Temuriylar davrining jangchilari XV–asr (Behzodning minatyurasidan)
borish qobiliyati ancha pasayib ketdi.
Etti yillik urush paytida Amir Temur, o‘rta asrlar davrining yirik sarkardasi bo‘lgan sulton Boyazid qo‘mondonligidagi turkusmoniylari qo‘shinlari ustidan g‘alabaga erishdi. 1402 yilning iyulida Anqara yaqinidagi jangda u sulton Boyazidning armiyasini tormor etdi.
Butun Evropa bo‘lajak bu yirik jangning natijasini diqqat bilan kuzatardi. Gap shundaki, XIV asrning o‘rtalaridan evropaliklar qudratli turk ekspansiyasiga qarshi hech qanday qarshilik ko‘rsata olmadilar. Usmoniylar Frakiyani, Bolgariyani, Valixiyani, Makedoniyani, Serbiyani egalladilar, YUnonistonga yorib kirdilar, Konstantinopolni qamal qildilar. Germaniya, Fransiya va Vengriyaga katta xavf tug‘ildi. Bu xavfni oldini olish uchun ushbu davlatlarning birlashgan kuchlari turklarga qarshi salb yurishini boshladilar. Tishtirnog‘igacha qurollangan german, fransuz, polyak, venger jangchilari bilan sulton Boyazid Yildirim boshliq turk askarlari o‘rtasidagi jang 1396 yil 25 sentyabrda Bolgariyaga qarashli Nikopol shahri yaqinida bo‘lib o‘tdi. Bu jangda salbchi ritsarlar tormor etildilar. Lekin baribir Evropa uchun umid yulduzi charaqlaganday bo‘ldi. SHarqdan usmoniylar imperiyasiga sarkarda Amir Temur boshchiligidagi katta otliqlar armiyasi yaqinlashib kelardi. Temur saroyiga xristian hokimlarining elchilari usmoniylarga qarshi kurash uchun yordam so‘rab yugurgilab qoldilar.
Turk qo‘shinlarining Anqara yaqinidagi mag‘lubiyati usmoniylar imperiyasining markazlashuv jarayonini ancha vaqtga to‘xtatib qo‘ydi, turklarni Vizantiyani bosib olishlarini 50 yilga ortga surdi va Evropaga ularning hujumlarini ancha kechiktirdi
Amir Temur 1405 yilning boshida 200 minglik katta qo‘shin bilan Xitoyga yurish boshladi. 1405 yilning yanvarida armiya O‘tror qal’asiga etib keldi. Bu erda Amir Temur betoblanib qoldi va 1405 yilning 18 fevraliga o‘tar kechasi olamdan o‘tdi.
Amir Temurning harbiy yurishlaridan asosiy maqsadi – markazlashgan davlat barpo etishdan, o‘z davlati va xalqini tashqi dushmandan asrashdan, aholini tinch hayotini ta’minlashdan iborat edi. Uning g‘olibona yurishlari, markazlashgan boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan, savdo yo‘llari xavfsizligi ta’minlangan yirik imperiyaning tashkil etilishiga olib keldi.
O‘rta Osiyo va Egey daryosining g‘arbigacha bo‘lgan ulkan hudud Amir Temur davlati tasarrufiga kirdi. SHarqning ikkita yirik imperiyasi, Turkiya va Misr buyuk sarkardaga tobe bo‘ldi.
Amir Temurdek daho mahorati oldida bosh egib, uning harbiy san’ati, ya’ni strategiyasi va taktikasidan haqli ravishda mag‘rurlanamiz. harbiy san’at unga buyuk sarkarda shuhratini keltirdi. Uning janglari jahonning ko‘pgina harbiy akademiyalarida o‘rganiladi. Amir Temur buyuk hukmdor, tashkilotchi va ajoyib shaxs bo‘lgan.
U baland bo‘yli, keng elkali, kallasi katta, ser qosh, ser soqol bo‘lgan, oyoqqo‘llari uzun, baland ovozli, qudratli kuch va jasurligi bilan ajralib turuvchi, o‘limga tik boquvchi inson bo‘lib, umrining oxirigacha tiniq xotirasini saqlab qolgan. U bolaligidan turk va fors tillarini bilgan, mazmunli va qiziqarli so‘zlay olgan, mutola eshitishni xush ko‘rgan. U harbiy taktika va strategiya bo‘yicha, turklar, arablar, eronliklar tarixi to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lgan. Foyda keltiradigan hamma fanlar –tibbiyot, astronomiya, matematika, arxitekturani qadrlagan.
Temuriylar davlatida ma’naviy madaniyatning hamma javhalari misli ko‘rilmagan darajada yuksaldi. Ushbu davrda fan va adabiyot, arxitektura va shaharchilik (shahar qurish), xalq an’analari va urfodatlari, bayramlar, sport o‘yinlari shunday rivojlanib ketdiki, u to‘liq asos bilan SHarq Renessansi nomini oldi va jahon madaniyatining keyingi rivojlanishiga turtki berdi. Temuriylar davlatida fan va madaniyatning yuqori darajada rivojlanishi turli maorif markazlarini yaratishga va kengaytirishga imkon berdi.
Amir Temur Samarqandni o‘z davlatining poytaxtiga aylantirdi, u erda Xorazm, Isfaxon, SHeroz, Xaleb, Tabriz va boshqa shaharlarning ajoyib saroylar, machitlar va maqbaralarni qurish bilan band bo‘lgan ustalarini ko‘rish mumkin edi. Samarqand Amir Temurning rejasiga ko‘ra davlatning poytaxti bo‘lib, Er sharining eng chiroyli shahriga aylanishi kerak edi. Undan 150 yil oldin CHingizxon tomonidan shahar buzib tashlangan bo‘lib, shu davrgacha yirik qurilish ishlari olib borilmagan edi. Amir Temur davrida Samarqandda katta qurilish ishlari olib borildi. Uning hukmdorligi davrida Samarqandda Ko‘k Saroy, bog‘lar va shahar atrofida saroylar, jome’ machiti, alohida maqbaralar, jumladan SHohiZinda ansambli qurildi va Go‘riAmir maqbarasining qurilishi boshlandi. Yo‘llar o‘tkazildi, Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolari ustida ko‘priklar qurildi va kanallar o‘tkazildi. O‘z zamonasining misli ko‘rilmagan darajada shaharlar, qishloqlar, hammomlar va maqbaralarni qurish ishlari keng miqyosda boshlab yuborildi. Samarqand atrofida jahonning mashhur shaharlarining nomlari bilan ataluvchi – Misr (Qohira), Damashq, Bog‘dod, Forish (Parij), Sultoniya, SHeroz kabi bir qancha aholi punktlari barpo etildi. Ko‘psonli asirlarning oralaridan olimlar, madaniyat arboblari, to‘qimachilar, tosh uymakorlari, naqqoshlar, duradgorlar, qurolsozlar, rassomlar Samarqandga olib keltirildi. Buxoro, Kesh (SHaxrisabz), YAssi (Turkiston) shaharlari yangi binolar bilan bezatildi. Amir Temur Keshda Oqsaroyning peshtoqida «Kimki bizning kuchqudratimizni ko‘rmoqchi bo‘lsa, biz qurgan binolarni ko‘rsin» deb yozib qo‘yishni amr qilgan.
U turk harbiy zodagonlarining vakili bo‘lib, o‘zini doimo islom diniga masub ekanligini ta’kidlagan. Davlat siyosatchisi bo‘la turib ruhoniylar bilan do‘stona aloqalarni saqlab qoldi, o‘zining yonida ruhoniy shayxni olib yurgan, u jangdan oldin Amir Temurning g‘alabasi uchun duo qilgan. Lekin Amir Temur siyosiy hisobkitoblarni baland qo‘ygan. SHuning uchun u, ham sunilarni, ham shiyilarni manfaatlarini ko‘zlagan, so‘filarni himoya qilgan.
Armiyaning tashkil etilishi va tuzilishi. Jangovar tartib va jang taktikasi. harbiy qurilish borasida Amir Temur o‘z zamondoshlaridan o‘zib ketdi, armiyani yaratish va takomillashtirish tizimini ishlab chiqdi va amalga oshirdi.
Sohibqiron qo‘mondonlik safiga yuqori talablarni qo‘ygan. U qo‘mondonlik safining doimo o‘zlarining jangovar, ma’naviy psixologik sifatlarini doimo takomillashtirishini kuzatib borgan.
Amir Temurning shaxsan o‘zi sarkardalarni tanlagan va tarbiyalagan. O‘n begilar, yuz begilar, ming begilar va tuman begilarni to‘g‘ri tanlash armiyaning jangovar muvaffaqiyatini aniqlab bergan. Amir Temur tajribali jangchilarga alohida e’tibor bergan. Ko‘pgina yirik janglarda ishtirok etgan va harbiy harakatlarni o‘zining asosiy mashg‘uloti deb bilgan tajribali jangchilar safardan oldin bir joyga yig‘ilgan. Ular davlat maoshlarini oluvchilar ro‘yxatiga kiritilgan.
Qo‘shin o‘nlikka, yuzlikka, minglikka va o‘n minglikka (tumanga) bo‘lingan. Iste’dodli harbiy boshliqlarni tanlashga katta e’tibor berilgan.
Amir Temur turli unvondagi harbiy boshliqlardan jasurlik, sezgirlik, topqirlikni talab qilgan.
Har bir harbiy boshliq o‘zining o‘rinbosariga ega bo‘lgan. Agar harbiy boshliq safdan chiqsa uning o‘rnini o‘rinbosari (noibi) egallagan.
Amir Temur katta jasoratlari uchun turli xil rag‘batlantirishlardan foydalangan. Uning «Tuzukot»ida: «Men, dushmanning podsholigini zabt etganligi yoki uning armiyasini tor-mor etganligi uchun amirlarga uch turdagi mukofotni o‘rnatdim, unga «qo‘rqmas» unvonini berdim... Men uni o‘zimning kengashimga kirishiga ruxsat berdim va keyinchalik chegarbo‘yi viloyatlaridan birini boshqarishni topshirdim.
Qandaydir bir shahzodaning qo‘shini ustidan g‘alaba qozongan amir xuddi shunday mukofotga sazovor bo‘ladi».
Amirdan unvoni kichik bo‘lgan boshqa komandirlar uchun ham har xil moddiy va ma’naviy mukofotlar belgilangan.
Boshliqlarni tanlashga Amir Temur katta e’tibor bergan. «Hukmdorligi – degan edi u – qamchi va tayoqdan past bo‘lgan boshliq unvonga munosib emas». O‘nliklar o‘n begilar tomonidan tanlangan, yuzliklar, mingliklar va yuqori boshliqlar qo‘mondon tomonidan tayinlangan.
Amir Temur qo‘shinining asosini ko‘chmanchi qabilalar tashkil etib, ular otliqlar va kamonchilarni etkazib bergan. O‘troq xalq armiyaga piyodalarni va yordamchi xo‘jaliklar uchun ishchilarni va shaharlarni qamal qilish uchun jangchilarni, ya’ni katapultalarni ishlatuvchi, taranlarni uruvchi, yonib turgan kamon o‘qlarni va neft aralashmasidan tayyorlangan yonuvchi granatalarni otuvchi askarlarni etishtirib bergan.
Amir Temur armiyasidagi jangchilarga doimiy maoshlar to‘langan. Maoshning hajmi xizmatni qanday olib borilishiga bog‘liq bo‘lgan. Oddiy askar 2 tadan 4 tagacha otning bahosiga teng bo‘lgan maoshni, o‘n begi – o‘z o‘nligining maoshiga teng miqdordagi maoshni olgan (shuning uchun u o‘z jangchilarining yuqori maoshga erishishlariga manfaatdor bo‘lgan); yuz begiga oltita o‘nlikning maoshiga teng miqdordagi maosh to‘langan va hokazo. Intizomiy jazolarning turlaridan biri maoshning o‘ndan bir qismini ushlab qolish bo‘lgan.
A rmiyada engil piyodalar ham bo‘lib, ular safarda otlarda harakatlanganlar, jang olib borishda esa, arablarga o‘xshab kamondan nishonni bexato urish uchun otlardan tushib piyoda holda jang qilganlar. Piyoda jangchi qilich, 30 ta o‘qqa ega bo‘lgan kamon bilan qurollangan. Engil piyodalar baland pastliklarda harakatlanish va shaharlarni qamal qilish uchun qo‘llanilgan. Bundan tashqari Amir Temur tog‘larda harakatlanish uchun maxsus otryadni (tog‘ piyodalarini) tashkil etgan.
Qo‘shin qat’iy tashkiliy tizimga va aniq saflanish tartibiga ega bo‘lgan. har bir jangchi o‘z o‘nligidagi joyini bilishi, har bir o‘nlik yuzlikdagi joyini bilishi kerak bo‘lgan va hokazolar. Harbiy qismlar saflarda yaxshi harakatlana olganlar va anjomlari, kiyimboshlari va bayroqlarining rangi bilan birbirlaridan ajralib turganlar.
Ayrim otryadlar otlarining rangi bilan ham farq qilgan. Amir Temur davrida harbiy yurishdan oldin ko‘riklar o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun og‘ishmasdan bajarilgan.
Jang uchun katta va tekis maydon tanlangan, bunda suvning va otlar uchun emxashakning yaqin bo‘lishiga, quyoshning o‘z jangchilarining ko‘ziga tushmasligiga katta e’tibor berilgan. Jangovar tartib front, ayniqsa chuqurlik bo‘ylab yoyilgan. Markazni kuchsizlashtirish hisobidan, dushmanni qurshab olish vositasi hisoblangan qanotlar kuchaytirilgan. hal qiluvchi zarbani berish uchun Amir Temur kuchli zaxirani yaratgan.
Y irik janglar davrida rangbarang jangovar bayroqlar bilan bezatilgan Bosh Qo‘mondonning chodiri (bargoh, saroparda) jangni boshqarish oson bo‘lishi uchun balandlikda o‘rnatilgan. Odatda Bosh Qo‘mondonning chodiri oldida harbiy orkestr uzluksiz chalib askarlarning jangovar ruhlarini ko‘targan.
Do'stlaringiz bilan baham: |