Mavzu: Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja


"Base g'am boridin" g'azali tahlili



Download 1,37 Mb.
bet11/16
Sana07.09.2017
Hajmi1,37 Mb.
#19179
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16

"Base g'am boridin" g'azali tahlili
Mazkur g'azal Munisning hasbi holi — qismati, ahvolining ifodasi deb atash mumkin. Shoirning umr bayonida aytilganidek, bir yilda otasi, onasi va inisidan ayrilgan shoir ma'lum vaqt o'tgach, hayotdagi suyanchiqlari bo'lmish umr yo'ldoshi hamda o'g'lini ham tuproqqa topshiradi. Adoqsiz musibatlar girdobida, og'ir g'am yuki ostida qolgan Munis ko'nglidagi dardlarini g'azal shaklida qog'ozga to'kadi:

Base, g'am boridin chekmish og'irni,

Yog'ir bo'lmish hazin ko'nglim yog'irni.

Shoirning mahorati shundaki, u shakldosh (omonim) so'zlar vositasida tajnis san'atini qo'llab, fikrning o'ziga xos ifodasini topa olgan. G'azalning matla'sidagi "yog'ir" so'zi "yag'ir", "yog'irn" esa "yag'rin" (elka) ma'nolarini anglatadi. Shoir ana shu holatdan ustalik bilan foydalanib, hayotda ko'plab g'amlarni ko'rdim, ana shu g'am yuklarini ko'tarib yurgan ko'nglim yelkalari bu og'irliklardan yag'ir bo'lib ketdi, deya shoirona tasvir yaratadi. Keyingi ikki misrada birinchi baytdagi fikr yanada aniqlashtiriladi:



Falak g'am yuklarin solg'onda elga,

Yog'irnimga mening qo'ymish og'irni.

Munis falak butun insoniyatga g'am yuklarini ulashganda ularning ko'pi menga tegdi, hammadan ko'p og'irliklari menga tushdi deb, hayotida ketma-ket yuz bergan fojealarga ishora qiladi.

Uchinchi baytda shoir ma'shuqaga "g'am yuki" asoratlarini ko'rsatishga tutinadi:

Bilursan g'am yukin ko'p chekkanimni,

Yog'irnim ustida ko'rsang yog'irni.

Faqat yaqinlarni boy berishgina emas, ishqdagi yor jafolari ham oshiqqa tinimsiz uqubatlar keltiradi. Shuning uchun u yorga qarata "Agar ko'nglim yog'irnini ochib ko'rsatsam, uning ustidagi yag'irlarni ko'rib, qanchalar g'am yukini tortganimni bilar eding" so'zlari bilan ahvolini bayon etadi.

Keyingi baytda oshiq "yag'rinining yag'ir"ligi tasviri o'sib, goh ko'ngil, goh bag'rini ma'shuqa itiga berishga ham tayyorlik darajasiga yetadi:

Iting ko'rsam, manga uns aylasun deb,

Berurman gah ko'ngul, gohi bog'irni.

Raqib ollingda bo'lmoqdin hazinman,

Tilarman ko'rmasam ul bo'lmog'urni.

Zamona ahlig'a bo'lmish shikva oyin,

Netong, sevsam agar gung-u sog'imi.

G'azalda endi so'z zamona ahliga ko'chadi. Zamonagidagi odamlarda ham nolish, anduhlar ko'pki, shikoyat qilish ular uchun odat bo'lib qolgan. Ularning shikoyatlari esa shoirning g'amlariga g'am qo'shadi. Shuning uchun shoir gung — gapira olmaydigan sag'ir bechoralarni yoqtirishini ajablanarli hol emas deb izohlaydi.G'azal maqta'sida oshiq o'zi tushgan o'ta mushkul holatdan qutulishning an'anaviy chorasini topganligi aks etgan:



Najote istasang Munisga g'amdin,

Ayoqchi, tut anga har dam chog'irni.

Ko'p asrlar mobaynida she'rlarda tasvirlab kelinganidek, g'amdan qutulishning eng samarali yo'li dardni unutishdir. Bunda esa, chog'irga teng keladigan vosita yo'q. Chog'ir (may), oldin aytilganidek, ilohiy ishqni, ayoqchi (soqiy) Olloh ishqini dillarda yolqinlatuvchi piri komil timsollarini anglatadi. Demak, kimning dilida ilohiy ishq bo'lar ekan, u bu ishq shavqida dunyo g'am-alamlaridan xalos bo'lib, umrini Yaratganning yodi bilan shod o'tkazadi.


Tayanch tushunchalar:

  • Munis

  • "Munis ul-ushshoq"

  • Miroblik

  • "Savodi ta'lim"

  • "Firdavs ul-iqbol"

  • "Base g'am boridin"


Savol va topshiriqlar:


  1. Munisning hayot yo'li haqidagi ma'lumotlami sinchiklab o'rganing, ularning shoir ijodiga ko'rsatgan ta'siri haqida fikr bildiring.

  2. Shoirning shaxsiy hayotidagi baxtsizlik va yo'qotishlar un­ing ijodida qanday iz qoldirganligi haqida to'xtaling.

  3. Munis ijodining o'z hayoti qobig'ida qolib ketmaganligi sabablari va ahamiyati haqida mulohaza bildiring.

  4. Munisning do'st, oshno haqidagi g'azallari mazmuni va badiiy jihatlarini sharhlang.

  5. Shoirning sevgi lirikasida qanday o'ziga xosliklar mavjud?

Adabiyotlar:



    1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

    2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

    3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

    4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005


Mavzu: Muhammadrizo Ogahiy. Ogahiy g’azallari
R E J A:

  1. Ogahiyning tarjimai holi.

  2. Shoirning ijodiy merosi.

  3. Ogahiy lirikasi. "Ta'viz ul-oshiqin" devoni.

Muhammadrizo Erniyozbek o'g'li Ogahiy XIX asr Xorazm adabiyotining yuksak siymosi sifatida ma'lum va mashhurdir. U sermahsul va serqirra ijodkor. Ogahiy shoirlik iste'dodi, tarix-navislik salohiyati, tarjimonlik mahorati bilan o'zbek madaniyati ravnaqiga munosib hissa qo'shgan atoqli madaniyat arbobidir.



Ogahiyning tarjimai holi. Shoirning ismi Muhammadrizo, otasining oti Erniyozbek, Ogahiy uning adabiy taxallusidir. Muhammadrizo 1809-yili 17-dekabrda Xiva shahri yaqinidagi Qiyot qishlog'ida mirob oilasida tug'ildi. Bolalik va o'smirlik yillarini Qiyotda o'tkazdi, ibtidoiy ta'limni ham shu yerda oldi, keyinroq yuqori tahsilni Xiva madrasalarida davom ettirdi. Bolaligidayoq otasi vafot etganligi sababli, amakisi shoir Munisning qo'lida tarbiya topdi. Ogahiyning kamolatga erishuvida amak­isi, ustozi shoir Shermuhammad Munisning ham roli borligi tayin. Biroq 1829-yili Ogahiy amakisidan ham ayriladi. Shu vaqtdagi Xiva xoni Olloqulixon Ogahiyni Munisning o'rniga bosh mirob etib tayinlaydi. Shu vaqtdan boshlab Ogahiy xalq hayoti va saroy ishlariga bog'landi. Munis tarbiyasini olgan Ogahiy miroblik faoliyatini boshqarishda ham amakisidek adolat tomonida turdi. Ogahiy kamtarlik va kamsuqumlik bilan ish olib bordi, hamisha raiyat tomonida bo'ldi, xalq dardini o'z dardi deb bildi. Bu esa har doim ham xon va xon atrofidagi saroy ahllariga ma'qul bo'lmagan. Shoirning o'zi ana shu miroblik davridagi sertashvish hayoti haqida "...goho podshoh xizmatining taraddudi bila ko'nglumda ming g'am, goho vazir mulozamatining tajassumi bila jonimda yuz alam" deydi. Shoir shunday hayotiy kechinmalarini nazmga ham soladi:

Kichiklikdin tushub boshimg'a kulfat,

Zamone bo'lmadim beranju mehnat

Ko'ngilda yer tutub yuz nav1 qayg'u,

Bo'lub ko'zga yorug' olam qorong'u.

Bosh miroblik o'z davrida yuqori mansab sanalgan. Ogahiy ana shunday yuqori mansab egasi bo'lsada, boy-badavlat yashamagan. Buni quyidagi misralaridan ham bilish mumkin:



Yer yuzida Ogahiy chun yo'q sango bir kulcha yer,

Barcha umringda na hosil aylasang miroblig'.

Ogahiy hayoti ijtimoiy va ijodiy ishlar ila qaynayotgan bir paytda, aniqrog'i, 1845-yilda miroblik yumushi bilan safarga chiqqan paytda otdan yiqilib, oyog'i shikastlanadi. Shundan keyin u oqsoq bo lib qoladi. Bu vaqtda shaxsiy hayotida ham noxushlik ro'y beradi, shoirning umr yo'ldoshi vafot etadi. Shoir qalbi ham jisman, ham ma'nan jarohatlanadi. Shu voqealardan keyin 1857-yil Ogahiy miroblik vazifasidan iste'fo beradi. Qolgan urnrini faqat ijodga bag'ishlaydi.

Ogahiy 1874-yili oltmish besh yoshida vafot etadi.

Shoirning ijodiy merosi. Ogahiy — serqirra va sermahsul ijod sohibi. Uning shoir, tarjimon, tarixchi sifatidagi xizmatlari beqiyosdir. Ogahiyning she'riy merosini tashkil qiluvchi "Ta'viz ul-oshiqinf( fOshiqlar tumori") majmuasi mumtoz adabiyotimiz zahiralaridagi eng mo'tabar va qimmatli devonlardan. (Mazkur devon Xiva xoni va shoiri Muhammad Rahimxon Feruzning taklifi va rahnamoligida tuzilgan.) Ogahiy tarjimon sifatida ham talay ishlarni amalga oshirdi. U forsiy tilda bitilgan juda ko'p tarixiy va badiiy asarlarni o'zbek tiliga mohirlik bilan o'girdi. Chunonchi, Mirxondning "Ravzat us-safo" ("Jannat bog'i"), Muhammad Mahdiy Astrobodiyning "Tarixi Jahon kushoyi Nodiriy", Zayniddin Vosifiyning "Badoe' ul-vaqoe"' ("Go'zal voqealar"), Mahmud binni Shayx Ali G'ijduvoniyning "Miftoh ut-tolibin" ("Bilim oluvchilar kaliti"), Muhammad Muqim Hirotiyning "Tabaqoti Akbarshohiy", Muhammad Yusuf Munshining "Tazkirayi Muqimxoniy", Husayn Voiz Koshifiyning "Axloqi muhsiniy" ("Yaxshixulqlar"), Kaykovusning "Qobusnoma", Muham­mad Vorisning "Zubdat ul-hikoyot", ("Hikoyalar qaymog'i"), Sa'diy Sheroziyning "Guliston", Abdurahmon Jomiyning "Yusuf va Zulayho", "Salomon va Ibsol", "Bahoriston", Amir Xusrav Dehlaviyning "Hasht behisht" ("Sakkiz jannat"), Badriddin Hiloliyning "Shoh va gado", Nizomiy Ganjaviyning "Haft paykar" ("Yetti go'zal") kabi tarjima asarlari bilan Ogahiy o'zbek tarjima adabiyotini boyitdi. Ogahiyning tarixnavislik faoliyati ham diqqatga sazovar. Uning tarixnavisligiga mansub "Firdavs ul- iqbol" ("Baxt bog'i") (bu asarni 1839-yilda amakisi Munis boshlagan, Ogahiy uni yozib tugatadi), "Riyoz ud-davla" ("Jannat bog'lari") (1844), " Zubdat ut-tavorix" ("Tarixlar qaymog'i") (1846), "Jome ul-voqeoti sultoniy" ("Sulton voqealarining yig'indisi") (1847-1855), "Gulsham davlat" (1859-1860), "Shohidi iqbol" ("Baxt shohidi") (1860) asar­lari mamlakatimizdagi o'tmish voqealarni real aks ettirgan tarixiy hujjatlardir. Bu asarlar faqat XIX asrdagi tarixiy voqea va hodisalarni o'rganishdagina emas, balki shu davrdagi adabiy-madaniy muhitni tekshirish va yoritishda ham muhim rol o'ynovchi man-ba hisoblanadi. Ogahiy ijodining qaynagan davri Xiva xonligini Muhammad Rahimxon Feruz boshqargan davriga to'g'ri keladi. Feruzgacha ham, Feruz davrida ham adabiy anjumanlarning bosh sarvari Ogahiy bo'lgan, shuningdek, shoh Feruzning ustozi ham Oga­hiy bo'lgan. Bu haqda shoh va shoir Feruz iftixor ila shunday yozgan:

Komil ersam nazm aro Feruzdek, ermas ajab,

Ogahiydur she'r mashq aylarda ustodim mening.

Darvoqe', Ogahiyning bu davrda saroy adabiy muhitida yetakchi siymo ekanligini ko'rsatuvchi yana bir dalil bor. Feruzni taxtga chiqishi munosabati bilan Ogahiy bir ta'rix va bir qasida bitadi. Yosh hukmdorga ham qutlov, ham nasihat tarzidagi bunday pandnomani Ogahiychalik hech kim qoyilmaqom qila olmas edi. Bu, ayni paytda, Ogahiyning yuqori saviyasidan hamda ustoz ijodkor darajasiga ko'tarilganidan darak beradi. Uning 15 mis-radan iborat forsiy tildagi "Tarixi julusi Sayid Muhammad Ra-himxoni Domi iqbola" sarlavhali ta'rixi va 92 bayt (184misra)li "Ayo, xusravi ma'dalat dastgoh" satri bilan boshlanuvchi qasidasi ham shoir ijodiy merosini to'ldiradi. Qolaversa, uning ijtimoiy-adabiy jarayonning faol, harakatchan vakili bo'lganlini dalillaydi.



Ogahiy lirikasi. "Ta'viz ul-oshiqin" devoni. Ogahiy mohir tarjimon, zo'r tarixchi bo'lishi bilan birga el suygan lirik shoir ham edi. Uning 18000 misra nazm javohirlari jamlangan "Ta'viz ul-oshiqin" devoniga kirgan she'rlari ijtimoiy mazmun salmoqdorligi nasihatomuz o'g'itlarni mujassamligi, satrlar silsilasida bedilona falsafa hukmronligi bilan oJzbek adabiyotida badiiy xazina sifatida qadr tolib kelmoqda. Shuningdek, shoirning o'zi devon debochasida o'z nazmining inohiyati haqida quyidagilarni yozadi: "...Toza she'r tafakkuri bodasin ichib, goho o'zimga keldim, goho o'zimdin ketdim. Va har hoi bilan necha muddatlar ko'p mehnat va mashaqqatlar chekib, aksari ash'orimni jam etib devon suratida bir necha avroq suturiga bitdim. Chun borchasi dardi rshq o'tining harorati bila og'ishta va shavqu muhabbat asarining siroyati bila sirishta va oshiqlar g'amining taskiniga sabab va dardmandlar alamining tahfifiga mujib erdi. Lojaram, agar ishq va dard ahlining qo'liga tushsa, ta'viz yanglig' ixloslari bo'yunlarig'a osib, izzat bila asrar erdilar va mutolaa qilib, shavqangez mazmunlari dorusidin ishq bemorliqi marazig'a nav'i shifo topar erdilar". Demak, Ogahiy she'rlari — oshiqlar qalbiga yaqin, g'amiga taskin, dardlariga shifo, bo'ynilariga tumor. Shoirning istagi ham shu edi, shuning uchun ham u devonni "Ta'viz ul-oshiqin", ya'ni "Oshiqlar tumori" deb atadi. Shoir o'zi aytganidek,

Ogahiy, dilso'z nazmingni eshitsa ahli ishq,

Bo'ynig'a tavizdek aylarlar ash'oringni band.

"Ta'viz ul-oshiqin"da sharq mumtoz adabiyotining o'n to'qqiz janridagi asarlar mujassam. Ular 470 g'azal, 3 mustazod, 89 muxammas, 5 musaddas, 2 murabba', 4 musamman, 4 tarje'band, 7 qit'a, 80 ruboiy, 10 tuyuq, 1 mulamma', 4 chiston, 2 muammo, 4 masnaviy, 1 bahri ta'vil, 1 munojot, 1 savol-javobi oshiq va ma'shuq, 20 ta'rix, 19 qasidadan iborat. Devonda 1300 misradan ortiq forsiy she'rlar ham uchraydi.

Devondagi she'rlarning mavzu ko'lami keng. Unda davr va ahli davr hayotining tasviri real lavhalarda berilgan:

Xarob o'lsun ilohi gumbazi davvori charxi dun,

Ki doim davri kajdur, tavri shum, hayati vojgun.

Aning kajmvligi tasiridindur bu jahon ichra,

Jafo ahli hamesha xurram-u ahli vafo mahzun.

Ul gado holig'a rahm et, ey g'anikim, kechalar

Qochurub uyqusin aylar diydasin giryon sovuq.

Lirik qahramon siymosi orqali umumxalq dard-u hasratini izhor qilar ekan, davr va davr elidan norozi bo'ladi, natijada shoirning tushkun, hazin kayfiyati baytlargada ko'chadi. Ogahiy inson taqdiriga munosabat masalalarini kuzatar ekan, ijodkor va iming ijodi, hunarrnand va uning hunari qadrsizligidan kuyunadi:



Har damda адат so'zdin yuz durr-u guhar sochsang,

Bir ko'hna xazaf chog'liq topmas el aro qiymat

Yoki:


Ko'r Ogahiy hunaru fazl qadrsizlig'ini,

Ki qotg'oli oshig'a topmas ahli donish do'g'.

Hayotni ziyraklik bilan kuzatgan shoir bu paytlarda jamiyatdagi tengsizlikdan, har narsa va har kim o’z o'rnida emasligidan, ilm ahlining kamsitilib, e'tiboran chetda qolganidan, aksincha, savodsiz va badavlat kimsalar esa hurmat-izzatdaligidan g'ashlanadi:



Odam uldur bu jahon ahli aro,

Qaysi hayvorming esa Simu zari.

Kirmagay zarsiz kishilik soniga,

Sadiy o'lsun fazl aro yo Anvariy.

Shoir zamona ziddiyatlari, zo'ravonligi, adolatsizligi bilan murosa qilolmaydi. Ter to'kib ishlamay, mehnatkashlar hisobiga kayf-safo qilib hayot kechiruvchilarni qoralar ekan, ranju mashaqqatlarga giriftor bo'lgan zamondoshlarining og'ir ahvolidan achinadi:



Tarab bazmi aro bekorlar doim qilib ishrat,

Hamesha xizmat ahli mubtalodur ranj-u mehnatg'a.

shunday "bekor'lar, nodonlar aysh-ishratda, e'zozdaligini, "ahli donish", "tab'i raso" kishilar xorlikdaligini har qadamda uchratgan Ogahiy bu mavzuga qayta-qayta kuyunib murojaat qiladi:



tfodon aziz-u, muhtaram-u, lek xordur,

Har odameki donish-u tab'i rasosi bor.

Lekin shoir bunday "aziz-u muhtaramlarni oddiy insonlardan hech qanday farqi yo'qligi, tashqi ko'rinishi, kiyim-kechagi va shuningdek, befahm va befarosatliligi bilangina farq qilishini quyidagicha tasvirlaydi:



Agar uryon esa shoh-u gado jismi barobardur,

Tafovut bu ikovga aylagan izhor xil'atdur...

Ogahiy tashqi "xil'at'ga zeb bergan nodonlarni ustidan kulib, "sen, avvalo zohiringni emas, botiningni tuz, qalbingni go'zal qil, uni pokla, ezgulikka to'ldir, ana shunda bu abadiy go'zallik oldida sening bu o'tkinchi chiroying hech narsadir" degan fikrlarining nazmdagi talqini tubandagicha:



Ko'p o'lma zohir ото Ogahiy kel, botiningni tuz,

Ki botin tuzgan elning olida bekor xil'atdur...

Shular bilan bir qatorda Ogahiy ijodiyotida odob-axloq masalalarida, navoiyyona taraqqiyparvarlik qarashlarini ilgari suruvchi pandnomalar ham mavjud:



Bas kishi kim oqil-u dono durur,

Fahmu xirad birla tavono durur.

Gar amaling bo'lmasa ne foyda,

Barcha so'zung bo'lg'usi befoyda...

Mazkur misralardan Ogahiy mumtozlarimizdan, ayniqsa, ulug’ Navoiydan ko'p bahramand bo'lganini bilish mumkin. Bu haqda shoirning o'zi ham tan olib, shunday yozadi:



Ogahiy kim topgay erdi sozi nazmingdan navo,

Bahra gar yo'qdir Navoiyning navosidin sango.

Haqiqatan, shoir iftixor ila ta'kidlaganidek, bu ulug’ zotga ergashish, undan iqtibos olish, she'rlariga nazira bitish, Navoiy­ning nazm maktabida charxlanish va sayqallanish barcha o'zbek mumtoz shoirlari kabi Ogahiyning ham orzusi bo'lgan. Shoir o'zi orzu qilgandek, ijodi jarayonida Navoiyning ijodiy dahosidan keng ta'lim va ilhom oldi. Ustoz baytlariga yondosh navoiyyona ruhdagi baytlar bitdi.

Navoiy:

Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo,

Aylamas to'ti takallum shakkaristondin judo.

Ogahiy:


Gungu lol o'lsam ne tong shirin kalomim topmayin,

So'z degaymu to'ti o'lgan chog'da shakkardin judo.

Mumtoz adabiyotimizda nodir hodisalardan yana biri, Oga­hiy Alisher Navoiyning "Bo'lmasa, bo'lmasun, netay" radifli g'azaliga nazira bitadi. Nazira bitishning taomili shuki, unda bir shoir boshqa bir shoirning g'azaliga o'xshatma, monand yoki teng kuchli asar bitishi lozim bo'ladi. Ogahiy Navoiydek ulug' allomaning:



Gar alamimg'a chora yo'q, bo'lmasa, bo'lmasun, netay,

Gar g'amima shumora yo'q, bo'lmasa, bo'lmasun, netay, —

matla'li g'azalidagi vazn, qofiya, radif kabi shakliy-badiiy xususiyatlarni aynan saqlab, undagi badiiy vositalar, so'z va iboralar dan ham foydalanib, Navoiyning shu g'azaliga xos va mos na­zira asar yaratadi. U shunday boshlanadi:



Ashkima gar kanora yo'q, bo'lmasa, bo'lmasun, netay,

Ohima ham shumora yo'q, bo'lmasa, bo'lmasun, netay

G'azal ishq mavzusida. Ashk — ko'zyosh, kanora — qirg'oq, humora — adad, sanoq. Demak, oshiq ma'shuqa hajrida shun­day ko'zyosh to'kadiki, ko'zyoshlari to'lib-toshib qirg'oqlarga chicrik ketadi. Chekkan ohlarining ham adadi yo'q.

Oshiq ma'shuqasi yo'lida haddu hisobsiz ko'z yosh to'kib, ohu nola cheksa ham, ma'shuqa beparvo. Boshqalarga "lutf" ila boqqan mahbuba oshiq tomon "qahr" bilan bo'lsa ham bir qiyo boqmaydi:

Hаr dam ulusg'a lutf ila boqg'usi, qahr ila vale

Mem sori bir nazora yo'q, bo'lmasa, bo'lmasun, netay.

Mag'rur ma'shuqa barcha ishq ahli dardiga chora qiladi, ammo uning ko'yida sarg'aygan bechora oshiq dilining dardiga chora qilmaydi:



Ishq eli ko'ngli dardig'a chora qilur, vale maning

Dardi dilimga chora yo'q, bo'lmasa, bo'lmasun, netay.

G'azal shu tariqa yuksak ehtiros bilan davom etadi. G'azaldagi oshiqona mazmun, ohang va ayj hech bir nuqtada pasaymaydi, aksincha, yuqorilab boraveradi. Bu o'rindagi baytlar badiiyati ham she'rning daraja miqyosini ko'taradi. Ishq tug'yonlari quruq va qoyjiroq emas. Shoir she'rdagi mubolag'a (birinchi baytda mubolag'aning ig'roq turi qo'llangan) va tazodlarni ataylab badiiy san'at sifatida qo'llamaydi, oshiqning ishq haroratidan to'kilgan "so'z"lari san'at bo'lib seziladi. Shuning uchun ham bu asar ishq tuyg'ularin tarannum etuvchi go'zal, o'lmas obida bo'lib yashab kelmoqda, kuyga solinib, qo'shiqqa aylanib, shuhrat qozonganining ham boisi ana shunda.

Ogahiy she'riyati — voqelikning har turini qamrab olguvchi qomusiy she'riyat. Unda hayotning har bir nafasiga aks-sado bor. Shoir tabiatni sevdi va uni tiniq, ta'sirchan taronalarda taran­num etdi:

Bo'd shod-u xurram, ey ko'ngulkim, mavsumi navro'z erur,

Shohi kavokib adlining ayni jahoni afro'z erur.

Ro'yi zamin sar to qadam andoq tarovatlar topib,

Kim, rashk o'ti tobi behisht ahliga toqat so'z erur.

Ogahiy she'riyatida ana shunday bahor, gul, navro'z mavzuidagi, hattoki, shu so'zlar radii o'rnida keltirilgan g'azallar talaygina topiladi.

Ogahiy ijodiyotida an'anaviy ishq mavzusi alohida o'rin tutadi. Shoir bu mavzuni o'ziga xos yo'sinda badiiy inkishof etdi, lirik qahramonlar — oshiq va mahbuba obrazlari ham pishiq ishlangan. Ogahiyning ishqiy lirikasida oshiqning nozik his-tuyg'ulari o'zifodasini topgan:

Ey joni g'amgin, mujdakim bu kecha jonim kelur,

G'uncha dahonu gul badan sarvi ravonim kelur.

Oshiqona g'azallarida shoir oshiq qalbning dardu iztiroblarini keng ko'lamli va mukammal qilib ifodalaydi. Lirik qahramon sevgida sobit, hijronda sobir, ahdida qat'iy, ishq yo'lidagi har qanday jabr va sinovlarga shay:



Адат ming javr qilsang dardi ishqing tarkin etmon kim,

Bo'lur shavqi fuzunroq necha kim cheksa jafo oshiq.

Qilurman yetsa sandin har jafou javr yuz ming shukr,

Ki qilmoqdur shikoyat yor javridin xato oshiq,

Agar javr et va gar ehson, na qilsang komim uldurkim,

Rizoi yorsiz hech ishni qilmas muddao oshiq.

Ogahiyning lirik qahramoni ana shunday ishqda vaf oli, shuning uchun ham uning ko'ngli vafoli yor istaydi, vaholangki, muhab­batdagi shiori ham "vafosiz yordan ko'ra yorsiz o'tmoq afzal":



Yorsizliq dardig'a sabr aylamaklik yaxshikim,

Yorliq istab vafosizlarga yor o'lmoq abas.

Ogahiy lirik qahramonining o'ziga xosligi yana shundaki, oshiq tashqi go'zallik oshuftasi emas, ichki go'zallik orzumandi. Un­ing fikricha, ma'shuqa ichki ma'naviyati — xulqi, aql-farosati, ilm-ma'rifatga munosabati, muhabbat da vafosi bilan juda go'zal Eng avvalo, oshiq orzulagan ishqu muhabbatdagi mahbuba "sarv oso qomatu ruxsoru gulfom" bo'lishi shart emas, avvalo, "xulq"da "malohat" bo'lsa bas:



Ifshshoq ko'nglin olg'ali xulqu malohat shart erur,

Yo'cf sarv oso qomatu ruxsorai gulfom shart

Muhabbatdagi shartidagidek, ko'nglining istagidek yor top-n muhib, qandayam "o'zga dilbar sori ko'ngli mayl aylaun?"r uning "dildor"idek fazilatlarga, "rusum"larga "xos" keladigan biror bir ayol bormikan?! Shuning uchun ham muhib o'z mahbubasiga yanada vafoli va sadoqatli:



O'zga dilbar ori ko'nglim, vah, nechuk mayl aylasun,

Kim rusumi dilrabolig' keldi dildohmg'a xos.

Shoir ham oshiqning orzulariga quloq tutadi, mahbubaning ichki dunyosini yanada ochishga harakat qiladi. "Ul malak" ham lirik qahramon orzulagandek: qalbi ma'rifatga boy, ma'naviyati yuksak, "barcha ilmlar yod anga" kunini behuda ishlar bilan emas,' dars-u sabaq takrori" bilan o'tkazadi, ilmning "sarfu nahvu mantiq" kabi turlarini chuqur bilguncha, uning sabr bilan qancha "sa'y etgani ayon":



Ul malak siymoki barcha Urn bo'lmish yod anga,

Ro'z-u shab dars-u sabaq takroridur mutod anga.

Sarf-u nah-u mantiq ichra toki sa'y etti ayon,

Sibhvay ruhi qilur tahsin-u ham imdod anga.

Demak, lirik qahramonning istaklari jo bo'ldi. Ilm-ma'rifatli, xulqda malohat'li "gul” qo'yib, kim ham "xor" (tikon)ni ushlaydi?!:



Demang ilgidin chekib qo'l, o'zga sho'x ilgin tut,

Qaysi oqil tashlabon gulni, olur xor ilgina.

Baytdagi "gul", "xor" istioralari she'rning badiiy salohiyatini belgilaydi. Ko'rinadiki,



Tayanch tushunchalar:

  • Ogahiy

  • “Taviz ul- oshiqin”

  • Mirob

  • "Gulsham davlat"

  • "Shohidi iqbol" ("Baxt shohidi )

  • "Riyoz ud-davla" ("Jannat bog'lari")

  • , " Zubdat ut-tavorix" ("Tarixlar qaymog'i")

  • "Jome ul-voqeoti sultoniy" ("Sulton voqealarining yig'indisi")


Savol va topshiriqlar:


  1. Ogahiyning tarjimai holi bo'yicha nimalarni bilasiz?

  2. Ogahiyning adabiy merosi haqida so'zlang.

  3. "Ta'viz ul oshiqin" devonining tuzilishi va umumiy mundarijasi qanday?

  4. Ogahiyga Navoiyning adabiy ta'siri qanday bo'lgan?


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish