Tovar svoplari Tovar svoplarida, qoidaga ko‘ra, bazis tovar birligi uchun qayd qilingan narx bo‘yicha to‘lovlarni berilgan tovar miqdorida spot bozor narxlari dinamikasiga asoslangan o‘zgaruvchan narx bo‘yicha to‘lovlarga almashtirish ro‘y beradi.
Muddatli bitimlar uchun Rossiya standart hujjatlarida berilgan ta’rifga ko‘ra, tomonlardan biri nominal tovar miqdori va o‘zgaruvchan narx asosida hisoblab chiqilgan kelishilgan valyutada belgilangan summani bir vaqtning o‘zida vaqti-vaqti bilan to‘laydigan, ikkinchi tomon esa xuddi shu nominal tovar miqdori va qayd qilingan narx asosida u yoki bu kelishilgan valyutadagi summani yoki xuddi nominal tovar miqdori va boshqa o‘zgaruvchan narx asosida hisoblab chiqilgan shu yoki boshqa kelishilgan valyutadagi o‘zgaruvchan summani bir vaqtning o‘zida yoki vaqti-vaqti bilan to‘laydigan ikki tomon o‘rtasidagi bitim tovar svopi deb ataladi (u bo‘yicha tomonlar bir-biriga tuli o‘zgaruvchan narxlar asosida hisoblab chiqilgan o‘zgaruvchan summalarni to‘laydigan tovar svopi bazis tovar svopideb ataladi).
Shu bilan bir paytda, tovar svoplarining alohida turlarida qayd qilingan yoki o‘zgaruvchan (masalan, davr bo‘yicha o‘rtacha) narx bo‘yicha davriy asosda belgilangan miqdorda bazis aktiv yetkazib berish ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin.
Aktivlar svoplari Aktivlar svoplari yoki daromad svoplari doirasida asosan boshqa aktivlar bo‘yicha o‘zgaruvchan daromadga qayd qilingan daromad almashinadi.
To‘liq daromad svoplari bo‘yicha himoya xaridori ushbu aktiv bo‘yicha davriy joriy to‘lovlardan va uning kurs qiymati (musbat yoki manfiy) o‘zgarishidan shakllanadigan bazis aktiv bo‘yicha to‘liq daromadni kelishib olingan qayd qilingan yoki o‘zgaruvchan stavka evaziga beradi9.
Svoplar bozorini tashkil qilishning asoslari Svoplar tarixan boshqa svop dilerlari ishtirokida birjadan tashqari bozorda muomalada bo‘ladi. Dilerlarning funksiyalari qatoriga, forvard va birjadan tashqari vositalar bilan bog‘liq bo‘lgan holatdagi kabi, svoplar xaridorlari va sotuvchilarini birlashtirish bo‘yicha vositachilik faoliyati yoki tomonlar uchun qarama-qarshi pozitsiyalar ochish kiradi.
Barcha birjadan tashqari hosilaviy vositalar kabi, mavjud shartlarning maksimal darajada moslashuvchan ekanligi, bitimlar ko‘rsatkichlari qattiq standartlashtirilmasligi svoplarning ham eng muhim xislatlaridan biri hisoblanadi. Birjadan tashqari bozorda individual manfaatlar va ehtiyojlarga ega bo‘lgan ko‘p sonli qatnashchilar mavjudligi tuzilayotgan bitimlar shartlari turli variantlarda bo‘lishiga olib keladi. Bu qatnashchilarning pul oqimlarini, bazis va xedjirlanadigan operatsiyalar o‘ziga xosliklarini boshqa har qanday vositalardan ham ko‘ra ko‘proq aks ettiradigan svop bitimlarga eng ko‘p darajada daxl qiladi. Birjadan tashqari shartnomalar faoliyat muddati ancha uzoqligi qisman shu bilan ham bog‘liq: alohida foiz svoplari 30 va hatto 50 yilgacha bo‘lgan muddatlarga tuziladi.
Birjadan tashqari hosilaviy moliyaviy vositalar va, xususan, svoplarning boshqa bir xususiyati bitim tuzish jarayoni hisoblanadi. Birinchi bosqichda bevosita derivativlar bilan bitim tuzishdan oldin kontragentlar o‘rtasida biznes-munosabatlar o‘rnatish, jumladan, moliyaviy holatni tekshirish va kontragentni ma’qullash, yuridik hujjatlarni imzolash va kredit limitlari belgilash ro‘y beradi. Ko‘pchilik holatlarda hosilaviy vositalar bilan operatsiyalarda shartnoma bazasi bozor qatnashchilari uyushmalarining, birinchi navbatda, Svoplar va derivativlar xalqaro uyushmasi (International Swaps and Derivatives Association, Inc. – ISDA) standart hujjatlariga yoki jumladan, bozor qatnashchilarining bosh bitimlariga kiritiladigan taxminiy shartlar ko‘zda tutiladigan muddatli bitimlar uchun boshqa standart hujjatlarga asoslanadi. Bosh bitimlarga qo‘shimcha ravishda bozor qatnashchilari tomonidan u yoki bu hosilaviy vositalar bilan bitimlar asosiy shartlarini tavsiflaydigan mahsulot ilovalari ham tuziladi. Bitimlarning o‘zi individual shartnomalarning muayyan ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladigan tasdiqlar shaklida rasmiylashtiriladi. Shartnoma-huquqiy bazaning bunday serqirra strukturasi kontragentlar o‘rtasida bir xil turdagi bitimlar tuzishni tezlatishi va yengillashtirishi mumkin, chunki yuridik masalalarning asosiy qismi bosh bitimni imzolashda kelishib olinadi. Kontragentlarga kredit limitlari belgilash limit doirasida kafolat ta’minotisiz yoki kafolat ta’minoti bilan tranzaksiyalar amalga oshirilishini ko‘zda tutishi mumkin. So‘nggi holatda qatnashchilar bosh bitimga ilova – kafolat ta’minoti haqida bitim (Credit Support Annex) imzolaydilar.
Shartnoma ko‘rsatkichlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish, kontragentlarning bek-ofislari darajasida bitim shartlarini yakuniy verifikatsiya qilish va bitimlarni tasdiqlash hosilaviy vositalar bilan birjadan tashqari bitimlar tuzish bo‘yicha keyingi qadamlar hisoblanadi. Sanab o‘tilgan barcha jarayonlar telefon orqali va qog‘ozli vositalardan foydalangan holda yoki elektron tizimlar orqali amalga oshirilishi mumkin. So‘nggi holatda kontragentlarning operatsion risklari jiddiy ravishda pasayadi.
An’anaviy variantda svoplar va boshqa hosilaviy moliyaviy vositalar bozor markazlashmagan, dilerlik modelini ifodalaydi. Yirik moliyaviy institutlar, birjadan tashqari bozor dilerlari bir-biri bilan bevosita aloqa qiladi, kichikroq moliyaviy vositachilar va yakuniy bozor qatnashchilari esa mazkur bozor qatnashchilarining «birinchi doirasi» bilan bitim imzolaydi.