Zafarnoma
" O‘rta Osiyo xalqlarining nodir madaniy obidasidirki u faqat O‘rta Osiyoning
emas, butun Sharq mamlakatlari tarixi manbai, shuning uchun u hozirda ham sharqshunos
tadqiqotchilarning diqqatini o‘ziga jalb qilmoqda va o‘ziga xosligi, to‘plangan materiallarning
haqqoniyligi bilan ko‘rsatilgan davr tarixiy manbalari ichida alohida o‘rin tutadi. Gap shundaki,
"Zafarnoma" tuzilishiga ko‘ra ikki qismga bo‘linadi: 1. Muqaddima, u Temur shajarasiga
bag‘ishlangan, unda turk urug‘lari va Chingizxonning to‘rt ulusi haqida umumiy ma'lumotlar
beriladi, umuman, bular yuqorida sanab o‘tilgan asarlarda batafsil bayon qilingan (masalan,
Rashididdin, "Jome' at tavorix", Juvayniy, "Tarixi jahonkushoi" va boshqalar). 2. Asosiy qism
(Temurning o‘z tarixi). Muallif ma'lumotlarida ko‘rinadiki, bu tarixiy asar Sharafiddin Alini
saroyga taklif qilib yozdirilgan. Shoh o‘zining bobosi haqida maxsus kitob yaratishni istadi va u
822 (1419-1420 yy) sohibqiron Temur haqida ma'lumotlar to‘plash haqida farmon berdi.
Muqaddimada bu jarayon quyidagicha tasvirlangan. To‘plangan ma'umotlar shohidlarning
og‘zaki hikoyalari bilan taqqoslangan, so‘ng Sharafiddin Ali Yazdiy bu ma'lumotlar bilan
tanishib chiqib, Ibrohim Sultonga ular haqida fikrini aytgan, shundan so‘ng u "Zafarnoma"
kitobini yozishga kirishgan. Muallif to‘plagan ma'lumotlarni uch guruhga bo‘ladi: voqyealar
shohidlarining hikoyalari, ikkinchi va uchinchi o‘quvchilar turi va fors manbalarining
bilimdonlari. Barcha sanalar o‘rinlar jo‘g‘rofiy koordinatalar va ular orasidagi masofalar
Ibrohim Sulton farmoniga ko‘ra har tomonlama tekshiruvdan o‘tkazilib, so‘ng Sharafiddin Ali
Yazdiyga beriladi. Bunda muallifga ko‘rsatma berilgandiki, birinchidan, badiiy nafosatli hamda
tushunarli tilda bitilgan kitob bo‘lsin, ikkinchidan muallif xujjatga qat'iy amal qilmog‘i, dastlabki
bitiklardan chekinmasligi, hyech narsani bo‘yab-bejamasligi shart edi. Shu yo‘sinda Temurning
keng miqiyosda rasmiy tarixi dunyoga keldi. Bir necha og‘iz so‘z "Zafarnoma" yozilishi
vaqtining tarixiy xronologiyasi haqida. Gap shundaki, asarning boshlanishi (832-1419) va
tugatilishi (828-1424-1425) haqida Ali Yazdiy hamda zamondoshlari tomonidan berilgan
ma'lumotlar bor. Lekin bahs boshqa mavzuda: Muallif asar ustida ishlashni davom ettirganmi,
axir u 1454 yilgacha yashagan-ku? Ha muallif asar ustida ishlashni davom ettirgan. Bu haqda
quyidagi ma'lumot bor:
Tarixiy haqiqat nuqtai nazaridan qarasak, rasmiy ohangda yozilishiga qaramay,
Sharafiddin Ali Yazdiy "Zafarnoma"sida Temur faoliyatini va uning ziddiyatli shaxsini-mustabid
shoh va Movarounnahrda markazlashgan buyuk feodal davlati bunyodkorini birmuncha odillik
bilan yoritadi.
Sharafiddin Ali Yazdiy asari qo‘lyozma holida keng tarqalib ketgan, chunki asar uning
zamondoshlari va keyingi asr tarixchilari uchun ham dastlabki manba bo‘lib xizmat qildi.
Sharafiddin Ali Yazdiyning tarixiy voqyealarni bayon etish uslubi ohangi ko‘p paytgacha
o‘lkashunoslar, tarixchilar uchun namuna bo‘lib xizmat qildi. Masalan, XVI asrning mashhur
tarixchilari, Mirxond ("Ravzat us-Safo"), "Safo-farog‘at bog‘i", Xondamir ("Habib us-siyar"-
"Do‘stlar atroblari") va boshqalar ham Sharafiddin Alining "Zafarnoma" siga suyanib ish
ko‘rdilar.
O‘rta Osiyo tarixshunosligining durdonasi- "Zafarnoma" jahon tarixchilarining tadqiqot
manbai bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Chunonchi, 1887-1888 yillari hind sharqshunosi
Mavlaviy Iloxdom tashabbusiga ko‘ra olti nusxa asosida "Zafarnoma" ning ikki jildligi
Kalkuttada nashr etildi.
1958 yilda Muhammad Abbosiy tomonidan uch qo‘lyozma va yuqorida zikr etilgan
Kalkuttta nashri asosida Tehronga yangi nashr paydo bo‘ldi. Abbosiy foydalangan
qo‘lyozmalarning ikkitasi muallif hayotligidagi nusxalardir: biri sanasiz, Muhammad
Abbosiyning shaxsiy mulki, ikkinchi- Majlis kutubxonasida, (36782 -son ko‘chirish sanasi hijriy
840,1436), uchinchisi yana Majlis kutubxonasida bo‘lib, 36773-son,1037-1637-1638 yillar
ko‘chirilgan.
Demak, A.O‘rinboevning haqqoniy ko‘rsatishicha, "Zafarnoma"ning fransuz va ingliz
tiliga tarjima qilgan tarjimonlar, shu kungacha bibliografik noyob bo‘lsa-da, asarning beshdan
bir qismini tashkil etgan muqaddima qismi tarjimasini tushirib qoldirganlar. Asarning Kalkutta
va Tehronda nashr qilingan nusxalarida Muqaddima qismi yo‘q. Shuning uchun A.O‘rinboev
tomonidan maksimal nusxa, kirish so‘zi, izoh va ko‘rsatmalar bilan tayyorlangan "Zafarnoma"
matni asarning eng yaxshi nusxalarini o‘zida jamlagandir. Shubhasiz, "Zafarnoma"ning mazkur
nashri O‘rta Osiyo xalqlarining XIV asr oxiri, XV asr boshlaridagi hayotini o‘rganishda
tarixchilarga yaqindan yordam beradi.
Xondamirning tarixiy asarlari.«Ma’osir ulmuluk» («Hamasr podshohlarining tarixi».
Tarixchi olim Xondamir o‘zining 63 yillik umri davomida taxminan o‘n uchta asar yozgan
bo‘lib, ulardan bizgacha sakkiztasi yetib kelgan.
«Ma’osir ul-muluk» («Hamasr podshohlarining tarixi». U Alisher Navoiyning iltimosiga
ko‘ra va unga minnatdorchilik izhor etish tariqasida 904-(1498-1499) yilda yozilgan. Bu asar
podshoh hamda qadimgi donishmandlarning xayrli ishlari haqida aytilgan hikmatnoma gaplarni
o‘z ichiga oladi. Jumladan, Qayumarsdan Anushiravongacha, Odam Atodan Buzurgmehrgacha
bo‘lgan hamda Muhammad Payg‘ambar va imomlar haqida bitilgan naqllardan iborat. So‘ngra
muallif ummaviylar, abbosiylar, somoniylar, g‘aznaviylar va boshqa sulolalarga tegishli
hukmdorlar tarixi va shular qatorida Qurd podshohlari va turk xoqonlari tarixini yoritgan.
Asarning oxirgi qismida Husayn Boyqaro va Alisher Navoiyga zamondosh bo‘lgan hukmdorlar,
olimlar va donishmandlar haqida ma’lumotlar yoritilgan.
«Dastur al-vuzaro». «Dastur al-vuzaro» («Vazirlar uchun qo‘llanma») Alisher Navoiy
iltimosiga muvofiq 906-(1500-1501) yilda yozilgan. Husayn Boyqaro va uning vaziri Amir
Kamoliddin Mahmudga bag‘ishlangan asar. Oradan to‘qqiz yil o‘tgach, 916-(1509) yili qayta
ishlangan va kengaytirilgan. Unda Sharq mamlakatlarining VII-XVI asrlardagi tarixi, jumladan,
Movarounnahr va Xurosonda temuriylar sulolasi inqiroziga qadar o‘tgan vazirlar,
Chingizxonning vaziri, keyinroq mo‘g‘ullarning Xitoydagi noibi, xorazmlik Mahmud Yalavach
hamda uning o‘g‘li Chig‘atoy xonlarining Movarounnahrdagi vaziri Mas’udbek to‘g‘risida
ma’lumotlar bor. Xondamirning hayoti va ijodi haqida o‘zbek olimlaridan Bo‘riboy Ahmedov va
D. Yusupovalar izlanishlar olib borgan.
Xondamirning “Habib us-siyar” asari. Xondamirning eng yirik asari «Habib us-siyar fi
axbor afrod ul-bashar» (Inson zoti xabarlari va do‘stning tarjimai holi) dir. Bu asar 927-(1520-
1521)‒930-(1523-1524) yillar davomida yozilgan va vazir Karimuddin Xoja Habibulloh
Sovajiyga bag‘ishlangan. Ushbu asarda qadim zamonlardan to 1524-yilga qadar Sharq
mamlakatlari, jumladan, Eron, Afg‘oniston, Iroq va O‘rta Osiyo mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan
voqealar hikoya qilingan
.
Asar muallif Hindistonda bo‘lgan yillarida (1528—1535) yana ikki
marta qayta tahrirdan chiqargan. Shuning uchun ham bu asarni shu yillar orasida tugal
tamomlagan, deb hisoblash mumkin.
Xondamir bu asarini yuqorida nomi zikr etib o‘tilgan vazir Xoja Habibullo Sovajiga
atagan, chunki Xondamirga o‘z vaqtida ko‘p marhamat va iltifotlar ko‘rsatgan edi.
Asarda qadim zamonlardan to XVI asrning 30-yillariga sadar musulmon sharqida, xususan,
Eron, Afg‘oniston, Iroq va O‘rta Osiyoda sodir bo‘lgan voqealar talqin etiladi.
«Habib us-siyar» muqaddima, xotima va uch bobdan iborat. Har bob o‘z navbatida to‘rt
qismga bo‘linadi.
Birinchi bobda islomiyatdan ilgari o‘tgan payg‘ambarlar va Arab, Ajam mamlakatlarining
Arab xalifasi tashkil topgungacha bo‘lgan umumiy siyosiy ahvol va Muhammad payg‘ambar,
shuningdek, xalifa Abubakr (632‒634), Umar (634‒644), Usmon (644‒656) va Aliy (656‒661)
zamonida yuz bergan voqealar bayon qilinadi.
Asarning ikkinchi bobida shia imomlari, Ummaviy (661‒650 yillari hukmronlik qilgan) va
Abbosiylar sulolasidan (750‒1258) bo‘lgan xalifalar davrida arab xalifaligi va uning
bosqinchilik urushlari, arablar zamonida hukmronlik qilgan boshqa sulolalar: Tohiriylar (820—
873), Safforiylar (868—903) va Somoniylar (874—899) haqida hikoya qilinadi.
Uchinchi bob Chingizxon va uning avlod-ajdodlari Chingizxon bilan zamondosh bo‘lgan
boshqa sulolalar (qoraxitoylar, xorazmshohlar, sarbadorlar va boshqalar), Temuriylarga
bag‘ishlangan. Bundan tashqari, shu bobda Movarounnahr, so‘ngra Xurosonning Muhammad
Shayboniyxon yetakchiligida ko‘chmanchi o‘zbeklar tomonidan bosib olinishi va Ismoil Safaviy
davrida Eron, Afg‘oniston va Iroqning siyosiy ahvoli hikoya qilinadi.
“Habib us-siyar” ning muqaddimasida olamning paydo bo‘lishi, xotimada esa jahonning
ajoyibot va g‘aroyibotlari iqlimlar, mashhur daryo, dengiz va ko‘llar, sahro va tog‘lar) xususida
gap boradi.
Xondamirning yana bir asari ‒ «Humoyunnoma»dir Bu asar «Qonuni Humoyun» nomi
bilan ham mashhur bo‘lib, Hindiston podshohi, Boburning o‘g‘li Humoyunga bag‘ishlangan.
«Humoyunnoma» 941-(1534-1535) yilda yozib tamomlangan. Asarda Humoyun podsholik
qilgan davrda Hindistonda
joriy etilgan yangiliklar, aholining uch tabaqaga, hokimiyatning esa
to‘rt idora usuliga bo‘linishi va Humoyun tomonidan amalga oshirilgan me’morchilik qurilishiga
oid ma’lumotlar o‘rin olgan. Xondamirning boshqa beshta asarining faqat nomlarigina ma’lum,
xolos. Bular: «Osor ul-muluk val-anbiyo» («Podshoh va payg‘ambarlar haqida hikoyalar»),
«Axbor ul-axyor» («Yaxshi insonlar haqida xabarlar»), «Muntahibi tarixi vassof» («Vassof
tarixidan saylanma»), «Javohir ul-axbor» («Xabarlar gavharlari») va «G’aroyib ul-asror»
(«Qiziqarli sirlar»)dir. Xondamir o‘z zamonasining yetuk vakillaridan biri bo‘lgan. U nafaqat
mashhur tarixshunos olim, ayni zamonda «Noqiy» taxallusi bilan yaxshigina she’rlar ham ijod
etganligini Alisher Navoiy alohida ta’kidlab o‘tgan.
Alisher Navoiyning "Majolisun nafois" asarida, Mirxondning "Ravzat us-safo"asarida,
Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ush-shuaro" asarida, Boburning "Boburnoma"sida ham
Ulug‘bek to‘g‘risida ma'lumotlar bor. Temur shaxsi va faoliyati haqidagi A.Yu.Yakubovskiy
hamda V.V.Bartoldning qarashlari hozirgi davrda bizdagi jumladan g‘arbdagi Temur
tarixshunosligiga ham katta ta'sir ko‘rsatdi. XX asr boshlaridayoq Ulug‘bekning nomi, asarlari
jahonga mashhur va manzur bo‘ldi.
Ulug‘bekning faoliyatiga oid tarixiy fundamental asar bu V.V.Bartoldning 1915 yilda
yozgan "Ulug‘bek va uning davri" asaridir. Asar 1918 yili nashr qilingan. V.V.Bartold asarida
Ulug‘bekning ilm-fan yo‘lidagi xizmatlarini zarracha kamsitmagan holda olim Ulug‘bekning
faoliyatini hukmdor Ulug‘bekning faoliyatidan ajratib ko‘rsatadi.
Olim va davlat arbobi Ulug‘bek to‘g‘risida bizning davrimizda S.A.Akramov,
Yu.N.Aleskerov, B.Ahmedov, T.A.Qori-Niyoziy, N.I.Leonov, M.Masson, G.Pugachenkova va
boshqalarning asar hamda maqolalari e'lon qilingan. Bular Ulug‘bekning hayot va faoliyatini
o‘rganishda o‘quvchilarga yordam beradi.
Temur vafotidan so‘ng hokimiyat uchun kurash boshlanadi va to‘rt yildan so‘ng
Temurning o‘g‘li Shohruh bu kurashda g‘olib chiqadi. U otasi idora qilgan hokimiyatni ikki
qismga bo‘ldi: Markazi Hirotda bo‘lgan, o‘zi boshqargan Xuroson davlati va markazi
Samarqandda bo‘lgan, o‘g‘li Ulug‘bek boshqargan Movarounnahr davlati.
Mavzu bo‘yicha asosiy xulosalar: Ziyo Bunyodovning Anushtegin – «Xorazmshohlar
davlati» asari xorazmshohlar tarixini o‘rganish bo‘yicha yirik tadqiqot hisoblanadi. «Jome' at-
tavorix» ko‘chmanchi mo‘g‘ullarning maishiy hayoti va siyosiy ijtimoiy tarixi bo‘yicha muhim
ma'lumotlar beruvchi asar. XX-XIII asrlar davri yurtimiz tarixiga oid manbalar yetarli emas.
Amir Temur tarixi tarixshunosligining davrlari jamiyatda mavjud mafkuralar bilan bog‘liq.
Temur tarixiga oid manbalar bo‘lib, faqat ularni tanqidiy taxlil etishni talab qiladi. Mustaqillik
temurshunoslikda yangi bosqichni boshlab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |