Yer fanlari o‘qitish metodikasining asoslari



Download 20,39 Kb.
Sana09.06.2022
Hajmi20,39 Kb.
#648291
Bog'liq
1 TEMA

  1. YER FANLARI O‘QITISH METODIKASINING ASOSLARI


Reja:

    1. Mutaxassislik fanlarning o‘ziga xos xususiyatlari va tarixi

    2. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li

    1. Mutaxassislik fanlarning o‘ziga xos xususiyatlari va tarixi


O‘zbekiston neft va gaz sanoati tarixi XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida boshlandi. Manbalarning darak berishicha, neft va gaz uzoq o‘tmishda ham uchrab turgan. Miloddan avvalgi IV asrda Iskandar Zulqarnayn va uning lashkarlari Markaziy Osiyo, Kavkaz hududlarida qora moy uchratganlar, ammo undan foydalanishni yaxshi bilishmaganlar.
1924-yilga qadar O‘zbekiston hududida neft konlarini qidirish va ishlatish bilan sanoqli shaxsiy korxona va artellar shug‘ullangan.
1880-1883-yillari Farg‘ona vodiysidagi Qamishboshi nomli maydonda chuqurligi 20-30 metrli to‘rtta quduq qazilgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bu quduqlardan sutkasiga 5-10 tonnagacha neft olingan. Bu quduqlar zarbali usulda kovlangan.
1898-yilda muhandis S.A. Kovalevskiy boshchiligidagi bir guruh tadbirkorlar va mashhur geolog-paleontolog G.D. Romanovskiy tavsiyalariga tayanib, Chimyon, Erqo‘tan (Farg‘ona vodiysida) qishloqlari atrofida neft konini qidirishga kirishishdi. 1901-yilda Moylisoy maydonida 168 metr chuqurlikdan neft otilib chiqqan (sutkasiga 25 tonnadan). 1904-yilda qazilayotgan quduq 278 metrga etganda neft qatlami ochilib, sutkasiga qariyb 130 tonnadan neft otilib chiqa boshlagan. Mazkur kon asosida 1904-yilda «Chimyon neft jamiyati» tuzildi. Neftdan olingan kerosin va qoldiq qora moy O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Xitoy bozorlarida sotilgan.
O‘sha uzoq o‘tmishda yerni burg‘ilab, teshish juda qiyin kechgan, chunki burg‘ilash uchun minora yog‘ochdan yasalgan. Ishni yuritishda ot, ho‘kiz va odam kuchidan foydalanilgan.
Neftni qazib olish jarayonida qatlamlar bir-biridan ajratilmagan. Neftni yer ostidan chiqarish uchun so‘rish usuli amalga oshirilgan, buning uchun nasoslar ham ishlatilgan, lekin ularning tebratkichlari yog‘ochdan yasalgan. Bunday nasoslar Amerikaning «Simpliks» firmasi tomonidan yasalgan. Bu dastgohlar Chimyon va Yerqo‘tan konlarida 1946-yillargacha ishlatilgan. Hozir bunday dastgohlar, texnologik jarayonlarni muzeylarda uchratish, ko‘rish yoki adabiyotlarda o‘qish mumkin.
O‘zbekistonning neft va gaz sanoati - yirik og‘ir industriya tarmoqlaridan biri bo‘lib, vatanimizning muhim energetik bazasidir. O‘zbek mutaxassislari gaz bo‘yicha yarim asrlik ilmiy va amaliy bilimga, tajribaga egalar. Ushbu tajribalar bir necha o‘zbek olimlari yetishib chiqishiga asos bo‘ldi.
2003-yil oktabr oyiga kelib, bu aksionerlik kompaniyalari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi.
Holding kompaniyasi tasarrufida bugungi kunda uchta neftni qayta ishlash zavodi mavjud. Ular yiliga 10 million tonnadan ortiq neft va kondensatni qayta ishlab berish quvvatiga ega.
O‘zbekiston neft va gaz sanoati ayni kunda mamlakat iqtisodiyotining eng yirik tarmog‘i hisoblanadi va energetikaning muhim asosini tashkil etadi.
Mustaqillik yillarida iqtisodiyot tarmoqlarini va aholi ehtiyojlarini o‘zimizda ishlab chiqarilgan energetika resurslari, sifatli neft mahsulotlari hisobiga ta’minlash masalasi hal qilindi. Bunga asosan Farg‘ona, Surxondaryo, Buxoro, Qashqadaryo hamda Ustyurt regionlarida konlardan olingan neft va gaz mahsulotlari hisobiga erishildi. Aynan mavjud yirik neft va tabiiy gaz zaxiralari hisobiga mustaqillik yillarida respublikamizda neft, gaz va kondensat ishlab chiqarish qariyb uch barobarga oshdi.
Inson saxovatli ona-yer qa’ridan turli-tuman tabiiy boyliklarni qazib olar ekan, ular inson hayotining farovonligi yo‘lida xizmat qilaveradi.
O‘zbekiston istiqlolga erishgan dastlabki yillardayoq mustaqillikni ta’minlaydigan va halq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish uchun muhim zamin bo‘lib xizmat qiladigan sohalardan biri sifatida neft va gaz sanoatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.



    1. O‘quv materiallarida texnik va texnologiyaga bog‘liq masalalarni yoritish Neft va gaz sohasi mutaxassislikni butunligini ta’riflaydigan texnik- texnologik jarayonlarni loyihalash, avtomatlashtirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish va ishlab chiqish, ularni amalga oshirish, nazorat qilish va ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari va tajribalar olib borish, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik qoidalari, ishlab chiqarish sanitariyasi va gigienasi hamda ekologik qonunchiligi

asoslari kiradi.
Neftgaz sanoatining ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan turli tuman xomashyolarning fizikaviy, kimyoviy, mexanik xususiyatlari va texnologik xossalari eksperimental yo‘llar orqali aniqlash hamda xomashyolarni tayyorlanish texnologiyalarini yorituvchi materiallari kiradi. Xomashyo materiallariga ishlov berishdagi jarayonlar, hisoblashlar va eksperimental tadqiqotlar olib borish, ilmiy- amaliy izlanishlarni o‘z ichiga oladi.
Download 20,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish