Mavzu-4: hosilaviy qimmatli qog‘ozlar bozori. Ipoteka qimmatli qogʻozlar bozori reja


Hosilaviy moliyaviy vositalar birja bozori



Download 442,97 Kb.
bet7/24
Sana02.06.2022
Hajmi442,97 Kb.
#629878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
4-мавзу

Hosilaviy moliyaviy vositalar birja bozori
va birjadan tashqari bozori
Yuqorida aytib o‘tilganidek, hosilaviy moliyaviy vositalar bilan savdo birja bozorida ham, birjadan tashqari bozorda ham amalga oshiriladi. Birjalar savdoda ishtirok etish qoidalari, savdo qilinadigan vositalarga talablar, savdoni amalga oshirish va nizolarni tartibga solish qoidalarini belgilaydi.
«Over-the-Counter» (so‘zma-so‘z aytganda – «peshtaxta orqali») atamasi hozirgacha birjadan tashqari bozorni belgilash uchun foydalaniladi va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi paytida haqiqatda bankdagi baland stol orqali uzatilgan paytlarni yodga solib yuboradi. Hozirgi paytda bu tushuncha muayyan savdo maydonchasi bo‘lmagan, savdo qoidalari birja qoidalaridan ko‘ra yumshoqroq bo‘lgan bozorlarga nisbatan foydalaniladi. Ularda bitimlar telefon yoki kompyuter tarmog‘i orqali tuziladi.
Hosilaviy moliyaviy vositalar bozori qatnashchilari va
ularning maqsadlari
Hosilaviy moliyaviy vositalar o‘z riskini pasaytirish istagida bo‘lgan istalgan bozor qatnashchilari tomonidan foydalanilishi mumkin. Avval boshdan derivativlar asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan narx riskini aynan bu riskni qabul qilishga tayyor bo‘lgan kontragentga o‘tkazish vositasi sifatida qo‘llanib kelgan. Hozirgi paytda ko‘p sonli hosilaviy moliyaviy vositalar xilma-xilligi ulardan bozor riski, foiz riski, valyuta riski, kredit riski va boshqa risk turlaridan himoya qilish (xedjirlash) maqsadida faol foydalanishga imkon beradi.
Xedjerning kontragenti boshqa xedjer bo‘lishi mumkin: masalan, neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchi o‘zini neft narxining pasayishidan, avtomobilga yoqilg‘i quyish tarmoqlari egasi narxning o‘sishidan o‘zini himoya qilishi mumkin. Bu holatda tomonlar, masalan, ishlab chiqaruvchi sotuvchi sifatida, avtomobilga yoqilg‘i quyish tarmoqlari egasi esa xaridor sifatida ishtirok etadigan forvard shartnomasi tuzishi mumkin.
Derivativlar bilan bitimlar qatnashchilari orasida narxlar qulay o‘zgarishida cheklanmagan miqdorda foyda olish umidida riskni o‘z zimmasiga oladigan spekulyantlar bo‘lishi mumkin.
Hosila vositalar bozori qatnashchilarining xedjerlar va spekulyantlar o‘rtasidagi oraliq pozitsiya egallagan yana bir toifasi – arbitrajerlar mavjud. Xuddi spekulyantning kabi, arbitrajerning ham asosiy maqsadi foyda olish hisoblanadi. Biroq, xedjer kabi arbitrajer ham noto‘g‘ri baholangan aktivlar topish maqsadida hamda naqd va spot-bozorlarda narxlar o‘rtasidagi farqda o‘ynagan holda bozorni tadqiq etib, o‘z risklarini cheklashga intiladi.
Shubhasizki, muddatli bozor qatnashchilarini bu uch toifaga ajratish shartli hisoblanadi: spekulyant, xuddi xedjer kabi, operatsiyalarni amalga oshirishda o‘z risklarini baholaydi, xedjer esa muvaffaqiyatli amalga oshirilgan operatsiyalar natijasida qo‘shimcha daromad olishi mumkin bo‘ladi.
Shu sababli bozorda qancha bitim xedjirlash maqsadida, qancha bitim esa –spekulyatsiya yoki arbitraj maqsadida tuzilishini aniq baholashning amalda imkoni yo‘q.

Download 442,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish