ANIQLOBCHI ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLAR
Bosh gap tarkibida aniqlovchi vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gaplarga aniqlovchi ergash gap deyiladi. Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so`zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qo`llaniluvchi –ki yuklamasi yordamida bog`lanadi.
Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so`zlar yordamida birikkanda ergash gap bosh gapdan oldin keladi, ergash gap tarkibida qanday, qaysi, kimning kabi olmoshlar, bosh gap tarkibida esa shunday, shu, o`sha, uning olmoshlari qo`llanadi: Qaysi oilada totuvlik bo`lsa, u oila doim varakali bo`ladi. Kimning dili to`g`ri bo`lsa, uning tili to`g`ri bo`ladi. Katta arava qaysi yo`ldan yursa, kichik arava ham shu yo`ldan yuradi.
-ki yuklamasi vositasida birikkanda bosh gap doim oldin keladi, bosh gap tarkibida shunday, ayrim, ba’zi kabi olmoshlar qo`llanadi: Shunday inson haqida xabar keltirdimki, har bir so`zi bevaho gavhardir. ba’zi o`quvchilar borki, mas’uliyat nimaligini bilishmaydi.
Ba’zan bosh gapning aniqlovchisi vazifasida kelgan shunday, shunaqa kabi so`zlar qo`llanmasligi mumkin, ammo uning o`rni bilinib turadi: Odam borki, odamlarning naqshidur.
BOG`LOBCHISIZ QO`SHMA GAP HAQIDA MA’LUMOT
T arkibidagi sodda gaplar mazmuni bir-biri bilan bog`liq bo`lib, maxsus bog`lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida bog`langan qo`shma gaplar bog`lovchisiz qo`shma gaplar sanaladi.
Tahlilda bog`lovchisiz qo`shma gaplar bir- biri bilan to`g`ri chiziq
bilan bog`langan ikki to`rtburchak orqali ifodalanadi. Bu bog`lovchisiz qo`shma gap qolipi sanaladi. Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlarini yozuvda ajratish uchun vergul, tire, ikki nuqta, nuqtali vergul kabi tinish belgilari ishlatiladi.
1.Qo`shma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket sodir bo`ladigan Voqea hodisalarni ifodalasa, ular orasiga Vergulqo`yiladi. Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatdilar, qizlar maktab hovlisini supurdilar.
2.Qo`shma gap qismlari orasida o`xshatish, zidlash, shart kabi munosabatlar ifodalanganda ular orasiga tire qo`yiladi. Hamal keldi-amal keldi.(o`xshatish ma’nosi) Ko`z qo`rqoq. – qo`l botir.(zidlik ma’nosi) Yurt tinch – sen tinch. (shart ma’nosi)
3. Qo`shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalanganda, ular orasiga ikki nuqta qo`yiladi. Bizning qarorimiz shu: hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz.
4.Qo`shma gap qismlari mazmunan unchalik yaqin bo`lmagan yoki ketma-ket sodir bo`ladigan voqealarni bildirgan va bir necha tinish belgilari qo`llangan hollarda nuqtali vergul shlatiladi: Hadicha xola bolalik chog`idagi singari uning beliga non tugib berdi, peshonasidan o`pdi, duo qildi; irim qilib kuzatgani chiqmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |