Mavzu-4: hosilaviy qimmatli qog‘ozlar bozori. Ipoteka qimmatli qogʻozlar bozori reja


-jadval Asosiy hosila vositalar bozorlarida savdo qilinadigan vositalar



Download 442,97 Kb.
bet9/24
Sana02.06.2022
Hajmi442,97 Kb.
#629878
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
4-мавзу

4.1-jadval
Asosiy hosila vositalar bozorlarida savdo qilinadigan vositalar

Birja nomi

Vositalar ruyxati

Chicago
Mercantile
Exchange
(CME)

Yetakchi aksiyalar indekslariga, valyutalar kursi va kross- kurslarga, foiz stavkalariga, ob-xavo va turli kishlok xujaligi tovarlariga (moy, sut, mol gushti, chuchka gushti, uFitlar) va ular opsionlariga fyuchers, shuningdek, TRAKRS (yalpi daromad indeksiga) fyucherslar

New York
Mercantile
Exchange
(NYMEX/CO
MEX)

Energetika resurslariga (Light Sweet va Brent markali neft, tabiiy gaz, pechka yokilFisi, benzin, etillanmagan benzin, elektr, propan va kumir), kimmatbaxo metallarga (oltin, kumush, platina va palladiy), shuningdek, alyuminiy va misga fyucherslar. Bu fyucherslarga opsionlar mavjud. Bundan tashkari, Globex elektron platformasida savdo kilinadigan mini-opsionlar xam mavjud

The
Intersontinental Exchange of London (ICE)

Brent markali neftga, tabiiy gazga, gaz moyi va elektrga fyucherslar. Neft va gazoylga opsionlar

Eurex

Foiz stavkalariga fyucherslar, aksiyalar va aksiyalar indekslariga fyucherslar, ularga opsionlar, shuningdek, Yevropaning yetakchi kompaniyalari aksiyalariga aloxida opsionlar

Euronext

Tovarlarga (kakao, kaxva, sut va boshka ozik-ovkat maxsulotlari), foiz stavkalariga, aksiyalarga, aksiyalar indekslariga (xam jaxon, xam milliy) va yevro/dollar kross- kursiga fyucherslar. Bu fyucherslarga opsionlar va aloxida aksiyalarga opsionlar

The Tokyo Commodity Exchange (TOCOM)

Tovarlarga (oltin, kumush, platina, palladiy, alyuminiy, kauchuk, Middle East markali neft, gazolin, benzin, kerosinga) fyucherslar. Oltinga fyuchersga opsionlar

FORTS

Aksiyalarga, valyutaga, foiz stavkalariga, tovarlarga, neftga, kimmatbaxo metallarga (oltin, kumush) fyucherslar va opsionlar

Forvard shartnomasi tushunchasi
Forvard shartnomasi – birjadan tashqarida tuziladigan muddatli shartnoma, unga ko‘ra tomonlardan biri (shartnoma sotuvchi) belgilangan miqdordagi bazis aktivni kelajakda belgilangan vaqtda shartnoma imzolangan vaqtdagi kelishilgan narx bo‘yicha sotish majburiyatini o‘z zimmasiga oladigan muddatli shartnoma.
Forvard shartnomasi qattiq bitim hisoblanadi, ya’ni sotuvchi tomonidan ham, xaridor tomonidan ham bajarilishi shart. Jahon amaliyotida forvard shartnomalar faqat birjadan tashqarida tuzilishi sababli, bunday shartnomalar shartlari standartlashtirilgan hisoblanmaydi va bitim tomonlari o‘rtasida kelishib olinishi zarur bo‘ladi. Bunda, qoidaga ko‘ra, forvard shartnomalar bazis aktivni (tovarlar, valyuta, qimmatli qog‘ozlar va h.k.) haqiqatda yetkazib berish maqsadida tuziladi.
Bazaviy (bazis) aktiv – qiymat (yoki boshqa) bahosiga ega bo‘lgan va muddatli shartnoma bo‘yicha moliyaviy natijani hisob-kitob qilish uchun asos yoki yetkazib berish predmeti hisoblangan aktiv.
Forvard bozorida umume’tirof etilgan atamalar mavjud. Bozor qatnashchisi forvard shartnoma tuzganda u, forvard shartnoma bo‘yicha pozitsiya ochyapti deb aytiladi. U, bazis aktivni xarid qilish yoki sotish istagida ekanligiga qarab, uning pozitsiyasi uzun yoki qisqa bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, forvard shartnomasi tuzilgan mahalda tomonlar hech qanday pul hisob-kitoblarini amalga oshirmaydi, barcha to‘lovlar faqat shartnoma bajarilganda ro‘y beradi. Shunday qilib, «shartnomani xarid qilish» va «shartnomani sotish» atamalari bazis aktivni kelajakda xarid qilish yoki sotish majburiyatini o‘z zimmasiga qabul qilishnigina anglatadi.
Dastlabki forvard shartnomalari XVII asrda paydo bo‘lgan va uzoq vaqt birja spekulyatsiyalari (chayqovchilik, olibsotarlik) ob’ekti bo‘lib kelgan. Hozirgi paytda forvard shartnomalarining aksariyati xedjirlash maqsadlarida tuziladi.
Shunday qilib, forvard shartnomalari bilan xedjirlash ishlab chiqaruvchiga narx bilan bog‘liq risklarni to‘liq istisno qilish uchun imkoniyat yaratadi, lekin qulay narx kon’yunkturasidan foydalanish imkonini bermaydi. Bu muammo qisman xedjirlash – kamroq miqdorda bazis aktivga forvard shartnomalar tuzilgan holatda bartaraf qilinishi mumkin.
Agar forvard shartnomasi muddati bir yildan ortiq bo‘lsa, forvard narxini hisoblab chiqish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:

bu yerda,
F – bazis aktivning forvard narxi;
S – bazis aktivning spot-narxi;
r – risksiz foiz stavkasi;
t – forvard shartnomasi muddati (kunda).
Ishlab chiqaruvchi nazariy forvard narxi formulasidan foydalanib, forvard shartnoma bo‘yicha bazis aktiv yetkazib berish optimal narxini aniqlashi mumkin:
F = S (1 + r)T,
bu yerda, T – forvard bitimi muddati (yillarda).
Agar forvard narxini hisob-kitob qilish uchun foizlar hisoblash uzluksiz tizimidan foydalaniladigan bo‘lsa, bu holda formula quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
F = SerT.
Keltirilgan forvard narxini hisob-kitob qilish formulalari arbitrajsiz yondashuvga asoslangan. Biroq amaldagi forvard narxi nazariy narxdan farq qilgan hollarda arbitraj operatsiyasini amalga oshirish va risksiz foyda olish imkoniyati mavjud.
Agar bozorda yuzaga kelgan amaldagi forvard narxi biz tomonimizdan hisoblab chiqilgan nazariy narxdan farq qiladigan bo‘lsa, bu holda arbitraj operatsiyalar amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, arbitraj strategiyalari ishlab chiqishda quyidagi taxminlarga yo‘l qo‘yilgan: –depozitlar bo‘yicha stavkalar kreditlar bo‘yicha stavkalarga teng; –arbitrajer cheklanmagan miqdordagi aktivlarni qarz olish va qarzga berish imkoniyatiga ega; –soliqlar, komission to‘lovlar va operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar yo‘q.
Ko‘rinib turibdiki, yo‘l qo‘yilgan taxminlar bozordagi real voqelikni aks ettirmaydi. Shu sababli amaldagi forvard narxlar amaliyotda nazariy narxlardan farq qilishi mumkin, biroq arbitraj operatsiyalar amalga oshirishning doim ham imkoni bo‘lavermaydi. 5.9. Fyuchers shartnomalar tushunchasi va turlari Fyuchers shartnomasi – belgilangan miqdordagi bazis aktivni shartnoma imzolangan paytda qayd qilingan narx bo‘yicha kelajakda belgilangan vaqtda yetkazib berishga birja shartnomasidir.
Fyuchers shartnomalar bo‘yicha eng ommaviy bazis aktivlari turlari quyidagilar hisoblanadi:
–foiz stavkalari;
–xorijiy valyuta;
–fond indekslari va alohida qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar);
–birja tovarlari (standartlashtirilgan tovarlar).
Forvard shartnomasi kabi, fyuchers shartnomasi ham bitimning ikkala tomoni uchun ijro etilishi majburiy hisoblanadi. Fyuchers narxlarini aniqlash forvard narxlarni hisoblab chiqish bilan bir xil tamoyillar bo‘yicha amalga oshiriladi.


Download 442,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish