Mavzu: Olimpiya kongressi va xalqaro olimpiya dolzarb muammosi.
Reja:
Kirish.
I. Xalqaro sport va Olimpiya harakatining vujudga kelish sabablari.
1.1. Milliy Olimpiya Qo‘mitasi tashkil etilishi.
II. Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi va uning xartiyasi.
2.1. Milliy Olimpiya Qo‘mitasi tashkil etilishi va uning
prezidentlari.
III. Olimpiada kongresslari va hozirgi davr muammolari.
3.1. Olimpiada kongresslari va hozirgi davr muammolarini hal etish.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Bir yarim ming yillar davomida Olimpiya ko‘milgancha qoldi va 1824 yildagina ingliz arxeologi lord Stankof Alfiy soxillarida birinchi qazilma ishlarini boshladi va antik davr Olimpiyasi rejasini tuzdi. Bu esa o‘z navbatida Olimpiya O‘yinlarining qayta tug‘ilish g‘oyasini rivojlantirishda turtki bo‘ldi.
1859 yili grek armiyasi mayori yevangelis Tappas ikki marotaba o‘tkaziladigan, lekin milliy va halqaro musobaqalarga aylanmagan panellin «Olimpiyada»sini (boshqa davlatlar ishtirokisiz) tashkil etdi. Faqatgina XIX asr oxirida zamonaviy Olimpiya harakatlari yilnomasida ilk satrlar o‘z aksini topdi.
Ma'lumki, ko‘pgina davlatlarda sport tashkilotlari, klublar yuzaga keldi, xalqaro sport tashkilotlari tashkil etildi, bu yesa o‘z navbatida fransuz jamoatchisi P'er de Kubertenning zamonaviy Olimpiya o‘yinlarini tiklash g‘oyasini hayotga tatbiq etishda asos bo‘lib xizmat qildi. Fransuz huqumati topshirig‘iga ko‘ra 1889 yili Kuberten yoshlarni jismoniy tarbiyalash borasida tajribalarni o‘rgangan, qator davlatlarning ta'lim muasasalarida sportga o‘rgatish uslubiyati bilan qiziqqan.
Faol, noodatiy tashkilotchilik qobiliyatlariga ega P'er de Kuberten 1859-1889 yildagi musobaqalarni o‘tkazish borasida greklarning omadsiz urinishlarini hisobga olib, Olimpiya harakati xalqaro xarakterga ega bo‘lish maqsadida bir qator davlatlarning nufuzli sport jamoatchilarini Olimpiya o‘yinlarini tashkil qilishga jalb yetishga qaror qiladi. U yevropa bo‘ylab sayohat qiladi, Olimpiya g‘oyalari tarafdorlari bilan uchrashadi, munosabatlar o‘rnatadi, 1892 y 25 noyabrda vataniga qaytgach, Sorbonnada o‘zining mashhur ma'ruzasi - «Olimpiya Renessansi»ni o‘qiydi. P'er de Kuberten Olimpiya tarafdorlarini to‘playdi va 1894 yil 23 iyunda Sorbonna majlislar zalida uchrashuv uyushtirib, 12 davlatdan kelgan 72 vakillar qarshisida Olimpiya o‘yinlar va Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasini tashkil etish taklifini bildirgan.
Zamonaviy Olimpizm g‘oyalari fransuz jamoat arbobi baron P'er de Kuberten tomonidan 1894 yil Parijda o‘tkazilgan Xalqaro Atletlar Kongressida ilgari surilgan va 1894 yil 23 iyunda Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi tashkil etilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |