Shihobiddin an-Nasaviyning “Sulton Jaloliddin Manguberdi” asari.
Bizga ma’lumki
mustaqillik yillarida O‘zbekiston tarixining ko‘pgina jabhalarida ulkan o‘zgarishlar yuz berdi.
Ayniqsa, o‘zbek xalqining uzoq yillar davomida qalbida saqlab kelgan milliy qahramonlarining
nomi tiklanib va chuqur tadqiq qilina boshlandi. Shunday qahramonlardan biri “XIII asr vabosi”
deb nom olgan mo‘g‘ullarga qarshi 14 marta duch kelib, 13 martasida g‘olib kelib, ko‘plab
jasoratlar ko‘rsatgan, keyinchalik dunyoning katta qismida ulkan davlatga asos solgan o‘zbek
xalqining faxri bu – Jaloliddin Manguberdidir. Jaloliddin Manguberdining jo‘shqin, mazmunli
hayoti va faoliyatida intilishga loyiq namuna, ayni paytda hech qachon o‘z dolzarbligini
yo‘qotmaydigan ulkan saboq bor. Jaloliddin Manguberdining hayoti va faoliyati haqida ko‘plab
asarlar yaratilgan. U haqdagi XIII asrdan to hozirgacha yaratilgan asarlar soni salkam 500 jildga
yaqin kitobni tashkil etadi. Shularni orasida eng ishonchli, asosiy tarixiy manba Shihobiddin
Muhammad an-Nasafiyning “Sulton Jaloliddin Manguberdi hayotining tafsiloti” (“Sirat as-sulton
Jaloliddin Mankburni”) asaridir. Bu manbani o‘rganish buyuk sarkardaning hayoti haqida
aniqroq va chuqurroq tushuncha olishga imkon berib, ozodlik va erk uchun kurash bu azaldan
xalqimizning qon-qoniga singib ketgan tushuncha ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilish,
bugungi yoshlarning vatanga bo‘lgan muhabbatlarini yanada oshirish, ular buyuk ajdodlarning
avlodi ekanligini tarixiy manba asosida bayon qilish imkonini beradi.
Shihobiddin Muhammad an-Nasaviyning “Sulton Jaloliddin Manguberdi hayotining
tafsiloti”, (“Sirat as-sulton Jaloliddin Mankburni”) asari arab tilida yozilgan. Asarning ikkita
to‘liq bo‘lmagan qo‘lyozmasi bugungi kungacha yetib kelgan. Ulardan biri – 1260 yilda yozilgan
qo‘lyozmasi Parij Milliy kutubxonasida, ikkinchisi Britaniya muzeyida saqlanadi. Bu asar haqida
g‘arb tarixiga ilk ma’lumotni XIX asr o‘rtalarida K. D’osson olib kiradi. Uning 1852 yilda
Amsterdamda nashr etilgan “Mo‘g‘ullarning Chingizxondan Amir Temurgacha bo‘lgan tarixi”
deb nomlangan asarida bu haqda mufassal ma’lumot berilgan. Keyinchalik sharqshunos olim
Oktav Udas “Sirat”ni fransuz tiliga tarjima qiladi va nashr ettiradi. Bu asarning jahon tarixidagi
o‘rni haqida bir qancha maqolalar yozadi. Shundan keyin g‘arb tarixida Jaloliddin to‘g‘risida
A.Myuller, J.Boyl, V.Fishsl, V. Allen, X.Xorst, Kl.Kaen, G.Gotgshalk, B.Shpuler kabi
olimlarning ilmiy tadqiqotlari paydo bo‘ladi. Ular Nasaviy asari bilan birgalikda Jaloliddin
Manguberdining tarixdagi o‘rniga ham munosib baho beradilar.
O.Udas tarjimasi asosida Nasaviy asarini 1914-1916 yillarda Yu.Ziyo va A.Tavhid turk
tiliga o‘girib, nashr qildiradilar. 1934 yilda bu asar Najib Asim tarjimasida yana bir bor turk
tilida nashr qildiriladi. Bunda avvalgi tarjimada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar to‘ldiriladi va asar
mukammallashtiriladi. Keyinchalik O.Udas tarjimasidagi asar Qohirada nashr etiladi. 1945 yilda
bu asar Muhammad Ali Nasix tomonidan fors tiliga ham o‘giriladi. 1953 yilda Hofiz Ahmad
Hamdiy uni O.Udas tarjimasi asosida arab tiliga tarjima etib, nashrdan chiqartiradi. Keyinchalik
Nasaviy asari boshqa tillarga ham tarjima qilinib, ko‘plab ilmiy tadqiqotlar paydo bo‘ldi.
“Sirat” rus tiliga 1850 yildan 1900 yilgacha qisqartirilgan holda bir necha bor tarjima
etilgan. Uning rus tarixida o‘rganilishida Peterburg universitetinnng professori, shayx
Muhammad Tantaviyning xizmatlari kattadir. Avvalo, shayx Tantaviy Parij Milliy
kutubxonasidagi Nasaviy asari qo‘lyozmasini qaytadan ko‘chirib oladi. Uning yo‘qolgan
sahifalari, o‘chib ketgan joylaridagi so‘zlarni asar ruhidan kelib chiqqan holda to‘ldiradi. Ba’zi
joylariga aniqlik kiritadi. Shu tariqa an-Nasaviy asarining shayx Tantaviy tayyorlagan nusxasi
O.Udas nashr ettirgan nusxasidan ko‘ra to‘laroq va mukammalroq chiqadi.
Ushbu asar ustidagi ishni keyinchalik ozarboyjonlik tarixchi, sharqshunos olim Ziyo
Dunyodov davom ettiradi. U an-Nasaviy asarining arab, fransuz, fors til- laridagi va shayx
Tantaviyning nusxalari asosida tanqidiy matnini tayyorladi. Ammo bu ish 60-yillardan beri nashr
qilinmasdan qolib kelmoqda. Ayni paytda, olim asarning to‘liq nusxasini, tanqidiy matn asosida
rus tiliga tarjima qilib, 1973 yidda Bokuda nashr ettirgan.
Afsuski, an-Nasaviyning Jaloliddin Manguberli haqidagi eng ishonchli manba bo‘lgan bu
asari ham, uni tadqiq qilish asosida xorijlik qadimshunoslar tomonidan yaratilgan boshqa o‘nlab
asarlar, maqolalar ham o‘zbek tiliga o‘girilmagan.
Jaloliddin Manguberdi haqida yozilgan asarlardan yana biri Nuriddin Zaydariyning fors
tilidagi “Nafsat al-masdur fi fugur zaman as-sudur va zaman as-sudur al-futur” yilnomasidir.
Nuriddin Zaydariy ham Jaloliddinning munshiysi, kotibi bo‘lgan. Tarixchilardan ma’lum
bo‘lishicha Zaydariyning bu asarini an-Nasaviyning “Sirat”idan tarjima deb baholasa, ba’zilari
alohida mustaqil asar deb qaraydilar. Ziyo Dunyodov ikkala asarni ‒ “Sirat”ni ham, «Nafsat al-
masdur”ni ham o‘rganib, bir shaxs, bir voqea-hodisalar, bir tarix haqidagi ikki asar deb yozadi.
Nima bo‘lmasin, bu asarning borligi, unda Jaloliddin Manguberdi haqida ma’lumotlar berilishi
tarixni o‘rganish uchun katta ahamiyatga egadir.
Jaloliddin Xorazmshoh hayoti va faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar beruvchi tarixiy
bitiklardan biri Izziddin ibn al-Asirning o‘n ikki jilddan iborat
“
al-Komil fit-tarix” (“Mukammal
tarix”) asaridir. Jahon tarixiga oid voqealar xronologik tarzda qayd etilgan bu asarda
Xorazmshohlar davlati faoliyatiga alohida o‘rin berilgan. Asar muallifi kitobida keltirgan
voqealarni ko‘rmagan, shohidi bo‘lmagan bo‘lsa ham, eshitganlari asosida yaratgan. Shihobiddin
an-Nasaviy Ibn al-Asirning bu kitobiga yuqori baho berib, bunday deb sezadi: “U asarida ba’zi
o‘rinlarda haqiqatdan bir oz chekingan bo‘lsa-da, eng muhim va asosiy voqealardan birortasini
e’tibordan chetda qoldirmagan”. Shuningdek, Nasaviy uning bu kitobidan ta’sirlanganini, o‘z
asarini yaratishda undan foydalanganini ham eslatadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki,
Ibn al-Asirning bu asari Nasaviy asaridan o‘n yillar ilgari yozib tugallangan. O‘tmish tariximiz
to‘g‘risida boy manbalarga ega bo‘lgan, jahonning ko‘plab tillariga o‘girilgan bu asar ham
o‘zbekchaga tarjima qilinmagan.
Taniqli tarixchilar Juvayniy “Tarixi jahongusha”, Rashididdin “Jami at-tavorix”, Juzjoniy
“Tabaqati Nosiriy” asarlarida ham Jaloliddin xususida ma’lu- motlar berganlar. Mo‘g‘ul xonlari
xizmatida bo‘lgan bu tarixchilar sulton hayoti, faoliyatini rahnamolari talabi bilan bir yoqlama
yoritishga majbur bo‘lganlar. Ammo shunga qaramay, ular ham sultonning mardliklari,
qahramonliklaridan ko‘z yumolmaydilar. U haqdagi tarixiy haqiqatni e’tirof etadilar. Bunday
e’tiroflar mo‘g‘ullar tarixi “Muqaddas bitiklar”da ham, Chingiz xizmatida bo‘lgan xitoylik
tarixchilar
yetyuy
Chu-Say
va
Sun
Szi-chjen
asarlarida
ham
uchraydi.
Ularda
Xorazmshohlarning hayoti, mamlakati tegralari, xalqlar faoliyati qalamga olinadi. Jaloliddinning
qahramonliklari, kurash yo‘llari, qo‘shinlari to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.
O‘rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayoti masalasida, XIX asr 80-yillaridan buyon qator
tadqiqotchilar tomonidan turli xil fikrlar aytilgan. Qoraqalpoqxalqining XVI-XIX asrlardagi
tarixini bayon etar ekanmiz, XVI asring ikkinchi yarmida No‘g‘ay xonligi uch qismga - “Olti ul”
o‘rdasi, Kichik o‘rda va Katta o‘rdaga bo‘linib ketadi. XVI asrning boshlarida no‘g‘aylar Volga
va Yoyiq daryolari bo‘ylariga bostirib kelgan jung‘orlar (qalmoqlar) tomonidan tor-mor
etiladilar. Yaylovlaridan ajralgan no‘g‘aylar g‘arbga - Qrim tarafga ko‘chib ketishga majbur
bo’madilar. No‘g‘aylarning “Olti ul” ulusi tarkibiga kiruvchi qoraqalpoqlar esa Orol va Sirdaryo
bo‘ylariga kelib o‘mashadilar. Bu davrda qoraqalpoqlar goh Buxoro xonligiga, goh Qozoq
xonligiga tobe bo‘lganlar.
XVI
asr boshlariga kelib Sirdaryo bo‘ylarida yashovchi qoraqalpoqlar birlashishga
harakat qilganlar. Ularning birlashish jarayonida Sig‘noq singari qadimiy qo‘rg‘on shaharlar
tayanch bo‘gan. Qoraqalpoqlaming birlashuvida Kuchukxon, Tabirchak va G’oyib sultonlar
muhim rol o‘ynaganlar. Buning natijasida 1714 yilda Sirdaryobo‘yi qoraqalpoqlari yetakchilari
Eshmuhammad (Eshimxon) boshchiligida o‘z davlatiga - qoraqalpoq xonligiga asos solganlar.
Bu davlat Sirdaryoning quyi oqimi, Volga bo‘ylari jung‘orlari, Boshqirt ulusi va Kichik juz
qozoq xonliklari bilan chegaradosh edi.
Jung‘orlar davlati kuchayib g‘arbga qarab yurish qiladi. 1723 yilda Jung‘or qalmoqlari
Sirdaryoning o‘rta qismini egallagach, qoraqalpoqlar ko‘chishga majbur bo‘ladilar. Ulaming bir
guruhi Sirdaryoning quyi oqimi va Orol tarafga, ikkinchi bo‘lagi Sirdaryo bo‘ylab yuqoriga -
Toshkent atrofiga siljishga majbur bo‘ladi. Shu tariqa qoraqalpoqlar shartli ravishda “yuqori
qoraqalpoqlar” va “quyi qoraqalpoqlar”ga bo‘linib ketadi. Quyi qoraqalpoqlar Sirdaryo bilan
Amudaryo o‘rtasidagi bo‘sh yotgan yerlarni o‘zlashtirib, Quvondaryodan suv haydab kelib,
dehqonchilik bilan shug‘ullanadilar. Qoraqalpoqlar Orolbo‘yi o‘zbeklari (qo‘ng‘irotlar) bilan
yaqinlasha boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |