40 ming chavandozlardan iborat 14 ta bo‘linmaning saflanish tartibi.
Agar g‘animning armiyasi qirq ming kishidan oshsa, unga qarshi Amir Temurning o‘zi qo‘shinni boshlagan. Bu vaqtda uning qo‘shini jangni olib borish uchun quyidagi tartibda bo‘lingan: qirqta otryaddan tashkil topgan armiyadan u o‘n ikkita otryadni tanlagan va ularga ajralib turuvchi belgi (tamg‘a) bergan; ular qirqta aymoqlarga bo‘lingan. Ulardan eng saralangan o‘n ikkitasi birinchi jangovar chiziqni, qolgan yigirma sakkiztasi esa –ikkinchi va uchinchi chiziqlarni tashkil etgan. O‘g‘illari va nabiralari qo‘mondonligidagi qo‘shinlar o‘ng qanotning oldiga, qarindoshlari va ittifoqchilari boshchiligidagi qo‘shinlar – chap qanotning oldiga saflangan. Bu hamma qo‘shinlar zaxirani tashkil etgan va qaerga yordam kerak bo‘lsa o‘sha erga etib kelgan.
Oltita aymoq o‘ng qanotning asosini yoki ikkinchi chizig‘ini va bittasi – uning avangardini tashkil etgan, shuncha aymoqlar, xuddi shu tartibda chap qanotning asosini tashkil etgan; ikkinchi chiziqning ikkala qanotlari oldida birinchi, shu tartibda va shuncha sondagi aymoqlar birinchi chiziqning fronti ortida shuncha aymoqlardan iborat, tajribali qo‘mondonlar va jasur jangchilardan iborat katta avangard qo‘yilgan; bu avangardning oldida, o‘zining shaxsiy avangardi hisoblangan yana bitta aymoq, dozor va raz’ezdlar sifatida ikkita engil qo‘shin otryadi joylashgan, ular armiyani to‘satdan beriladigan zarbalardan himoya qilgan va dushmanni kuzatgan.
Engil qo‘shinlar va ilg‘or avangard jangni boshlagan; bosh avangardning boshlig‘i ularni kuchaytirgan va o‘z qo‘shinlarini jangga kiritgan, agar yordam kerak bo‘lsa birinketin jangga birinchi, keyin ikkinchi chiziqni kiritib hujumni kuchaytirgan. Agar bu yordam ham etarli bo‘lmasa, unda o‘ng va chap qanot zaxiralari, ya’ni Amir Temurning o‘g‘illari, nabiralari, qarindoshlari va ittifoqchilari boshliq qo‘shin jangga kirgan.
Ularning asosiy vazifalari, dushmanga talofat etkazishdan iborat bo‘lib, g‘animning bosh qo‘mondoniga va uning bayrog‘iga e’tiborni qaratishlari, uni asirga olishlari va bayrog‘ini ag‘darib tashlashlari kerak edi. Agar bu urinishlar ham g‘alaba keltirmasa, unda qo‘shinning qolgan qismi jangga kirgan va qat’iy hujumni amalga oshirgan.
SHunday qilib, kuchlarni oshira borib ketmaket zarbalarni berib, Amir Temur qo‘shini dushmanni holdan toydirgan, kuchli zahiralar esa dushmanni tormor etishni oxiriga etkazgan.
Amir Temur tuzgan qo‘shin o‘zining tashkiliyshtat tizimi bo‘yicha CHingizxonning qo‘shini tizimiga yaqin bo‘lsada, quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turgan:
Amir Temur armiyasi xalq lashkarlari hisoblansa ham, CHingizxon davrida bo‘lgani kabi umumiy xarakterga ega bo‘lmagan.
CHingizxon davrida qo‘shinning asosini ko‘chmanchilar tashkil etgan. Amir Temur davrida ko‘chmanchilar otliqlar va kamonchilarni etkazib bergan. Lekin shu bilan birga o‘troq aholi ham qo‘shinning katta qismini tashkil etgan. SHunday qilib, harbiy xizmatga chorvadorlar bilan birga, urushlarning teztez bo‘lib turishi va ko‘lamining oshganligi munosabati bilan dehqonlar, hunarmandlar va o‘troq aholining boshqa toifalari ham chaqirilgan.
Amir Temur qo‘shinida armiyaning asosini tashkil etgan otliqlar bilan birga piyodalar ham katta rol o‘ynagan. CHingizxon davrida to‘laqonli piyodalar bo‘lmagan.
Amir Temur SHarqda birinchilardan bo‘lib armiyasiga artilleriya qurolini (ra’d) kiritdi. YAngi turdagi o‘q otar qurolining joriy etilishi artilleriya bo‘linmalarini yaratishga imkon berdi. To‘pchilar (ra’dandozlar) soni bir necha ming kishiga etdi. Artilleriya orudiyalari dushmanning tirik kuchlari va texnikasini tormor etish hamda qal’alar va sitadellarni qamal qilish uchun mo‘ljallangan. Ular qamal chizig‘ining o‘ta muhim uchastkalarida o‘rnatilgan.
Tog‘li joylarda mohirlik bilan harakatlanuvchi maxsus piyoda qo‘shinlar tashkil etilgan.
Amir Temur jangovar tartibini mohirlik bilan tuzgan va ularni chaqqonlik bilan manyovr qilgan, dushman qanotlariga va front ortiga otliqlar bilan kutilmagan zarbalarni bergan, vaziyatdan kelib chiqib o‘z qo‘shinini to‘qqiz va etti qismlarga (qo‘lga) bo‘lgan.
Armiyada ayollardan tashkil etilgan qismlar joriy etilgan bo‘lib, ular jang paytida erkaklar bilan bir safda turganlar va shonshuhrat va jasorat namunalarini ko‘rsatganlar.
Amir Temur armiyasi safiga Movarounnahrdan, DashtiQipchoq, Xuroson, Eron, Badaxshon, Mo‘g‘uliston, Mazandaron va Jetedan olib kelingan jangchilar kirganlar.
Qo‘shinni yig‘ish va ta’minlash. Qo‘shinni boshqarish. Amir Temur qo‘shinida to‘xtovsiz takkomillashib borayotgan muntazam armiyaning ko‘pgina xususiyatlari mujassamdir: qo‘shinning aniq soni, jangovar tartib (yosol) belgilangan.
Kavaleriya qismlari ko‘p hollarda bir birlaridan nafaqat kiyimboshlari, bayroqlari va anjomlarining ranglari bilan, balki otlarining rangi bilan ham farq qilgan. Bunday farq qilishlik jang paytida qo‘shinni boshqarishda katta rol o‘ynagan. Dushmanga nisbatan ustunlik, otliqlarning yuqori harakatchanligi va Amir Temur tomonidan ularni mohir manyovr qilinishi bilan ta’minlandi.
Turli usullar bilan dushmanning mudofaa tizimini yakson etish, g‘animning yirik va yaxshi mustahkamlangan ob’ektlariga to‘satdan hujum qilish, dushman tomonining hukmdorlari va taniqli harbiy boshliqlarini asirga olish, qurshab olingan shaharqal’alarni uzoq vaqt qamal qilish, birmabir qishloqlar, tumanlar, shaharlar va viloyatlarni zabt etish, dushmanni to‘liq tormor etilgunigacha ta’qib etish, zabt etilgan hududlarni boshqarish uchun o‘zining sodiq kishilarini tayinlashdek strategik maqsadlarni ketmaket amalga oshirish Amir Temurga ko‘plab g‘alabalar keltirdi.
Harbiy ishni rivojlantirishdagi uning qo‘shgan katta hissasi, butkul yangi ko‘rinishdagi kavaleriya qismlarini (kunbul, kumbul) joriy etgani bo‘lib, u nafaqat o‘z qanotlarini himoya qilish uchun, balki dushman qanotlarini aylanib o‘tish va front ortiga zarba berish uchun ham belgilandi.
Otliq qo‘shin armiyaning zarbdor qismini tashkil etgan va engil va og‘ir otliqlarga bo‘lingan. YOylar, o‘qdonlar, qilichlar bilan qurollangan engil otliqlar razvedka bilan shug‘ullanganlar, qo‘riqlov xizmatini olib borganlar va kerak bo‘lgan hollarda dushmanning ilg‘or otryadlariga qarshi jangga kirganlar.
Saralangan jangchilar va zodagonlardan tuzilgan og‘ir otliqlar dushmanning asosiy zarbdor kuchlariga qarshi jang olib borgan. Chavandozlar nayza, dubulg‘a, zirh, qilich, yoy, o‘qlar solingan sadoq bilan qurollanganlar.
Harbiy yurishdan oldin Amir Temur odatda harbiy kengash (mashvarat) chaqirgan, unda harbiy boshliqlar, beklar va amirlar ishtirok etganlar. Davlatning turli qismlaridan, Oliy Bosh Qo‘mondonning ad’yutanti (tavachi) etkazgan maxsus buyruqqa (muchalkaga) binoan qo‘shin yig‘ilgan. Jangchilarni yig‘ishdan tashqari tavachilarning majuriyatlariga qo‘shinni joylashtirilishini, uning harakatlanishi va jangovar tartibini nazorat qilish ham kirgan.
Amir Temur o‘z qo‘shinini, jangni olib borish uchun hamma kerakli narsalar bilan ta’minlanishiga, lagerlarda joylashishiga alohida e’tibor bergan.
Sohibqironning buyrug‘iga binoan viloyatlar hukmdorlari, tumanlar va shaharlar beklari, qal’alar boshliqlari (darug‘a) ro‘yxat bo‘yicha ko‘rsatilgan muddatda o‘z qo‘shinlari, anjomlari, oziqovqatlari bilan oldindan ko‘rsatilgan erga (miod eri) etib kelganlar.
To‘xtamishga qarshi DashtiQipchoqqa harbiy yurishni uyushtirishdan oldin (1390–1391) Amir Temur o‘zining o‘rinbosarlariga qo‘shinni uzoq davrga etadigan oziqovqat, qurolyarog‘ va boshqa kerakli narsalar bilan ta’minlashga buyruq bergan. har bir jangchi bitta yoyga, o‘ttizta o‘qqa, bitta kamondonga, bitta qalqon va bitta zaxira otga ega bo‘lgan. Safar chog‘ida har o‘nta jangchiga bitta chodir, ikkita belkurak, kirka, o‘roq, arra, bolta va yuzta igna berilgan.
Har bir jangchi bundan tashqari o‘zi bilan arqon, teri va qozon olib yurgan. Oddiy jangchilar safar chog‘ida o‘n sakkiz kishiga bitta chodir olib yurganlar. Ularning har biri yonida ikkita otni etaklab yurgan, o‘zi bilan yoy, zirh, qilich, o‘qdon, qop, o‘nta igna, bolta, arra va teridan tikilgan qop olib yurishi kerak bo‘lgan.
Jangchilar chodirlarda beshtadan bo‘lib joylashganlar. Ko‘zda tutilgan ta’minot bo‘yicha ularning har biri dubulg‘a, zirh, qilich, yoy, o‘qdon va ot bilan ta’minlangan. O‘n begi alohida chodirga joylashgan. U zirh, qilich, yoy, kamondon bilan qurollangan. U o‘zi bilan beshta qo‘shimcha otni olib yurish huquqiga ega bo‘lgan.
Yuz begiga ham alohida chodir berilgan. Uning qurolyarog‘larini qilich, yoy, zirh, o‘qdon, gurzi, to‘qmoq va kolchugalar (simdan tayyorlangan halqachalarni bir biriga o‘tkazib to‘qilgan ko‘ylak) tashkil etgan. Yuz begiga qo‘shimcha o‘nta ot berilgan.
Ming begi chodirdan tashqari soyabonga ega bo‘lib, qurolyarog‘lari nayza, qilich, o‘qyoy, dubulg‘a, zirh (chax, oroyna), kolchugalardan iborat bo‘lgan.
Piyodalar harbiy yurishlar paytida qilich, yoy va kerakli sondagi yoyning o‘qlari bilan qurollanib harakatlanganlar.
Qo‘shin bilan birgalikda bir joydan ikkinchi joyga qassoblar, oshpazlar, qovurilgan va qaynatilgan go‘sht sotuvchilar, novvoylar, arpa, meva sotuvchilar ko‘chib yurganlar. Jangchilarga ko‘chma hammomlar xizmat ko‘rsatgan. YUrishlarda nafaqat jangchilar, balki qo‘shinga xizmat qiluvchi ko‘psonli ma’muriyat ham ishtirok etgan. Bu erda temirchilar, qurolsozlar, duradgorlar, teriga ishlov beruvchilar, er qazuvchilar, xo‘jalik ishlarini bajaruvchilar va boshqalar bo‘lgan. Amir Temur qo‘shini safarlarida harakatlanayotgan jangovar qo‘shin korpusi ortidan yirik qurolsiz omma harkat qilgan.
Qo‘shinni yig‘ish to‘g‘risidagi qaror chiqqanidan keyin, jangchilar o‘z oilalari, anjomlari, oziqovqatlari bilan birgalikda belgilangan joyga etib kelganlar. Lagerning (o‘rdagohning) markazida Oliy Bosh Qo‘mondonning stavkasi joylashgan bo‘lib, turlituman qismlar va birlashmalarning chodirlari–oddiy jangchilarning chodirlaridan tortib yirik harbiy boshliqning chodirigacha bo‘lgan, har bir kishi o‘zining joylashgan joyini juda yaxshi bilgan.
Lagerda Oliy Bosh Qo‘mondonning rangbarang bayroqlar bilan bezatilgan chodiri (bargoh) o‘rnatilgan. Ko‘rsatilgan vaqtda (miod vaqti) lagerga etib kelgan jangchilar, joriy etilgan tartibga ko‘ra o‘z joylarini egallaganlar va qo‘shinning ko‘rigiga tayyorgarlik ko‘rganlar.
Kerakli sondagi jangchilar yig‘ilganidan keyin, harbiy lagerda kamonchilar, arbaletchilar, tosh uloqtiruvchilar, nayzachilar, to‘pchilar va boshqalardan tashkil topgan ulkan qo‘shinning ko‘rigi bo‘lgan. Qo‘shinda yonuvchi aralashma (naft) solingan xurmachalarni uloqtirish uchun maxsus askarlar bo‘lib, ular o‘t otuvchi orudiyalarning to‘xtovsiz ishlashlarini ta’minlaganlar.
Oliy Bosh Qo‘mondonning buyrug‘iga ko‘ra jangchilar himoya sovutlarida, to‘liq qurolyarog‘lari bilan saflanganlar. Parad o‘tkaziladigan maydonda turli qismlarga tegishli bo‘lgan yashil, qizil, sariq, binafsha, qora, ko‘k bayroqlar hilpirab turgan. harbiy orkestr sadosi ostida Amir Temur navbatmanavbat jangchilar sherengalari oldidan o‘tgan. Jangchilar nayzalarini baland ko‘tarib, bo‘lajak jangga tayyor ekanliklarini namoyon etib baland ovozda na’ra (suron) tortganlar.
Jangchilarning jangovar ruhi va tayyorgarligini aniqlash uchun yurishlar va janglardan oldin harbiy paradning o‘tkazilishi Temuriylar davrida ham an’ana bo‘lib qoldi. Ko‘rikda nafaqat qo‘shin birlashmalari, balki asosiy kuchlarning ortidan harakatlanadigan ta’minot aravalari ham ishtirok etgan.
Lagerning atrofi chuqur xandaqlar bilan o‘ralgan va qo‘riqlov zastavalari va postlari bilan puxta qo‘riqlangan. Lagerda o‘rnashgan paytlarda qo‘shin qo‘riqlov xizmatini olib borgan. Qo‘riqlov qismlari lagerdan 5–6 km oldinga chiqqan, undan postlar, postlardan soqchilar ajratilgan va oldinga yuborilgan.
Amir Temur qo‘shinni boshqarishga katta ahamiyat bergan.
Sohibqironning buyrug‘i bo‘yicha dongdor komandirlardan to‘rttasi birinchi darajali qo‘mondon – beglarbegi lavozimiga tayinlangan. Bitta harbiy boshliq bosh qo‘mondon amir ul ulamo vazifasiga tayinlanib, u bevosita Oliy Bosh Qo‘mondonga bo‘ysungan.
Harbiy qismlarni boshqarish uchun yana o‘n ikkita harbiy boshliqlar tayinlangan. Birinchi bek mingta chavandozlardan tashkil topgan birinchi guruhga, ikkinchi bek–ikki ming kavaleriyachilardan iborat ikkinchi guruhga qo‘mondonlik qilgan, uchinchi bek uch minglik kavaleriyachilarga boshchilik qilgan. Xuddi shu tartibda o‘n ikkinchi bek o‘n ikki minglik otryadning tepasida turgan.
Quyi toifadagi harbiy boshliq, toifasi bo‘yicha yuqori bo‘lgan harbiy boshliqqa so‘zsiz bo‘ysungan.
Amir Temur qo‘shinining turli qismlari va bo‘linmalariga uch yuz o‘n uchta beklar qo‘mondonlik qilgan, ulardan yuztasi – o‘n begilar, yuztasi – yuz begilar va yuztasi – ming begilarni tashkil etgan. Yirik qo‘shin birlashmalari Amir Temurning o‘g‘illari, nabirali va SHayx Nuriddin, Xo‘ja Sayfuddin, SHohmalik, Ollohdod, Jahonshohdek mashhur sarkardalar tomonidan boshqarilgan.
Rag‘batlantirishni qo‘llash keng qo‘llanildi: maqtov, maoshga qo‘shimchalar, sovg‘alar, lavozimlar, unvonlar (botir, bahodir va boshqalar), qismlar uchun bayroqlar.
Uddaburonliklari va jasoratlari bilan o‘zlarini ko‘rsatgan saralangan jangchilar munosib taqdirlanganlar va o‘n begi darajasiga ko‘tarilganlar, keyingi jasoratlari uchun yuz begi, undan keyin esa ming begi lavozimini egallaganlar.
Jasur jangchilar va bahodirlar jangda ko‘rsatgan jasoratlari uchun yuqori lavozimlarni egallaganlar va jamiyatning e’tiborli kishilari toifasiga kirganlar. Ular gurzi, chodir, maxsus belbog‘, qilich va jangovar nayzalar bilan taqdirlanganlar.
G‘animning otryadini qirib tashlagan ming begi Idarajali amir unvonini olgan. Dushmanning yirik otryadini mag‘lub etgan Idarajali amir IIdarajali amir unvoniga sazovor bo‘lgan. Jang maydonida mardlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan oddiy jangchining oylik maoshi oshirilgan. Jang maydonidan qochgan jangchilar o‘ljani taqsimlash marosimiga qatnashish huquqidan mahrum etilganlar, janglarda ko‘plab yarador bo‘lgan jangchilarga g‘amxo‘rlik va katta ehtirom ko‘rsatilgan.
Biror bir davlatni zabt etgan yoki dushman qo‘shinini tormor etgan harbiy boshliq bahodir faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan va unga burg‘u va nog‘ora berilgan. Biror bir g‘anim shahzodasining yirik qo‘shini ustidan qozongan g‘alabasi uchun beklar ham xuddi shunday hurmate’tiborga sazovor bo‘lganlar.
Dushman qo‘shinini qochishga majbur etgan o‘n begi shahar garnizonining boshlig‘i (dorug‘a) etib tayinlangan, xuddi shunday qahramonligi uchun yuzbegi–viloyat hokimi, ming begi–viloyat amiri (vali) lavozimiga ega bo‘lgan.
U yoki bu davlatni zabt etgan amirga ushbu davlatning eri imtiyozli asosda boshqarish uchun suyurg‘ol (sovg‘a) sifatida berilgan. Amir Temur va Temuriylar davrida suyurg‘ol erni boshqarishning ommabop usuli bo‘lib, avloddan avlodga o‘tib kelgan.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan 12 amir nog‘ora va jangovar bayroq olgan. Bosh qo‘mondon nog‘ora va jangovar bayroqdan tashqari burg‘u va ikkita shtandartga (tumantug‘ga, chortug‘ga) ega bo‘lgan.
Mingbegi bayroq va karnay (ko‘raga) olgan, yuzbegi va o‘nbegiga nog‘ora berilgan. Qo‘shin qo‘mondonining bayrog‘i, nog‘orasi va burg‘usi bo‘lgan. Kastiliya qirolligining elchisi – Klavixoning guvohlik berishicha, harbiy boshliq tinchlik davrida ko‘k rangdagi, zardan tikilgan ko‘ylak kiyib yurgan. Ular boshlariga telpak (burk) kiyib yurganlar. Bosh kiyimlarining ostidan uch qator kokillari ko‘rinib turgan bo‘lib, bu belgi Amir Temur armiyasining jangchilari ekanliklarini bildirib turgan.
Dushmanning harbiy kuchlari va uning mudofaa inshootlari to‘g‘risida, g‘anim davlatining ichki ahvoli haqida aniq ma’lumotlarni olish uchun Amir Temur o‘zining eng yaxshi razvedkachilarini (josuslarni) jo‘natgan. Faqatgina kerakli ma’lumotlarni olgandan keyingina qo‘shin harbiy yurishni boshlagan. U mahalliy aholi vakillaridan yo‘lboshchilarni (kajarchi, kacharchi) tanlashga ham jiddiy e’tibor bergan.
Amir Temur o‘zining to‘satdan beradigan zarbalari bilan mashhur bo‘lgan. Dushman qo‘shinining soni ma’lum bo‘lganidan keyin uning armiyasi tun qorong‘isida dushmanning lageriga yashirincha yaqinlashgan va tongda hujumga tashlangan. Uning qo‘shini qattiq intizomi, yuqori harakatchanligi, chidamliligi va janglarda jasorati bilan ajralib turgan.
Jang arafasida shakllanadigan jangovar tartibga katta ahamiyat berilgan. Qo‘shin hech tomonga burilmasdan va ko‘rsatilgan yo‘ldan og‘ishmasdan olg‘a harakatlangan.
Tinchlik davrida ov (charg‘a) asosiy mashg‘ulotlardan biri bo‘lgan, ovga urushga tayyorlovchi maktab singari ahamiyat berilgan va u ko‘plab uyushtirilgan. Uning qo‘shini nafaqat tekisliklarda jang olib borish san’atiga ega bo‘lgan, balki tog‘larda ham mohirlik bilan harakatlangan.
Sohibqironning qo‘shini harbiy yurishlarni bahorda, yozda va kuzda amalga oshirgan. Qishni o‘z o‘tovlarida o‘tkazishni afzal ko‘rganlar. harbiy yurishga otlanish muddati yaqinlashuvi bilan jangchilar hamma kerakli qurolyarog‘lari va anjomlarini tartibga keltirganlar. Belgilangan vaqtda qo‘shin saf tortib yo‘lga tushgan. Uning ortidan hamma kerakli narsalar ortilgan aravalar (ug‘ruq) harakatlangan.
Sharofuddin Ali YAzdiyning ma’lumot berishicha, belgilangan safar tartibida (murchil) har bir o‘nbegi, yuzbegi, mingbegi va tuman begi (10 minglik qo‘shin qo‘mondoni) o‘z mavqesi va darajasiga ko‘ra, intizomga qattiq rioya qilgan holda harakatlangan. Tartibni buzganlar qattiq jazolangan, ularga hatto o‘lim jazosi ham berilgan.
Dam olish uchun to‘xtalganda, odatda zanjirlar va arqonlar bilan bog‘langan aravalar bilan qo‘shin o‘rab olingan. Transheyalar qazilib, brustverlarning oldida to‘siqlar o‘rnatilgan. G‘anim qo‘shinining paydo bo‘lishi bilan jangchilar o‘z pozitsiyalaridan chiqqanlar va jangovar tartibga yoyilib dushmanga qarshi harakatlanganlar.
Amir Temur qo‘shini safar paytida quyidagi tartibda harakatlangan: bosh kuchlardan ancha oldinda avanpost (qaravul), uning ortidan avangard (xiravul), o‘ng qanot (barang‘or), chap qanot (jarang‘or), markaz (qo‘l), arergard (chag‘dovul) harakatlangan. Ularning ortidan kerakli narsalar ortilgan aravalar harakatlangan.
Asosiy joylarning birida suvdan kechib o‘tish uchun joy hozirlangan. Kechuv qo‘riqlov postlari bilan qo‘riqlangan. Qo‘shin daryodan qismlar va bo‘linmalar tarkibida kechib o‘tgan. Kechuv paytida jangchilar qayiqlardan, meshlardan foydalanganlar yoki ponton ko‘priklari yasaganlar.
Amir Temur armiyasida o‘ljani taqsimlash davrida mobado kimdir o‘zboshimchalik qilsa u qattiq jazolangan, hatto u Sohibqironning yaqin kishisi bo‘lsa ham. Uning butun molmulki musodara qilinib, o‘zi esa qatl etilgan. Faqat ruxsat berilganidan keyin yurishning har bir ishtirokchisi, uning toifasi va darajasiga qaramasdan o‘ljaning teng taqsimlangan qismini olish huquqiga ega bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |