Mavzu: Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja



Download 1,37 Mb.
bet10/16
Sana07.09.2017
Hajmi1,37 Mb.
#19179
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16

Mavzu: Maxmur

R E J A:


  1. Maxmurning hayot yo'li.

  2. Shoirning ijodiy merosi.

  3. Hajv ichida hajv.

Maxmur XVIII asrning oxirlari va XIX asrning birinchi yarmidagi o'zbek adabiyotining o'ziga xos namoyondalaridan biridir. Bu davr o'zbek hajvchiligi rivoji haqida gap borganda, avvalo, Maxmur ijodi diqqat markazimizda turadi. Zero, XIX asr hajviyoti taraqqiyotini ana shu mohir ijodkor asarlarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi.



Maxmurning hayot yo'li. Maxmurning asli ismi Maxmud bo'lib, Maxmur uning adabiy taxallusidir. U XVIII asrning oxirlarida Qo'qon shahrida ziyoli va ijodkor oilasida tug'ilgan. Maxmudning otasi Mulla Shermuhammad o'z davrining e'tiborli mudarrisi va Akmal taxallusi bilan ijod qilgan shoiri edi. Mulla Shermuhammad Akmal hayotlik chog'ida ikkita devon tuzgan sohibi devon sifatida adabiyot ahllari orasida ancha hurmat qozongan shoir sanalgan, bo'lajak shoirning onasi ham o'qimishli xonadondan chiqqan, ya'ni o'z davrining taniqli xattoti Turdialining qizi bo'lgan. Ko'rinadiki, oiladagi adabiy muhit yosh Maxmudning shakllanishida ayricha ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, otasi tomonidan uyushtirilgan adabiy suhbatlar va she'riy kechalar yosh va ziyrak Maxmudni badiiy adabiyotga bo'lgan qiziqishini orttirishi tabiiy edi. U dastlabki savodni oilada chiqardi, yuqori tahsilni esa Qo'qondagi Madrasai Mirda oldi. Bu yillarda u Maxmur taxallusi bilan she'rlar yoza boshlagan va adabiy davralarga shoir sifatida kirib borgan edi. Maxmurning hayoti og'ir muhtojlikda kechgan. U xotini, bir qizi va ikki o'g'lidan iborat oilasini moddiy jihatdan ta'minlay olmasdan juda qiynaladi, haddan tashqari qashshoqlikda kun kechiradi. Shu bois, u xonning askarlari safiga qo'shiladi, ya'ni sipohiylikka (askarlikka) yollanadi.

Shoirning "Arz kardani Maxmur baj an obi amir Umar sulton" ("Maxmurning Amir Umar Sultonga arz") nomli xasbi hol shaklidagi shikoyatnomasida ham chindan-da juda muhtoj holda qolgani, yeyishga ovqati, kiyishga kiyimi bo'lmagani bilinib turadi:



Kechalar yotgani na qo'shim bor,

Kunduzi ichgani na no'shim bor,

Bir hovuch na uyimda g'allam bor,

Ikki gaz ne boshimda sallam bor.

Boshima gar desamki, sallam yo'q,

Salla desam, uyimda g'allam yo'q.

Shoir Maxmur to'g'ri so'z, mag'rur va nohaqlikka murosasiz shoir bo'lgan, ba'zi bir saroy maddohlaridek xon va uning amaldorlariga laganbardorlik qilish, ularni yolg'ondan madh etib, buning evaziga yaxshi hayot kechirishni istamagan. Shu tariqa saroy shoirlari bilan uning qarashlarida doimo qarama-qarshilik bo'lgan. Maxmurning turmush tarzi kundan-kunga og'irlashib borardi. Shuning uchun moddiy muhtojlikdan, hayot qiyinchiliklaridan ezilgan shoir xonning vaziri Qosimxonga ariza tarzida she'r yozib, ahvolini shunday ma'lum qiladi:



Osafo, avqot ilgida ado bo'ldim, vazir,

Munus-u qalloshlikdan g'amzado bo'ldum, vazir.

Uch bolaga поп topolmay benavo bo'ldum, vazir,

Dargohingda shoyatulloh deb gado bo'ldum, vazir.

Misli soillar kabi sohibnido bo'ldum, vazir, —

deb zorlangan shoir o'z ahvolidan o'kinadi, xo'rlanganidan, tubanlar oldida bosh ekkanidan, "misli soillar"ga, ya'ni tilanchiga aylanib qolganidan nadomat chekib zorlanadi va hech kimsani o'zidek nochor ahvolga tushib qolmasligini tilaydi:



Hech kishi olamda mendek tolibi поп o'lmasun,

Non so'rog'ida haloyiq ichra sarson o'lmasun.

She'rda farzandlarini ochlikdan qiynalayotganlarini alam bi­lan tasvirlaydi, ertalab bir qizi va ikki o'g'lining non deb uyg'onganida, non topib berolmagan ota qattiq eziladi:



Subh kirn partav urar dahr ichra mehri xovarin,

Non deb o'rnidan turar bir xoxar, ikki dodari.

Maxmur ana shunday og'ir hayot kechirgan. Biroq yuqoridagi hasrat va shikoyatnomalar shoirnigina emas, umumning ham dardi edi.Xalq dardi bilan yashagan shoir 1844 yilda, Hapalak qishlog'ida vafot etgan.



Shoirning ijodiy merosi. Shoir Maxmur ijodi uzoq vaqtgacha adabiyot ixlosmandlariga yetib kelmadi. Ilk bora 1937 yilda "Guliston" jurnalida "Hapalak" she'ri e'lon qilindi. Oradan ancha vaqt o'tgach, 1950 yilda Qo'qonda shoirning she'rlar to'plami topildi. Mazkur to'plam tufayli shoir o'tgan asrda qaytadan kashf etildi. Shuningdek, u Maxmur ijodiyotining asosiy xususiyatlarini aniqlashda asosiy manba bo'lib xizmat qildi. Majmuaga shoirning satirik she'rlarigina kiritilgan, shunday bo'lsa-da, ular shoirning keng ijtimoiy dunyoqarashi va badiiyatdagi mahoratidan dalolat beradi. Shoir asarlari zamondosh va makondosh bo'lgan Fazliy tazkirasiga ham kiritilgan. Demak, bizga qadar saqlanib qolgan kichik devondan va Fazliy tazkirasiga kirgan asarlardan iborat Maxmur ijodiy merosi 3417 misrani tashkil qiladi. Undagi she'rlar soni esa 69 ta. To'g'ri, bu u qadar katta hajmni belgilamaydi, lekin shu she'rlarining o'zi ham Maxmurning o'tkir didli va yuqori saviyali shoir bo'lganligi haqida yetarli xulosa chiqarishimizga asos bo'la oladi.

Maxmur mumtoz she'riyatimizda qo'llanib kelingan an'anaviy she'r shakllarining kulgili tasvir yaratishga imkon beruvchi maqbul turlarini, xususan, g'azal, masnaviy, muxammas va qasida kabilarni tanlab olib, ularning keng imkoniyatlaridan unumli foydalanib chin ma'nodagi haqiqiy hajviy asarlar, takrorlanmas hajviy timsollar yaratdi. Qolaversa, Maxmur o'z asarlarini o'zbek va tojik tilida birday yoza olgan zullisonayn shoir ham edi. U qaysi turda yoki qaysi tilda yozmasin, o'sha davrdagi mehnatkash xalqning xonlar va beklar zulmi ostida kechirgan mashaqqatli hayotini real lavhalarda tasvirlay bilgan. Maxmur vayrona yurtni, qashshoqvayalang'och xalqniko'rib kuyunadi va elu yurtini shu holga giriftor etgan hokim tabaqalami o'tkir tanqid ostiga oladi, ularga to'g'ridan-to'g'ri yetib boradi-gan mazmundagi she'rlar bitadi. Shu mazmundagi g'oyat o'tkir va real lavhalarga ob'ektiv baho berilgan asarlari ichida eng mashhuri "Hapalak"("Maxmur mahdum aloqador bo'lgan Hapalak qishlog'ining sifati"), "Qurama" ("Qurama viloyati va Kandir davonidan o'tishning ta'rifi") nomli she'rlaridir. Har ikki she'rda ham qishloqning achinarli manzarasi va undagi aholin-ing og'ir hayoti aks etadi, shoir davrning eng dol zarb muammosini olib chiqadi. "Bir katak, ikki кара, uch olachuq, to'rt katalak"dan iborat bo'lgan Hapalak singari qishloqlardan yana biri Qurama ham xaroba va vayronalikda, suvsizlik va noobodlikda Hapalakdan hech qolishmaydi:



Turfa shahriki aning sar-sari monandi samum,

Kuydurur shiddati sarmosi haloyiqni chu mum,

Har taraf anda olib xayli balo, favji hujum,

Suvi zahrobai g'am, chashmalari ayni zaqqum,

Hosili mahsuli ofoti baqoyi Qurama.

Mazkur she'r sayohatnoma usulida, muxammas janrida yozilgan bo'lib, 19 band (95 misra)ni tashkil qiladi. Negaki, shoir "Qirovthi yo'lidin" o'tib, "Dashti qiyomat cho'li"gacha boradi, "Kandir dovoni"dan oshib "Qurama"ga yetadi. Manzilga yetkuncha ham birorta obod joy ko'rmaydi, "chashmalari zaqqum-ga" aylangan, "hosili mahsuli ofot" bo'lgan Quramani ko'rgach, undan shunday noliydi:



Mavzui kim bo'sa mohiyati ismi Qurama,

Qurusin oti aning, ismini mandin so'rama,

Bir ko'rub bori digar yoniga hargiz yo'lama,

Yo'lasang tashna bo'lib, yo'lida andin sulama,

To'la qatroni jahannam hama soyi Qurama.

Shoir Maxmur yaratgan muxammas va masnaviylar ham hajviy xarakterda. Ularda o'z zamonasidagi riyokor, makkor, ochko'z, zolim shaxslar o'tkir hajv qilinadi va eng muhimi shu obrazlar orqali jamiyat illatlari ochib tashlanadi. Chunonchi, "Dar hajvi xo'ja Mir Asad" ("Xo'ja Mir Asad hajvida") she'rida shaharning katta boyi bo'lgan Mir Asadning axloqsizligi, odobsizligi, xalqqa dilozorligini fosh etsa, "Avsofi hoji Niyoz" ("Hoji Niyoz sifat-lari"), "G'azali hoji Niyoz" ("Hoji Niyozning g'azali") g'azallanda munofiq, xalqni aldovchi muttaham kishi obrazini yaratadi, "Dar sifati hakim Turobiy hazor xalta" ("Hakim Turobiy hazor xalta sifatida") she'rida esa ilmsiz, nodon, johil tabib suratini qora bo'yoqlarda chizadi. Shuningdek, shoir "Avsofi qozi Muham­mad Rajab Ayj" ("Qozi Muhammad Rajab Avj sifatlari"), "G'azali qozi Muhammad Ra jabdar borai xud" ("Qozi Muhammad Rajabning o'zi to'g'risidagi g'azali"), "Avsofi qozi xo'ja sakbon" ("Itboqar xo'ja qozining sifatlari"), "Avsofi qozi Muhammad Zuhur Zargar" ("Qozi Muhamad Zuhur Zargarning sifatlari") kabi hajviy she'rlarida ham ikki yuzlamachi, tovlamachi, riyokor qozilarning asl basharalarini ochib tashlaydi. Bir so'z bilan aytganda, Maxmur — tik so'z shoir. U hayotga real ko'z bilan boqadi va har bir holatga, voqelikka ob'ektiv baho beradi. Nima bo'lganda ham faqat yaxshilik tarafdori, ezgulik kurashchisi. Bir so'z bilan aytganda, shoir Maxmur — ezigan mehnatkash xalqning chinakam g'amxo'ri va kuychisi.



Hajv ichida hajv. Maxmurga xos ijodiy fazilatlardan bin hajviy qahramonni avval shoirning o'zi yaxshilab tanishtiradi, "fe'lu fazilatlarini" ta'rif, tavsif etadi so'ngra qahramonni o'zmi gapirti-radi, o'z tilidan o'zini fosh ettiradi, yanada aniqrog'i, syujetli she'rlar siklini yoki yangi hajviy-badiiy shaklni vujudga keltiradi. Bu bilan ifodalamoqchi bo'lgan fikrini o'quvchiga yengil yetkazishga harakat qiladi. Bizningcha, shoir bu bilan o'ziga xos yangi usul bilan maqsadiga erishadi. Binobarin, quyidagi "Qozi Muhammad Rajab Avj sifatlari" she'rida ham aynan shu manzarani ko'ramiz.Maxmurning satirik qahramonlaridan biri — Avj laqabli Mu­hammad Rajab degan qozi. Aslida qozi unvoniga ega bo'lgan kishi har taraflama yaxshi fazilatlar egasi bo'lishligi, ayniqsa, shariat ilmini tola bilishligi va unga amal qilishligi lozim bo'ladi. Ammo shoir qahramoni qozi Rajab esa buning mutlaqo aksi:

Ajab qoziyi kohili johili,

Bo'lub omilik ilmiga komili...

Adamdur alif anda ko'p izlama,

Bu nar xarni qozi debon sizlama.

Demak, she'r qahramoni qozi johillik, omilikda kamol topganlardan, mutloq ilmdan bexabar, hatto ilmsizlikda birinchilardan, shuning uchun "sizlashga" va hurmatga loyiq emas. Uning mutlaqo savodsiz ekanligini xalq og'zidagi "qornini yorsang alif ham chiqmaydi" degan ifoda bilan bildiradi. Shuningdek, xalq tilidagi bu ifodani adabiy tilga olib kiradi. Shoir qozi Rajabning salbiy xususiyatlarini fosh qilar ekan, unga nisbatan nafratini ifodalash maqsadida "nar xar" deya haqoratli iborani ishlatib yuboradi. Maxmur adabiy tilimizga zid bo'lgan bunday haqoratomuz so'zlarni doim ham ishlatmaydi. Bu yerda qozi Rajabni to'la fosh etish uchun bunday jargon so'zdan foydalangan. Maxmur hajviy qiyofa yaratar ekan, uning kulgili ifodasiga erishishda o'z san'atkorligini namoyish qiladi:



Chiqib ar-ari qaddi chandon uzun,

Bo'lur saqfi gardung'a qilsang stun.

Kesib bir shitolangni ham ikki yo'l,

Ravon ayla Jayhun-u Sayhunga pul, —

misralarida Muhammad Rajabning "saqfi gardun", ya'ni falak shiftiga ustun bo'ladigan, Jayhun-u Sayxunlarga ko'prik o'rnini bosa oladigan kelishimsiz, uzundan uzun bo'y tasvirini berish bilan hajviy timsolning beo'xshov qomati haqida o'quvchiga tasavvur beradi. Shuningdek, misralarda qo'llangan mubolag'a (g'uluv) qozining tashqi ko'rinishini bo'rttirib kulgi yaratishga xizmat qilgan. Maxmur mazkur hajviyada qahramonning salbiy illatlarni satirik tarzda tasvirlar ekan, uning ma'naviy qiyofasini kulgi zaminida yoritadi. Shu ma'noda tubandagi "Qozi Muhammad Rajab Avjning o'zi to'g'risidagi g'azali" asari ham yuqoridagi "Qozi Muhammad Rajab Avj sifatlari" asarining tadrijiy davomi bo'lib, hajviy qahramonimiz qozi Rajab o'zi haqida shunday deydi:



Qozilikda jam'i qilgan pulni savdo aylasam,

Asfalasofil degan davrida bozorimni ko'r.

To adamdan azmi dunyo ayladim yuz voykim,

Qo'ymadim olamda bir кип nafsi qahhorimni ko'r.

Mana shu tarzda shoir "Hoji Niyoz sifatlari" masnaviysida ham hajviy qahramon Hoji Niyozni hajdek ulug' ibodatga da'vogarligidan, haj taomillarini risoladagidek ado etmasdan turib o'zini "hoji" deb bilishidan achchiq kuladi:



Tutar o'zini hojiyi Makka ham,

Borib man degay Makkaga yakka ham.

Nishonida yo'q zarrai fayzi hal,

Ani hoji desang erur bul haraj.

Maxmurning mazkur qahramonga munosabati "G'azali Hoji Niyoz"da davom etadi va shoir Hoji Niyozni e'tiqodga xiyonatkor, tili-yu dili bir bo'lmagan iymonda sustkash, amalda "fazlaxo'r" (sarqitxo'r) kishi deb hisoblab, Hoji Niyozni" fazlaxo'ri iloh o'zim", "mu'tarifi gunoh o'zim", "luqmaxo'ri pagoh o'zim", "tamaxo'ri gunoh o'zim" deya johil kimsa ekanligiga iqror qildiradi va o'zini o'ziga tanitadi:



Meriki tamaga bandaman, xalqi jahonda gandaman,

Narsa tilarga randaman, xoh o'zim, naxoh o'zim.

Besubuti yagonaman, tantanai zamonaman,

Jiiuiiyi jovidonaman, masxara dastgoh o'zim.

Shoir hajv ichidagi bu hajvni o'tkirlash uchun ichki qofiya — musajja' san'atidan o'rinli foydalanadi. Baytlardagi "bandaman"-"gandaman", "yagonaman"-" zamonaman" musajja'lari she'rni ohangdorligini oshiribgina qolmay, tanqid qilinuvchi shaxsning sirlarini to'la ochib tashlash va uni fosh etishni kuchaytirish uchun ham xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda bu qofiyalar hajviy timsolning shoir ta'kidlayotgan illatlarigagina e'tiborni qaratmasdan, tashqi kulgi uyg'otishga ham xizmat qilmoqda. Hajvda keltirilgan "o'zim" radifi kulgi yaratishning muhim juzviga, vos-itasiga aylanganligini sezish qiyin emas. Radif hajviy timsol Hoji Niyozning qiyofasini jonlantirib, asarning jozibasini yanada orttirishga xizmat qilmoqda.

Maxmur ijodining yana bir o'ziga xosligi — hayotning har bir tomonini ziyraklik bilan kuzatadi va har sohaga nazar tashlaydi, undagi ro'y berayotgan qabihliklarni tez ilg'aydi va albatta ularni ayovsiz fosh etadi. "Hakim Turobiy hazor xalta sifatida" ("Dar sifati hakim Turobiy hazor xalta") asari aynan shu ma'noda. She'rda tabib deb o'zini tanitgan, biroq tib ilmidan mutloq bexabar bo'lib, xalqni aldab kelayotgan johil hakim Turobiyning fisq-u fasodlarini tasvirlashni boshlashdan avvalroq uni salomiga la'nat bilan javob berishga loyiq tabib sifatida tanitadi:

Beshinchi tabibi Turobiy erur,

Salomiga la'nat javobi erur.

Bu "nobakor johil" hakimning aks muolajasidan, davolash o'rniga kasallarni o'limgacha olib kelgan savodsiz tabib oldiga hechkim kelmay qo'yganidan mijoz istab "dasht-u sahro" kezadi:



Kezar dasht-u sahro kasal istabon,

Ajal orqasidin yurar qistabon.

Jahon ichra ul johili nobakor,

Ajal ilkin olganga keldi duchor.

Shoirning tasvhiashicha, Hakim Turobiy oldiga ming xil lattani yozib olib o'ltirar, kimda kim dori so'rab kelsa, kerakli dori o'rniga o'zi tushunmay turli "dori"ni berib, ularning o'limiga sabab bo'lgan:



Yozib oldiga ikki ming xaltani,

Yig'ib eski yuz lak tugun lattani...

Kelar oldida kimki doru so'rab,

Ba ahvoli ranjur dard-u taab.

Berar zahrni no'sh doru debon,

Ani o'ldurib beajal shul zamon.

Ko'ringanidek, yuqoridagi kulgili lavhalar qahqahali tasvirlar Hakim Turobiy ma'naviy qiyofasini yorqin ochishga xiz­mat qilmoqda. Va hajviy shaxsga xos barcha illatlar har bir harakatda bo'rttirib ifodalanadiki, bu tasvirlanayotgan timsoln­ing ma'naviy qiyofasini ta'sirchan ochishga imkon beradi. Bu nodon tabibning shu kabi qilmishlari tabib tilidan yozilgan "Dar sifati hakim Turobiy hazor xalta budif" sarlavhali she'rida yanada ochiq bayon etilgan. Hajviy timsol o'zining nuqsonlari, be'mani qilmishlari, ayb-u gunohlari bilan faxrlanadi, go'yoki ularni o'z fazilatlari deb biladi. She'r boshlanmasidanoq Hakim Turobiy:



Bihamdillo, tabibi shahri buqroti xaloyiqman,

Ajaldin ham bani odamni o'ldirmoqqa foyiqman, —

tarzida maqtanar ekan, o'ziningbilimsizligi-yu nodonligini fosh qilib qo'yadi. Albatta, bu holat shartli berilgan, ya'ni hech qachon hakim shu tarzda maqtana olmaydi, bu — shoir niyati bilan tasvirlangan holat. Shoir tabib nomidan aytilayotgan bun-day so'zlar orqali ilmsizligi tufayli kimlarning-da o'limiga sabab bo'layotgan tabib qiyofasini kulgi vositasida haqqoniy tasvirlashni maqsad qilgan. Keyingi misralarda tasvirlanayotgan hodisalarning har qaysi nuqtasi kulgiga, nodon tabib Turobiy ustidan qahqahaga xizmat qiladi. Mana, qarang, hajviy qahramon tib ilmida "nimaga qodirligini" quyidagicha tan olmoqda:



Tabibi shahr nomi oyda bit bemor o'ldirsa,

Vale men kunda yuz bemor o'ldirmoqqa hoziqman.

Bu "badbaxt" tabib o'zini "tabiblikda" masalga, hajvga aylanib ketganligiga, har qanday haqoratlarga loyiqligiga iqror bo'ladi:



Meni badbaxt to zarb-ul-masal bo'ldim tabiblikda,

Jahon voricha aknun ko'p haqoratlarga loyiqman.

Hakim deb kelganki bemorning aksariyatini noto'g'ri dori-darmon qilib o'ldirishgacha boradi. Shoir hakim Turobiyni xalqning jallodi bo'lganligini, buning evaziga qancha tavqi la'natlar olganini, "jahannam"ning "sardori" ekanligini o'z tilidan tasdiqlatadi:



Hakimi shahr deb oldimga har shay keldi o'ldirdim,

Tariqi rostim shuldirki, jallodi xaloyiqman.

Erur ko'p nohaq (ishlar) gardanimga tavqi la'natkim,

Jahannam sadriga bu jurm ilan sardori sobiqman.

She'rning so'nggi baytlarida mehnatkash xalq oddiy tibbiyot xizmatidan ham mahram bo'lgani, odamlarni davolashdek sharafli vazifani pul topish vositasiga aylantirgan "munofiqqa munosib" "nonxo'rai" barcha qilmishlarini o'ziga hikoya qildirar ekan, zamona ahli ichida eng qora yuzli jinoyatchi ekanligiga yana bir bora iqror qildiradi:



Adamdin to kelibman davri olamda hisolim shul,

Musuhnonlarga hosidman, munofiqqa muvofiqman,

Turobiy qayda borsam nozanin ro'yi murabbaqni,

Anga bir pulni ko'rmay musht nonxo'rlarga oshiqman.

Ko'ringanidek, Maxmurning bu adabiy usuli — hajv qilinuvchi shaxsning o'z tilidan o'zini fosh etishi kulgini tobora kuchaytirib, Hakim Turobiy qiyofasining yanada chuqurroq ochila borishiga'bo'ysundiriladi. Bir so'z bilan aytganda, yuqorida keltirilgan Qozi Muham­mad Rajab Avj, Hoji Niyoz, Hakim Turobiy hajviga bag'ishlangan she'rlar voqeaband asarlar sirasiga kiradi. Zero, ularda garchi aniq bir voqelik berilmagan bo'lsa-da, ana shu shaxslar turmush faoliyatining ko'pgina lavhalari aksini topgan. Adabiyotimizda o'z so'zlarida o'zlarini fosh etish adabiy usul sifatida Alisher Navoiy, Majlisiy, Gulxaniy, Turdi hajviyotlarida ham mahorat bilan qo'llangan.Shunday qilib, Maxmur o'z salaflarining eng yaxshi an'analarini davom ettira olgan va rivojlantirgan, XIX asrning birinchi yarmida Qo'qon xonligidagi ijtimoiy illatlarni, turmush manzaralarini aniq va real lavhalarda tasvirlab, bu davr o'zbek satirasining ma'lum tomonini to'ldirgan satirik shoir sifatida qadrlidir.


Tayanch tushunchalar:


  • Maxmur

  • Hapalak

  • Sipohiy

  • Qurama

  • Rajab Avj

  • Jayxun


Savol va topshiriqlar:


  1. Maxmurning shoir bo'lib yetishuvida oilaviy muhitning qan­day o'rni bor?

  2. Nima sababdan shoirning butun she'riyatida norozilik kayfiyati, afsus-nadomat, qaqshatqich hajv va fosh etish ustuvor?

  3. Maxmurning qaysi she'rida uning hayotiy kechinmalari badiiy aks etgan? Shu asarni shaxsiy hayoti bilan bog'lab tahlil qilib bering.

  4. Maxmur ijodiy merosidan bizgacha qanday va qancha asarlari qachondan yetib kelgan?

  5. Shoirning qaysi she'rlari millat taqdiri haqidagi o'y-kechinmalarni aks ettirgan?

  6. "Hapalak", "Qurama" she'rlarini og'zaki sharhlab bering.

  7. Maxmurning yangi badiiy shakl yarata olishdagi mahoratini qanday baholaysiz? Uning aniq, tayinli kishilarga bag'ishlangan qaysi hajviyalarini bilasiz? Ulardan birini tahlil qilib bering.

  8. "Maxmur — satirik shoir" mavzuida mustaqil ravishda uyda ish daftaringizga insho yozing.

Adabiyotlar:




  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005


Mavzu: Shermuhammad Munis. G’azallar.
R E J A:

  1. Shermuhammad Avazbiy o'g'li Munisning hayot yo’li.

  2. Shoir ijodi to’g’risida

  3. "Base g'am boridin" g'azali tahlili

Munis 1778-yilda Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog'ida Avazbiy mirob oilasida tug'ildi. Otasi Avazbiy Xiva xonligining bosh mirobi edi. Miroblik xonlikdagi eng katta mansabiardan biri bo'lib, bugungi kun bilan qiyoslasak, Qishloq va suv xo'jaligi vaziri lavozimiga to'g'ri keladi. Shermuhammad boshlang'ich ta'limni qishlog'idagi maktabda oldi. So'ng Xiva madrasalarida tahsil ko'rdi. Tabiatan tirishqoqlik va tabiiy iste'dodi yuksak yosh Shermuhammad tez orada arab, fors tillarini puxta o'zlashtirdi, tarix ilmini chuqur o'rgandi, mohir xattot bo'lib yetishdi. Shoirning bolalik yillari va yoshlik davri juda zavqli, beg'am va xursandchilik bilan o'tgan. Shoir keyinchalik bu osoyishta hayotini eslab, "Munis ul-ushshoq" devoni debochasida jumladan shunday yozgan edi:

"Bu yo'sinda ne zamon inqilobotidin zarrae g'amim bor edi, ne jahon hodisotidan lahzae alamim". Munisning bu betashvish, farahli hayoti ko'p o'tmay intiho topdi. 1800-yilda otasi vafot etdi. Bu judolik yarasi bitmay onasi, so'ng inisi dunyodan o'tdi. Taqdirning shafqatsiz hukmi bilan adoqsiz g'am-u hasrat, cheksiz tashvishlar girdobiga tashlangan Munis:

Tiyra qildim dudi ohimdin jahon koshonasin,

Har birining so'gi anduhidin aylab nolalar;


yoki:



Nasib g'amuza bo'ldi charxi gardondin,

Musibat uza musibat yetushti davrondin, —

kabi misralarida o'zining hasbi holini bayon etgan edi.

Bu davrda Xivada Avazbiy inoq hukmdor edi. U o'zining adashi Avazbiy mirobning o'g'li yosh Shermuhammadni tashlab qo'ymadi. Huzuriga chaqirib, farmonnavislik vazifasiga tayinladi. Bu hol Munisni saroyga yaqinlashtirdi. 1804-yilda xon Avazbiy vafot etgach, Muhammad Rahimxon taxtni egalladi va Munisga bosh miroblik lavozimini berdi. Taqdir bundan keyin ham Munisga mehribonlik qilmadi. Shafqatsiz o'lim undan o'g'lini, ayolini tortib oldi. Munisning o'zi esa 1829-yili xonning Xurosondagi harbiy yurishlaridan biridan qaytayotganda, vabo kasaliga yo'liqib, vafot etdi. Shoirning qabri o'zi tug'ilgan Qiyot qishlog'ida.

Shoirning ijodiy merosi. Munis keng ko'lamli ijod sohibidir. U badiiy ijodda o'zbek adabiyotidagi go'zal she'riyat namunalarini yaratdi. Ilmiy she'riyat namunasi bo'lmish ma'rifiy ruhdagi "Savodi ta'lim" risolasini yozdi. Tarixchi sifatida "Firdavs ul-iqbol" (Sao-

dat bog'i) asarini bitib, Xorazm o'tmishiga oid qadimdan to 1812-yilgacha bo'lgan voqealarni yoritib berdi. Keyinchalik uni Ogahiy nihoyasiga yetkazdi. Tarjima bilan ham shug'ullangan adib Mirxondning "Ravzat us-safo" asarini forsiydan o'zbek tiliga

o'girib (asarning birinchi jildini), uning o'zbek xalqi ma'naviy mulkiga aylanishiga hissa qo'shdi.

Xattotlik san'atida beqiyos kamolot kasb etgan Munis Navoiyning "Mezon ul-avzon" asarini 1794-yilda ko'chirgan. Shuningdek, u 1797-yilda daho ijodkorning "Holoti Sayyid Hasan Ardasher" nomli asarini ham husnixat bilan kitobat qildi.

Munis, shuningdek, meloratsiyaga oid iqtisodiy xarakterdagi Xorazm sug'orilishi tarmoqlari haqida "Ornalar" nomli asar yaratib qoldirdi.

Bu ijod turlari ichida, albatta, she'riyat Munis uchun qadrli va suyukli edi. U 1804-yili 27 yoshda ekan o'zining ilk devonini tuzgan. Shoir 1814— 15-yillarda adabiy merosini hajman to'liq aks ettirgan to'plamini — "Munis ul-ushshoq" (Oshiqlar do'sti) nomli mukammal devonini yaratdi.

Mukammal devonda jami 10000 baytga yaqin she'riy asar mavjud.

Munis mumtoz adabiyotda mavjud bo'lgan deyarli barcha she'riy janrlarda ijod etgan. Ayniqsa, uning qasida janri taraqqiyotiga qo'shgan hissasini alohida qayd etish kerak. Shoir Avazbiy inoq, Eltuzarxon, Muhammmad Rahimxon I, Olloqulixon singari hukmdorlar va o'z davrining boshqa mashhur shaxslariga atab bir necha qasidalar yozgan. E'tiborli jihati shundaki, qasidalarida u madh qilinayotgan bir shaxsga xos eng muhim jihatni ko'rsatgan holda, ko'nglidagi o'ylarini, orzularini qog'ozga tushiradi, ularga pand-nasihat qiladi. Minba'd maddohlik, xushomadgo'ylikka berilmaydi. Shuning uchun Munisning qasidalarida didaktik mazmun yetakchilik qiladi.

Aksariyat mumtoz adiblar singari g'azal Munis she'riyatining ham asosiy janridir. Uning shoir sifatidagi mahorati, o'ziga xosligini avvalo g'azallarida kuzatishimiz mumkin. Adabiyotimiz tarixidagi hajman eng katta g'azallarni aynan u yozgan. De-vonidan joy olgan g'azallar orasida yigirma uch, yigirma to'rt, hattoki, o'ttiz uch baytdan iborat bo'lganlari borki, bunaqasi boshqa o'zbek shoirlari ijodida deyarli uchramaydi. Munis shoir sifatida she'rning qudratini juda yaxshi his etadi, unga yuksak baho beradi. "She'r ul tiyg'i dudamdurkim..." she'rida quyidagi satrlar bor:

She'r ul tiyg'i dudamdurkim, jahonni fath etar

Chekmayin lashkar gar olsa ilgiga har podshoh.

Ya'ni she'r tig'i. dudam — qo'sh tig'li qilichdirki, har qanday podsho uni qo'liga olsa, lashkar tortmay jahonni zabt etishi mumkin.

Shoir insonlar o'rtasidagi haqiqiy do'stlikni ulug'laydi, sadoqatdan saboq berganday bo'ladi. Chin do'st bir dam bo'lsin do'stini unutmaydi, do'stsiz "ohangi ishrat" — xursandchilik qilmaydi. Do'sti unutgan kishi o'zini yolg'iz sezadi, hasratdan may o'rniga go'yo qon ichadi.

Do'stlar, mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz,

Siz ichib sahbo, meni xunxori hasrat qilmangiz.

Do'st uldurkim, уотоп кип yuz evurmas do'stidan,

Munis ahvolin ko'rib, tarki muhabbat qilmangiz.

Shoir g'azalda do'st sadoqatini sinashning turli bosqichlarini tasvir etadi va shularning birontasida ham sadoqat unutilmasligi lozimligini ta'kidlaydi.

Munis ma'shuqa go'zalligini jo'shqinlik bilan ta'riflaydi. Shunday she'rlaridan biri "oftob" radifli g'azaldir.

Bo'lmasa jinsi jamolingga xaridor oftob,

Ne uchun zarposhlig'lar aylar izhor oftob.

Senki shohi husnsen, har кип qilib qulluq sanga,

Sajda aylarga qo'yar tufroqqa ruxsor oftob

Oftob yorning jamoliga xaridor, vasliga mushtoq-u zor bo'lmaganda edi, uning boshidan zarlar sochib — nur taratib tuyg'ularini izhor etmas edi. Oftobning chiqishi tushunarli edi — u mahbubani ko'rish uchun nur sochardi. Ma'lum bo'ldiki, uning botishi ham yor tufayli ekan. Ya'ni u husn shohi bo'lmish mahbubaga qulluq qilib tuproqqa yuzni qo'yganda, botar ekan.

Ishq tug'yonlari, oshiqning bu dard ila to'lg'onishlari bayon etilgan g'azallar Munis she'riyatida ko'plab uchraydi. Masalan, "Istading, ey dil, ko'zin joning kerakmasmu sanga?" misrasi bi­lan boshlanadigan g'azalida shoir oshiqning qiynoqlarini, yordan yetgan jafolar izhori uchun dilga murojaat shaklini tanlaydi. Chunki ko'ngil bu tug'yonlaming makonidir:

Istading, ey dil, ko'zin, joning kerakmasmu sanga?

Kufri zulfin sevding, iymoning kerakmasmu sanga?

Nima uchun lirik qahramon yor ko'zimng savdosi tushgan dil­ga qarata: "joning kerakmasmu sanga?"- deya xitob qilmoqda? Bilamizki, mumtoz adabiyotda ko'z jon olg'uvchi jallod sifatida ta'riflanadi. Kishi bu ko'zlar domiga ilindimi, unga omonlik yo'q. Ulardan dilga tushgan ishq savdosi oshiqni halokatga olib kelishi muqarrar. Yorning to'zg'igan, parishonligi bilan oshiqning ham xayolini parishon etuvchi zulfi esa uni esdan og'dirish darajasiga olib keladi. Shoir bu devonalik hatto Yaratganni ham unutishga olib kelishi mumkinligidan dilni ogohlantirmoqda.

Munis she'riyatining boshqa janrlari uchun ham mana shunday inson tuyg'u va kechinmalarining turfa jihatlariga o'ziga xos yondashish xosdir.


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish