Xо‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati bevosita xarajatlar bilan bog‘liq
Xarajat – bu mahsulotlarni ishlab chiqarish, tovarlarni sotish va xizmatlar
Xarajatlarning turlari va boshqa moddalari korxonalarning faoliyatidan kelib
chiqadi. Ishlab chiqarish korxonalarining xarajatlari asosan xom-ashyo,
materiallar, yoqilg‘i, mehnat resurslardan iborat bо‘lsa, savdo firmalarining
aksariyat xarajatlari esa tovarlarni sotib olish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish
bilan bog‘liq bо‘lgan xarajatlardan iborat.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi bevosita xarajatlar,
resurslardan oqilona foydalanishga bog‘liq.
Korxonadagi moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan qanchalik samarali
foydalanilsa ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi va qiymati shunchalik
past bо‘ladi. Bu о‘z navbatida korxonaning moliyaviy barqarorligiga ijobiy ta’sir
qiladi. Shu bois xarajatlar doimiy ravishda nazorat qilib borilishi kerak.
Xarajatlarning auditi natijasida ichki imkoniyatlar, resurslardan oqilona
foydalanish yо‘llari aniqlanadi. Auditor xarajatlarning iqtisodiy mazmuni, chuqur
bо‘lishi kerak. Xarajatlarning turlarini quyidagicha ifodalash mumkin:
- о‘zgaruvchan xarajatlar;
- doimiy xarajatlar;
- asosiy xarajatlar;
- qо‘shimcha xarajatlar;
- bevosita xarajatlar;
- bilvosita (egri) xarajatlar;
- me’oriy xarajatlar;
- umumiy xarajatlar;
Oy tugagandan sо‘ng barcha davr xarajatlari 9900- “Yakuniy moliyaviy
natija” schyotga о‘tkazilgan bо‘ldi (davr xarajatlarni xisobga olib boruvchi
schyotlarga qoldiq qolmaydi). Audit jarayonida davr xarajatlari alohida moddalari
bо‘yicha tekshirilib ma’lum xulosaga kelinadi.
Korxonaning moliyaviy faoliyatdan kelib chiqqan xarajatlari foiz
kо‘rinishidagi xarajatlar, kurs farqlaridagi zararlar hamda boshqa turdagi
moliyaviy faoliyat xarajatlaridan iborat. Auditor ushbu xarajatlarning tо‘g‘riligini
9600 - “Moliyaviy faoliyat bо‘yicha xarajatlar hisobi schyotlari” orqali
tekshiriladi. Mazkur schyot 6820, 7510, 6920, 5210, 0610, 4620 va boshqa
schyotlar bilan korrispondensiyada bо‘lib oy oxirida 9900 – “Yakuniy moliyaviy
natija” schyoti bilan yopiladi. Auditor ushbu schyotlardagi yozuvlarning qonun
talablariga mos kelish-kelmasligini tekshiradi. Xarajatlar auditining ketma-ketligini
quyidagicha ifodalash mumkin:
Xarajatlar auditi natijalari auditorlik xisoboti va xulosasiga kiritiladi;
Xarajatlarning rejalashtirishni tekshirish;
Xarajatlar tarkibini aniqlash;
Mahsulot tannarxining auditi;
Davr xarajatlarining auditi;
Moliyaviy faoliyat xarajatlari va favqulotda zararlarni tekshirish;
Tekshirish natijalarini rasmiylashtirish.