Amerikacha opsion shartnoma amal qilish muddatining istalgan unida, jumladan, shartnoma tugaydigan kunda ham ijro etilishi mumkin.
Yevropacha opsion faqat shartnoma tugaydigan kun ijro etilishi mumkin.
Tarixan shunday yuzaga kelganki, AQShda birja opsionlari ularni amal qilish muddatining istalgan paytida ijro etish mumkin bo‘lgan shartnomalar sifatida yaratilgan. Yevropa birjalarida kotirovka qilinadigan ilk opsionlar shartlarida ularni shartnoma muddati tugaydigan kun ijro etish imkoniyati ko‘zda tutilgan. Hozirgi paytda bu atamalar va shartnomalarning geografik mansubligi o‘rtasida bog‘liqlik mavjud emas. Ba’zida opsionlarning uchinchi turi – shartnoma muddati tugadigan kun ham, bir nechta qayd qilingan sanalarning birida ham ijro etilishi mumkin bo‘lgan bermud opsionlari mavjudligi haqida gapiriladi. Bu esa ushbu opsionni amerikacha va yevropacha opsionlar o‘rtasidagi bir oraliq variant sifatida hisoblashga imkon beradi. Geografik jihatdan Bermud orollari mos keluvchi qit’alardan taxminan bir xil masofada joylashgan bo‘lib, bu «bermud opsioni» atamasini muomalaga kiritishga olib keldi.
Opsion mukofoti ichki qiymat va tashqi qiymatdan iborat.
Opsion ichki qiymati – opsion egasi uni zudlik bilan joriy bozor narxi bo‘yicha ijro etgan hollarda oladigan summa.
Opsion ichki qiymati – bu opsion egasi uni darhol ijro etishda olishi mumkin bo‘lgan potensial yutuq hajmi. Ichki qiymat musbat qiymatga ega yoki agar uni zudlik bilan ijro etish uning egasiga foyda keltirmaydigan bo‘lsa, nolga teng bo‘lishi mumkin.
Amaliyotda opsion narxi opsion egasi uni darhol ijro etishda olishi mumkin bo‘lgan potensial yutuq hajmidan katta bo‘lishi mumkin. Opsion mukofoti va opsionning ichki qiymati o‘rtasidagi farq – bu opsionning muvaqqat qiymatidir. Boshqa barcha shartlar bir xil bo‘lganda, ekspiratsiya sanasigacha qanchalik ko‘p vaqt qoladigan bo‘lsa, opsionlar ichki qiymati shunchalik yuqori bo‘ladi, chunki qolgan muddatda opsion, uning egasi uchun qulay bo‘lgan bazis aktiv narx dinamikasida potensial jihatdan yanada katta foyda keltirshii mumkin.
Opsionlarning uch xil toifasi ajratib ko‘rsatiladi.
Opsion egasi uni zudlik bilan ijro etish natijasida yutuqqa ega bo‘ladigan opsion «puldagi opsion» yoki yutuqli opsion (ingl. in the money, ITM) hisoblanadi.
Opsion egasi uni zudlik bilan ijro etish natijasida nolga teng natijaga ega bo‘ladigan opsion «o‘ziniki bilan qoladigan opsion» yoki yutuqsiz opsion (ingl. at the money, ATM) hisoblanadi.
Opsion egasi uni zudlik bilan ijro etish natijasida ziyon ko‘radigan opsion «pulsiz opsion» yoki yutqiziqli opsion (ingl. out the money, OTM) hisoblanadi.
Opsionni u yoki bu toifaga kiritishda ikkita ko‘rsatkich – opsionning ijro narxi va bazis aktivning spot-narxi taqqoslanadi.
Agar ijro narxi bazis aktivning spot-narxidan yuqori bo‘lsa, bu holda opsion koll ITM toifasiga, ijro narxi spot-narxga teng bo‘lsa – ATM toifasiga, ijro narxi spot-narxdan past bo‘lsa – OTM toifasiga kiritiladi.
Agar ijro narxi bazis aktivning spot-narxidan past bo‘lsa, opsion put ITM toifasiga, ijro narxi bazis aktivning spot-narxiga teng bo‘lsa ATM toifasiga, ijro narxi bazis aktivning spot-narxidan yuqori bo‘lsa OTM toifasiga kiradi.
Opsionlar bilan savdo bir necha asrdan beri rivojlanib kelmoqda. Xususan, XVII asrning birinchi yarmida, «lola vasvasasi» davrida Gollandiyada lola piyoziga opsionlar bilan savdo qilingan (ayrim tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, opsionga o‘xshash bo‘lgan bitimlar qadimga Yunonistonda, zaytun mevasi hosilini to‘plash vaqtida ham mavjud bo‘lgan).
Birja opsionlari XX asrning 70-yillari boshlarida paydo bo‘lgan bo‘lib, ilgari bu vositalar muayyan bozor qatnashchilarining ehtiyojlariga javob bergan individual xususiyatlarga ega bo‘lgan. Standart birja opsionlari ilk marta 1973 yil Chikago opsionlar birjasida (CBOE – Chicago Board Options Exchange) taqdim etilgan. Birjadan tashqari bozor vositalari uchun moslashuvchanlik katta plyus hisoblanadi, lekin bu vositalar kredit riski yuqori hisoblanadi.
Hozirgi paytda opsion bozorlari birja bozorlarining ham, birjadan tashqari bozorlarning ham yirik segmentlari sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |