Svoplar turlari
Foiz svoplari
So‘nggi o‘n besh yil mobaynida foiz svoplari bozori xalqaro moliya bozorining eng tez o‘sayotgan segmentlaridan biri bo‘lmoqda. Qisqa vaqt oralig‘ida foiz svoplari bilan savdo hajmi yuzlab trillion dollarga yetdi. Foiz svoplari asosan o‘zining foiz stavkasi o‘zgaruvchan qarz majburiyatlarini qayd qilingan stavkali majburiyatlarga aylantirish va buning teskarisini amalga oshirish istagida bo‘lgan kompaniyalar tomonidan foydalaniladi. Ko‘plab ko‘rsatkichlar bo‘yicha ular qisqa muddatli foiz stavkalariga fyuchers shartnomalari bilan bir xil bo‘lib, asosan o‘xshash tarzda, ko‘pincha fyucherslarga muqobil variant sifatida foydalaniladi. Mos ravishda, eng oddiy darajada foiz svopining mohiyati qayd qilingan foiz to‘lovlarini o‘zgaruvchan foiz to‘lovlariga almashtirish va buning teskarisiga borib taqaladi. Biroq bugungi kunda svoplar bozorida ancha murakkab vositalar taklif etilmoqda.
Foiz svopi unga ko‘ra, tomonlar kelishib olgan shartlar bo‘yicha tomonlardan biri ikkinchi tomonga bu valyutadagi nominal summa va o‘zgaruvchan stavka (o‘zgaruvchan summa) asosida hisoblab chiqilgan summani to‘laydigan, ikkinchi tomon esa birinchi tomonga xuddi shu nominal summa va qayd qilingan stavka (qayd qilingan summa) asosida hisoblab chiqilgan summani xuddi shu valyutada yoki xuddi shu nominal summa va boshqa o‘zgaruvchan stavka asosida hisoblab chiqilgan o‘zgaruvchan summani xuddi shu valyutada to‘laydigan shartnoma hisoblanadi (so‘nggi holatda bunday foiz svop bazis svop deb ataladi).
Qayd qilingan stavka to‘lovchi foiz svopi xaridori hisoblanadi. Qayd qilingan to‘lov summasi yoki stavkasini tomonlar bitim imzolash paytida belgilaydi. Boshqa tomon, foiz svopi sotuvchi sanalgan, o‘zgaruvchan stavka to‘lovchi, o‘zgaruvchan to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Qoidaga ko‘ra, o‘zgaruvchan to‘lovlar hajmi u yoki bu qisqa muddatli foiz stavkasiga, masalan, LIBOR yoki MosPrime Rate ga bog‘lab qo‘yiladi. Bu to‘lovlar shartli asosiy (nominal) summaga (notional principle amount) nisbatan qo‘llanadigan stavka orqali belgilanadi. Foiz svopi tomonlar o‘rtasida asosiy summalar almashinishni ko‘zda tutmaydi, chunki shartnomaning ikkala tomoni uchun ham asosiy summalar teng bo‘lib, bir xil valyutada ifodalanadi. Oddiy foiz svopi uchun to‘lovlar standart davriyligi uch yoki olti oyni tashkil qiladi, shuningdek, bir yillik to‘lovlar ham foydalaniladi.
4.3-rasmda qayd qilingan va o‘zgaruvchan foiz stavkalari bo‘yicha to‘lovlar davriyligi mos keladigan oddiy foiz svopi bo‘yicha oqimlar sxema shaklida aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |