Mavzu Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi Reja



Download 241,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana14.04.2023
Hajmi241,1 Kb.
#927990
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-мавзу

B e s h i n c h i b o b
d a Chingizxonning to‘ng‘ich o‘gli Jo‘chixon naslidan bo‘lgan 33 
xon zamonida Dashti Qipchoq (hozirgi Qozog‘iston, G’arbiy Sibir va Volgabo‘yi yerlari)ning 
tarixi bayon qilinadi. 
Mazkur bobda keltirilgan “o‘zbek” etnonimining kelib chiqishiga oid o‘ta muhim 
ma’lumotlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki o‘zbek xalqining kelib chiqish masalasi 
hanuzgacha ilmiy jihatdan to‘la hal qilinmagan bir muammo bo‘lib turibdi. Ilm-fanda bu 
masalaga har xil yondashuvlar va qarashlar mavjud. N.A.Aristov, A.Yu.Yakubovskiy va boshqa 
chet ellik olimlarning fikricha, “o‘zbek” etnonimi Oltin o‘rda xoni O‘zbekxonning nomi bilan 
bog‘liq. V.V.Grigoryev va A.A.Semyonovlar esa Dashti Qipchoqning sharqiy qismida istiqomat 
qilgan turk-mo‘g‘ul qavmlarini o‘zbeklar deb ataydilar. G.Vamberi, G.Xovors, Pellolarning 
fikricha, Dashti qopchoqda ko‘chib yurgan turk-mo‘g‘ul qabilalari o‘zlarini erkin tutganliklari 
tufayli o‘zbeklar ya’ni o‘z-o‘ziga beklar deb atalgan bo‘lishlari mumkin.
Asarning 
oltinchi bob
ida Eron bilan Ozarboyjon ustidan qariyb bir asr mobaynida (1256-
1353) hukmronlik qilgan Elxoniylar davlati ularning ichki ahvoli va tashqi siyosatiga oid bir 
talay qimmatli ma’lumotlar bor. Bundan tashqari Elxoniylar davlatining Misr, Shom, Suriya, 
Oltin O‘rda hamda Chig‘atoy ulusi bilan bo‘lgan siyosiy munosabati haqida ham e’tiborga molik 
ma’lumotlar uchraydi. 
A s a r n i n g e n g m u h i m q i s m i uning 
yettinchi bob
idir. Unda Chig‘atoyulusining 
Chingizxonzamonidan (1227 y.) to Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi (1370 y.) gacha 
bo‘lgan tarixi hikoya qilinadi. 
Ma’lumki, Chig‘atoy ulusining qariyb 150 yillik (1227-1370) tarixi o‘rganilmagan. Bu 
haqda qo‘lyozma manbalarda yetarli ma’lumot bo‘lmasligi bunga asosiy sababdir. To‘g‘ri, 
Chig‘atoy ulusida hukmronlik qilgan xonlar haqida juda qisqa ma’lumotlar Sharafuddin Ali 
Yazdiyning “Zafarnoma”sida, Mahmud ibn Valinnig “Bahr ul-asror”ida ham keltirilgan. Lekin 
“Tarix-i arba’ ulus” ularga nisbatan bir qadar to‘laroq. Unda ulusda hukmronlik qilgan Chig‘atoy 


va O‘qtoy qoon naslidan (Ali sulton, Donishmandchaxon, Suyurg‘atmishxon va Sulton 
Mahmudxon) bo‘lgan 33 xonning tarixi qisqa tarzda bayon etilgan. 
Chingizxon vafoti oldidan (1227-y) o‘z tasarrufiga kirgan mamlakatlarni o‘g‘illariga
taqsimlaganda, ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxonga Sharqiy Turkiston, YYettisuv vohasi va 
Movarounnahrni, Xorazmning bir qismi bilan in’om etgani, hozirgi Afg‘oniston va Shimoliy 
Hindiston yerlari esa Chig‘atoylar tasarrufiga keyincha o‘tgani haqida aytiladi. “To‘rt ulus 
tarixi”da keltirilishicha, Afg‘oniston va Shimoliy Hindiston yerlari ham Chingizxonning 
hayotligidayoq Chig‘atoyxonga berilgan. Bu haqida asarda quyidagilarni o‘qiymiz: «Chingizxon 
G’uronzamin mamlakati hokimligini, Koshg‘ar sarhadlaridan uyg‘urlar yeri chegarasigacha; 
Jayhun daryosi adog‘igacha yastangan yerlar: Eron bilan Turon oralig‘idagi Balx, Badaxshon,
Qobul, G’azna, Sind daryosigacha bo‘lgan yerlarning ko‘p qismini shu suyukli farzandi 
Chig‘atoyxonga berdi». 
Chig‘atoy qo‘shinining tuzilishi, ayniqsa harbiy bo‘linmalar nomi haqidagi ma’lumotlar 
o‘ta muhimdir. Masalan, qorovul qism o‘sha vaqtlarda bulung‘or, irovul (ilg‘or qism orqasidan 
boruvchi bo‘linma) ‒burung‘or, maymana (o‘ng qanot)- avang‘or, soqa (ar’ergard) — 
o‘kchungor deb atalgan. 
Asarning to‘liq nusxasi hali topilmagan. Bugungi kunda uning qisqartirilgan to‘rtta nusxasi 
saqlangan bo‘lib, uning ikkitasi Angliyada, bir nusxasi Hindistonning Bankipur shahri 
kutubxonasida, to‘rtinchi nusxasi AQSHning Xarvard universitetida saqlanadi. Asarning mazkur 
o‘zbekcha nashri asarning Britaniya muzeyi (Angliya)da saqlanayotgan ADD 26190 raqamlik 
qo‘lyozmasi asosida 1994-yil B.Ahmedov, N.Norqulov, M.Hasaniylar tomonidan amalga 
oshirilgan. Bu ish ushbu asarga qiziquvchilar safini kengaytiradi deb aytish mumkin. Ushbu 
asarning tarjimasi asarni o‘zbek tilida o‘qiy olish imkonini beradi. 
Shunday qilib, fan va madaniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk mutafakkir Mirzo 
Ulug‘bek, tarix ilmi sohasida ham samarali faoliyat olib bordi. Buning natijasini “To‘rt ulus 
tarixi”dan ko‘rish mumkin. Ko‘p bora tanqidlarga uchragan bu asar o‘zining ilmiy ahamiyati va 
o‘quvchisini yo‘qotmagan. Asardagi ma’lumotlar o‘z ahamiyatini saqlab qolgan. O‘rta va 
Markaziy Osiyoning XIII-XIV asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‘rganishda 
muhim o‘rin egallashi shubhasizdir. 
Chig‘atoy qo‘shinining tuzilishi, ayniqsa harbiy bo‘linmalar nomi haqidagi ma'lumotlar 
o‘ta muhimdir. Masalan, qorovul qism o‘sha vaqtlarda bulung‘or, irovul (ilg‘or qism orqasidan 
boruvchi bo‘linma) - burung‘or, maymana (o‘ng qanot) - avang‘or (hozirgi "avangard" shundan 
olingan bo‘lishi kerak), soqa (ar'ergard) - o‘qchung‘or deb atalgan va hokazo. 
"Tarix-i arba' ulus"da bu va bunga o‘xshash muhim ma'lumotlar ko‘p. Bu kabi asarlarni 
o‘rganish O‘rta Osiyoning mo‘g‘ullar istilosi davridagi tarixini bilishimizga yaqindan yordam 
beradi. Mo‘g‘ullar istibdodi va unga qarshi kurash tarixini o‘rganishda birinchi darajali manba 
hisoblangan Abu Umar Minxojiddin Juzjoniyning "Taboqoti Nosiriy", Alouddin Otamalik 
Juvayniyning "Tarixi Jahongushay", Fazlulloh Rashiduddinning "Jome' at-tavorix" asarlari 
hisoblanadi. Hozirgi kunda tarixchilarimiz oldida turgan muhim muammolardan biri juda kam 
ma'lumot saqlangan, ammo tariximizning muhim qismi mo‘g‘ullar istibdodi davrini o‘rganish 
yuzasidan tadqiqotlar olib borishdir. Jaloliddin Manguberdining 800-yillik yubileyi munosabati 
bilan ma'lum ishlar amalga oshirildi, Urganch shaxrida Jaloliddin Manguberdi haykali o‘rnatildi, 
Muhammad an Nasafiyning Sulton Jaloliddin Manguberdining hayoti asari nashr etildi, old 
tomoniga Jaloliddin Manguberdi timsoli tushirilgan 25 so‘mlik tanga zarb etildi va bu ham 
tarixshunoslikning yutug‘i bo‘lib hisoblanadi. 


Amir Temur shaxsi va davlati tarixi ko‘p va xo‘p o‘rganilgan mavzulardan biridir. Lekin 
Temur shaxsi va faoliyatiga hamisha bir xil baho berilmagan. Temur tarixi tarixshunosligi u 
hokimiyat tepasida turgan vaqtdanoq boshlangan. Ana shu katta hajmdagi tarixshunoslikni uch 
davrga bo‘lib o‘rganmoq maqsadga muvofiqdir: 
1)
Temur davridan to XX asrning 30-yillarigacha; 
2)
XX asrning 30-yillari oxiridan - 80 yillar 2-yarmigacha; 
3)
Mustaqillik davri. 
Birinchi davrda Temur davlati tarixi butun dunyoda keng ko‘lamli o‘rganildi. Ikkinchi 
davrda Temur davri tarixini o‘rganish tarixiy voqyealarning barchasi, jumladan Temur tarixi 
kommunistik mafkura nuqtai nazaridan, sinfiylik tamoyillari asosida o‘rganila boshladi. Natijada 
Amir Temur qonxo‘r, Temur kallakesar degan qarashlar hukmron bo‘lib qoldi. Temur shaxsi va 
faoliyati, davlati tarixini o‘rganishda mustaqillik yangi sahifa ochdi. Amir Temurning 660-yillik 
yubileyi O‘zbekistonda va YuNeSKO tomonidan Fransiyaning poytaxti Parijda nishonlandi, 
ko‘plab ilmiy asarlar yaratildi. Temur davriga oid manbalar nashr qilindi va qayta nashr qilindi. 
Nashr qilingan asarlarda Temur shaxsi va faoliyati, davlatining haqqoniy tarixi yaratildi, uning 
o‘zbek xalqi tarixida va shuningdek jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni hamda roli ko‘rsatib 
berildi. Amir Temurning diplomatik munosabatlari tadqiq qilindi, harbiy yurishlari tahlil qilindi. 
XIV asrning o‘rtalariga kelib Movarounnahrning siyosiy hayotiga Xoji Barlos bekning 
jiyani Temur ham qo‘shiladi. U 1336 yili Kesh shahri yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida 
tug‘ildi. Uning otasi Turag‘ay barlos qabilasidan edi. Temur dastlab "turli beklarning qo‘shinini 
boshqardi". 1360 yildan boshlab u 10 yil davomida goh u, goh bu hukmdor tomonida kurashdi 
va bir vaqtning o‘zida barloslar qabilasini o‘z atrofiga jipslashtirib bordi. 
1361 yilda u Tug‘lug‘ Temur tarafiga o‘tdi va buning evaziga biroq, u Tug‘lug‘ 
Temurning raqibi-Balx hukmdori amir Husayn bilan ittifoq tuzdi. Ular birgalikda mo‘g‘ullarga 
qarshi isyon ko‘tardilar. Biroq mag‘lubiyatga uchragach, O‘rta Osiyoni tashlab Seyistonga 
qochishga majbur bo‘ldilar. Seyistondagi harbiy harakatlaridan birida Temur o‘ng qo‘li hamda 
o‘ng oyog‘idan yaralanadi. Shundan keyin u bir umr cho‘loq bo‘lib qoldi va kelgusida ulkan 
davlat tuzgan bu «Temurlang» (Oqsoq Temur) laqabini oldi. 1360 yilda Shahrisabz va 
Qarshining begi bo‘lgan amir Temur 1370 yilga kelib ya'ni 10 yil ichida butun 
Movarounnahrning hukmroniga aylandi. 
Ibn Arabshoh ma'lumotlarida ko‘rinadiki, Temurning otasi Turag‘ay xudojo‘y musulmon 
bo‘lgan, u olim va darveshlarning ayniqsa, shayx Shamsiddin Kulor (Kulol)ning do‘sti bo‘lgan. 
Bu taqvodor zotning xoki Go‘ri Amir maqbarasiga qo‘yilgan yoki ko‘chirilgan. Temurning 
yangi diniy maslahatchisi hamda homiysi Said Baraka umrining oxiriga qadar Temurning 
maslahatgo‘yi va ma'naviy padari bo‘lib, Temur Xorazmga yurish qilganda ham ishtirok etadi. 
Said Baraka va termizliklar sayidlardan so‘ng ma'lum bir nufuzga, obro‘-e'tiborga ega bo‘lgan 
zotlar samarqandlik shayxul-islom Xoja Abdul -Avval va uning jiyani Xoja Isomiddin, keshlik 
Xoja Afzal va keshlik shayxul- islomning o‘g‘li Abdul Homid va Abdurahmon hamda 
samarqandlik shayxul-islom al-Maliklardan iborat edi. Ibn Arabshohning so‘zlariga ko‘ra Amir 
Temur Zohid Zoyi al-din Abu Bakr Toyobodiyni (1381 yildan Xuroson ruhoniylarining 
yetakchisi, Xuroson yonidagi Toyobod qishlog‘idan chiqqan) o‘zi erishgan zafarlarda katta
xizmati bo‘lgan Shimsiddin Kulol va Said Baraka qatori homiylaridan biri hisoblangan. 
V.V.Bartoldning ta'kidlashicha, «Shohruh davrining tarixchilari Chingizxon qonunlari 
oldida islom shariati yuqori mavqyega erishgan bir paytda, tabiiyki, Temurning xudojo‘yligini va 
dinga bo‘lgan jonkuyarligini bo‘rttirib ko‘rsatishga moyil bo‘lganlar. Shubhasiz, amir Temur 


ulamo ahlining homiysi bo‘lgan ular bilan tengma-teng muloqotlar olib borgan va ayniqsa 
payg‘ambar avlodlariga hurmat bilan qaragan: sohibqironning o‘z tug‘ishganlaridan tashqari 
uning davlatida hayoti daxlsiz xisoblangan yakkayu-yagona odamlar sayidlar bo‘lgan deyish 
mumkin. Bundan tashqari, Hofizi Abru yozishicha, Temur dini islomni mustahkamlash uchun 
g‘amxo‘rlik qilgan, u hyech qachon vaqflarning pul bilan bog‘liq ishlariga aralashmas edi. 
Bartold yana bir o‘rinda Temur tarixni juda yaxshi bilgan, deb yozadi. Bartoldning bu so‘zlari 
tarixchi ibn Xaldunning Temur bilan bo‘lgan suhbat mazmuniga suyanib yozilgan. 
Gap shundaki, faqat XVI asr oxirlariga kelibgina arab faylasufi ibn Xaldun (1332-1406) 
ilk bor musulmon dunyosida tarixni hikoya qilib berishdan tashqari, voqyealarning sababiy 
bog‘lanishlarini ham, pragmatik bayon (tarixdagi ob'ektiv taraqqiyot qonunlarini ochib 
bermasdan, voqyealarni faqat tashqi bog‘lanishi va izchilligiga qarab tasvirlash) qilib berish va 
umumdunyo tarixining taraqqiyot qonunlarini belgilash borasida urinib ko‘rdi. Ibn Xaldun tabiat 
va insoniyat tarixi o‘rtasida dialektik aloqa mavjudligini isbotlash uchun harakat qilgan edi. 
Shuning uchun ham tanqidiy mabalarda ibn Xaldun quyidagi asosiy qoidalarga suyanadi: kishilik 
jamiyati tarixi ham tabiat hayoti kabi umumiy bo‘lgan muhim qonunlarga bo‘ysunadi va xalqlar 
hayotida bu qonunlarning nomoyon bo‘lishi tarixiy haqiqatning asosiy mezoni bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Amir Temur o‘z davrida yirik imperiya tuza olgan iste'dodli davlat arbobidir. Bu haqda 
o‘rta asr mualliflarining asarlari juda boy ma'lumot bera oladigan manba hisoblanadi. Temur 
o‘z hukmronligining dastlabki yillarida mamlakat poytaxtini belgilashda ikkilangan edi. 
XIVasrning 70- yillaridan Samarqand yirik siyosiy markaz tusini ola bordi va shu bilan 
shaharning yuksalishi avj oldi, Sharqning savdo-iqtisodiy, hunarmandchilik, ilmiy- adabiy 
markazga aylandi. Hozirgi kunda bizgacha Temur va temuriylar yaratgan inshootlardan oz 
qismigina saqlanib qolgan, xolos, aksariyati yo‘qotilgan, ayrimlari vayronalarga aylangan. 
Masalan, Samarqand qal'asida (Tepaqo‘rg‘on) 1371-1372 yillarda o‘sha davrning obro‘li 
kishilaridan biri bo‘lgan so‘fiy Nuriddin Basir yoki Qutbi Chahordoxum uchun maqbara 
tiklangan edi. Bu obida 1868 yilning mayiga qadar yaxshi saqlangan . Rossiya imperiyasi 
Samarqandni bosib olgach, shu yilning iyun oyidayoq Kaufmanning buyrug‘i bilan bu nodir 
yodgorlik durdonasining faqat tarixi va tasviri- tarixchi rassom V.V.Vereshchaginning 
suratlarigana saqlanib qolgan,xolos. Hatto mana shu ko‘xna suratlar ham 1915 yilga kelibgina 
oshkor qilindi va bu haqda Turkistondagi rus ziyolilirigina ogoh bo‘ldilar, xolos. Hozir loyiha- 
tarix va unda ko‘rsatilgan o‘lchovlar bo‘yicha xulosa qilish mumkinki, Qutbi Chahordoxum 
maqbarasi olti burchakli mahobatli gumbazi bo‘lgan bino ekanligini ko‘ramiz. Uning devorlari 
sirlangan g‘ishtlar bilan, peshtoqlari yozma naqshlar va gumbaz qubbalari feruza rang bilan 
ziynatlangan edi. 
Taniqli muarrix Zayniddin Vosifiy XV asr oxiridagi voqyealarni bayon qilayotib, 
Abdurahmon Jomiy Samarqand gazlamalarini behad hush ko‘rgan va liboslarini ham faqat shu 
gazlamalardan tiktirganligini eslab o‘tadi. Jomiy kamtarona va sodda kiyinsa ham yil bo‘yi 
o‘zining odatdagi xarjlariga 100 ming dinor sarflardi, deb yozadi uning biografi Abulvosiy. 
Asarda bunday dalillar juda ko‘p. Yozma hujjatlar hamda arxiv manbalaridan faqat bu hunar va 
sohalarning gullab-yashnagani haqidagina emas, balki usta hunarmandlar va quruvchilar, 
muhandislar va me'morlarning ismlarini ham bilib olish mumkin. Masalan, Sankt Peterburgda 
Ermitajning madaniyati va san'at tarixi kolleksiyasida 1989 yilgacha ulkan doshqozon va Temur 
nomi bilan bitilgan shamdon bor edi. Temurning hadyasi ulkan doshqozoni Turkiston shahriga 
qaytarilib, O‘rta Osiyo va Qozog‘istondagi ulkan me'morchilik kompleksi – Temur amri bilan 
bunyod etilgan, o‘rta asrlarning buyuk shoiri va mutafakkiri Xo‘ja Ahmad Yassaviy 


maqbarasining asosiy xonasidagi gumbaz ostiga o‘rnatildi. Oshkoralik sharofati ila ko‘p yillar 
mobaynida Leningrad Ermitajida saqlangan doshqozon- Temurning tortig‘i o‘zining tarixiy 
o‘rniga qaytdi. 
Ikki tonnali to‘y qozoni olti asrcha burun « yetti xosiyatli metall quymasidan ishlangan,
turli shakllar va Qur'ondan olingan arabcha so‘zlar bilan behad nafis bezatilgan,to‘y qozonining 
yuqori diametri ikki yarim metrni tashkil etadi. Unda bir yo‘la 1000 oshxo‘rga yetarli palov
damlash mumkin». 
Sharafiddin Ali Yazdiy yozishicha, Temur Samarqandga hunarmandchilik, me'morchilik, 
fan va boshqa sohalarda foydasi tegishi mumkin bo‘lgan barchani olib kelaverishni buyurgan. 
«U turli kasbdagi hunarmandlarni yig‘ishga urindi», deb yozgan edi Klavixo A.Yu. 
Yakubovskiyning ma'lumotiga ko‘ra, Samarqandning ishlab chiqarish qudratini oshirmoq 
maqsadida Temur bu yerga Oltin O‘rda, Xuroson, Ozarbayjon, Armaniston, Fors, Mesopotamiya 
va boshqa viloyatlardan majburiy ravishda hunarmandlarni ko‘chiradi. Tarixchilar XV asrda 
Samarqand aholisi etnik jihatdan rang-barangligini ta'kidlashgan. 
XIV asr oxirida Turkiyaning harbiy qudrati osha bordi. 1389 yildan boshlab Turkiya 
Bolqon yarim oroli va Yevropa xalqlariga nisbatan bosqinchilik yurishlarini boshladi. U 
Serbiya, Bolgariyani bosib oldi. Vengriya (Majoristonga) tahdid qila boshladi. Sulton O‘rhon va 
yeldirim Boyazid 1396 yili G‘arbiy Ovrupo ritsarlari ustidan g‘alaba qozonib, endi 
Konstantinopol (Stambul) ni olishga jon-jahdi bilan tayyorganadi. Shuning uchun Vizantiya 
imperatori Manuil va uning noibi Ioann Paleolog yordam surab, yevropa saroylarini aylanib 
chikdi. Xalqaro miqiyosda bu davr yevropa uchun eng murakkab davr edi. 
Ba'zi mamlakatlar turklar bilan sulh tuzib o‘zlarini xavfdan qutqarmoqchi bo‘lardilar. 
Boshqalari Rim papasi boshchiligida ittifoq tuzib, g‘ayridinlarga karshi kurashmoqchi edilar. 
Lekin tezda sharoit o‘zgarib qoldi. Kichik Osiyo ikki hukmdor- Temur va Boyazid tomonidan 
mahv etilgan Kichik Osiyolik amirlar Temur saroyida panoh topishgan va unga xizmat qilar, 
Boyazidning yengilishini tilar edilar. g‘arbning nasroniy davlatlari:Vizantiya regenti (monarx 
o‘rniga vaqtinchalik hukmdor) va Genuya hukmdori Galat, Fransiya qiroli Karl VI, Sultoniya 
shahrining (Shimoliy Eron) katolik doiylari -missionerlari Temurdan ko‘mak so‘rashdi. Temur 
esa o‘z navbatida Venetsiya va Stambul -Konstantinopolning dengiz kuchlarini Usmoniylar 
davlatiga qarshi ishlatishdan manfaatdor edi. 
Mavjud hujjatlardan Temurning diplomatik qobiliyati xususida fikr yuritish mumkin. 
Qo‘shinlari Kichik Osiyoda bo‘lgan chog‘i Temur turk sultoni Boyazid elchixonasi vakillari 
bilan muloqotdan kifoyalanmasdan, bir vaqtning o‘zida Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422) va 
ingliz qiroli Genrix IV Lankaster bilan amalga oshira bordi. Temurning yevrupo mamlakatlari 
hukmdorlari ila olib borgan yozishmalaridan ularning qarashlari qudratli Usmonli imperiyasiga 
qarshi kurash borasida bir joydan chiqqanligi ko‘rinib turibdi. 
Temurning Misr sultonini, so‘ng 1402 yil Anqara jangida qudratli Usmon imperiyasini tor-
mor etganini aslini olganda G‘arbiy Ovrupo xalqlarini qullikdan asrab qoldiki, bu hol G‘arbda 
Sharqqa nisbatan qiziqish uyg‘otdi. G‘arb olis Sharqqa o‘z elchilarini yo‘llarkan, o‘zlarining 
doimiy maqsadlarini unutmadilar,ya'ni elchilar hamma joyda kuzatib yurishlari, ishlarning 
borishi, xalq ahvoli to‘g‘risida, savdo, hunarmandchilik, kosiblik haqida ma'lumotlar to‘plashi, 
o‘z mamlakati uchun foydali biron yumush qilishlari lozim edi va hakazo. Ular kundalik 
yuritardilar. Qaytganlaridan so‘ng esa barcha ko‘rganlari haqida batafsil hisobot yozardilar. 
Buning yaqqol misoli- 1403 yil Temur saroyida bo‘lgan Ispaniya elchisi Klavixoning 
sayohatnomasi 1582 yil Seviliyada "Buyuk Temurlangning hayoti va faoliyati" nomi bilan nashr 
etildi. Asar Madridda 1782 yili nashr etildi. Ingliz sharqshunosi Strondj "Kundalik"ni 


Sreznevskiy nashriga suyanib, ingliz tiliga tarjima qildi va 1928 yil nashr etdi.1943 yili Klavixo 
kundaligining yangi Madriddagi nashrini F.Lopez amalga oshirdi. Nashr asosiga u XU asr 
qo‘lyozmasini oldi, lekin u asr matnini chuqur adabiy-ilmiy tekshiruvdan o‘tkazdi va kundalikni 
Temur davlatidagi Klavixo elchixonasi haqidagi tarixiy ma'lumotlar bilan to‘ldirdi. 
"

Download 241,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish