Mavzu: 4-sinf matematika fanini o’qitishda kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish



Download 5,62 Mb.
bet2/9
Sana22.07.2022
Hajmi5,62 Mb.
#840153
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
мухаббат kurs ishi

Kurs ishining maqsadi: boshlang’ich sinflar matematika ta’limi mazmuni, tuzilishi xususiyatlariga oid ko’nikma va malakalarini mustahkamlash, boshlang’ich sinflar uchun matematikadan o’quv dasturi (2017 yil tasdiqlangan)ni, darsliklar mazmunini puxta o’zlashtirishni ta’minlash va masalalar yechish orqali kommunikativ kompetensiyalarni o’quvchilarda shakllantirishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:

  • Boshlangich sinflarda fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishning nazariy asoslari to’g’risida.

  • Kompetensiya mazmuni va mohiyati haqida.

  • Matematika darslarida kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish yòllari.

  • Matematika òqitishda kommunikativ kompetensiyaning shakl va metodlari tog’risida.

  • Didaktik òyinlar vositasida òquvchining matematikada kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish metodlari.

  • 4-sinfda "Oddiy kasrlar" mavzusini òrganishda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish usullari.

Kurs ishining ob’ekti: 4-sinf matematika fanini o’qitishda o’quvchilarda kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish.
Kurs ishining predmeti: 4-sinf matematika fanini o’qitishda o’quvchilarda kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish tizimini ishlab chiqish.
Kurs ishining metodi: kuzatish, suhbat, tasniflash, jadval.
Kurs ishining tuzilishi: mazkur kurs ishi 2 ta bob, 4 ta fasl, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilova qismlaridan iborat.

I bob. Boshlangich sinflarda fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishning nazariy asoslari.
1.1. Kompetensiya mazmuni va mohiyati.
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.
Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o’z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi.
Shuningdek, har bir umumta’lim fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
Kompetensiya (lot.competo-erishyapman, munosibman, loyiqman) –u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba. O‘qituvchi - muallimlarning shaxsiy ijtimoiy sifatlariga azaldan e’tibor qaratib kelingan va har bir zamon talabidan kelib chiqib, pedagogga qo‘yiladigan talablar takomillashib, murakkablashib boravergan.
Zardo‘sht ta’limotida, “muallim — kohinlarning burchlari bolalarga bilimlarni yaxshilik yo‘sinida o‘rgatib, ularni yaxshi bilan yomonni ajratadigan qilib tarbiyalash va to‘g‘ri yo‘lga hidoyat etishdir” deyilgan. Uning “yasht”larida aqlu farosat bilan, yomonlikka qarshi kurashni amalga oshirib, bolalar ruhiyatiga rost so‘z, pok aqida, halol niyatni singdiradigan ustoz-muallimlar peshvosi madh qilinadi.
Shuningdek, “Avesto”ning “Yasht”larida tanballigi, befarqligi, mas’uliyasizligi, loqaydligi, farosatsizligi, o‘quvsizligi, bilimi va malakasini takomillashtirmasligi oqibatida bolalar zehnini, ularning mustaqil tafakkurini o‘tmaslashtiradigan, ayni chog‘da, yoshlarning aqlini “Zanglatadigan”, hayotga, mehnatga munosabatlarini susaytiradigan, imon-e’tiqodini zaiflashtirib, ma’anaviy jihatdan qashshoqlashtiradigan “Yomon ustozlar” qattiq qoralanadi.
Zardushtning oliy tangri Ahuramazda bilan muloqotida ham yaxshi va yomon ustozlar haqida shunday deyiladi: “Noshud, yomon muallim o‘quvchi qalbidan hunarmandchilikni yo‘qotar ekan, ey yazdon, yomon ustozdan o‘zing asra”.
Talabalarga bilim berish o‘qituvchining mas’uliyatli burchidir, deb Ibn Sino o‘qituvchining shaxsiyati qanday bo‘lishi kerakligi haqida quyidagi fikrlarni bildirgan:
— bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‘lish;
— beriladigan bilimni talabalar qanday o‘zlashtirib olayotganiga e’tibor berish;
— ta’limda turli usul va shakllardan foydalanish;
— talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilish;
— fanga qiziqgira olish;
— berilgan bilimlarning eng muhimini ajratib o‘qitish;
— bilimlarni talabalarning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish;
— har bir so‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga erishish zarur.
Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek davrida ilm-fan, adabiyot va san’at, ma’rifatchilik jadal taraqqiy etgan. Shuningdek, o‘qitishning sinf tizimlari, bolalarni yoshi bo‘yicha tabaqalashtirib o‘qitish, o‘quv-tarbiya ishlarining aniq bir muddatini belgilab qo‘yish kabi g‘oyalar ilgari surilgan va ma’lum darajada amalga oshirilgan. Shu bilan birga Ulug‘bek o‘qituvchi va mudarrislarning insoniy xislatlariga bilimi va mahoratiga katta ahamiyat bergan. Ularning moddiy ehtiyojlari davlat ta’minotidan qondirilishini yo‘lga qo‘ygan, eng mahoratli ustozlarni e’zozlagan. Ayni paytda, u mudarrislarning dars berishdan tashqari ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishlarini talab qilgan.
Shunga o‘xshash fikrlarni G‘arb pedagoglari ham aytib ketishgan. Jumladan, Disterverg: “Yaxshi o‘qituvchi o‘zining tarbiya prinsiplaridan hech qachon qaytmaydi. O‘qituvchi o‘z ustida doimo mustaqil ishlashi lozim, yomon o‘qituvchi haqiqatni aytib qo‘ya qoladi, yaxshi o‘qituvchi esa bolalarga haqiqatni topishga o‘rgatadi” degan.
Ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchi kompetensiyasining ahamiyati
O‘zbekistonda ta’lim tizimini o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasining milliy g‘oyalari, talablari asosida tashkil etish, uni jamiyat taraqqiyoti istiqbollari va jahon andozalariga javob bera oladigan darajada bo‘lishini ta’minlash bugungi kunning dolzarb masalasidir.
Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni o‘tmish qoldiqlaridan tozalash va rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga ko‘tarish, jamiyat ravnaqi uchun yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash ta’lim tizimi xodimlarining umumiy vazifasidir.
Shaxsni har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya tizimini nazariy-metodologik jihatdan qurollantirish – bugungi kunda pedagogika fanining bosh maqsadi sifatida belgilangan.
Yuqorida bayon etilgan yuksak, ammo, sharafli vazifalarni muvaffaqiyatli uddalash har bir pedagogik xodimdan yuksak kasbiy mahorat, bilimdonlik va keng dunyoqarashni talab etadi.
Pedagogik mahorat – o‘qituvchi ijodkorligining oliy namunasi bo‘lib, u yillar davomida shakllanadi. Uning yuksak mahoratni egallashi g‘oyat murakkab jarayon bo‘lib, pedagogika fanining eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.


Download 5,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish