13 - rasm. Hasharotlarning tuxumlari
A-tuxum tiplari: 1- tunlam kapalakniki; 2-barg burgachasiniki; 3-kandalaniki; 4- karam pashshasiniki; 5- oqkapalakniki; 6- bargxo‘r qung‘izdiki; 7- chigirtkaniki; 8- chigirtka tuxumi, xorion parchasining katta qilib olingan qismini ko‘rinishi; 9- pashsha tuxumining tuzilishi (a- mikropili; 6-xorion; v-sariqlik parda; g-yadro; d-sariqligi; e-qutb tanachalari).
B-tuxum to‘plamlarining ochiq holatda qo‘yilishi: 1-zararli xasvaniki; 2- karam oq kapalakniki; 3-sholg‘om oq kapalakniki; 4-karam tunlamkini; 5-karam bargxo‘rniki; 6-halqa ipakchisiniki.
V-tuxum to‘plamlarining yopiq holatda qo‘yilishi; 1- tengsiz kapalakniki (tuklar bilan qoplangan); 2- suvarakniki (kapsulada); 3-olcha arrakashniki; (o‘simlik to‘qimasining ichida).
G-chigirtkalarning ko‘zcha xillari: 1- cho‘l chigirtkasiniki; 2-voha chigirtkasiniki; 3- murokkash chigirtkasiniki; 4- ko‘chmanchi chigirtkaniki.
tashqari, ba’zi tuxumda onali tuxumdondan qabul qilingan simbiotik mikroorganizmlar xosil bo‘ladi.
Tuxum yuzasi, tuxum yo‘llarining follikulyar epiteliysidan ajralgan xoreon po‘st bilan qoplangan. Xorion anchagina puxta, ko‘pincha taram-taram qobirg‘alar, o‘simtalar va hokozolar bilan qoplangan.
Tuxumlarning yuqori qismida ba’zan mikroskopik teshikchalar mikropile bor, spermatozoid tuxumga shular orqali kiradi.
Tuxumlarning katta-kichikligi, shakli va rangi juda xilma-xil. Tuxumlar usti silliq bo‘lishi mumkin. Tuxumlar oval, uzunchoq, bochkasimon va boshqa shaklda xam bo‘ladi. Ba’zi tuxumlarda band yoki poyachalari bo‘ladi.
Umuman hasharotlarning tuxumlari va ularning tuxum qo‘yishi turli xil bo‘lishi xarakterlidir. Bular ularning tuxumlik davrida oilasi, avlodi va turini aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Bu fa’zida asosan embrional rivojlanish davri o‘tadi.
Embrional rivojlanish tuxum yadrosini bo‘linishidan so‘ng sirtqi protoplazmaning qavatga kirishdan boshlanadi. YAdroning bo‘linishi natijasida yosh yadrolar hosil bo‘lib, embrionning dastlabki hujayralari-blastomerlar xosil qiladi. Blastomerlar oziqani sarig‘likni va blastomerlar hosil qiladi.
Ba’zi tuban hasharotlar tuxumlarida sarig‘lik moddasi kam bo‘lib, ular to‘la va tekis bo‘linadi. Tekis bo‘linishda ham blastomerlar avvalo morula davrini o‘tab, tuxum sirtiga joylashadi. Boshqa hasharotlarda esa morula davri bo‘lmaydi, chunki sarig‘lik modda etishmaydi.
Blastomerlar xosil bo‘lgandan so‘ng uning ayrim qismlarida hujayralar bo‘lina boshlaydi va bir joyda qalinlashgan embrion yo‘li hosil bo‘ladi.
Rivojlanayotgan embrion esa keyinchalik egiladi va tuxum yuzasiga qayrilib chiqadi. Embrionning qayrilib chiqish jarayoni blastokinez deb ataladi.
Hosil bo‘lgan embrion yo‘li o‘sib blastomerni qoplaydigan embrion yo‘li hosil bo‘lishida botib kirishdan hosil bo‘lgan chuqurcha tutashib, birikib ketadi.
Hasharotlarning embrional yo‘lida uchta qavat: ektoderma, entoderma va mezoderma hosil bo‘ladi. Bunda embrion yo‘lida avvalo uzunasiga ketgan chuqur ariqcha-dastlabki jo‘yak rivojlanadi.
Embrional qavatlar hosil bo‘lishi bilan ektoderma ichki qayrilib kirib bo‘lajak lichinkaning oldingi va orqa ichigina hosil qiladi. Entodermaning ichga qayrilib kiraboshlagan joylarida keyinchalik og‘iz va anil teshigiga ayriladi. So‘ngra embrion bo‘g‘imlanish boshlanadi va shu bilan bir vaqtda yoki oz keyinroq oyoqlar mo‘ylovlar va og‘iz apparatlarida paydo bo‘ladi.
Keyinchalik rivojlanib, oldingi va orqa ichakka aylanadigan qayrilmalar orasida o‘sib ketgan entodermadan o‘rta ichak hosil bo‘la boshlaydi.
Ektodermadan ajralib chiqqan hujayralar embrionning o‘rta yo‘lida ikkita ip hosil qiladi, bular o‘rtasida ektoderma chuqurroqqa tushib, dastlabki jo‘yan hosil qiladi.
Jo‘yaklik ostida o‘rta asab ipi ajraladi: bu tuzilmalarning hammasidan keyinchalik asab tizimi hosil bo‘ladi.
Ichga qayrilib kirgan ektodermada nafas tizimi, teri bezlari va jinsiy organlarning toq yo‘llari, orqa ichak devorining botib kirishidan malpigi kanallari paydo bo‘ladi.
Mezodermadan muskullar, gemolimfa, elka qon tomiri, yog‘ tanachalari, perikadial hujayralar, tuxum yoki urug‘ yo‘llari hamda jinsiy bezlarining epiteliysi hosil bo‘ladi. Keyinchalik tuxum yoki urug‘ hosil qiluvchi hujayralar juda barvaqt embrion qavatlari hosil bo‘lishidan ilgari, ya’ni tuxum bo‘linishining dastlabki davrlarida yoki embrion yo‘lining orqa ichidagi blastodermadan tuziladi.
Embrion to‘liq rivojlanib bo‘lgandan keyin lichinkaga aylanadi va intensiv harakatlanib, traxeyalarni havoga to‘ldiradi, amnitik suyuqliklarni yutib, hajmini kattalashtiradi.
Nihoyat lichinka tuxum po‘chog‘ini kemirib yoki teshib tashqariga chiqadi.
Postembrional rivojlanish-metamorfoz. Hashartlar tuxumdan chiqqandan so‘ng bir qancha o‘zgarishlarga metamorfozaga uchraydi. Hasharotlar rivojlanish davrida o‘z shaklini, biologik xususiyatlarini o‘zgartiradi va qaytadan tiklaydi. SHuning uchun postembrional rivojlanishida differensiya vujudga kelib asosiy ikki faza- lichinkalik va voyaga etgan etuk imago hosil qiladi. Lichinka fazasida hasharot o‘sib, rivojlanadi, imago fazasida esa ko‘payib, tarqaladi. Ba’zan ko‘pchilik hasharotlarda bu ikki faza oralig‘ida oraliq-g‘umbaklik fazasi bo‘ladi. Metamorfoz xarakteriga qarab hasharotlar asosan ikki tipda bo‘linadi; chala va to‘liq o‘zgarib rivojlanuvchilar.
Tuxumdan chiqqan lichinka rangsiz yoki oqish bo‘lib, ustida yumshoq qoplagichi bo‘ladi. Lichinka rivojlanib va o‘sish protsesslarida bir necha marta po‘st tashlaydi, ya’ni teri qoplagichini yangilaydi, tana hajmi kattalashadi.
To‘liq o‘zgaruvchi yoki golometamorfoz rivojlanuvchi hasharotlar to‘rtta rivojlanish fazasini: tuxum, lichinka, g‘umbak va imago fazasini o‘taydi. Bularning lichinkalari mutlaqo imogaga o‘xshamaydi. Bularda murakkab fasetkali ko‘zlar, qanot murtaklari bo‘adi. Og‘iz organlari imagoga nisbatan boshqa tipda bo‘lib, mutloqo boshqa sharoitda yashaydi.
CHala o‘zgaruvchi hasharotlarning lichinkalari har bir yoshida o‘ziga xos xarakterli belgilarga esa bo‘ladi, ya’ni qanotlarining katta-kichikligi, mo‘ylovlaridagi bo‘g‘im sonlari va boshqalar.
To‘liq o‘zgaruvchi hasharotlar lichinkalarning yoshi ko‘pincha ularning kalla qutisiga qarab aniqlanadi.
Voyaga etgan to‘la o‘zgaruvchi hasharotlar og‘iz apparati garchi so‘ruvchi bo‘lsa ham, ular lichinkasining og‘iz organlari sodda kemiruvchi tipda bo‘ladi.
Lichinkalarning mo‘ylovlari bo‘lmaydi yoki ular juda kichin bo‘ladi, ularning tuzilishi voyaga etgan hasharotlar mo‘ylovlarining tuzilishidan farq qiladi. Lichinkalarning asab tizimi voyaga etgan hasharotlar nerv tizimiga nisbatan juda sodda tuzilgan va unda ko‘p miqdorda tugun bo‘ladi. Nafas organlari nafas teshiklarining miqdori jihatidan farq qiladi: suvda yashaydigan ko‘pgina formalarda jabralar mavjud. Muskullari elka qon tomiri (yurak) va boshqa ichki organlari tuzilish jixatidan embrional organlariga yaqin keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |