Mavzu 4: Qon va limfa. Foydalanilgan adabiyotlar: Adabiyotlar


QON PLASTINKALARI - TROMBOTSITLAR



Download 43,37 Kb.
bet6/7
Sana28.02.2022
Hajmi43,37 Kb.
#475428
1   2   3   4   5   6   7
QON PLASTINKALARI - TROMBOTSITLAR
Qon plastinkalari eritrotsitlar va leykotsitlar bilan bir qatorda qonning uchinchi xil shaklli elementlarini tashkil etadi. Leykotsitlar va eritrotsitlardan farqli ravishda qon plastinkalari haqiqiy hujayralar bo‘lmay, suyak ko‘migidagi gigant mega- kariotsit hujayralari sitoplazmasining mayda (kattaligi 2-5 mkm) fragmentlaridir. Garchan trombotsit atamasi odam qon plastin- kalariga nisbatan unchalik to‘g‘ri kelmasada, ammo klinik amaliyotda u juda keng qo‘llaniladi. O‘zida yadro saqlovchi va haqiqiy hujayralar bo‘lgan trombotsitlar faqat tuban umurtqa- lilarda (masalan, amfibiylar, qushlar qonida) kuzatiladi va Reklengauzen hujayralari deb ataladi. Normal sharoitda qon plastinkalarining miqdori odamda 1 mm3 qonda 200000 dan 300000 gacha (200-300x 109/l) bo‘ladi. Qon plastinkalari odatda yumaloq va oval shaklga ega bo‘lib, ularda periferik, strukturaga ega bo‘lmagan zona - gialomer va markaziy, donador zona - granulomer tafovut etiladi.
Qon plastinkalari qonda turli shakllarda, ya’ni yosh, etuk, degenerativ va qari plastinkalar shaklida uchrashi mumkin. YOsh plastinkalar to‘q binafsha rangga bo‘yalgan granulomer zonaga va och pushti gialomer zonaga ega bo‘ladi. Patologik holatlarda qonda degenerativ va gigant (kattaligi 7-9 mkm) plastinkalar uchraydi.

Rasm 4.6. Qonplastinkasi (trombotsit)ning sxematik ko‘rinishi (elektron mikroskopda bo‘ylama kesimi).
1 - plazmolemma glikokaliksi bilan; 2 - plazmolemma bilan bog‘liq ochiq naychalar sistemasi; 3 - aktin mikrofilamentlari; 4 - mikronaychalar tutami; 5 - zich naychalar sistemasi; 6 - alfa- donachalar; 7 - delta-donachalar; 8 - mitoxondriya; 9 - glikogen donachalari; 10 - ferritin donachalari; 11 - lizosoma ; 12 - mikroperoksisoma.
Elektron mikroskop ostida qon plastinkalarining ko‘p sonli bo‘rtmalar - psevdopodiyalarga egaligi ko‘rinadi. Ularning soni va kattaligi plastinkalarning funksional holatiga bogliq bo‘ladi. Donador zona yoki granulomerda organellalar, kiritmalar hamda turli kattalikka ega bo‘lgan donachalar ko‘rinadi (rasm 4.6).
Trombotsitlar plazmolemmasi qalin glikokaliksga ega bo‘lib, u psevdopodiylarda va invaginatsiyalarda ham kuzatiladi. Glikokaliks glikoproteinlarida plastinkalarning adgeziya va agregatsiya jarayonlarida ishtirok etuvchi retseptorlar joylashadi. Trombotsitlar sitoskeleti yaxshi rivojlangan bo‘lib, aktin mikrofilamentlari va mikronaychalar tutamlaridan iborat. Sitoskelet tuzilmalari trombotsitlarning shaklini saqlab turishda, o‘siqlar va invaginatsiyalar hosil qilishda, endotsitoz va ekzotsitoz jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari aktin ipchalari hosil bo‘lgan qon trombining siqilib, jipslashishida (retraksiyasida) ishtirok etadi.
Trombotsitlar gialomerida plazmolemma bilan bog‘liq bo‘lgan ochiq kanallar sistemasi bo‘lib, u orqali plastinkalar moddalarni yutishi yoki o‘z mahsulotini plazmaga chiqarishi mumkin. Bundan tashqari plazmolemma bilan bevosita bog‘lanmagan (yopiq) zich kanalchalar sistemasi ham bo‘lib, u to‘da-to‘da bo‘lib joylashgan va o‘zida amorf material saqlay- digan naychalardan tashkil topgan.
Granulomerda, ayniqsa yosh trombotsitlarda, organellalar: ribosomalar, mitoxondriyalar, endoplazmatik to‘r va Golji komplekslari elementlari, mayda lizosomalar, mikroperok- sisomalar, mikronaychalarni ko‘rish mumkin. Ularning orasida to‘da-to‘da bo‘lib yotgan glikogen zarrachalari (glikogen paket- lari) va ferritin donachalari ham uchraydi. Bularning bari qon plastinkalarida sintetik jarayonlarining faol davom etayotganligini ko‘rsatadi. Granulomerning asosiy tuzilmalari uning soni 60- 120gacha bo‘lgan maxsus donachalaridir. Donachalarning ikki asosiy turi farqlanadi - alfa- va delta-granulalar. Alfa donachalar eng ko‘p sonli va yirik (300-500 nm) bo‘lib, yorug‘lik mikroskopida ham yaxshi ko‘rinadi. Ular trombotsitlarning eng asosiy funksional donachalari bo‘lib, tarkibida qon ivishida ishtirok etuvchi oqsillar, glikoproteinlar, trombotsitar o‘sish omillari, fermentlar, trombospondin va boshqalar bo‘ladi. Delta- granulalar kattaligi 250-300 nm bo‘lgan zich tanachalar bo‘lib, ichida ekssentrik joylashgan o‘ta zich mag‘zi ko‘rinadi. Donachalar tarkibida serotonin bo‘lib, u asosan qon plazmasidan kirib, plastinkalarda to‘planadi. Trombotsitlar qonda serotonin deposi sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari delta-donachalarda gistamin, adrenalin, yuqori kontsentratsiyada Sa2+, ADF, ATF va 10 ga yaqin qon ivish omillari bo‘ladi. Ko‘rsatilgan donachalardan tashqari trombotsitlarda lambda-donachalar deb ataladigan mayda lizosomalar, hamda o‘zida peroksidaza fermenti tutuvchi mikroperoksisomalar ham bo‘ladi. Trombotsitlar faollashganda uning donachalaridagi mahsulot plazmolemma bilan bog‘liq ochiq kanalchalar orqali chiqariladi. Trombotsitlarda turli biologik faol moddalarning to‘planishi ham endotsitoz yo‘li bilan shu sistema orqali amalga oshiriladi.
Trombotsitlar organizmda ko‘p vazifalarni bajaradi, shu bilan birga ularning qon ivishida va shikastlangan tomir devorini tiklashda ishtirok etishi eng asosiy hisoblanadi. Fiziologik holatlarda odatda trombotsitlar sog‘lom tomirlar endoteliysiga yopishmaydi, shuning uchun tomir ichida tromb hosil bo‘lmaydi. Tomirlar devorining shikastlanishi natijasida to‘qimalardan ajralib chiqqan ivish omillari trombotsitlarning tomirlar endoteliysining bazal membranasiga va kollagen tolalarga yopishishiga (adgeziya) olib keladi. Trombotsitlar donachalaridagi qon ivish omillari kanalchalar sistemasi orqali tashqariga chiqib, fibrin tolalari bilan birgalikda qon quyqasi - trombni hosil qiladi. Ba’zi kasalliklarda (masalan aterosklerozda) tomirlar endoteliysining jarohatlanishi tufayli tomir ichida tromblar hosil bo‘lishi (tromboz) mumkin. Ayniqsa yurak va miya tomirlarining trombozi o‘ta xavfli bo‘lib, miokard infarktiga va miya insultiga olib kelishi mumkin.
Qon plastinkalarining soni simpatik nerv sistemasi qo‘zg‘alganda, haddan tashqari jismoniy harakatlarda, taloq olib tashlanganda va boshqa hollarda ko‘payib ketishi mumkin. Bu hol trombotsitoz deb ataladi. Plastinkalar sonining kamayishi - trombotsitopeniya ham turli kasalliklarda uchraydi.
Qon plastinkalarining yashash muddati qisqa bo‘lib, o‘rtacha 5-8 kunga teng. Qarigan trombotsitlar asosan taloqda emiriladi. Ba’zi kasalliklarda taloqning bu funksiyasi kuchayib ketib (gipersplenizm), qonda trombotsitopeniyaga olib keladi.
Gemogramma. Gemogramma tushunchasi qon shaklli elementlarining miqdoriy nisbati, gemoglobin miqdori, eritrotsit- larning cho‘kish reaksiyasi (SOE), gematokrit ko‘rsatkichi va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Bu ko‘rsatkichlar tibbiyot amaliyotida keng qo‘llanib, ularni bilish har bir shifokor uchun muhim ahamiyat kashf etadi. Turli leykotsitlar protsent miqdorining nisbati leykotsitar formula yoki SHilling formulasi deb ataladi. Hozirgi vaqtda normal leykotsitlar formula ko‘rsatkichlari qilib quyidagilar qabul qilingan.
Leykotsitlar miqdori 1 mm3 qonda 3,8-9,0 ming (3,8-9x109/l) atrofida bo‘ladi, shulardan: neytrofillar-65-70% ni
(segmentyadrolilari-60-65% ni, tayoqcha yadrolilar-2-4% ni, yosh neytrofillar yoki metamielotsitlar 0-0,5% ni), eozinofillar-2-5% ni, bazofillar-0,5-1% ni, limfotsitlar-20- 35% ni, monotsitlar-6-8% ni tashkil etadi.

Download 43,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish