Bozor munosabatlarining chuqurlashuvi sharoitida korxonalar faoliyatini



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/26
Sana31.12.2021
Hajmi4,27 Mb.
#233391
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
moliyaviy natijalar hisobi ularning korsatkichlari tahlil qilish

Davr xarajtlari hisobi 

 

Davr  xarajatlari  tarkibiga  korxona  ishlab  chiqarish  jarayoni  bilan  bevosita 

bog‘liq  bо‘lmagan  xarajatlar  kiradi.  Bular  jumlasiga  boshqaruv,  tijorat  bilan 

bog‘liq xarajatlar, shuningdek umum xо‘jalik xarajatlari, jumladan ilmiy – tadqiqot 

va  tajriba  –  konstruktorlik  ishlari  bо‘yicha  xarajatlar  ham  kiradi.  Bu  xarajatlar 

korxona  asosiy  faoliyati  va  mahsulot  sotish  bilan  bog‘liq  bо‘lmaganligi,  lekin 

ma’lum  bir  jarayonlarni  amalga  oshirish  bilan  bog‘liq  bо‘lganligi  uchun  ular 

operatsion  xarajatlar,    umumiy  va  ma’muriy  xarajatlar  deyiladi.  Ular  mahsulot 

ishlab  chiqarish  va  sotish  hajmiga  bog‘liq  bо‘lmagan,    va  aksincha,  vaqt  bilan 

xо‘jalik  faoliyatining  davomiyligi  bilan  bog‘liq  bо‘lgani  sababli  ular  davr 

xarajatlari deb yuritiladi. 

Mahsulot sotish, ma’muriy xarajatlar, xizmat kо‘rsatuvchi xarajatlari, boshqa 

opersion xarajatlar davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi. 

Hisobvaraqlar  rejasiga  binoan  davr  xarajatlari  quyidagi  hisobvaraqlarida  aks 

ettiriladi: 

9410 – “Sotish xarajatlari”; 

9420 – “Ma’muriy xarajatlar”; 

9430 – “Boshqa operatsion xarajatlar”; 

9440  –  “Kegusida  soliqqa  tortiladigan  bazadan  chegiriladigan  hisobot  davri 

xarajatlari”. 

Yuqorida  keltirilgan  xarajatlar  9410  –  “Sotish  bо‘yicha  xarajatlar” 

hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq  tranzit hisobvaraq bо‘lib, qaysi 

davr  bо‘lmasin  uning  oy  boshida  qoldiq  summasi  bо‘lmaydi.  Hisobvaraqning 

debet tomonida tovarlarni sotish bilan bog‘liq bо‘lgan xarajatlar kо‘rsatilsa, kredit 

tomonida  ushbu  xarajatlarni  hisobdan  chiqarishni  aks  ettiriladi.  Bu  summa 

foydaning kamayishiga olib keladi, ya’ni foyda hisobidan qoplanadi. 

9410  –  “Sotish  bо‘yicha  xarajatlar”  hisobvarag‘ining  analitik  hisobi  15-sonli 

qaydnomada xarajatlarning debet va kredit oboroti  kо‘rsatiladi.Debet oborotining 




jami summasi № 1, 2, 7, 10/1-jurnal orderlarda aks ettirilsa, kredit bо‘yicha oborot 

summasi esa № 11-jurnal-orderida aks ettiriladi. 

Korxonalar  ishini  olib  borish,  uyushtirish  va  boshqarish  tegishli  xarajatlarni 

talab qiladi. Har  bir korxona bunday xarajatlarni qoplash uchun tegishli ajratmalar 

qiladi  va  bu  ajratmalar  9420  –  “Ma’muriy  (boshqaruv)  xarajatlar”  hisobvarag‘ida 

hisobga olinadi. 

Boshqa operatsion xarajatlarga quyidagilar kiradi: 

- maslahat va axborot xizmatlariga haq tо‘lash; 

- auditorlik    xizmatlariga  haq  tо‘lash,  shu  jumladan  xо‘jalik  yurituvchi 

subyektning  qatnashchilaridan  (mulkdorlardan)  birining  tashabbusi  bо‘yicha 

о‘tkaziladigan auditorlik xizmatlariga haq tо‘lash; 

- о‘zining xizmat kо‘rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xо‘jaliklarini asrashdan 

kо‘rilgan zararlar; 

- salomatlik  muhofaza  qilish  va  xodimlarning  ishlab  chiqarish  jarayonida 

bevosita qatnashuvi bilan bog‘liq bо‘lmagan dam olishlarni tashkil etish tadbirlari; 

- kompensatsiya va rag‘batlantirish tusidagi tо‘lovlar; 

- bir  yо‘la  tо‘lanadigan  mukofatlar  va  taqdirlashlar,  shu  jumladan  xо‘jalik 

vaqtincha mehnat layoqatini yо‘qotgan taqdirda qonun hujjatlari bilan belgilangan, 

haqiqiy ish haqi miqdoricha qо‘shimcha haq; 

- asosiy  ish  joyi  xо‘jalik  ishchilariga,  xо‘jalik  yurituvchi  subyekt  ishchi  va 

mutaxasislariga ular ishdan ajragan holda malaka oshirish va mutaxasislarni qayta 

tayyorlash tizimida о‘qigan vaqtda ish haqi tо‘lash; 

- ikki va undan ortiq  bolalari  yoki о‘n olti yoshgacha  nogiron  bolasi  bо‘lgan 

ayollarga qonunchilikka muvofiq qо‘shimcha mehnat tatili haqini tо‘lash; 

-  xodimlarga  tovarlar,  mahsulotlar  va  boshqa  narsalarni  bepul  berish  yoki 

xodimlar uchun ishlar, xizmatlarni bajarish; 

- Xodimlarning  (ovqatlanishi,  yо‘l  kirasi,  davolanish  va  dam  olishiga, 

ekskursiya  va  sayoxatlarga  yо‘llanmalari,  sport  seksiyalarida,    tо‘garaklarda, 

kulublardagi  mashg‘ulotlari,  madaniy-kо‘ngilochar  va  jismoniy  tarbiya  (sport) 



tadbirlariga  qatnashishi,  xodimlarning  shaxsiy  obunasi  va  istemoli  hamda  boshqa 

shunga о‘xshash tо‘lovlari) xarajatlarini qoplashi; 

-  amaldagi qonunchilikda muvofiq xо‘jalik yurituvchi subyektlardan ularning 

qayta  tashkil  etilishi  xodimlar  va  shtatlar  sonining  qisqarishi  munosabati  bilan 

bо‘shab qoladigan xodimlarga tо‘lovlar; 

- Xodimlarga tо‘lanadigan moddiy yordam; 

- Zararlar, jarimalar, pensiyalar; 

-  bekor qilingan ishlab chiqarish byurtmalari bо‘yicha yо‘qotishlar; 

- moddiy  boyliklarning  tabiiy  yо‘qolishi  normalari  doirasidagi  va 

normalaridan  kо‘proq,  bevosita  ishlab  chiqarish  tegishli  bо‘lmagan  yо‘qotishlar 

hamda kamomadlar; 

- ishlab  chiqarish  zahiralarini  va  tayyor  mahsulotni  eng  past  baholash  usuli 

yoki  sotishning  sof  qiymati  bо‘yicha    qayta  baholash  yoki  bahosini  pasaytirish 

natijasida zararlar; 

- idishlarga davr muomalalar bо‘yicha zararlar; 

- sud xarajatlari; 

- tо‘lanishi shubxali qarzlar bо‘yicha zahiraga ajratmalar; 

- aybdorlari  aniqlanmagan  kamomadlardan  yoki  aybdor  tomon  hisobidan 

zarur summani undirish mumkin bо‘lmagan hollarda kо‘rilgan zararlar; 

- soliq qonuni va boshqa qonunlarni buzganlik uchun jarima va pensiyalar; 

- tо‘langan boshqa jarimalar; 

- boshqa xarajatlar. 

Yuqorida  keltirib  о‘tilgan  xarajatlar  9430  –  “Boshqa  operatsion  xarajatlar” 

hisob varag‘ida hisobga olinadi. 

9440  –  “Kegusida  soliqqa  tortiladigan  ba’zadan  chegiriladigan  hisobot  davri 

xarajatlari”  hisobvarag‘ida  hisobot  davrida  chegiriladigan  soliqqa  tortiladigan 

ba’zadan  chegirilmaydigan,  ammo  ushbu  tadbirlarni  amalga  oshirish  uchun 

qilingan  xarajatlarni  rejalashtirilgan  samaraga  erishilgan  holda,  kelgusi  hisobot 

davrlarida  soliqqa  tortiladigan  ba’zadan  kamaytiriladigan  xarajatlar  hisobga 

olinadi. 




Hisobot  davri  oxirida  9440  –  varaqning  debetida  yig‘ilgan  xarajatlar  9900- 

“Yakuniy  moliyaviy  natija”  hisobvarag‘iga  о‘tkaziladi.  9440  –  hisobvarag‘ining 

debetida  hisobga  olingan  xarajatlar  ba’zasidan  tashqari  010-  “Vaqtli  tafovutlar 

bо‘yicha  xarajatlar”  hisobvarag‘iga  yig‘ib  boriladi.  Sodir  bо‘lgan  muomalalar 

summasiga  9440  –  hisobvarag‘ining  debeti  bilan  birga,  010  –  hisobvaraqda  ham 

yozib boriladi. 010-hisobvaraqning chiqimiga hisobga olingan xarajatlar bu tadbir 

uchun  sarflangan  xarajatlar  va  undan  olingan  samara  muddatiga  qarab,  tuzilgan 

maxsuskomissiya raschotiga asosan hisobdan chiqarilganda yoziladi. 




 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 



Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish