favqulodda zararlar kiradi.
Ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan korxonaning o’ziga
tegishli
resurslar sarfi (masalan, fermer xo’jaligida asosiy vositalar eskirishi, xo’jalikning
o’zida ishlab chiqarilgan em-xashak, organik o’g’itlar,
asosiy podaga
o’tkazilayotgan yosh chorva mollari va boshqalar) darxonaning ichki
xarajatlarini,_tashqi mol etkazib beruvchilar va boshqa sub’ektlardan sotib olingan
resurslar uchun to’lovlar korxoananing tashqi xarajatlarini tashkil qiladi.
Qisqa muddatli davrada maxsulot hajmining o’sishiga nisbatan doimiy va
o’zgaruvchi harajatlar farq qiladi.
Doimiy harajatlar maxsulot hajmining o’zgarishiga bog’liq bo’lmay,
korxonaning ma’lum bir vaqt oralig’ida sarflashi qat’iy belgilab qo’yilgan
o’zgarmas harajatlarini ifoda etadi. Bunga asosiy
vositalarning amortizatsiyasi,
boshqaruv xodimlarining ish xaqi, sug’urta to’lovlari, telefon uchun abonentlik
to’lovi va ijara to’lovlarini misol qilib keltirish mumkin.
Doimiy harajatlarining
o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, maxsulot hajmining oshib borishi bilan bir
birlik maxsulotga to’g’ri keluvchi o’rtacha doimiy harajatlar kamayib boradi.
O’zgaruvchi harajatlar miqdori maxsulot ishlab chiqarish hajining o’sishi
yoki kamayishiga qarab o’zgarib turadi, ya’ni maxsulot hajmi o’zagrishiga
mutanosib bo’ladi. O’zgaruvchan harajatlar tarkibiga ishchilarning ish xaqi va
unga nisbatan ajratmalar,
xom-ashyo, yonilg’i-moylash materiallari, yoqilg’i va
energiya, transport harajatlari va boshqa vositalar farqi kiradi. Uzgaruvchan
harajatlarining o’ziga xos
xususiyati shundan iboratki, maxsulot hajmining oshib
borishi bir birlik maxsulotga to’g’ri keluvchi o’rtacha o’zgaruvchi harajatlarning
o’zgarishiga unchalik ta’sir ko’rsatmaydi.