Mavzu 4: Qon va limfa. Foydalanilgan adabiyotlar: Adabiyotlar



Download 43,37 Kb.
bet1/7
Sana28.02.2022
Hajmi43,37 Kb.
#475428
  1   2   3   4   5   6   7

Mavzu 4: Qon va limfa.

 Foydalanilgan adabiyotlar:

Adabiyotlar:

 1. Gistologik embriologiya sitologiyasi. Darslik Yu. I. Afanasyev., N. A. Yurina. YFI Kotovskiy va boshqalar Yu.I. Afanasyev, N.A. Yurina tahriri ostida 6-nashr qayta ko'rib chiqilgan va kattalashtirilgan M.: G.E.O.T.A.R. - Tibbiyot 2012 yil

2. K.A.Zufarov Gistologiya darsligi "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat nashryoti Toshkent 2005 y


QON, LIMFA
Mezenximadan hosil bo‘lib, tayanch-trofik vazifani bajaruvchi, lekin tuzilishi bilan farqlanuvchi to‘qimalar (tayanch-trofik, ichki muhit to‘qimalari) biriktiruvchi to‘qimalar guruhini tashkil etadi. Bu guruh barcha to‘qimalar ichida o‘zining xilma-xilligi bilan ajralib turadi va tarkibiga qon, limfa, siyrak va zich biriktiruvchi to‘qima, retikulyar,yog‘ pigment va shilliq to‘qima, tog‘ay va suyak to‘qimalari kiradi.
Biriktiruvchi to‘qima hujayralarining kelib chiqishi ustida taniqli rus gistologi A.A.Maksimov bir qator noyob tajribalar o‘tqazdi va u birinchilardan bo‘lib, qon va biriktiruvchi to‘qimalar genetik va funksional nuqtai nazardan bir ekanligini isbotladi.
Ko‘p eksperimental izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, biriktiruvchi to‘qima hujayralari qon hujayralari kabi o‘ziga xos o‘zak hujayradan rivojlanar ekan. O‘tgan asr boshlarida A.A. Maksimov ilgari surgan, ya’ni barcha qon hujayralari va biriktiruvchi to‘qima hujayralari limfotsitlarga o‘xshash hujayralardan rivojlanadi, degan nazariya hozirgi kunda to‘la tasdiqlandi. Takomil davrida yuqorida keltirilgan to‘qimalarning hammasi homilaning boshlang‘ich rivojlanish bosqichida hosil bo‘ladigan mezenximadan taraqqiy etadi. Mezenxima birlamchi kam differensiallashgan biriktiruvchi to‘qimadir. U mezodermadan ko‘chib, homila varaqlari orasida va o‘q organlar atrofida joylashib, hujayralar hosil qiladi. Mezenximaning hosil bo‘lishida qisman ektodermadan ko‘chgan hujayralar ham ishtirok etadi. Mezenxima to‘qimasini hosil qiluvchi mezenxima hujayralari yulduzsimon shaklga ega bo‘lib, o‘siqlar bilan birlashadi va to‘rsimon tuzilmani hosil qiladi. Bu hujayralar amorf va fibrillyar hujayralararo modda ishlab chiqaradi.
Hamma ichki muhit to‘qimalari uchun xos umumiy xususiyat bu ularda hujayralar va hujayralararo moddalarning mavjud- ligidir. Ichki muhit to‘qimasining qon va limfa to‘qimasidagi hujayralararo modda suyuq bo‘lsa, tog‘ay va ayniqsa suyak to‘qimalarida uning zichlashganligini kuzatish mumkin.
Bajaradigan vazifasi bo‘yicha ham ichki muhit to‘qimasining tarkibiy qismi bir-biridan farqlanadi. Qon, limfa, siyrak birik- tiruvchi to‘qima butun organizmni oziqa moddalar bilan ta’min- lagani uchun ularni trofik to‘qimalar dеb ataladi. SHu to‘qimalar organizmga tushgan mikroblar va yot oqsillar bilan kurashda asosiy o‘rin tutadi. Qon va biriktiruvchi to‘qima ma’lum hujay- ralari fagotsitoz qilish va antitelolar hosil qilish qobiliyatiga ega. Ichki muhit to‘qimasining boshqa turlari esa ko‘proq mеxanik vazifani bajaradi. Ular suyak, tog‘ay va zich biriktiruvchi to‘qimalardir. Ichki muhit to‘qimasi hujayralari epitеliy to‘qimasi- dan farqli ravishda nopolyar hujayralardir.
QON
Qon, limfa va to‘qima suyuqligi bilan birlikda organizmning ichki muhitini tashkil qiluvchi to‘qimadir. Qon harakatchan muhit bo‘lib, o‘z tarkibini doimo o‘zgartirib turadi. Qon tarkibining o‘zgarishi tartibsiz bo‘lmay, balki organizmning ma’lum funksional holatiga mos ravishda yuz beradi.
Qon tarkibining organizm funksional holati bilan o‘zaro bog‘liqligi tibbiyot amaliyotida katta ahamiyatga ega, chunki ko‘p hollarda qondagi o‘zgarishlar ikkilamchi bo‘lib, turli organlar fiziologik vazifasining buzilishi tufayli kelib chiqadi.
I. A. Kassirskiy iborasi bilan aytganda, «qon - organizmning oynasi bo‘lib, unda a’zo va to‘qimalarda bo‘ladigan har xil o‘zgarishlar o‘z aksini topadi».
Qon suyuq hujayralararo modda - plazmadan va unda muallaq joylashgan shaklli elementlardan iborat. Ularning o‘zaro nisbati sog‘lom odamda 55:45 ni tashkil etib, gematokrit ko‘rsatkichi deb ataladi. Gematokrit ko‘rsatkichning u yoki bu tomonga o‘zgarishi qonning suyulishi yoki quyulishini ko‘rsatib, muhim diagnostik belgi hisoblanadi.
Qon miqdori voyaga etgan organizmda tana og‘irligining taxminan 7 protsentini tashkil etib, o‘rta hisobda 5-5,5 litrga teng.
Qonning vazifalari: 1) transport va trofik vazifasi - o‘pkadan kislorodni to‘qima va organlarga etkazib, ulardan karbonat angidridni olib ketadi; ichak va me’dada so‘rilgan va organizm uchun muhim bo‘lgan har xil oziq moddalarni to‘qimalarga etkazib beradi; 2) himoya vazifasi - asosan oq qon tanachalari tomonidan bajariladi va organizmga tushgan mikroblar, zaharli, begona zarrachalarni fagotsitoz qilish (yutish va emirish) dan iborat bo‘ladi. Qon tarkibida maxsus oqsil moddalar - antitelo bor bo‘lib, ular o‘z navbatida organizmga tushgan begona oqsillar, mikroblarga (antigenlarga) javoban ishlab chiqariladi. Anttelolarning asosiy roli ko‘rsatib o‘tilgan antigenlarni zararsizlantirish (neytrallash) hisoblanadi; 3) Gomeostatik (gomeostaz - organizm ichki muhitining doimiyligini ta’minlash demakdir) vazifasi - qon orqali har xil organ va sistemalarning fiziologik faoliyatini bajarishda ishtirok etuvchi gormonlar va turli xil moddalar tashiladi. O‘z ximiyaviy tarkibining muayyanligi tufayli qon organizmda fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarning doimiyligini, chunonchi, tana haroratining, osmotik bosimning va organizmda kislota-asos tengligining doimiyligini ta’minlab turadi.

Download 43,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish