Qunduzcha daryosi bo‘yidagi jangda (1391 yil 18 iyun) tomonlarning jangovar tartibi Darbanddan o‘tganidan keyin Amir Temurning qo‘shini Tarki shahri (hozirgi Maxachqala shahri yaqinida) yaqinida dam olish uchun to‘xtadi. To‘xtamish qo‘shinining avangardini Kuysu daryosining kechib o‘tish joyini qo‘riqlash uchun yubordi. Kechib o‘tish joyidagi dushman qo‘riqchilarini tormor etib, Amir Temurning qo‘shini hozirgi CHecheniston va Ingushetiya hududlariga kirib bordi. Sunji daryosining Terek daryosiga quyilish joyi chodirlarni tikish uchun tanlandi. Terek daryosidagi kechuv joylarini kechiktirmasdan egallash uchun Amir Temurning qo‘shini Sunji daryosining qirg‘og‘i tomoniga harakatlandi.
Amir Temurning qo‘shini etib kelgunga qadar To‘xtamish Terekdan o‘tib, mudofaa inshootlarini qurishga va daryoning chap qirg‘og‘ini aravalar, daraxtlar va to‘siqlar bilan mustahkamlashga muvaffaq bo‘ldi. Lekin bunga qaramasdan Amir Temur dushmanning avangardini tormor etishga va Sunjidan kechib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.
Endi Amir Temur qo‘shini Terek daryosini kechib o‘tishi kerak edi. Uning qo‘shini janubiy (o‘ng) qirg‘oqdan, To‘xtamishning qo‘shini esa shimoliy (chap) qirg‘oqdan harakatlandi. Amir Temurning qo‘shinini uzluksiz kuzatish uchun To‘xtamish qo‘riqlov (qorovul) bo‘linmalarini ajratdi. Ikkala tomon ham uch kun mobaynida daryo bo‘ylab harakatni davom ettirdi. Uchinchi kuni Amir Temur qo‘shin bilan kelayotgan hamma xotinqizlarga dubulg‘alar va sovutlarni kiyishga va jangchilarning harakatlarini imitatsiya qilishga buyruq berdi. Jangchilarga esa har biri ikkitadan ot olishga va jadal harakat qilib, tezkorlik bilan kechuv joyiga etib borishga buyruq berdi. Amir Temur jangchilari kechuv joyigacha yana uch kun yo‘l bosdilar va qaramaqarshilikning to‘qqizinchi kunida Terekdan kechib o‘tdilar.
1395 yil 15 aprelda Terek daryosi bo‘yida (hozirgi SHedrinskiy va SHyolkovskiy qishloqlari o‘rtasida) Amir Temur va To‘xtamishning armiyalari o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi. Jangdan oldin, jangga tayyorlanish qoidalariga binoan, Amir Temur lagerni mustahkamlashga va qo‘riqlashga, g‘animning tungi hujumlarini qaytarishga tayyor turishga buyruq berdi. Lagerning atrofida xandaqlar qazildi, erga xodalar odam o‘tib bo‘lmaydigan qilib ko‘mildi (mandu), to‘siqlar o‘rnatildi. Asosiy xandaqlar oldinda qizilgan xandaqlar bilan to‘sib qo‘yildi. Lagerning ichida behuda harakatlanish ta’qiqlab qo‘yildi.
Bu gal ham Amir Temur o‘z qo‘shinini etti qismga bo‘ldi. Markazda qo‘l (qo‘shinning markazi) joylashdi, qo‘lning oldida asosiy avangard (xiraul), ortida chag‘davul (arergard) saflandi. Qo‘shinning qanotlarida barang‘or va jarong‘orning avangardlari joylashdi. Asosiy avangard qanotdagi avangardlarga nisbatan oldinroqda joylashdi va dushmanning jangovar tartibini yorib o‘tish vazifasini bajardi. CHag‘davul (arergard) zaxira rolini bajardi va stavkani qo‘riqlash vazifasini uchun qo‘llanildi.
SHunday qilib, Amir Temur qo‘shinining jangovar tartibi uchta chiziqni o‘z ichiga olgan: birinchi – avangard, ikkinchi – asosiy kuchlar va uchinchi – zaxira.
Birinchi chiziqni engil qurollangan jangchilar tashkil etib, ular jangni boshlaganlar, dushmanning jangovar tartibini tarqatib yuborganlar va uning safida parokandalikni keltirib chiqarganlar. Ikkinchi chiziq qo‘shinlari og‘ir qurollar bilan qurollanganlar va ular dushmanning hujumini qaytarishlari kerak bo‘lgan. Markazda saflangan qo‘l qo‘shinning asosini tashkil etgan va ko‘p hollarda jangning taqdirini hal qilgan. Engil piyodalar bo‘linmalari asosiy avangardning, markazning, chap va o‘ng qanotlardan oldinda joylashgan. O‘ng va chap qanot avangardlari, hamda arergard faqat otliq qo‘shinlardan iborat bo‘lgan.
Bu qismlarning hammasi mustaqil ravishda harakatlangan va faqat Oliy Bosh qo‘mondonga bo‘ysungan.
Qo‘shinni bunday saflash quyidagi ustunlikni yaratgan:
Dushmanga otliq va piyoda qismlar bilan uzluksiz va yoppasiga hujum qilish;
Qo‘shinning asosiy qismi qaravul va arergardning (chag‘davul) himoyasi ostida bo‘lganligi, bu o‘z navbatida mudofaaning barqarorligini oshirganligi va dushman tomonidan qanotlar va front ortini qamrab olinishiga to‘sqinlik qilganligi;
To‘xtamish 1391 yilgi jangdagi tajribalari bo‘yicha Amir Temur qo‘shini jangovar tartibining ustunligiga ishonch hosil qilib, o‘z qo‘shinini Sohibqiron qo‘shining jangovar tartibidek tartibda safladi.
Jang Oltin O‘rdaliklarning Amir Temur qo‘shinining jarong‘origa qudratli hujumi bilan boshlandi. CHap qanotda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hisobga olib, Amir Temur o‘sha tomonga o‘z zaxirasidan madad kuchlarini jo‘natdi.
Etib kelgan jangchilar dushan hamlasini qaytardilar va o‘zlari uni ta’qib etishni boshladilar. Muvaffaqiyatga berilib ketgan alohida bo‘linmalar asosiy kuchlardan ajralib ancha uzoqlashib ketdilar.
Terek daryosi qirg‘og‘i bo‘yidagi jangdagi (1395 yil 15 aprel) jangovar tartib
Dushmanining taktik jihatdan yo‘l qo‘ygan xatosidan foydalangan To‘xtamish o‘z qo‘shininig jangovar tartibini tikladi va ta’qib qilib kelayotganlar safini to‘zg‘itib yubordi. Kutilmaganda bevosita Sohibqironning qo‘l ostida bo‘lgan qo‘shin dushmanning qurshoviga tushib qoldi. Shiddat bilan bostirib kelayotgan dushman to‘dalari amir SHayx Nuriddinning qismlari bilan to‘xtatib qolindi, ular o‘z otlaridan tushib g‘animni kamonlardan shijoat bilan o‘qqa tutdilar. Amir Temurning atrofida aravalardan quran barpo etildi (nemischada vagenburg – aravalarni bir biriga bog‘lab yaratilgan to‘siq). Amir Temur yoppasiga mudofaani yaratdi. Sohibqiron qo‘shini markazining jangga kiritilishi vaziyatni mo‘‘tadillashtirdi.
Jangning ikkinchi kuni yana To‘xtamishning hujumi bilan boshlandi. U hujumga o‘z jarong‘orini kiritdi. To‘xtamishning qo‘shini Amir Temur qo‘shinining avangardini ag‘darib tashlab, barang‘orga hujum qildi. Sohibqironning barang‘oridagi qo‘shinning bir qismi tarqalib ketdi, ikkinchi qismi otlardan tushib dushmanga kamonlardan o‘q yomg‘irini yog‘dirishda davom etdi. Qo‘shinning ushbu qismi Sohibqironning boshqa qismlari tomonidan qo‘llabquvvatlandi. Jangning ikkinchi kuni ham tomonlarning hech biriga g‘alaba keltirmadi.
To‘qnashuvning oxirgi – uchinchi kunida jang yana oltino‘rdaliklarning hamlalari bilan boshlandi. Markaz va qanotlarni kuchaytirgan To‘xtamish frontal hujumga o‘tdi. To‘xtamishning jarong‘ori ham jangga kiritildi. To‘xtamish qo‘shinini mana shu qismining kuchsizlanib qolganini sezgan
Amir Temur, asosiy zarbani dushmanning jarang‘origa berdi. To‘xtamishning jarong‘ori to‘lig‘icha tormor etildi.
Amir Temur hamma uchastkalarda hal qiluvchi hujumga o‘tdi. Uch kunlik janglar davomida holdan toygan Oltin O‘rda qo‘shini qarshilik ko‘rsatish uchun o‘zida kuch topa olmadi va natijada qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi.
To‘xtamish o‘z tan soqchilari qurshovida jang maydonini tashlab qochdi va Bulg‘or o‘rmonlarida yashirindi.
Bu gal Amir Temur jangning natijasi bilan qanoatlanmasdan, Oltin O‘rda xonligining asosiy harbiy qudrati manbalarini yanchib tashlashga qaror qildi.
Dushmanni ta’qib qilishda davom etib, Amir Temur armiyani Dnepr daryosiga boshladi, bu erdagi Minkerman qal’asi buzib tashlandi. Dneprdan qaytib Amir Temur Rus tomonga yo‘naldi va Elets shahrigacha bordi. SHundan keyin Amir Temur Kavkazoldini zabt etdi, keyin Oltin O‘rdaning asosiy bazalari–HojiTarxon va Saroyga yo‘naldi.
1396 yilning bahorida Sohibqironning g‘olibona qo‘shini Ozarbayjonga etib keldi.
Oltin O‘rdaning Amir Temur tomonidan tormor etilishi rus knyazlarining taqdirlariga mo‘g‘ultotorlar zulmidan qutulishlari uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Harbiy san’atning rivojlanishi nuqtainazaridan To‘xtamish bilan bo‘lib o‘tgan urush, ayniqsa 1395 yildagi Terek daryosi bo‘yidagi jang quyidagi xususiyatlarga ega:
Amir Temur qo‘llagan harbiy hiylasi tufayli hech qanday xatarsiz va yo‘qotishlarsiz o‘z qo‘shinini Terek daryosidan olib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.
Jang arafasida Amir Temur o‘z lagerini jihozladi va uni dushmanning tungi ehtimoliy hujumini qaytarish uchun tayyorladi.
Bu jangda ikkala tomon ham o‘z qo‘shinini etti qismga bo‘lib safladi.
Amir Temurning jangovar tartibi chuqur qilib yaratildi va mudofaaning barqarorligini va hujumning samaradorligini ta’minladi.
Jang davomida Amir Temurning qo‘shini turli xil taktik usullarni–tezlik bilan hujumga o‘tish, pistirmalar, quranlar (aravalardan yaratilgan to‘siq) yaratish, otliqlarning piyoda tartibda jangga o‘tishlari va boshqalarni juda samarali qo‘lladi.
Amir Temur qo‘shinning samarali o‘zaro hamkorligini tashkil etib murakkab vaziyatdan chiqib ketishni ta’minladi va keyinchalik muqarrar g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘ng qanotda bosh zarba berish yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash eng murakkab vaziyatda jangning natijasini hal qildi.
Bu jang o‘rta asrlarning eng yirik janglaridan biri bo‘ldi.
Natijada Oltin O‘rdaning qudratiga qaqshatqich zarba berildi, shundan keyin u avvalgi qudratini tiklay olmadi.
Amir Temurning Hindistonga yurishi (1398–1399 y.). Amir Temur Hindistonga yurishni 1398 yilning martida boshladi. harbiy yurish uchun 92 minglik qo‘shin to‘plandi, shu jumladan qo‘shinning o‘ng qanotini tashkil etgan 30 ming otliqlar, ular Sulaymon tog‘lari tomonga harakatlanishlari, Ind (Sind) daryosini kechib o‘tishlari va Mo‘lton shahrini egallashlari kerak edi. Keyinchalik Mo‘lton Hindistonga hujum qilish uchun tayanch bazasi vazifasini bajarishi kerak edi.
CHap qanot–30 minglik otliq qo‘shin Qobulga harakatlanishi, Ind daryosini kechib o‘tishi va Laxor shahrini egallashi lozim edi. Amir Temur qolgan 32 ming qo‘shin bilan 1398 yilning martida Samarqanddan chiqib, Termiz yaqinida kemalarda o‘rnatilgan ko‘prik orqali Amudaryodan o‘tdi. Bu erdan u Balgan (Hindiqush tog‘ tizmasi) tomonga harakatlandi. Qolgan qo‘shinni qoldirib, u Kofiriston (Afg‘onistonning markazida) shahriga to‘satdan hujum qilish uchun 10 minglik qo‘shin bilan hindiqushdan oshib o‘tdi. Kunduz kuni tog‘da qor quyoshning issig‘idan bo‘sh bo‘lganligi uchun otlar qorda tura olmas edi, shuning uchun Amir Temur jangchilari kunduzi joylarida turdilar, otlarning qorga botib ketmasligi uchun ularning tagiga namatlar to‘shadilar, kech tushganda qor qattiqlashishi bilan harakatni davom ettirdilar. SHunday qilib, qo‘shin hindiqushning dovonigacha etib bordi. Tog‘dan har kim bilganicha mustaqil ravishda tushdi: kimdir orqasi bilan, kimdir arqonlar yordamida. Amir Temurni arqonlar yordamida katta choyshab to‘shalgan moslamada tushirdilar. Tog‘dan o‘tilganidan keyin va kichik bir daryo kechib o‘tilganidan so‘ng, qo‘shin to‘satdan Kofiriston shahriga hujum qildi. Bu yurishni muvaffaqiyatli oxiriga etkazgan Amir Temur Qobulga kirib keldi, bu erdan Ind daryosiga yo‘naldi. 1398 yil 24 sentyabrda Sohibqironning qo‘shini qurilgan ko‘prik orqali daryodan o‘tdi. Oktyabrning boshlarida uch kun ichida qo‘shin qayiqlarda o‘rnatilgan ko‘prik orqali chuqur va keng Chitora (Hozirgi Pokistonning Penjab hududidagi Ind daryosining irmoqlaridan biri) daryosidan kechib o‘tdi.
Mo‘lton shahrini qamal qilgan qo‘shinning o‘ng qanoti bilan birlashish uchun Amir Temur qo‘shini Bayax (Ind daryosining irmog‘i) daryosi qirg‘oqlariga chiqdi. Mo‘lton shahrining qamali olti oy davom etdi. SHaharni qamal qilgan qo‘shin katta qiyinchiliklarga duch keldi. Kuchli yomg‘irlar, sellar, teztez o‘zgaruvchan obhavo sharoitlarida va joyning sharoiti tufayli otlar yuqumli kasallikka duchor bo‘ldi va qariyb ularning hammasi qirildi. Amir Temur ularni 30 mingta otlar bilan ta’minladi. Mo‘lton shahri jang bilan egallandi.
Shundan keyin Amir Temur qo‘shinining bir qismi qayiqlarda, bir qismi suzib Bayax daryosidan o‘tdi. Daryoni kechib o‘tganidan keyin Amir Temur Dibalpur shahriga yo‘naldi, uning aholisi Sohibqironning mingta jangchisini shaharga kiritib, xoinlarcha chopib tashladi. Amir Temur qo‘shinining kelishi bilan Dibalpur aholisi qudratli mustahkamlangan Batnir qal’asiga yashirindi.
Qal’ani shturm qilish uchun Sohibqiron o‘zi bilan boryo‘g‘i 10 minglik qo‘shin oldi. Birinchi hamlaning natijasida qal’a bo‘sag‘asidagi istehkomlar egallandi. Birinchi kuni qamaldagilar hujumni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi kuni esa Amir Temurning jangchilari o‘z pozitsiyalarini kovlab er osti yo‘lini qura boshladilar. Buni ko‘rgan Batnir himoyachilari 1398 yil 8 noyabrda Sohibqironning jangchilariga asirga tushdi.
8 dekabrda Amir Temurning qo‘shini Dibulpurda ajrab ketgan qo‘shinga etib oldi. 12 dekabrda qo‘shinning hamma qismlari birlashdi.
Somin shahridan Dehligacha qo‘shin uchta kolonnaga bo‘linib harakatlandi: markaz va front orti ta’minoti to‘g‘ri yo‘ldan Dehliga, o‘ng va chap qanotlar ikki yon tomondagi yo‘llardan harakatni boshladi. Luni shahrini egallaganidan keyin Amir Temur 15 dekabrda Dehlini qay tarzda qamal qilish va egallashni kelishib olish uchun harbiy kengash chaqirdi. Amir Temur Luni shahridan sharqqa tomon harakatlandi, YAmuna (Jamna) daryosidan o‘tdi va Dehli yaqinida lager qurdi. Lagerni hindlarning to‘satdan hujumlaridan himoya qilish choratadbirlari ko‘rildi. Lagerning atrofida xandaqlar qazildi, to‘siqlar o‘rnatildi.
1398 yil 18 dekabrda Dehli sultoni Mahmud shoh jangga kirish uchun Dehlidan chiqdi. U 10 mingta yaxshi qurollangan otliqlarga, 40 mingta piyodalarga, kamon o‘qlari, nayzalar va qilichlar zarbalaridan qalin to‘qimlar bilan himoyalanib, tishlariga zahar surkalgan katta pichoqlar bog‘langan 120 ta jangovar fillarga ega edi. Fillarning ustida arbaletlar bilan qurollangan jangchilar joylashgan minaracha o‘rnatildi. Fillarning atrofida yonuvchi aralashma solingan xurmachalarni va temir uchli raketalarni otuvchi jangchilar harakatlandilar.
Amir Temur fillarning oldida jangchilarining oshib ketgan tashvishini bilib, oldindan quyidagi choratadbirlarni ko‘rdi: temir tig‘lar o‘rnatilgan taxtani oldindan tayyorlab fillar hujum boshlagan paytda ularning oyoqlari ostiga tashlashni buyurdi; fillarni qo‘rqitish va ularning orasida parokandalikni keltirib chiqarish uchun tuyalarning boshlariga va yon tomonlariga tikanli daraxtlarning shoxshabbalari va somonlar bog‘lamlarini bog‘lab, ularni yoqib tuyalarni fillarga qarshi yuborishni amr qildi; g‘anim jangchilariga kamon o‘qlari bilan, fillarga nayzalar bilan talofat etkazish va qilichlar bilan fillarning xartumlarini chopib tashlashni buyurdi. Bu choratadbirlarning hammasi jangchilarga botirlik xislatlarini uyg‘otdi va katta muvaffaqiyatga etakladi.
Sulton Mahmud qo‘shinining jangovar tartibi o‘ng qanot, markaz, chap qanot va qo‘shinning oldida saflangan jangovar fillardan iborat edi. Amir Temurning qo‘shini odatdagidek ikkita chiziq va zaxiradan tashkil topdi. Ikkala tomondan ham pishal–to‘plar qo‘llanildi.
Jang qo‘shinlarning qanotlarida boshlandi. Dushman bilan og‘ir janglarni olib borayotgan o‘z avangardi (xarauli) va chap qanotini (jarong‘orini) qo‘llabquvvatlash uchun Amir Temur markazdan (qo‘ldan) kuchlarni ajratdi. Sohibqiron tomonidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan madaddan ruhlangan jangchilar tashabbusni o‘z qo‘llariga oldilar. SHiddatli janglardan keyin Amir Temur jangchilari fillarning xartumlariga talofatlar etkazib, dushmanni chekinishga majbur etdi va shu bilan uning orasida tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Fillar o‘z qo‘shinlarining ikkala qanotlariga tashlandi va ularni ag‘darib tashladi. Dushmanning orasidagi parokandalikni sezgan Amir Temur, o‘z qo‘shinining markazini ilgari surdi, u bilan fillarning chizig‘iga yorib kirdi, ularning ko‘p qismini o‘ldirdi va g‘animni qochishga majbur etdi. Dushmanni ta’qib etish Dehlining devorlarigacha davom ettirildi. Keyingi tunda sulton Mahmud shahardan qochdi. Dehli jangsiz taslim bo‘ldi.
O‘n bir oylik harbiy safardan qaytgan Sohibqironni 1399 yil 29 martda Amudaryoning bo‘yida xotinlari va shahzodalar kutib oldilar. 1399 yil 27 aprelda Amir Temur Samarqandga qaytib keldi.
Harbiy san’atning rivojlanishi nuqtainazaridan Hindistonga uyushtirilgan harbiy safarning natijalari quyidagilar:
qo‘shin uch kolonnaga bo‘linib, keng front bo‘ylab harakat qildi. Oldinga jo‘natilgan o‘ng qanot Hindistonga hujum qilish uchun tayanch bazasini yaratishi kerak edi;
Amir Temur qo‘shini og‘ir va murakkab sharoitlarda hindiqush tog‘laridan oshib o‘tdi;
qo‘shin keng va toshqin daryolarni kechib o‘tdi. Daryolardan kechib o‘tish uchun kechuvning turli xil usullari qo‘llanildi: ko‘priklar, qayiqlar, suzib o‘tish;
o‘tish qiyin bo‘lgan joylarda joylashgan, kuchli mustahkamlangan qal’alarni egallashda Sohibqiron dushmanni qisqa muddatlarda taslim bo‘lishga majburlovchi juda samarali usullarni qo‘lladi;
Sohibqironning jangchilari birinchi bor jangovar fillardek dahshatli kuch bilan jang olib bordilar. Fillarga qarshi mohirona qo‘llanilgan vositalar tufayli jangovar fillar qochdi va o‘zining jangchilarini yanchib tashladi;
jangdan oldin Sohibqironning jangchilari hind qo‘shinlarining ehtimoliy hujumlarini qaytarish uchun lager qurdilar;
g‘alabaga erishishda qismlarning o‘rtasida o‘rnatilgan yaxshi o‘zaro hamkorlik va o‘z vaqtida ularni zaxira kuchlari bilan qo‘llabquvvatlash muhim rol o‘ynadi;
hal qiluvchi zarba dushman jangovar tartibining markaziga berildi;
jangning natijasida dushmanning ruhi tushib ketdi va u Dehlining mudofaasini tashkil qila olmadi, shahar Amir Temur qo‘shinlari tomonidan jangsiz egallandi.
Amir Temurning Kichik Osiyoga yurishi. 1402 yil 20 iyuldagi Anqara yaqinidagi jang. Ozarbayjon, Gruziya va SHarqiy Anatoliyaning davlat tarkibiga birlashtirilishi Amir Temur mamlakatini turkusmoniylari bilan chegaralanishiga olib keldi.
XIV asrning 90-yillarida sulton Boyazid I Yildirim (yashindek tezkor) Markaziy Anatoliyani va Kichik Osiyoning janubida, Sivas va Malatya shaharlarini bosib oldi. SHundan keyin u Amir Temurning vassallari –Arzinjon va Arziruma hukmdorlaridan usmoniylar xazinasiga o‘lpon yig‘ishni talab qildi.
Sohibqiron mojaroni elchilik yo‘li bilan hal qilish uchun sultonga xat yubordi. Boyazid I xatga qo‘pollik bilan rad javobini berdi. Sultonning javobi Amir Temurni g‘azabga keltirdi va u Sivas va Malatya shaharlarini bosib oldi.
SHundan keyin 1400 yilda Sohibqiron o‘z nazarini Misrga tobe bo‘lgan Suriyaga qaratdi. Misr mamluklari usmoniylar bilan yaxshi munosabatda edilar va kerak bo‘lgan paytda turklarga harbiy yordam ko‘rsatishlari mumkin edi. SHuning uchun Amir Temur o‘z qanotlarida qudratli ehtimoliy dushmanni qoldira olmas edi. Amir Temur Misr qo‘shinlarini tormor etdi va Damashqni bosib oldi.
Shu bilan birga u Boyazid I ga xat yuborishda davom etdi. 1402 yilning bahorida Boyazid I bilan Amir Temur o‘rtasidagi munosabatlar yana yomonlasha boshladi. Boyazidning javobini kutmasdan Amir Temur hujumga o‘tishga qaror qildi. Bo‘lajak yurishning katta ahamiyatini, qiyinchiligini va turk sultoni bilan kurashni hisobga olib, u Movarounnahrdan yordam kuchlarini jo‘natilishiga buyruq berdi.
Amir Temurning Kichik Osiyoga yurishi to‘rt davrda olib borildi.
YUrishning birinchi davri – Amir Temur qo‘shinining Kichik Osiyo hududiga bostirib kirishi. Qo‘shin 1402 yilning may oyida yurishni boshladi. U SHarqiy Anatoliyadagi Kemax qal’asini qamal qildi. Bu qal’a tog‘ daryosining qirg‘og‘ida joylashgan edi. Qal’aning devori mustahkam va baland bo‘lib, uning birinchi tomoni daryoga taqalgan, ikkinchi tomoni esa vodiyga tutashgan edi. Vodiy daryo irmog‘i bilan tutashib ketganligi uchun unga chiqib borishning imkoni yo‘q edi. Qal’aning qolgan ikki tomonini tepaliklar himoya qilib turardi.
Qal’ani qamal qilishni Amir Temur taxtning vorisi Muhammad Sulton qo‘mondonligidagi Movarounnahrdan etib kelgan qo‘shinga topshirdi. Qal’ani qamal qilish 1402 yilning mayiyun oylarida o‘tkazildi. Sohibqiron qal’aga o‘tish qiyin bo‘lgan vodiydan borishga qaror qildi. Uning buyrug‘iga asosan daraxtlarni kesib vodiyni o‘tinlar, shoxshabbalar bilan o‘ldirdilar va uni er bilan barobar qilib tekisladilar. Qal’a himoyachilari neftdan, maxsus 1402 yil 20 iyuldagi Anqara yaqinidagi jang tuzlardan, ko‘mir va oltingugurtdan tayyorlangan yonuvchi aralashmani daraxtlar va shoxshabbalar bilan birga yoqib yubordilar. SHundan keyin Sohibqiron jangchilariga vodiyni kattakatta toshlar bilan to‘ldirishni buyurdi. Jangchilar narvonlar va arqonlar yordamida qal’a devorlariga ko‘tarila boshladilar. Qamaldagilar asirga tushishga majbur bo‘ldilar.
Kemax qal’asini egallaganidan keyin Amir Temur jangchilari Sivasga harakatni boshladi.
Sivas cho‘llarida Amir Temur o‘z odatiga ko‘ra har doimgidek katta jangdan oldin qo‘shinning ko‘rigini o‘tkazdi. Tarixchilarning guvohlik berishicha, «Hamma jangchilar o‘sha davrning takomillashgan qurolyarog‘iga ega: chavandozning boshidan – otning tuyog‘igacha sovutlar bilan himoya qilingan edi». Bu hol Amir Temurning jangchilari evropalik ritsarlardek qurolyarog‘lar va himoya anjomlariga ega bo‘lganliklaridan dalolat beradi. Endigina Movarounnahrdan etib kelgan shahzoda Muhammad Sulton qo‘shinining anjomlari boshqacha bo‘lib, u turli xil rangda bo‘lgan.
Qo‘shinning ko‘rigi paytida sulton Boyazidning elchilari ham ishtirok etdi. Bu ko‘rik elchilarda katta tasavvur uyg‘otdi.
Sivasdan Amir Temur Toqat yo‘nalishiga dushmanni qidirib topish va QizilIrmoq daryosidagi kechuv joylarini egallash uchun razvedkachilarni jo‘natdi. Razvedka Anqaraning shimolida turk qo‘shinlarini yig‘ilayotganligini aniqladi.
YUrishning ikkinchi davri – Amir Temur qo‘shinining qat’iy jangga o‘tishga qulay vaziyatni yaratish uchun manyovri.
Razvedkaning ma’lumotiga ko‘ra, Toqatga eltuvchi yo‘l o‘rmonning ichidan o‘tgan bo‘lib, juda tor edi. Buning ustiga QizilIrmoq daryosidagi kechuv joylari turklar tomonidan egallangandi. Boyazid qo‘shinining asosini piyodalar, Amir Temur armiyasini esa–otliqlar tashkil etdi. SHuning uchun Amir Temur o‘zi uchun noqulay joyda jang qilmaslikka qaror qildi. Turk sultonining qo‘shinini hiyla bilan tog‘li, o‘rmonli joydan chiqarish, hamda QizilIrmoq daryosidagi kechuv joyini turk qo‘shinlari qo‘riqlamayotgan uchastkasidan kechib o‘tish uchun Amir Temurning qo‘shini Kesariyaga yo‘l oldi.
Boyazid Amir Temurning yurishini aynan mana shu o‘rmon yo‘lidan kutdi. Pozitsiyani egallab, u jangga tayyorgarlik ko‘rdi. Tajribali Amir Temur chalg‘ituvchi manyovrni amalga oshirdi, u kichik bo‘linmalarni o‘rmon yoqasida qoldirdi, qo‘shinning to‘xtashini imitatsiya qildi, qolganlarni so‘qmoq yo‘ldan Anqara tomonga olib ketdi.
Boyazid I qo‘shinining harakatlarini kuzatish uchun Kirsheirdan razvedka otryadi chiqdi (1000 chavandoz).
Amir Temur dushman to‘dasida yuzaga kelgan vaziyatni yaxshi bilar edi. Otliq qo‘shinni ta’qib qilish Boyazid I ning piyodalarini toliqtirishini hisobga olgan Amir Temur, o‘z qo‘shinini dushman tomonidan ta’qib qilishga majbur etishga qaror qildi. Boyazid I qo‘shini kommunikatsiyalarini Brussa shahridan ajratib tashlash uchun Amir Temur Anqara shahrini qamal qildi. Buning natijasida turk qo‘shinlari tekislikka chiqishga majbur bo‘ldi. SHundan so‘ng Amir Temur Anqara qamalini echib, ortga o‘tdi va lager qurib uni mustahkamladi.
Amir Temurning lageri kichik bir daryoning qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, daryo lagerning orqa tomonidan oqib o‘tar edi. Lagerning atrofida xandaqlar qazildi. Sulton Boyazid I o‘zi uchun noqulay pozitsiyadan hujumga o‘tishga majbur bo‘ldi. Turklar tomonidagi yagona buloq Amir Temur jangchilari tomonidan buzib tashlandi, shuning uchun sultonning qo‘shini suv tanqisligiga duchor bo‘ldi. Buning ustiga sultonning qo‘shini yaqin orada maosh olmaganligi va uning orasida noroziliklar kelib chiqqanligi Amir Temurga ma’lum bo‘ldi.
YUrishning uchinchi davri – Anqara yaqinidagi jangda turk qo‘shinining tormor etilishi. SHarqlik tarixchilarning ma’lumotlariga qaraganda (bo‘rttirilgan bo‘lishi mumkin), Amir Temurning qo‘shini 250 mingdan 350 mingtagacha jangchilarni va 32 ta jangovar fillarni, turk qo‘shinlari 120–200 ming jangchini tashkil etgan. hozirgi tarixchilarning ma’lumotlariga qaraganda Amir Temurning qo‘shini 140–160 ming kishini, 32 ta jangovar fillarni, turk qo‘shinlari esa–70 ming atrofida jangchini tashkil etgan.
1402 yil 20 iyulda Anqara yaqinida sulton Boyazidning turk qo‘shinlari va Amir Temur qo‘shini o‘rtasida o‘rta asrning eng yirik janglaridan biri bo‘lib o‘tdi. Amir Temur armiyasining jangovar tartibi o‘ng va chap qanotlardan, ularning avangardlari va markazdan tashkil topdi. Ularning oldida bir nechta qatorda kamonchilar va 32 ta jangovar fillar olov uloqtiruvchilar bilan saflandi. Markazning ortida shaxsan Amir Temurning qo‘mondonligi ostida saralangan qo‘shindan tashkil topgan zaxira saflandi. Amir Temurning qo‘shini qudratli qanotlarga va kuchli zaxiraga ega edi.
Boyazid I o‘z qo‘shini jangovar tartibining front ortini tog‘larga taqab, o‘ng qanotga chekinishga mos qilib yaratdi. Turklarning o‘ng qanoti osiyoliklar qismlaridan, jumladan tatarlarning qo‘shinlaridan tashkil topdi, ularning orasida sultonning siyosatidan norozi kishilar talaygina edi. Sulton qo‘shining chap qanotini serb qiroli Lazarning jangchilari egalladi. Bu jangchilar boshlaridan oyoqlarigacha ritsarlik sovutlari bilan himoya qilingan edilar. Qo‘shinni ikkinchi qatorining ortida front ortining markazida sultonning o‘zi rahbarligidagi zaxira joylashdi. Usmoniylar qo‘shini jangovar tartibining markazi kuchli, qanotlari esa kuchsiz bo‘ldi.