Mavzu: Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja


Mavzu: Zavqiy hayoti va ijodi



Download 1,37 Mb.
bet15/16
Sana07.09.2017
Hajmi1,37 Mb.
#19179
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16

Mavzu: Zavqiy hayoti va ijodi.
R e j a:


  1. Zavqiyning hayot yo’li.

  2. Zavqiy hajviyoti.

Muqimiy va Furqatlar bilan ham zamon va hammakon bo'lgan Zavqiy o'zbek adabiyotida o'ziga xos o'rin tutgan shoirlardan. Shoir ajoyib lirik she'rlari va hajviy asarlari bilan xalq o'rtasida keng e'tibor qozondi. Zavqiy o'z asarlarida davrning eng ilg'or. xalqchil g'oyalarini rang-barang badiiy obrazlarda ifoda eta olgan shoir sifatida qadr va e'tibor topdi. U Muqimiy va Furqatlarning yirik safdoshi va maslakdoshi sifatida adabiy harakatlarda faol qatnashdi va bu adabiyotning kamoli uchun munosib hissa qo'shdi.



Zavqiyning hayot yo'li. Shoirning ismi Ubaydulla usta Solih bo'lib, "Zavqiy" adabiy taxallusidir. Ubaydulla Zavqiy 1853-yilda Qo'qonda kosib-mahsido'z oilasida tug'ildi. Ularning oilaviy sharoiti og'ir bo'lib, otasi mahsido'zlik orqali oilani boqar edi. Shunga qaramasdan, o'g'li Ubaydullaning kelajagini o'ylab, maktabga beradi. Maktabda xat-savodini chiqargach, 1870 — 71-yillarda shoirtabiat tog'asi Muhammad Siddiq yordamida Qo'qondagi "Madrasai oliy" va "Madrasai Chalpak" madrasalarida talim oladi. Bu vaqtlarda tog'asi unga yaxshi niyatlar bilan Navoiyning "Chor devon" va "Xamsa" asarlarini hadya qiladi. Shundan Ubaydulla adabiyotga mehr qo'ydi va o'zi ham "Zavqiy" taxallusi bilan she'rlar yoza boshladi.

Zavqiy madrasadagi o'qishini oxirigacha olib borolmadi, chunki bu vaqtda onasining vafoti, otasining falaj bo'lib qolishi tufayli oilaning butun og'irligi uning zimmasiga tushgan edi. U tirikchilik ishlari bilan shug'ullanishga, ya'ni ota kasbi — kosiblik-mahsido'zlik qilishga majbur bo'ldi. Lekin har qanday sharoitda ijod qilishdan chekinmadi, aksincha, Muqimiy, Furqat, Muhayyir, Nodim kabi shoirlar davrasini topdi va bu adabiy dav-raning ishtirokchisiga aylandi. Наг ishda mohir Zavqiy o'z hunari orqali ko'pchilikning nazariga tushdi. Shuningdek, Qo'qon boyonlaridan, poyabzal rastasining boshlig'i Mo'minshoh uni Mirzalik (ish yurituvchi) vazifasiga taklif qiladi. U shu xizmat yuzasidan Samarqand, Buxora, Marg'ilon, O'sh, Andijon, Naman­gan, Toshkent kabi shaharlarga boradi.

90-yillarda Zavqiy oilasida ketma-ket baxtsizliklar sodir bo'ladi: otasi, ikki ukasidan ayriladi. Bu vaqtda xotini Tojibibining ikki ko'zi ojiz bo'lib qoladi. Bu voqealardan qattiq ezilgan shoir, musibatlarni biroz bo'lsada unutish va havo almashtirish maqsadida Muqimiy hamrohligida Farg'ona bo'ylab sayohatga chiqadi.

1900-yilda Zavqiy tog'asi Muhammad Siddiqning taklifiga ko'ra, u bilan birgalikda Arabistonga sayohat qildi. Kavkaz, Kichik Osiyo, Misr, Arabiston mamlakatlarida bo'ldi. Uch yil davom etgan bu sayohatdan Zavqiy 1903-yilning yoz oylarida qaytdi.

Zavqiy Qo'qonga kelganda qadrdon do'sti Muqimiy olamdan o'tgan, Furqat esa, bu vaqtlarda chet mamlakatlarda yashar edi.

Tabiatan hozirjavob Zavqiy ijodda ham o'ziga xos uslubda zo'r mahorat va jur'at bilan hajviy asarlar yoza boshladi, lekin bu uning boshiga ko'p tashvishlar olib keldi. Chunonchi, 1905 — 1906-yillarda "Ahli rasta hajvi" nomli 47 baytlik hajviy she'r yozadi, unda 46 kishini nomma-nom tilga oladi va har birining o'ziga xos fe'li-atvorini, nojo'ya xatti-harakatlarini keskin hajv qiladi. Bu ham yetmaganidek, uni katta qog'ozga ko'chirib, Qo'qondagi eng gayjum sayilgoh — Mo'ymarak (Mo'yi muborak) dagi baland bir terakka osib qo'yadi. Xalq bu hajviyani o'qib, zikr qilingan boylar ustidan miriqib kuladilar, she'r Qo'qonda katta shov-shuvga aylanadi. Rasta ahllari bundan xabar topib, shoirni tutib kelib, keragicha kaltaklaydilar. Shoirning ustidan "garonish" (shahar hokimi) va uyezd hokimiga arz qiladilar. Hokim shoirni tergov qilib, qattiq tanbeh beradi, shahar boyonlariga rahna so-luvchi bunday she'rlar yozishni ta'qiqlaydi. Uni ogohlantirib, yana shunday ish sodir bo'lsa, Sibirga surgun qilishini aytadi. Biroq shoir bunday ta'qiblardan cho'chimaydi, aksincha, qalami tig'ini yanada charxlab, bundan-da o'tkir hajvlar yozadi. Shuningdek, ko'p o'tmay, shu mojaroga bag'ishlangan "Talading baring" she'ri paydo bo'ladi. She'r shunday boshlanadi:

Eshit arzi holim, ey shanqilar,

Meni muncha yakkalading baring.

Chopishib kelib, qoqishib tutib,

Xiyla qo'rqitib, talading baring.


Zavqiy 1918— 1921 -yillarda Qo'qon poyabzal rastasining oqsoqoli, ocharchilikka qarshi kurash hay'ati a'zosi bo'lib ham ishlaydi.

Shoir Zavqiy umrining oxirigacha xalq ichida yashadi va mehnatkash omma bilan hamnafas bo'ldi, uning dardini kuyladi, samarali ijod qildi. Hajviyalar yozdi. Muqimiy vafotidan keyin Farg'ona vodiysidan tashqariga chiqmadi. U 1921 yili 68 yoshida umrining katta qismini o'tkazgan Qo'qonda vafot etdi.

Xalq muhabbatini qozongan Zavqiyning hayoti va ijodi har davr va har zamonda birdek e'zoz va e'tiborda bo'ldi. 1955-yilda adabiyotshunos H. Razzoqov u haqda "Zavqiy hayoti va ijodi" risolasini yozdi va 1958- 1960-yillarda 50 ga yaqin she'rlarini to'plab, "Tanlangan asarlar" nomli majmuani nashr etdi. 2003-yilda A.Madaminov va A.Turdialievlar "Ajab zamona" kitobini nashrdan chiqardilar.

Tayanch tushunchalar:


  • Zavqiy

  • Ajab ermas”

  • Uy puli”, “Zolim puli”

  • Veksel

  • Qahatchilik


Savol va topshiriqlar:
1.Zavqiyning tarjimai holi haqida gapiring.

2.Shoirning lirik she'rlaridan birini badiiy tahlil qiling.


3."Ajab ermas" muxammasida ilgari surilgan g'oya nimadan iborat?

4.Shoir ijodida ijtimoiy-siyosiy lirikaning o'rni qanday?


Adabiyotlar:


  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005


Mavzu: Zavqiy lirikasi.
Reja:


  1. Zavqiy lirikasi.

  2. "Ajab ermas" muxammasi.


Zavqiy lirikasi. Zavqiy lirik shoir sifatida mavzu va g'oyaviy jihatdan o'ziga xos she'rlar yaratdi. Shoir lirikasida ishq-muhabbat kechinmalaridan tortib, ijtimoiy-siyosiy masalalargacha bo'lgan munosabat badiiy ifodasini topgan.

Zavqiy lirik shoir sifatida "Ofarin"," Ko'zing", "Aylab keling", "Men kimga dey" kabi bir qator she'rlari bilan xalq qalbidan joy oldi. Ayniqsa, lirik she'rlar ichida "Yuzingni ko'rsatib avval, o'zingga bandalar qilding" misrasi bilan boshlanadigan muxammasi alohida diqqatga sazovor. Bu she'r mumtoz qo'shiqchiligimizning oltin fondidan joy olgan bo'lib, mana necha yildirki, hofizlarimizning doimiy repertuaridan o'rin olib kelmoqda. She'rda muhabbat kechinmalari - oshiqning yurak dardi va nozik ruhiy holatlari poyama-poya berib borilgan. She'rning boshlanmasida mahbubaning "yuzini ko'rsatib" oshiqning qalbiga g'ulg'ula solgani, unga tabassum ila "jilvalar" qilib visol umidini tug'dirib va yana "sango man to qiyomat oshno" deya vafodorlik va'dasini berganligining badiiy ifodasi beriladi. Sadoqat va vafoli oshiqning his-tuyg'ulari ehtiros bilan kuylanadi. Soddadil oshiq dilbarining "kecha-kunduz men sening yoring bo'lurman, tikondek suhbatingda bir guli noring bo'lurman" deya bergan va'dalariga chin dildan ishonadi. Muhib hayotdagina emas, muhabbatda ham ishonuvchan, oliyjanob. Shoir oshiqning sevgidagi sadoqati-yu ma'shuqaning muhabbatda vafosiz va subutsizligini juda ta'sirli qilib shoirona ehtiros ila ifodalaydi:


Menga mardumlar aydi: "Berma ko'ngil bevafo yora,

Seni ovora aylar, ahdi yolg'ondur sitamkora,

Vafosi yo'q, ishonma so'ziga, sho'xi jafoкога",

Dedimkim, nosiho, iriomi ko'pdur oshiqi zora,

Netay, e bemuruvvat, oxiri sharmandalar qilding.
Zavqiyning lirik qahramoni sadoqat va vafodorlik timsoli bo'lsa, ma'shuqa obrazi esa qanchalik latofatli va jozibador bo'lmasin, sof muhabatga loqayd, tabiatan sevgida beqaror shaxs sifatida gavdalanadi.

Shoir keyingi bandlarda begonalik hajridan, sevgining alam-iztiroblaridan o'rtangan oshiqning bu holatdagi ruhiyatini shunday tasvirlaydi:


Yuragim raxna bo'ldi, bas qil istig'noni jononim,

Firoqing torta-torta yoshligimda ketdi darmonim,

Arozingni qo'yib, lutf aylasang hech yo'qdur armonim,

Ko'zum nuri, tanimning quvvatisen, ey diloromim,

Naxush bir necha кип Zavqiy qulingga ishvalar qilding.
Shoirning bu latif muhabbatnomasi, chin sevgiga madhiya, bevafolik va beqarorlikka nafratni ifodalovchi mustaqil asar si­fatida barchaga birdek ma'qul bo'ldi. Ayniqsa, she'r misralariga tanosub, nido, mubolag'a, tazod kabi badiiy tasviriy vositalarni tabiiy tatbiq etib, hayratli go'zal manzara yarata olganligi ijodkorning iste'dodini va mahorat miqyosini belgilaydi.

Zavqiy lirikasida ishq mavzusining yana go'zal namunalaridan biri uning "Kelmasa, kelmasun, netay?" radifli g'azalidir. Bu g'azal ulug' Navoiyning:


Gar alamimg'a chora yo'q, bo'lmasa, bo'lmasun, netay?

Gar g'amima shumora yo'q, bo'lmasa, bo'lmasun, netay?—


bayti bilan boshlanadigan jozibali g'azaliga nazira tarzida bitilgan. Zavqiy o'z nazirasida Navoiy g'azalining vaznini, misra tuzilishlarini saqlagan holda, mazmuni va g'oyaviy yo'nalishi jihatidan o'ziga xos g'azal yaratadi:
Yor kelur zamona yo'q, kelmasa, kelmasun, netay?

Sarf etarga xazona yo'q, kelmasa, kelmasun, netay?


Zavqiy ijodida zamondosh shoirlar kabi ijtimoiy voqelikka mu­nosabat ham o'ziga xos usulda berilgan. Uning "Ajab ermas", "Demish xon", "Farg'ona" kabi she'rlari siyosiy lirika namunalaridir.

"Ajab ermas" muxammasi. Zavqiy g'azal bilan bir qatorda muxammasning ham nodir namunalarini yozib qoldirdi. Uning muxammaslari teran ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, ishqiy mazmunda. "Ajab ermas" muxammasi asarlari orasida ijtimoiy mohiyati, mavzu va unda ilgari surilgan g'oya jihatidan ajralib turadi, Muxammas 4 band, 20 misradan iborat. 1916-yil voqealarini ziyraklik bilan kuzatgan shoir uning ichki mazmunini tushunibr xulosalar chiqaradi. Muxammasning birinchi bandidayoq o'zining baxtli kelajak haqidagi orzularini ifodalar ekan, tutqunlik tugab borayotganligiga o'quvchini ishontiradi va bu qora kunlar go'yoki osmonni bir lahzaga qamrab olgan bulut ekanligiga, u, albatta, o'tib ketib, oftoblar chiqib, hamma yoqni munavvar aylashiga, bu davlat yer yuzidagi hech bir quvvatga ega bo'lmagan, yemirilish arafasida turgan bir zarra ekaniga umidlantiradi va tashbehona tasvirlarda quyidagicha ifodalaydi:
Bu kunlar boshimizda bir sahob o'lsa, ajab ermas,

Munavvar zimnida bir oftob o'lsa, ajab ermas,

Bu davlat suv yuzinda bir hubob o'lsa, ajab ermas,

Ko'rinsa surati asli niqob bo'lsa, ajab ermas,

Ochilsa pardalar yuzdin hijob o'lsa, ajab ermas.
O'zbek xalqining, o'zbek millatining bugunidek yuksak kamoloti, yurtning uzil-kesil istiqloli va istiqbolga erishuvi, shoirning orzusi va yuragidagi cho'ng armoni bo'lgan. Ishonch va umidda hikmat ko'p. Shoir shuning uchun ham uni muxammasning bosh markaziga olib chiqadi. O'zligini chuqur anglagan shoir Zavqiy kelajakka ishonadi va milliy qadriyatni tik turib himoya qiladi Shoir she'rning g'oyaviy salmoqdorligini oshirish, badiiy gJoyanmg xalqchilligini ta'minlash maqsadida xalqona ifodalar izlaydi. Ya'ni xalq orasidagi ko'p qo'llanadigan bemor tanlarga shifobaxsh, rohatbaxsh "nasim'larning shifo bo'lishi, baxt qushining yelkaga qo'nishi haqidagi iboralarning she'rdagi badiiy qurilmasi shoirning g'oyaviy muddao ifodasiga yo'l ochadi:
Nasimi jonfizo bemor tanga, ey sabo yetkur,

Xazon pajmurda bo'lganlarga san obu havo yetkur,

Qo'y endi biz bilan begonani bir oshno yetkur,

Gadomiz boshlar uzra soyalar solsun Humo, yetkur,

Muqarrardur zamona inqilob o'lsa, ajab ermas.
Shoirning kelajakdagi mamlakat taqdiri, Vatan istiqboli ha­qidagi orzu-hayollari cho'ng diqqatga sazovordir. Ayniqsa, shoir o’z Vatani Farg'onani jannatmakon go'zal, yashnagan vodiy sifatida tasavvur qiladiki, uning "havosi ruhparvar", "tufrog'i anbar", "suvi gulob" shaharga aylansa "ajab ermas'ligini umidbaxsh satrlarda baralla kuylaydi:
Shiori shaf birlan ziynat afzo o'lsa Farg'ona,

Tong ermasdurki, shahri jarmat aso o'lsa Farg'ona,

Havosi ruhparvar ham diloro o'lsa Farg'ona,

Jahon ahlig'a go'yo dafi savdo o'lsa Farg'ona,

Bo'lib tufrog'i anbar, suv gulob o'lsa, ajab ermas.
Shoir Zavqiy ezilgan mehnatkash xalqning chinakam g'amxo'ri va kuychisi edi. Shuning uchun ham shoir yaqin kunlarda "jahon zolim zulmidan ozod", "hama shod", "o'tkan" kunlar faqatgina "yod" bo'lib qolishini chin dildan istaydi va bunga iymoni komil bo'ladi. Tubandagi bandda shoirning aynan kelajakka umid va ishonchi zo'r ko'tarinki ruhda berilgan:

O'tib bir qarn aqronim jahon obod ko'rgaysiz,

Jahon ahlini zolim haddidin ozod ko'rgaysiz,

Giriftori alam ermas, hamani shod ko'rgaysiz,

Burungi o'tkanu ketgan ko'ngulda yod ko'rgaysiz,

Qarigan chog'da Zavqiy bir shabob o'lsa, ajab ermas.


Zavqiyning "Ajab ermas” muxammasi shunchaki romantik ruhdagi asar emas. U shoirning kelajakni real ko'z bilan ko'rib, unga ob'ektiv baho bera olgan chuqur realistik asardir. Ko'ringanidek, she'rda badiiy bo'yoq va bezakdan ko'ra, g'oyaviy-fikriy salmoqdorlikka ko'proq e'tibor berilgan.

Zavqiyning ijtimoiy ruhdagi mazkur muxammasi, joiz bo'lsa, bugungi mustaqil diyorimizning ozod va hur istiqbolli kunlariga bir bashorat edi. Demakki, she'rni mutolaa qilgan bugungi ozod yurtning hur farzandi qalbida Vatanimizning o'tmishiga achinish, xalqiga muhabbat va ajdodlarimizning azaliy orzusi bo'lgan niustaqilligimizni mustahkamlash va uni qadrlash tuyg'usi tug'ilishi, tabiiy.



Tayanch tushunchalar:

  • Zavqiy

  • Ajab ermas”

  • Uy puli”, “Zolim puli”

  • Veksel

  • Qahatchilik


Savol va topshiriqlar:
1.Zavqiyning tarjimai holi haqida gapiring.

2.Shoirning lirik she'rlaridan birini badiiy tahlil qiling.


3."Ajab ermas" muxammasida ilgari surilgan g'oya nimadan iborat?

4.Shoir ijodida ijtimoiy-siyosiy lirikaning o'rni qanday?


Adabiyotlar:


  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005


Mavzu: Zavqiy. “Qahatchilik” dostoni.
REJA:


  1. Zavqiy hajviyoti

  2. “Qahatchilik” dostoni


Zavqiy hajviyoti. Zavqiy ijodida hajviy asarlar talaygina. Shoir o'z hajviyalarida jamiyatning rivojiga g'ov bo'layotgan illatlarni qoraladi, uning hajvi kichik tanqiddan yuqori bosqichdagi jamiyatning siyosiy masalasigacha yetib bordi. "Zamona kimniki?", "Dar mazammati zamona", "Bo'l", "Muncha ko'p" she'rlari shular jumlasidandir. Mazkur she'rlarda shoirning o'z zamonasiga, unda o'rnatilgan tartiblarga, undagi hokim guruhlar siyosatiga qarshi boradi va ularni o'tkir hajv ostiga oladi. Ayniqsa, "Zamona kimniki?" she'rida zamona illatlariga bo'lgan tanqidiy munosabat yaqqol ko'rinadi.

Shoir o'z she'rida zamona kimniki, degan savolga ochiq-oydin zamona "silliq salloniki", "hokimu mirzoniki", "surati zeboniki"ligini aytadi. Muxammasning birinchi bandidanoq shoirning umumiy kayfiyati badiiy timsollar orqali berilgan:

Sen dema ushbu zamonda obro' mulloniki,

Qoldi a'lolar oyoq ostida, so'z adnoniki,

Sar daraxti mevasin ko'r: zog' ila qarg'oniki,

Demangiz, ahboblar, gul bulbuli go'yoniki,

Davlati vasli tikonda, hajri ul shaydoniki.

Shoir bir so'z bilan "zamona zo'rniki", deydi va ularni qoralar ekan, oddiy mehnatkash xalq hayotiga achinadi, kosibu dehqonlarni "bag'ri qon", "xonumoni vayron”ligidan qayg'uradi va ularning achchiq hayotini alam bilan shunday qayd qiladi:

Shahru qishloq demangizkim, fisq ila to'la jahon,

Ahli dunyo qoshida yolg'onchilardur nuqtadon.

Yo'q rivoj kasb-u hunarg'a, sovrilibdur xonumon.

Xoh kosib, xoh dehqon qayga borsa bag'ri qon,

Holi har yerda suxan sharmandayu rasvoniki...

"Bo'l" radifli she'rida ham yana o'sha "zamona zo'rniki" "shiori" boshqacha variant da aniq va tiniq qilib, zaharxandalik bilan "zamonaning boyi bo'l, bazzozi bo'l" deya takrorlanadi:

Ahli dil bo'lma, zamonning boyi bo'l, bazzozi bo'l,

Aqchadin langar cho'p ushlab, rastaning dorbozi bo'l.

Shoirning "Uy puli", "Zolim puli", "Veksel" kabi she'rlarida o'lkaga yangi kirib kelayotgan "yangiliklar" - veksel va pul islohati masalalarining barcha illatlari qalamga olinadi.

Zavqiy hayotda ro'y berayotgan har bir hodisani ziyraklik bilan kuzatar ekan, xalq gardaniga sirtmoq bo'lib kirib kelgan veksel balosini "Veksel" she'rida bir-bir ochib beradi:

Mastur qolmag'aykim, so'zning yo'g'oni chiqdi,

Oltiarig'lari ham vekselni koni chiqdi,

Zovutni bitkarolmay, eshonni joni chiqdi,

Afsus, ey xaloyiq, ishlar yamoni chiqdi,

Oxir zamona ma'lum bo'ldi, nishoni chiqdi.

Ayni paytda, shoirning "Voqeai qozi saylov", "Qahatchilik" sarlavhali masnaviy yo'lida yozilgan ixcham dostonlarida ham zamon sadolarini payqamaslik mumkin emas, ularning ikkisi ham voqeiy. Birinchisida 1910-yilda Qo'qonning Xo'jand dahasi qoziligiga saylov jarayonida yuz bergan qalloblik, poraxo'rlik, vijdonsizlik fosh etiladi. Asarda ishtirok etganlar: sobiq qozi — Hakimjon; ishlab turgan qozi — mulla Kamol; shotirlar — Shokirqora, Olimqovoq, Hasan a'lam; qozilarga "qozilik" qiluv-chi shahar hokimi — Medinskiy. Voqea qozilik mansabini talashish hangomasi bilan boshlanib, "hokim royi" Medinskiyning Hakimjonga burilib, uni qo'llab qozi qilishi bilan yakunlanadi.

"Qahatchilik" asarida 1916-yilgi ocharchilikning fojiaviy manzaralari hokim va mute’ munosabatlari misolida ochib beriladi. Xalq g'alayoni dostonning markazini tashkil qiladi, ochlikdan qirilib ketayotgan xalq g'azabi hukumat ma'murlariga qaratilgan edi:

Hamma shovqin solib, kim yuldi sochin,

Dedilar: "Barchamiz och, qil ilojin".

Bu yanglig’ xor bo'lg'aymu odamzod,

Agar qodir esangkim, ayla imdod...

Bu xalq g'alayonlari shaklida namoyon bo'lgan milliy ozodlik harakatining dastlabki ko'rinishi edi. Zavqiyning mazkur muxammasi yozma adabiyotda ilk bora bu shakldagi milliy ozodlik harakatini ochib beruvchi asar bo'ldi.

Zavqiyning Muqimiy bilan mushoira yo'sinida yozgan hazil-mutoyibalari, "Sayohatnoma"si va she'riy maktublari ham mavjud bo'lib, ularning har biri alohida ahamiyatga ega.

Zavqiy zamondosh va makondoshi Muqimiy boshlab bergan an'anani davom ettirib, o'z ijodida "Suv janjali", "Obid mingboshi haqida hajv" va "Shohimardon xotirasi" nomli sayohatnomа asarlarini yaratdi.

"Suv janjali" sayohatnomasi 6 band, 24 misradan iborat bo'lib, qishloq hayoti uchun muhim bo'lgan suv muammosi haqida.

"Obid mingboshi haqida hajv"da esa qishloq mingboshisi Obidning kirdikorlari ochib tashlanadi. Har ikki sayohatnoma tagzaminida Zavqiy yashagan Karimbobo qishlog'ining hayoti yotadi.

"Shohimardon xotirasi" sayohatnomasi Zavqiyning 1898 yildagi Shohimardonga qilgan sayohati taassurotlarida yozilgan bo'lib, unda Shohimardon tabiati ta'rif-tavsif etiladi.

Shoir Zavqiy hayoti va faoliyati, aytib o'tganimizdek, XIX asrning II yarmi — XX asr boshlaridagi o'zbek adabiyotining yorqin sahifalarini tashkil qiladi. U o'tmish adabiyotimiz an'analarini davom ettirib, yangi davr adabiyotiga bog'ladi, qolaversa, adabiyotimizni yangi asarlar bilan boyitdi va milliy ma'naviyatimizning ko'zga ko'ringan siymosiga aylandi. Uning serqirra ijodiy merosi millat yoshlarining Vatan, mustaqillik, milliylik, erk va ozodlik tushunchalarini onglariga singdirishda, ularni sog'lom fikrli barkamol shaxs bo'lib voyaga yetishuvida, shubhasiz, muhim ahamiyatga ega.



Tayanch tushunchalar:

  • Zavqiy

  • “Ajab ermas”

  • “Uy puli”, “Zolim puli”

  • Veksel

  • Qahatchilik


Savol va topshiriqlar:


  1. Zavqiy hajviyoti haqida nima deya olasiz?

  2. "Zamona kimniki?" she'rini tahlil qiling.

  3. Zavqiy she'riyatining norozilik nidolari, zamona sadolari qaqshatqich hajvu fosh etish usiubi bilan yo'g'rilganligining boisi nimada?

  4. Shoirning qaysi she'rida Vatan va millatning kelajagi haqidagi orzu-umidlar aks etgan?

  5. Zavqiy merosidan bizgacha yetib kelgan asarlarning turi haqida gapiring.

  6. Zavqiy ijodidan olgan taassurotlaringiz asosida o'zingiz mavzu tanlab, insho yozing.

Adabiyotlar:




  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik. T., 2001

  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005

M U N D A R I J A




Mavzular nomi

beti

Alisher Navoiyning hayoti va ijodi.

1

Navoiyning lirik merosi

6

"Xazoyin ul-maoniy" haqida. Navoiy g’azallari

11

Navoiy qit'alari va fardlari, ruboiylari.

14

"Xamsa". “Hayrat ul-Abror” va “Farhod va Shirin” dostonlari

21

"Xamsa". “Layli va Majnun”, “Sabba’i sayyor” va “Saddi Iskandariy” dostonlari

25

XV-asrning ikkinchi yarmi XVI-asrlar adabiyoti. Muhammad Shayboniy

29

Husayn Boyqaro

35

Muhammad Solih

38

Z.M.Bobur hayoti va ijodi. Bobur lirikasi.

44

«Boburnoma» - o’zbek mumtoz nasrining nodir namunasi

49

Xo'ja - moxir nosir

52

XVII-XIX asr birinchi yarmida o'zbek adabiyoti. Abulg'ozi Bahodirxon

59

Turdi Farog’iy

63

So'fi Ollohyor

66

Boborahim Mashrab hayoti va ijodi.

70

Mashrab lirikasi

73

Xo’janazar Huvaydo. “Rohati dil” axloqiy –didaktik doston.

77

Uvaysiy she’riyati.

82

Amir Umarxon - Amiriy hassos shoir.

86

Nodiraning hayoti va ijodi.

90

Gulxaniy. "Zarbulmasal" asari.

94

Maxmur

101

Munis

107

Muhammadrizo Ogahiy. Ogahiy g’azallari

111

Ogahiy –mukammal mustazod kashfiyotchishi

117

XIX-asrning ikkinchi yarmi XX- asr boshi o'zbek adabiyoti

120

Muqimiy lirikasi

126

Muqumiy hajviyoti

129

Furqat hayoti va ijodi

133

Furqat – ma’rifatparvar shoir

137

Zavqiy hayoti va ijodi

143

Zavqiy lirikasi.

146

«Qahatchilik» dostoni

150

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish