Mavzu amir Temurning harbiy yurishlari va harbiy san’ati. O‘quv savollari



Download 74,59 Kb.
bet8/8
Sana12.03.2022
Hajmi74,59 Kb.
#492081
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MAVZU

Jangning birinchi davri – jangovar tartibning qanotlaridagi janglar. Boyazidning qo‘shini safardan toliqqanidan foydalanib, Sohibqiron birinchi bo‘lib engil otliqlar bilan zarba berdi, keyin esa o‘ng qanot avangardining serblarning qatoriga qilgan hujumi muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. SHundan keyin butun o‘ng qanot jangga kiritildi va serblarning qatorlarini chap qanotdan va front ortidan o‘rab oldi, lekin serblar ayovsiz qarshilik ko‘rsatishda davom etdilar. CHap qanot avangardi boshida muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi, chunki 18 minglik yollangan totor otryadlari Amir Temur tomoniga o‘tdi. Boyazidning o‘g‘li Sulaymon qo‘mondonligidagi turk qo‘shinining o‘ng qanoti chekinishni boshladi. SHu paytda Amir Temur, serb ritsarlarini turklarning asosiy kuchlaridan ajratib qo‘yish uchun ikkinchi chiziqdagi qo‘shinlarni jangga kiritdi, lekin serblar yorib o‘tishga va yanicharlar otryadi bilan birlashishga muvaffaq bo‘ldilar.
Jangning ikkinchi davri – Amir Temur qo‘shini tomonidan turk qo‘shinining asosiy kuchlarini qurshovga olinishi.
Amir Temur zaxirani jangga tashladi, u turklarning asosiy kuchlarini qurshovga ola boshladi. Serb ritsarlari g‘arb tomonga chekina boshladi. Amir Temur qo‘shinlari yanicharlarni qurshovga olishni osonlik bilan oxiriga etkazdilar, ularni yanchib tashladilar, Boyazidni esa asirga oldilar.
Jangning uchinchi davri – turk qo‘shinlarining qolgan­qutganlarini ta’qib qilish.
Sulaymon qo‘mondonligidagi turk qo‘shinlarining qolgan­qutganlarini ta’qib qilish uchun Amir Temur 30 mingta jangchini ajratdi, ularning 4 mingtasi otlarda beshinchi sutkada Brussaga etib keldi. Sulaymon o‘zining kichik bir otryadi bilan kemalarga o‘tirib suzib ketishga zo‘rg‘a ulgurdi.
Jangning to‘rtinchi davri – Kichik Osiyoning g‘arbiy O‘rta Er dengizi qismini bosib olinishi. Sulton Boyazidning asosiy kuchlarini tor­mor etganidan keyin Amir Temur qo‘shini turk qo‘shinlarining qolgan­qutganlarini ta’qib qildi va Kichik Osiyoning O‘rta Er dengizi qirg‘oqbo‘ylariga chiqdi.
Ko‘pgina shaharlar va qal’alar jangsiz taslim bo‘ldi. Faqat Smirna shahrida yashayotgan xristianlar qarshilik ko‘rsatishga qaror qildilar. Dekabr oyida qal’ani qamal qilish boshladi. Buning uchun qamal qilish, olov va tosh uloqtiruvchi qurollar yig‘ildi. Dengiz tomonidan bo‘ladigan hujumni qaytarish, kemalardan himoya qilish uchun yog‘ochdan to‘siqlar qurildi. Qal’a himoyachilari qat’iy qarshilik ko‘rsatdilar. Amir Temur er ostidan yo‘l qazishni buyurdi. Qamal qiluvchilar tez­tez bir birlarini almashtirib qazib turdilar. Er ostidan qazilgan yo‘l tayyor bo‘lganidan keyin uning ichiga neftga pishitib olingan o‘tinlar yoqildi. Buning natijasida qal’a devorlari qulab tushdi va jangchilar qal’aga bostirib kirdilar. Smirnaning egallanishi bilan Kichik Osiyoga uyushtirilgan harbiy safar tugadi.
Kichik Osiyoga uyushtirilgan harbiy yurish va Anqara jangi natijalari bo‘yicha harbiy san’atning rivojlanishiga qo‘shilgan hissa quyidagilar:
Sohibqiron urushni boshlash uchun qulay vaqtni tanladi. U o‘zining janubiy qanotiga Misr tomonidan berilish ehtimoli bo‘lgan zarbani bartaraf qildi.
Amir Temur o‘zining mohir va tezkor manyovrlari tufayli dushmanga o‘z irodasini singdirib, uni manfaatli marrani tark etishga majbur qildi.
Amir Temur qo‘shini ortidan quvg‘in qilish, asosini piyodalar tashkil etgan turk qo‘shinini juda holdan toydirdi.
Jang uchun qulay pozitsiya tanlandi.
Amir Temur qo‘shinining jangovar tartibi qudratli zaxirani ajratgan holda kuchli qanotlardan tashkil topdi.
Anqara jangi o‘rta asrlar tarixidagi yirik janglar bilan bir qatorda turadi.
Jangning oqibatini qanotdan berilgan zarbalarni markazdan faol harakatlar bilan birga olib borilganligi, zaxirani o‘z vaqtida jangga kiritilganligi va undan keyin turk qo‘shinlarining asosiy kuchlarini qurshab olinishi hal qildi
Turklar bilan urushda Amir Temur qamrab olish negizini yaratdi. SHu negizlarga tayanib, u o‘zining front ortini ishonchli ta’minladi va turk qo‘shinlarini ajratib qo‘ydi. Sohibqiron dushmanni va joyni razvedka qildi, vaziyatni to‘g‘ri aniqladi, maqsadlarni belgiladi, harbiy harakatlarning rejasini tuzdi, strategik tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va dushman kommunikatsiyalarini kesib qo‘ydi. Turk qo‘shinidagi noroziliklar va jangchilari turli xil qabilaga mansubligidan foydalanib, u dushmanni o‘zi uchun o‘ta noqulay sharoitlarda jang olib borishga majbur qildi.
«Temur tuzuklarida» ushbu jangning operativ­taktik chizmasining ahamiyati quyidagicha ta’kidlanadi: «SHunday qilib, men Boyazid bilan jangga kirishdim. O‘ng qanotning qo‘mondoni Mirzo Mironshohga turk sultoni qo‘shinining chap qanotiga, mening qo‘shinimning chap qanotini boshqarayotgan Mirzo Sulton Mahmudxonga va amir Sulaymonga–dushmanning o‘ng qanotiga hujum qilishni buyurdim. O‘ng qanot zaxirasi qo‘mondoni Mirzo Abubakir tepalikda joylashgan Boyazid qo‘shinining asosiy qismiga hujum qilish vazifasini oldi, men esa o‘zimning jangovar qismim va saralangan jangchilarimni olib to‘g‘ri janggohga kirdim. Uning qo‘shini birinchi hamla paytidayoq uloqtirib tashlandi; sulton Mahmudxon mag‘lub bo‘lganlarni ta’qib qilishga tashlandi va Boyazidni asirga olib mening chodirimga olib keldi». Anqara yaqinidagi jangda har ikkala tomondan dunyoning eng yaxshi piyodalari hisoblangan usmoniylar piyodalari, jahonning eng kuchli otliqlari hisoblangan Amir Temur otliq askarlari bilan to‘qnashdi. Usmoniylarning piyodalari Amir Temur otliq armiyasi oldida ojizlik qildi. Bu g‘alaba Sohibqironning sharafli harbiy san’atining eng yuqori cho‘qqisi bo‘ldi.
Amir Temurning harbiy san’ati haqida gap borganda, uning armiyasidagi taktika va strategiya qat’iyligi bilan ajralib turishini alohida ta’kidlab o‘tmasdan bo‘lmaydi. Bu kurashning strategik asoslarini faol hujumkor harakatlar va urush olib borishning usullari va shakllarini chuqur bilish tashkil etdi.
Amir Temur o‘z qo‘shinini taktik jihatdan saflashga ijodiy yondashib, kerak bo‘lgan vaqtlarda jangovar tartibga o‘zgarishlar kiritdi. 1391 yil iyundagi To‘xtamish bilan bo‘lib o‘tgan jangda Amir Temur qo‘shini markazdan, ikkala qanotlardan, avangarddan, arergarddan va qanotlarni qo‘llab­quvvatlab turuvchi ikkita qismlardan tashkil topgan edi, lekin har bir qanot o‘zining avangardiga ega bo‘ldi, markaz esa avangard va zaxira bilan kuchaytirildi. Arergard­zaxiraga Amir Temurning o‘zi qo‘mondonlik qildi. Uning pozitsiyasi markazning shundoq ortida joylashdi va qaerga yordam kerak bo‘lib qolsa, o‘sha yoqni qo‘llab­quvvatlashga doimo tayyor turdi.
Buyuk Sohibqiron harbiy san’atida tezkorlik manyovr taktikasi muhim ahamiyatga egadir. Amir Temur, mana shu doimo uni mag‘lubiyatlardan asragan va g‘alabaga etaklagan marsh­manyovrlarning ustasi edi.
Amir Temur jang maydonida to‘liq ustunlikni qo‘lga kiritish uchun taktik darajada tez­tez o‘z qo‘shinini manyor qilib turdi. Amir Temurda jang davomida kerakli joyda kerakli vaqtda etib kelish qobiliyati bor edi. Bu hammasi unga to‘g‘ri va o‘z vaqtida qaror qabul qilishga va o‘z buyruqlarini bajarilishini nazorat qilishga imkon yaratdi.
Shu bilan birga, Buyuk sarkarda, urushda muvaffaqiyatga erishishda hamda strategik va operativ­taktik rejalarni amalga oshirishdagi muhim omil, armiyaning qattiq markazlashgan boshqaruvida deb hisobladi. Markazlashgan boshqaruvning ma’nosi–armiyaning hamma qismlari yagona qo‘mondonlikka bo‘ysunishidadir. hamma amirlar bosh qo‘mondonga bo‘ysungan edilar va o‘z majburiyatlarini aniq bajardilar. «Eskadron boshliqlariga men buyruqlarimni o‘ta aniqlik bilan bajarishni buyurdim. Boshliq yoki oddiy jangchi agarda mening topshiriqlarimni bajarishdan bosh tortsa yoki uni buzsa qattiq jazoga tortdim» – deb yozilgan edi «Temur tuzuklarida».
Amir Temur taktika va strategiyani ishlab chiqqan buyuk sarkardalardan biridir. U bahssiz donishmand davlat arbobi sifati va iste’dodli sarkardalikni o‘zida mujassam etgan, o‘z zamonasining muvaffaqiyatli va kuchli harbiy boshlig‘i edi.
Amir Temurning tarixiy buyukligi, unga tarixning o‘zi tomonidan yuklatilgan bir qator burchlarni bajarganligidadir.
Birinchi burch – O‘rta Osiyo hududini yagona markazlashgan davlatga birlashtirish.
Ikkinchi burch – Amir Temur tomonidan Oltin O‘rdaning tor­mor etilishi bo‘lib, shundan keyin cho‘l davlati o‘zining avvalgi qudratini tiklay olmadi. Bu o‘z navbatida uning hokimiyatini rus knyazliklari ustidan kuchsizlanishiga va birlashgan Moskva Rusini mo‘g‘ullar zulmidan to‘lig‘icha ozod bo‘lishini tezlashtirdi.
Uchinchi burch – Amir Temurning 1402 yilda Anqara yaqinida usmoniylar sultoni Boyazidning ustidan qozonilgan g‘alabasi bilan bog‘liq. Usmoniylar davlati armiyasini tor­mor etib, Amir Temur shu bilan uni kichik davlatlarga bo‘lib tashladi. Bu davlatning yana yagona bir davlatga birlashishiga uzoq 50 yil talab qilindi.
Mana shu yarim asrlik davr SHarqiy va Markaziy Evropa xalqlari uchun juda muhim bo‘ldi. U usmoniylarning g‘arbga ekspansiyasini yarim asrga kechiktirdi. Mana shu vaqt mobaynida Evropaning tarqoq davlatlari o‘z qudratlarini ancha mustahkamlab oldilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov, 1996 yil 18 oktyabrda Temuriylar tarixiy muzeyining ochilish marosimida so‘zlagan nutqida, «Amir Temurning o‘chmas xizmatlari, uning bosqinchilarga qarshi turib, ularga uzil kesil zarbalar berganligida, Turkiston erida tarqoq o‘lkalarni va xalqlarni birlashtirib, ozodlik bayrog‘ini baland ko‘targanligida va qudratli markazlashgan davlat barpo etganligidadir»–deb ta’kidlagan edi.
1996 yil 26 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi «Amir Temur» ordenini ta’sis etish to‘g‘risida Qonun qabul qildi.

«Amir Temur» ordeni
Bu orden bilan davlatchilikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun, arxitekturani, adabiyot va san’atni, shu jumladan harbiy san’atning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari taqdirlanadilar. Bundan tashqari ushbu orden bilan xalqlar o‘rtasida do‘stlikni, davlatlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shgan shaxslar ham taqdirlanadilar.
Download 74,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish