Mavzu 4: Qon va limfa. Foydalanilgan adabiyotlar: Adabiyotlar


GEMOGRAMMANING YOSHGA QARAB O‘ZGARISHI



Download 43,37 Kb.
bet7/7
Sana28.02.2022
Hajmi43,37 Kb.
#475428
1   2   3   4   5   6   7
GEMOGRAMMANING YOSHGA QARAB O‘ZGARISHI
Klinik praktikada gemogrammaniig yoshga qarab o‘zga- rishini bilish ham muhim ahamiyatga ega. YAngi tug‘ilgan chaqa- loqda eritrotsitlar soni 6-7x1012/l bo‘lib, 2 haftadan so‘ng 4,5-5,5x 1012/l gacha kamayadi. Eritrotsitlar miqdori yana tobora kamayib 3-6 oylik chaqaloqda minimal darajaga (3,5-4,0x1012/l) etadi. YOsh bolalarda eritrotsitlar soni birmuncha kamroq bo‘lib, faqat balog‘at yoshidagina voyaga etgan katta odamnikiga yaqinlashadi.
Leykotsitlar soni ham yoshga qarab turlicha bo‘ladi. YAngi tug‘ilgan chaqaloqlarda ular juda ko‘paygan (10-28x109/l) bo‘ladi. Ikkinchi haftaga kelib leykotsitlar soni 9-15x109/l gacha kamayadi. Organizm o‘sishi davomida leykotsitlar miqdori sekin- asta kamayadi va balog‘at yoshida voyaga etgan odamnikidek bo‘lib qoladi. YAngi tug‘ilgan bolalarda neytrofillar va limfotsitlarning nisbati voyaga etgan odamlarnikidek bo‘ladi.
Ammo limfotsitlar soni tez oshadi va 4-5 sutkada neytrofillar bilan tenglashadi (birinchi fiziologik kesishuv). Limfotsitlar miqdorining oshuvi davom etadi va 1-2 yashar bolalarda ular 60-65% ni, yoshlar esa 20-25% ni tashkil etadi. So‘ngra limfotsitlar soni sekin-asta kamayadi va 4 yoshli bolalarda ular yana yoshlar bilan tenglashadi (ikkinchi fiziologik kesishuv). Limfotsitlarning kamayishi va neytrofillaming oshishi balog‘at yoshigacha davom etadi.
LIMFA
Umurtqali hayvonlar organizmida qon tomirlar sistemasidan tashqari limfatik tomirlar mavjud. Bu nozik tomirlar ichidan sarg‘imtir rangda oqsil tabiatiga ega bo‘lgan va o‘z tarkibida shaklli elementlarni saqlagan suyuqlik - limfa oqadi. Limfa - limfoplazmadan va shaklli elementlardan iborat. Ximiyaviy tuzilishi jihatidan limfoplazma qon plazmasiga yaqin, ammo limfoplazma tarkibida oqsillar ancha kam. Oqsil fraksiyalaridan albumin limfoplazmada globulindan birmuncha ko‘pdir. Oqsillardan tashqari limfoplazmada fermentlar, neytral yog‘lar, oddiy karbon suv, erigan mineral tuzlar va mikroelementlar bo‘ladi.
Shaklli elementlari asosan limfotsitlar (95-98%), monotsit- lardan tashkil topgan. Bundan tashqari, leykotsitlarning boshqa turlari, juda oz miqdorda eritrotsitlar ham uchraydi.
Limfa to‘qima va organlarning limfatik kapillyarlarida hujayra oraliq suyuqlik hisobiga hosil bo‘ladi va limfatik tomirlar orqali limfa tuguniga quyiladi. U erdan limfa tomirlariga o‘tib va nihoyat venaga quyiladi. Shuning uchun 3 xil limfa suyuqligini tafovut qilish mumkin.
1. Periferik limfa (limfa tugunigacha).
2. Oraliq limfa (limfa tugunidan o‘tgandan so‘ng).
3. Markaziy limfa (ko‘krak qafasida joylashgan yirik limfatik tomirdagi limfa).
Limfa tarkibi organizm holatiga qarab o‘zgarib turadi. Periferik limfa tomirlar bir uchi berk naychani eslatadi. Uning ichidagi limfa suyuqligi limfoplazmadan tashkil topgan bo‘lib, qon shaklli elementlari ko‘rinmaydi. Limfa suyuqligi limfa tugunlaridan o‘tish jarayonida limfotsitlarga boyiydi. Markaziy limfa tomirlaridagi limfa suyuqligi qon shaklli elementlarini ko‘p tutadi.
Download 43,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish