Mavzu: Aholi punktlarida qutqaruv va boshqa kechiktirilmaydigan ishlarni bajarish. Mashg'ulotning maqsadi


Kechiktirib bo'lmaydigan shoshilinch ishlarning turlari quyidagilardan iborat



Download 35,97 Kb.
bet2/7
Sana26.06.2022
Hajmi35,97 Kb.
#706319
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-Amaliyot

Kechiktirib bo'lmaydigan shoshilinch ishlarning turlari quyidagilardan iborat:

- vayrona uyumlari orasida va zararlangan hududirlarda kolonna yo'llarni tayyorlash, ya'ni piyodalar va transport vositalari uchun yo'l ochish;
- qutqarish ishlarini olib borish uchun sharoit yaratish maqsadida gaz, energetika, suv, kanalizatsiya va texnologik tarmoqlardagi avariyalarni cheklash;
- imorat va inshootirning bosib tushish xavfi bo'lgan harakat xavfsiz-ligiga hamda avariya-qutqaruv ishlarini olib borishga halaqit beradigan konstruksiyalarini mustahkamlash yoki buzib tashlash;
- qutqaruv ishlarini o`tkazishni ta'minlash maqsadida, zararlangan aloqa yo'llarini va kommunal-energetika tarmoqlarini tuzatish yoki qayta tiklash.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarning bajarilishi tabiiy ofatning yoki ishlab chiqarishda sodir bo'lgan avariya va halokatning ko'lamiga, turiga, fuqaro muhofazasi kuchlarining hajmiga hamda ularning tayyorgarlik darajasiga, sodir bo'lgan vaqtiga (yil davomida, kuni), ob-havoga va boshqa ko'pgina omillarga bog'liqdir. Favqulodda vaziyatlar vaqtida bajariladigan ishlarga tayyorgarlik tartibi, fuqaro muho-fazasi tuzilmalarining hatti-harakatlari oldindan rejalashtirish asosida belgilanadi. Bu rejalar tuman, shahar va viloyat miqyosida oldindan tuzib chiqiladi. Rejani tayyorlashda sodir bo'lishi mumkin, deb bashorat etilgan tabiiy ofatlar va ishlab chiqarishdagi avariya va halokatlar asos bo'lib xizmat qiladi.
Favqulodda vaziyatlar vaqtida fuqaro muhofazasi tuzilmalarining hatti-harakatlari o'z vaqtida tashkil etilgan va olib borilgan razvedka ma'lumotlariga hamda ma'lumotlarda aks ettirilgan aniq shart-sharoitga bog'liqdir. Razvedka ishlari fuqaro muhofazasi kuchlarining vazifalariga mos va bajarilishi zarur bo'lgan keyingi hatti-harakatlarga bog’langan holda olib boriladi. Razvedka guruhi tarkibiga tabiiy ofat sodir bo'lgan hududni, shu hududda joylashgan korxonalarning ishlab chiqarish xususiyatini hamda xalq xo'jaligi obyektlarini yaxshi biladigan mutaxassis kiritilishi kerak. Bordiyu, avariya yoki halokat kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalar ishlatadigan yoki ishlab chiqaradigan korxonada sodir bo'lsa, razvedka guruhi tarkibiga albatta, kimyogar mutaxassis kiritilishi va u kerakli ish qurollari, anjomlari bilan ta'minlangan bo'lishi lozim. Ushbu razvedka guruhida yana tibbiyot xodimi ham bo'lishi kerak.
Tabiiy ofatlar, ishlab chiqarishda sodir bo'ladigan avariya va halokatlar oqibatlarini bartaraf etishga shu hududda joylashgan FVDT tuzilmalari jalb etiladi. Zarurat paydo bo'lsa, fuqaro muhofazasi boshliqlarining ko'rsatmasiga binoan chegaradosh hududlar, shaharlar, viloyatlar va vazirliklarga qarashli tuzilmalar ham jalb etiladi.
Tuzilmalar tarkibiga kiritilgan kuchlarning yig'ilish joyi obyektdagi tuzilmalarni tayyor holga keltirish uchun, odatda, xalq xo'jaligi obyektining hududida tashkil etiladi. Hududiy yig'ma otryadlarning yig'ilish joyi ish bajariladigan hudud yo'nalishida joylashgan aholi yashash joylarida tashkil etiladi. Tuzilmalarning bir hududda yig'ilishiiga ketadigan vaqt tayyorgarlik ishlari uchun ajratilgan vaqt hisobiga qo'shiladi. Favqulodda vaziyati oqibatlarini bartaraf etish uchun tuzilmalar yig'ilgan joydan to'g'ridan -to'g'ri va tezkorlik bilan favqulodda vaziyat sodir bo'lgan hududga yuboriladi. Belgilangan marshrut davomida vayrona uyumlari va yong'inlar, buzilgan ko'priklar bo'lishi mumkinligini inobatga olgan holda, tuzilmalarning harakati to'xtab qolmasligini ta'minlash chora-tadblarlari ko'rilishi kerak.
Favqulodda vaziyat sodir bo'lgan hududga yetib kelgan tuzilmalar ish bajarishi kerak bo'lgan obyektga tez yetib borishlarini ta'minlaydigan va ularga ajratilgan joyga yig'iladilar. Ana shu yerda ular aniq o'z vazifalarini oladilar. Tuzilma sardori tuzilma oldiga qo'yilgan vazifani muvaffaqiyatli bajarilishiga mas'uliyatli shaxs hisoblanadi. U vazifani olgach, uni tushuntirib beradi, sharoitga baho beradi, qaror qabul qiladi, og'zaki buyruq beradi va ishni tashkil etadi. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish jarayonida tuzilmalarning doimiy o’zaro aloqasi muhim ahamiyatga egadir. Tuzilmalarning bir joyda, bir vaqtda va bir maqsad uchun o'zaro kelishgan holda ish olib borishlari natijasida ular o'z vazifalarini muvaffaqiyatli bajaradilar. Tuzilmalar topshirilgan vazifani bajarib bo'lganlaridan keyin, ish bajargan obyektdan tashqariga olib chiqib ketiladi va kerak deb hisoblangan vaqtda, yangi vazifani bajarish uchun tayyorgarlik ko'radilar. Favqulodda vaziyatlar sodir bo'lgan hududlarda komendantlik xizmati tashkil etiladi. Bu xizmat favqulodda vaziyat sodir bo'lgan hududga yoki obyektga aholini yaqinlashtirmaydi, aholini va moddiy boyliklarni evakuatsiya qiladi, jamoat tartibini saqlaydi, tuzilmalar va aholi tomonidan o'rnatilgan tartibga hamda harakat qoidalariga rioya qilinishini nazorat qiladi, alohida ahamiyatga ega bo'lgan inshootlarni qo'riqlaydi. Komendantlik xizmatiga xalq xo'jaligi obyektlarining jamoat tartibini saqlash tuzilmalari hamda ichki ishlar xizmati xodimlari jalb etiladi.

Download 35,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish