Bozor munosabatlarining chuqurlashuvi sharoitida korxonalar faoliyatini


  Moliyaviy natijalar hisobi, ularning tahlili va auditini tashkil qilishning



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/26
Sana31.12.2021
Hajmi4,27 Mb.
#233391
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
moliyaviy natijalar hisobi ularning korsatkichlari tahlil qilish

1.2.  Moliyaviy natijalar hisobi, ularning tahlili va auditini tashkil qilishning 

nazariy-huquqiy  asoslari va vazifalari 

 

Har  bir  xо‘jalik  yurituvchi  subyekt  о‘z  faoliyatini  foydali,  xarajatlarni 



qoplashi  tegishli  daromad  olish  yо‘lida  tashkil  qiladi.  Olingan  daromad  miqdori 

bevosita ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga, sifatiga, bahosiga, bozordagi talabga 

qarab о‘zgarib boradi. 

Moliyaviy  natija  asosan  yil  oxirida  hisob-kitob  qilinadi.  Buning  uchun  yil 

davomida  qilingan  xо‘jalik  muomalasining  natijalari  hisob-kitob  qilinib,  barcha 

buxgalteriya  hisobi  schyotlaridagi  yozuvlar  1-yanvar  holatiga  keltiriladi.  Buning 

uchun xarajatlar о‘zida ifoda etuvchi schyotlar hisobot davrining oxiriga etiladi va 

yillik qilingan jami xarajat summalari hisoblab chiqiladi. 

Moliyaviy  natijalarni  hisoblash  tartibi  tarmoqlar  bо‘yicha  bir-biridan  farq 

qilib, bu farq asosida mahsulot tannarxini aniqlash xarajatlarni taqsimlash me’zoni 

turadi.  Moliyaviy  natijaning  asosiy  manbai  bо‘lib,  mahsulotni  sotishdan  kelib 

tushgan  pul  mablag‘lari  hisoblanadi.  Moliyaviy  natijalar  holatida  mahsulot  va 

tavarlarni  sotish  bilan  bog‘liq  xarajatlar  bevosita  ta’sir  qiladi.  Fikringizni  dalili 

sifatida  savdo-tijorat  sohasida  moliyaviy  natijalarni  aniqlash  holatiga  (tartibiga) 

murojat  qilaylik.  Buning  uchun  “Mahsulot  (ish,  xizmat)lar  realizatsiyasi” 

schotining ma’lumotlaridan foydalanamiz. Bu schotning kredit tomonidan tovarlar 

realizatsiyasi  sotish  bahosida  kо‘rsatiladi.  Olingan  tovarlar  uchun  mol  yetkazib 

beruvchilar  bilan  hisob-kitobni  erkin  shartnoma  (sotib  olish)  bahosida  amalga 

oshiriladi.  О‘rtadagi  farq  savdo  ustamasini  tashkil  qiladi.  Savdo  ustamasining 

miqdori bevosita shu tovarda bо‘lgan talab bilan о‘lchanadi. 

Savdo ustamasining asosiy maqsadi tovarlarni sotish bilan bog‘liq xarajatlarni 

qoplash  va  daromad  manbaini    shakllantirishdir.  Moliyaviy  natijalarni  aniqlashda 

savdo ustamasi alohida-alohida sotilgan va qolgan tovarlarni nisbatan hisoblanadi. 

Hisobot  davrida  tovarlar  xarakati  bilan  bog‘liq  xarajatlar  “Davr  xarajatlari” 

schoti  hisobga  olinadi.  Bu  schotda  kо‘rsatilgan  xarajatlar  jami  tovarlarga  ta’luqli 

bо‘lib,  daromadni  aniqlashda  sotilgan  va  qolgan  tovarlarga  ta’luqli  xarajatlarni 




hisob-kitob qilish talab qilinadi (yil oxirida “Savdo ustamasi” va “Davr xarajatlari” 

schoti bо‘yicha qilinadigan hisob-kitob nazarda tutilmoqda). 

Moliyaviy  natijalarni  aniqlashda  ularni  bevosita  tovarlarni  sotishdan,  ya’ni 

asosiy  xо‘jalik  faoliyatidan  va  kо‘zda  tutilmagan  manbalardan  shakllanishiga 

alohida ahamiyat beriladi. 

О‘zbekiston  Respublikasida  “Mahsulot  (ish,  xizmat)lar  tannarxiga 

kiritiladigan mahsulot (ish, xizmat) lar ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi 

hamda  moliyaviy  natijalarning  shakllantirish  tarkibi  tо‘g‘risida”gi  Nizomni  qabul 

qilishni moliyaviy natijalar holatini takomillashtirishga qaratilgandir. 

Respublikamizda  amalda  oshirilayotgan  iqtisodiy  islohotlarning  samarasi 

yildan-yilga ortib bormoqda, yangicha munosabatlarning shakllanishi uning yangi 

ijobiy natijalarni bermoqda, korxona va tashkilotlarda tejamkorlikni tо‘g‘ri tashkil 

qilish iqtisodiy madaniyatni qanday qilinishi bilan baholanadi. 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  har  bir  korxona  о‘z  mahsuloti  sifati  uchun 

javobgar. Bozor talabiga javob berish, raqobatbardoshligi, sifatli bо‘lishi davrning 

о‘zi talab qilmoqda. 

Yuqoridagi  talablarning  bajarilishi  о‘z  navbatida  tovar  ishlab  chiqarishni 

moliyaviy holatini yaxshilashga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. 

О‘zbekiston  Respublikasida    “Mahsulot  (ish,  xizmat)lar  ishlab  chiqarish  va 

sotish  xarajatlari  tarkibi  hamda  moliyaviy    natijalarning  shakllanishi  tartibi 

tо‘g‘risida”gi  Nizom  xalqaro  andozalarni  hisobga  olgan  holda,  buxgalteriya 

hisobini yuritish va soliqqa tortish uchun xarajatlarni hisoblashda yuzaga keladigan 

farqlarni etiborga olgan holda ishlab chiqiladi. 

Nizomga  asosan  korxona  va  tashkilotlarning  moliyaviy  natijalari  quyidagi 

foyda  kо‘rsatkichlariga  asosan  olib  boriladi,  yangi  mahsulotni  sotishdan  olingan 

foyda  yalpi  foyda,  u  mahsulotni  sotishdan  olingan  sof  daromaddan  sotilgan 

mahsulot tannarxini ayirish yо‘li bilan aniqlanadi. Moliyaviy natijalarni aniqlashda 

yuqoridagi Nizomga tо‘liq rioya qilinadi. 

О‘zbekiston  Respublikasi  mahsulot  ishlab  chiqarish,  sotish  xarajatlarini 

tartibga  solishni  takomillashtirish  tо‘g‘risida  maxsus  Nizom  qabul  qilindi.  Nizom 




xо‘jalik  yurituvchi  subyektlar  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  uchun  О‘zbekiston 

Respublikasida  mahsulot  (ish,  xizmat)  lar  tannarxiga  kiritiladigan  xarajatlarni 

aniqlashda  bir  xilda  bо‘lishini  ta’minlash  maqsadida,  shu  bilan  birga  hisob  va 

hisobotlar haqidagi qonunlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgandir. 

Xarajatlarni  yuqoridagi  Nizom  asosida  shakllantirish  moliyaviy  natijalarni 

tо‘g‘ri  aniqlash  imkonini  beradi.  Nizomda  keltirilgan  xarajatlarni  turlarini  eng 

avvalo,  xarajatlarning  tо‘g‘ri  va  tо‘la-aks  ettirish,  moliyaviy  hisobotni  tuzishda 

foyda va zararni aniqlashda qaratilgan. 

Turli  mulkdagi  korxonalarning  moliyaviy  natijalari  daromadlarga  va 

xarajatlarga  bevosita  bog‘liqdir.  Korxonalardagi  mavjud  resurslar  samarali 

foydalanilishi  kerak.  Aks  holda  korxona  faoliyatida  yuqori  natijalarga  erishib 

bо‘lmaydi. Shuning uchun daromadlar, xarajatlar, ularning turlari va kelib chiqish 

manbalari  doimiy  ravishda  nazorat  qilib  boriladi.  Shunday  nazorat  turlaridan  biri 

auditorlik nazoratidir. 

Moliyaviy  natijalarni  buxgalteriyada  hisobga  olishning  asosiy  vazifalari 

quyidagilardir: 

- moliyaviy natijalarning shakllanishi tо‘g‘ri ekanligini о‘rganish; 

- olingan foyda miqdorini har oyda hamda yil boshidan о‘z vaqtida va tо‘g‘ri 

hisob-kitob qilish; 

- moliyaviy natijalar bilan bog‘liq operatsiyalarni va ularning taqsimlanishini 

buxgalteriya hisobi hisob varaqlarida va tegishli registrlarda tо‘g‘ri aks ettirish. 

Auditor  yuqoridagi  xususiyatlarga  e’tibor  bergan  holda  moliyaviy  natijalarni 

ekspertizadan о‘tkazishi kerak. 

Auditning asosiy vazifalari quyidagilarga qaratilgan: 

- moliyaviy natijaning shakllanishi va tо‘g‘ri hisoblanganligini tekshirish; 

- foydaning tо‘g‘ri ishlatilishini tekshirish; 

- moliyaviy  natijalarning  buxgalteriya  hisobi  schotlarida  tо‘g‘ri  aks 

ettirilganligini aniqlash; 

- moliyaviy  natijalar  tо‘g‘risidagi  hisobotlarning  asosliligi  va  tо‘g‘ri 

tuzilganligini tekshirish. 




Moliyaviy natijalarning shakllanishi va taqsimlanishi. 

Korxona  tomonidan  olinadigan    foydaning  tarkibini  aniqlash  maqsadga 

muvofiq hisoblanadi. Chunki qaysi faoliyat turidan korxona foyda olayotganligi va 

qaysi  faoliyat  turidan  zarar  kо‘rayotganligini  bilish  korxonaning  moliyaviy  – 

iqtisodiy barqarorligiga ham о‘zining ta’sirini о‘tkazadi. 

Foydaning quyidagi turlari bor: 

Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda; 

Asosiy faoliyatdan olingan boshqa foyda (operatsion foyda); 

Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda; 

Favqulotda olingan foyda; 

Xо‘jalik  yurituvchi  subyekt  faoliyatining  moliyaviy  natijalari  foydaning 

quyidagi kо‘rsatkichlari bilan tasniflanadi; 

  mahsulotni  sotishdan  olingan  yalpi  foyda,  bu  sotishdan  olingan  sof 

tushum  bilan  sotilgan  mahsulotning  ishlab  chiqarish  tannarxi  о‘rtasidagi  tafavut 

sifatida aniqlanadi: 

Yaf = SST - IT 

bunda,  

Yaf – yalpi foyda 

SST – sotishdan olingan sof tushum; 

IT – sotilgan mahsulotning  ishlab chiqarish tannarxi; 

  asosiy  faoliyatdan  kо‘rilgan  foyda,  bu  mahsulotni  sotishdan  olingan 

yalpi  foyda  bilan  davr  xarajatlari  о‘rtasidagi  tafovut  va  plyus  asosiy  faoliyatdan 

kо‘rilgan boshqa daromadlar yoki boshqa zararlar sifatida aniqlanadi: 

AFF = Yaf – DX + BD – BZ  

buerda,  

AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda; 

DX – davr xarajatlari; 

BD – asosiy faoliyatdan olingan daromadlar; 

BZ – asosiy faoliyatdan kо‘rilgan boshqa zararlar; 



  xо‘jalik  faoliyatidan  olingan  foyda  (yoki  zararlar),  bu  asosiy 

faoliyatdan  olingan  foyda  summasi  plyus  moliyaviy  faoliyatdan  kо‘rilgan 

daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi: 

UF = AFF + MD – MX 

bunda,  

UF – umumxо‘jalik faoliyatidan olingan foyda; 

MD – moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; 

MX -  moliyaviy faoliyat xarajatlari: 

  soliq  tо‘languncha  olingan  foyda,  u  umumxо‘jalik  faoliyatidan 

olingan foyda plyus favqulotda (kо‘zda tutilmagan) vaziyatlarda kо‘rilgan foyda va 

minus favqulotda zarar sifatida aniqlanadi: 

STF = UF + FP – FZ 

bunda, STF – soliq tо‘langungacha olingan foyda; 

FP – favqulotda vaziyatlardan olingan foyda; 

FZ – favqulotda vaziyatlardan kо‘rilgan zarar; 

  yilning  sof  foydasi,  u  soliq  tо‘langandan  keyin  xо‘jalik  yurituvchi 

subyekt  ixtiyorida  qoladi,  о‘zida  daromad  (foyda)dan  tо‘lanadigan  soliqni  va 

minus  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  boshqa  soliqlar  va  tо‘lovlarni  chiqarib 

tashlangan holda soliqlar tо‘langunga qadar olingan foydani ifodalaydi: 

SF = STF – DS – BS 

bunda, SF – sof foyda; 

DS – daromad (foyda) dan tо‘lanadigan soliq; 

BS – boshqa soliqlar va tо‘lovlar. 

Foydaning  taqsimlanishini  deganda  uning  iste’mol  va  jamg‘arishga 

yо‘naltirilishi,  joriy  davr  foydasining  soliqlar  tо‘lovi,  ishlab  chiqarishni 

rivojlantirish  va  zahiralashga  hamda  kapital  egalari  о‘rtasidagi  shartlar, 

kelishuvlarga binoan taqsimlanishi  tushuniladi. 

Foyda quyidagicha taqsimlanadi: 

- soliq  qonunchiligiga  muvofiq  davlat  byudjetiga  soliqlar,  yig‘imlar  va 

tо‘lovlarga: 




- ishlab chiqarishni rivojlantirish va zahiralashga; 

- aksiya va kapital egalariga dividentlar tо‘lashga. 

Korxona  о‘zining  hisob  foydasidan  avvalo,  davlat  oldida  hisob  beradi  va 

о‘zining  ixtiyorida  hamda  tasarrufida  bо‘lgan  foyda  summasini  aniqlaydi. 

Foydadan  olingan  soliqlar  qatiiy  stavkalarda  va  foizlarda  undiriladi.  Hisob 

foydasining  qolgan  qismi  korxona  sof  foydasi  sifatida  uning  erkin  belgiloviga 

(aksionerlar  umumiy  yig‘ilishining  qarori  va  ichki  nizomiga)  muvofiq 

taqsimlanadi. 

Sof  foydadan  ishlab  chiqarilishni  rivojlantirish  va  kengaytirishga  oid  sarflar 

aksiyanerlarning umumiy yig‘ilishida hisob berish hamda ularning roziligini olish 

asosida belgilanadi. 

Sof  foydaning  qolgan  qismi    chaqirilgan  aksiyalarning  turiga  qarab  va 

ularning imtiyozli shartlari asosida taqsimlanadi. Dastlab imtiyozli aksiya egalariga 

oldindan  kafolatlangan  foizlarda  tо‘lovlar  hisobga  olinadi,  sо‘ngra  oddiy  aksiya 

egalariga divident foizlari va summalari e’lon qilinadi. Foydaning taqsimlanmagan 

foyda  sifatida,  agar  korxona  nochor  ahvolda  bо‘lsa,  qoplanmagan  zarar  sifatida 

keyingi hisobot yiliga о‘tkaziladi. 

Turli  mulkdagi  korxonalarning  daromadlari  ma’lum  ketma-ketlikda  audit 

qilinadi va uning natijalari auditorlik  hisoboti hamda xulosasiga о‘z aksini topadi. 

Sotishdan olingan sof tushumning tо‘g‘riligini tekshirish; 

Asosiy faoliyatdan olingan foyda (daromad)larni tekshirish; 

Moliyaviy daromad faoliyatdan olingan daromadlarni tekshirish; 

Favqulotdagi daromad (foyda)ni tekshirish; 

Daromadlarning  sо‘nggi  moliyaviy  natijalar  schotiga  tо‘g‘ri  о‘tkazilganligini 

tekshirish; 

Tekshirish natijalarini umumiylashtirish va rasmiylashtirish; 




Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish