Kirish
Mavzuning dolzarbligi:
Bozor munosabatlarining chuqurlashuvi sharoitida korxonalar faoliyatini
rivojlantirishini ta’minlash ularning moliyaviy barqarorligiga uzviy bog‘liq
xо‘jalikning moliyaviy barqaror bо‘lishi ularning faoliyati moliyaviy natijasining
tо‘g‘ri shakllantirilishi bilan bog‘liq. Chunki korxonalarda foyda ishlovchilarning
moddiy ta’minlanishining, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish kabi
tadbirlarning asosiy moddiy manbasi hisoblanadi.
О‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan sо‘ng, iqtisodiyot
subyektlari faoliyati sohasida ham sezilarli darajada о‘zgarishlar yuzaga keladi.
Respublikamizda iqtisodiyotning uzluksiz rivojlanishi bozor munosabatlari
sharoitidagi obyektiv zaruriyat bо‘lib, bu о‘z navbatida korxonalar faoliyatini
uzluksiz nazorat qilishni va ularni samarali boshqarish uchun zaruriyat malumotlar
bazasini vujudga keltiruvchi buxgalteriya hisobini va ularning uslubiy asoslarini
takomillashtirishni talab etadi.
Jahonning kо‘plab mamlakatlarini qamrab olgan moliyaviy inqiroz kо‘lami
kengayotganida qaramay, О‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror rivojlanayotganligi va
tashqi inqiroz holatlarining salbiy ta’siriga berilmaslik xususiyatlari bilan ajralib
turadi.
Prezidentimiz о‘z ma’ruzalarida ta’kidlaganidek, “Mamlakatimiz yalpi ichki
mahsuloti 8 foizga о‘sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga,
qishloq xо‘jaligi 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi-14,8 foizga oshdi. Infilatsiya
darajasi prognoz kо‘rsatkichdan past bо‘ldi va 6,8 foizni tashkil etdi.
О‘tgan yilning yakunlariga kо‘ra, tashqi davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga
nisbatan 17 foizni, eksport hajmiga nisbatan qariyib 60 foizni tashkil etdi. Bu
avvalombor xorijiy investitsiyalar va umuman chetdan qarz olish masalasiga
chiqur va har tomonlama puxta о‘ylab yondoshish natijasidir.
2013-yilda iqtisodiyot sohasidagi soliq yuki 21,5 foizdan 20,5 foizga,
jismoniy shaxslar uchun daromad solig‘ining eng kam stavkasi 9 foizdan 8 foizga
tushirilishiga qaramay, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foizga
profitsit bilan bajarildi.
Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy sohada yо‘naltirilgan xarajatlar
yuqori darajada saqlanib qoldi va umumiy xarajatlarning 59,3 foizini tashkil etadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida yuz bergan va berayotgan о‘zgarishlarni alohida
e’tiborga sazovordir.
Yurtimizda qabul qilingan 2011-2015-yillarda sanoatni ustuvor darajada
rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik yangilashga davr tarmoq dasturlarining izchil amalga oshirilishi
natijasida sanoat tarkibida yuqori qо‘shimcha qiymatga ega bо‘lgan, raqobatdosh
mahsulotlar tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining о‘rni tobora ortib
bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat
mahsulotlarining 78 foizdan ortig‘i aynan ana shu tarmoqlar hissasiga tо‘g‘ri
kelmoqda”
1
.
Biz mamlakatimiz ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi
chora-tadbirlarini belgilashda jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarining ta’sirini har
tomonlama hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturini ushbu jarayonlar
ta’siri nuqtai-nazaridan shakllantirishimiz va ularni izchil amalga oshirishimiz ni
taqqozo etadi.
Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Birinchi navbatda, dunyo bozorida
xomashyo va tayyor mahsulotda ehtiyojning tobora pasayib borishini hisobga
oladigan bо‘lsak, bunday holat mamlakatimizning eksport salohiyati va valyuta
tushumiga salbiy ta’sir kо‘rsatmasdan qolmaydi”
2
.
Bundan tashqari yer kо‘chmas mulk kadastr xizmati sohasida moliyaviy
natijalarni shakllantirish va uni hisobini yuritishdagi muammolar yechimiga
bag‘ishlab ilmiy Bitiruv malakaviy ish, ishlari olib borilmaganligi, hamon bu
1.m 2. A. Karimov “2014 yil yuqori о‘sish suratlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish,
о‘zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bо‘ladi”. Xalq sо‘zi, 2014 – yil 18 yanvar
2. I. A. Karimov. “2012-yil vatanimiz taraqqiyotini yangi vosqichga kо‘tariladigan yili bо‘ladi” Xalq
sо‘zi. 2012-yil, 20-yanvar-№ 14 (5434). 3-bet.
sohada yechimini kutilayotgan muammolar mavjudligi mazkur soha bо‘yicha
ilmiy izlanishlar olib borilishini taqoza etadi hamda tanlangan mavzuning
dolzarbligidan
dalolat beradi.
Muammoning о‘rganganlik darajasi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash
sharoitida Moliyaviy natijalar hisobi, ularning kо‘rsatkichlarini tahlil qilish va
auditi mavzusi borasida xorijlik olimlardan Aksehenko A. T., Sheremet A. D.,
Nidlz B., Ivash Kebich V. V., Thach V. I., rishar J., Kondrakov N. P., Novichenko
T. P. Kabilar muhim hissa qо‘shishgan. Ushbu masalalarining ayrim jihatlari
respublikamiz olimlaridan Jumanov A. M., Ibragimov A. K., Sotivoldiyev A. S.,
Qutiboyev A. T., Pardayev A. H., Tо‘xtayeva M. M., Jо‘rayev N. Y., Sanayev M.
S., Dо‘smurotov R. D., Vohidov S. V., Akramov E. A., Musayev H. N., Xasanov
B. A., Karimov A. A., Orazov Q. B. Larning ilmiy asarlarida о‘z ifodasini topgan.
Ammo bu olimlar masalasiga kо‘proq moliyaviy hisob , moliyaviy tahlil nuqtai
nazaridan yondashganlar. Vaholanki, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida
moliyaviy natijalar hisobi, ularning kо‘rsatkichlarini tahlil qilish va auditni tо‘g‘ri
tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, iqtisodiyotchi olimlar tomonidan shahar yer kо‘chmas mulk
kadastr xizmati sohalarida Moliyaviy natijalar hisobi, ularning kо‘rsatkichlarini
tahlil qilish va auditini tashkil etish tartibi bо‘yicha hozirgacha bajarilgan bitiruv
malakaviy ishlari bu boradagi muammolarning zamonaviy yechimlarning batafsil
qamrab olmoqda.
Bu esa maskur sohadagi ilmiy bitiruv malakaviy ishlari olibborish
zaruriyatini va BMI mavzusini dolzarbligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |