Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar hisobi.
“Xarajatlar tarkibi tо‘g‘risida”gi nizomga binoan moliyaviy faoliyatdan
olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
- olingan royaltelar va sarmoya transferti;
- О‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xо‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatida ulush qо‘shgan holda qatnashishdan olingan
daromad, aksiyalar bо‘yicha dividentlar va obligatsiyalar hamda xо‘jalik
yurituvchi subyektga tegishli qimmatli qog‘ozlar bо‘yicha daromadlar;
- mulkni uzoq muddat ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing tо‘lovini
olish);
- valyuta schotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi muomalalar bо‘yicha
ijobiy kurs tafovutlari;
- sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, shuba korxonalarga va hakazolar)
mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar .
Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar soliqqa tortishda yalpi
daromadga kiritilmaydi.
Moliyaviy faoliyat bо‘yicha daromadlar hisobi “Asosiy xо‘jalik faoliyatidan
olinadigan daromadlar” nomli 2-son BXMA, “Lizing hisobi” nomli 6-son BHMA,
“Moliyaviy investitsiyalar hisobi” nomli 12- son BHMA lar bilan tartibga solinadi.
Moliyaviy faoliyat bо‘yicha olinadigan daromadlar uchun quyidagi
hisobvaraqlar ochilishi mumkin:
9510 – “Royaltidan olinadigan daromadlar”;
9520 – “Dividentlar kо‘rinishidagi daromadlar”;
9530 – “Foiz kо‘rinishidagi daromadlar”;
9540 – “kurs farqidan olingan daromadlar”;
9550 – “Moliyalanadigan lizingdan olinadigan daromadlar”;
9560 – “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar”;
9590 – “Moliyaviy faoliyat bо‘yicha boshqa daromadlar”.
Ushbu hisobvaraqlar tranzit bо‘lib, passiv xarakterga ega. Ularning kredit
oborotida tegishli manbalar hisobidan moliyaviy foydaning kо‘payishi, debet
oborotida esa ularning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
9510 – “Royaltidan olingan daromadlar” hisobvarag‘ida royalti va kapital
transferti bо‘yicha olingan daromadlar aks ettiriladi.
Royaltidan olingan daromadlarga quyidagicha provodka beriladi:
Divident 4850 – “Royalti bо‘yicha olishga tegishli schyotlar”;
Kredit 9510 – “Royaltidan olingan daromadlar”
9520 - “Dividentlar kо‘rinishidagi daromadlar” hisobvarag‘ida о‘zbekiston
respublikasi hududida va chet elda ulush qо‘shish yо‘li bilan boshqa korxonalar
faoliyatida qatnashishdan olingan daromadlar, aksiyalar bо‘yicha dividentlar aks
ettiriladi.
Dividentlar bо‘yicha olinadigan daromadlarga quyidagicha provodkalar
beriladi:
Divident 4840 – “Olinadigan dividentlar”;
Kredit 9520 – “Dividentlar kо‘rinishidagi daromadlar”.
9530 – “Foizlar kо‘rinishidagi daromadlar hisobvarag‘ida uzoq va qisqa
muddatli investitsiyalar bо‘yicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi”.
Foizlar hisoblanganda quyidagicha provodka beriladi:
Divident 4830- “olinadigan foizlar”;
Kredit 9530 - “Foizlar kо‘rinishidagi daromadlar”.
9540 – “kurs farqlaridan olinadigan daromadlar” hisobvarag‘ida valyuta
schyotlari, shuningdek xorijiy valyuta muomalalari bо‘yicha ijobiy kurs farqlaridan
olingan daromadlar aks ettiriladi.
9550 – “Moliyalangan lizingdan daromadlar” hisobvarag‘ida mulkni uzoq
muddatli ijaraga berilishdan olingan daromad aks ettiriladi.
Moliyalanadigan lizing bо‘yicha joriy yilda olinadigan daromad summasiga
quyidagicha provodka beriladi:
Divident 6230 – “muddatli uzaytirilgan daromad” – joriy qismi;
Kredit 9550 – “Moliyalanadigan lizingdan daromadlar”.
Moliyaviy lizing bо‘yicha asosiy vositalarni ijaraga berishdan olingan
daromad summasiga quyidagichaprovodka beriladi:
Divident 7290 – “Boshqa muddati uzaytirilgan majburiyatlar”;
Kredit 9550 – “Moliyalanadigan lizingdan daromadlar”.
Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar bо‘yicha qimmatli qog‘ozlarning
nominal qiymatidan ortiq vaholangan farq summasiga quyidagicha provodka
beriladi:
Divident 0610, 5810;
Kredit 9590 – “Moliyaviy faoliyat bо‘yicha boshqa daromadlar”.
9590 - hisobvaraqda moliyaviy faoliyatining boshqa turlaridan olingan foyda
aks ettiriladi.
Hisobot davri yakunida 9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560, 9590 –
hisobvaraqlarning kredit oborotidagi summalar yakuniy moliyaviy natijaga
о‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |