Мавзу: абу али ибн сино асарларида жисмоний баркамол инсон ғоялари


* * * Insondagi sir saqlay bilish xislati oshkor qilish xavfi tug‘ilganda uni ushlab tura biluvchi kuchdir. * * *



Download 443,5 Kb.
bet20/27
Sana05.01.2022
Hajmi443,5 Kb.
#318318
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
Абу Али ибн Сино асарларида жисмоний баркамол инсон ғоялари

* * *

Insondagi sir saqlay bilish xislati oshkor qilish xavfi tug‘ilganda uni ushlab tura biluvchi kuchdir.



* * *

Yetti narsaga e’tiborni kuchaytirish zarur: mijozni mo‘tadil qilish; yeyiladigan va ichiladigan ovqatlarni tanlash; gavdani chiqindidan tozalash; to‘g‘ri tuzilishni saqlash; burun orqali olinadigan havoni yetarli va yaxshi olish; kiyimga e’tibor berish; jismoniy va ruhiy harakatlarni tartibga solish.


Ma’naviyat darsi ishlanmasi

Ulug‘ siymolar hayotidan. Abu Ali ibn Sino”


Darsning maqsadi:Ta’limiy: O‘quvchilarga ushbu mavzu haqida aniq va lo‘nda tushuncha berish.

Tarbiyaviy maqsad: Vatandoshimiz Abu ali ibn Sinoning hikmatlari, uning axloqiy, falsafiy maqsadlari haqida tushuncha berish.

Rivojlantiruvchi maqsad: Ushbu mavzu haqida asarlar, badiiy adabiyotlardan foydalanib tushunchani shakllantirish.

Darsning uslubi: og‘zaki

Darsning jihozi: kitoblar, gazeta va jurnallar.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy kism

II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar.

1. Fan-texnika taraqqiyoti haqida nimalarni bilasiz?

2. Hozirgi vaqtda eng dolzarb bo‘lgan global ekologik muammolar.

Z.Fan-texnika taraqqiyetini mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni.

///. O‘tilgan mavzuning bayoni.

Jahonda bir necha million kishi ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanadi. AQSH, Yaponiya, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya ulkan milliy salohiyatga egaligi bilan keskin ajralib turadi. Mazkur mamlakatlarda 30 mln. ga yaqin yoki aholining har 10 mintasidan, 113 kishi ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga ajratilgan hajmi bo‘yicha AQSH dunyodagi birinchi o‘rinni egallaydi.

Fan-texnikaning chuqurlashuvi, ishlab chiqarish sohalarining kengayishi hamda murakkablashish sharoitida ularning samaradorligini oshirishda boshqarish jarayonining o‘rni va ahamiyati kundan kunga ortib bormoqda.

Yangi mavzuning bayoni.

Milliy tariximizning yorqin yulduzi, noyob fazilatlar sohibi, boshqa zamondosh qomusiy olimlar qatori matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, ta’lim-tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhur yirik asarlar meros qoldirgan olim, mashhur alloma Abu Ali ibn Sino o‘rta asrda yetishgan buyuk donishmand, faylasuf, tabib edi. U o‘zidan oldingi tibbiy merosni o‘zlashtirib, jahon tibbiyotida necha asrlar qo‘llanma bo‘lib kelgan asarlar yaratdi.

Abu Ali ibn Sino o‘z umrini kelajak uchun, bugungi hayot uchun fido etdi. O‘sha uzoq zamonlarda bashariyat taraqqiyotini o‘ylab yashadi, o‘z avlodlari asrlar osha tartib etajak ma’rifatli bir jamiyatni orzu qildi.

Har qanday millat ham Ibn Sinodek farzandni tarbiya etgani uchun g‘ururlanishi tabiiy holdir. Chunki bunday insonlar faqat o‘z xalqiga emas, balki umumbashariy sivilizatsiya uchun ham xizmat qiladi va jahonning e’tiborini qozonadi.

Abu Ali ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida kichik amaldor oilasida tug‘iladi. Keyinroq uning oilasi Buxoroga ko‘chib o‘tgach, u boshlang‘ich maktabda o‘qiy boshlaydi. Ibn Sinoning mutolaasi zo‘r, mehnatsevar edi. Undagi tug‘ma qobiliyat, o‘tkir zehn, kuchli xotira o‘zaro birikib ketgan edi.

Allomadan keyingi avlodlarga 250 dan ortiq ilmiy asar boy meros bo‘lib qoldi. Abu Ali ibn Sinoning «Ad-Qonun», «Hay ibn Yaqzon», «Risolat at-tayr», «Risolat fil-ishq» («Ishq haqida risola»), «Risolat fi mohiyat as-salot» («Nomozning mohiyati haqida risola»), «Kitob fi ma’no ziyorat» («Ziyorat qilishning ma’nosi haqida»), «Risolat fi-daf al-g‘am min al mivt» («O‘limdan keladigan g‘amni daf qilish haqida risola»), «Risolat al-qadr», «An-Najot», «Ash-Shifo», «Donishnoma», «Kitob ash-ishorat» va at tanbihot» asarlari shular jumlasidandir.

Ma’lumki, ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog‘liq holda ifodalagan, maxsus risolalarda talqin etgan.

Ta’lim-tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhur yirik asarlar meros qoldirgan olim, mashhur alloma Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» necha asrlar davomida Yevropaning eng nufuzli oliy o‘quv yurtlarida asosiy tibbiyot darsliklaridan biri sifatida o‘qib kelingani, dunyo miqyosida «Meditsina», «Sog‘lom turmush tarzi» degan tushunchalarning fundamental asosi bo‘lib xizmat qilgani, albatta, chuqur hayotiy va ilmiy zaminga ega. Aniqroq etib aytganda, bu benazir allomaning butun ilmiy faoliyati dunyo taraqqiyotini insonparvarlik ruhida, ya’ni ma’naviy negizda rivojlantirishga ulkan ta’sir o‘tkazdi, deb aytishga barcha asoslar bor.



V. Yangi mavzuni xulosalash uchun savollar.

1. Ibn Sino – ulug‘ siymo.

2. Ibn Sino hikmatlarida ilgari surilgan g‘oyalar.

3. Ibn Sinoning dunyoga nazari.

V1.Uyga vazifa.


  1. Ibn Sino hikmatlaridan namunalar yozib kelish.

  2. Ibn Sinoga bag‘ishlangan plakatlar olib kelish.

  3. Ibn Sino g‘oyalarining tarbiyaviy ahamiyati haqida so‘zlab berish.



Download 443,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish