Mavzu: 2 Hasharotlarni biologiyasi. Hasharotlarning ko‘payishi va rivojlanishi



Download 0,68 Mb.
bet5/5
Sana18.02.2022
Hajmi0,68 Mb.
#450349
1   2   3   4   5
Bog'liq
Entomologiya. Hasharotlarning ko‘payishi

15 - rasm. G‘umbak tiplari: 1- erkin yoki ochiq g‘umbak (qo‘ng‘izlarda); 2- yopiq g‘umbak (kapalaklarda); 3- soxta g‘umbak (pashshalarda); 4- pillali g‘umbak (karam kuyasining pillasi).
G‘umbaklik fazasida imaginal disklardan voyaga etgan hasharot organlari vujudga keladi. Bundan lichinka organlarining taqdiri har xil bo‘ladi. Lichinkalarning aksari ichki organlari to‘la parchalanib, shu qadar gistoliz ro‘y beradiki, keyingi rivojlanishda undan faqat oziq modda sifatida foydalaniladi.
G‘umbakning davri tamom bo‘lgandan so‘ng g‘umbak po‘sti yordamida va undan voyaga etgan imago hasharot chiqadi, bu hasharot keyinchalik kattalashmaydi, po‘st tashlamaydi va tashki jihatdan xech qanday o‘zgarmaydi.
Hasharotlarning ko‘piyshi muhim biologik hususiyatlarga ega. Bularga ko‘payish usullari, qo‘shimcha ovqatlanish, jinslarning uchrashuvchi, otalanish, jinsiy mahsuldorligi kiradi.
Ko‘p hasharotlar tuxum qo‘yib ko‘payadi. Lekin ba’zi hasharotlar tirik tug‘ish, partenogenez, pedogenez va poliembrioniya usullarida ko‘payishi mumkin.
Tirik tug‘uvchi hasharotlarda murakkab embronal rivojlanishi va tanasi ichida bo‘lib, tuxum qo‘yish o‘rniga tirik lichinka yoki xatto g‘umbak tug‘adi.
Partenogenez yoki qizligicha ko‘payish urg‘ochi hasharotlarning erkagi bilan qo‘shilmay, otalanmaydan ko‘payishdir. Otalanmagan tuxum faqat urg‘ochi individlar etiladigan bo‘lsa telitokiya, erkaklari etilsa arrenotokiya, ham erkak ham urg‘ochisi etilsa amfitokiya deb ataladi.
Tabiiy partenogenezdan tashqari sun’iy partogenez bo‘lishi mumkin. Sun’iy partonogenez tashqi muxit ta’sirida, otalanmagan taxumni rivojlanishiga aytiladi.
Pedogenez – bolalik davrida ko‘payish, bunda lichinka ichida tuxumdan xujayralarda yosh lichinkalar hosil bo‘ladi. Ba’zi bir parazit pardasimon qanotlilarning bitta tuxumidan bir necha embrion etishadi va ba’zan 100 dan ortiq lichinka chiqadi. Bu xil ko‘payish poliembrioniya deb ataladi.
Otalanish ko‘payishning muhim biologik xususiyati hisoblanib, turli formulalarda bo‘ladi. Bular turning muhim belgisi hisoblandi.
Hasharotlarnin tuxumdan boshlab, to jinsiy voyaga etish formalar paydo bo‘lishiga qadar bo‘lgan rivojlanish davri-bo‘g‘im generatsiya yoki taraqqiy davri deb ataladi.
Ko‘pincha hasharotlarning rivojlanish davri bir yilda tamomlanadi, bunga yillik generatsiya deb ataladi. Bir yoz mobaynida bir necha bo‘g‘im beradigan hasharotlar generatsiyasi ko‘p martali generatsiya deb ataladi. Yilida bir marta bo‘g‘im beruvchilar manovoltinli, ikki marta bo‘g‘im beruvchilar bivoltinli, ko‘p marta bo‘g‘im beruvchilar polivoltinli hasharotlar deb ataladi.
Generatsiya muddati ko‘p jihatdan tashqi sharoitga asosan meteorologik sharoitga va birinchi nisbatta haroratga bog‘liq.
Hasharotlarning rivojlanish davrini aniqlash turning biologiyasini o‘rganishda muhim etap bo‘lib hisoblanadi. Buni bilmasdan turib ularga qarshi kurash tadbir-choralarini ishlab chiqish yoki foydalalarni qo‘llash mumkin emas.
Hasharotlar tuxumini tuzilishiga ko‘ra protoplazma va yadrodan oziqlanish uchun va rivojlanish uchun zarur deytoplazmadan tashkil topgan.
Tuxum yuzasi xoreon po‘st bilan o‘ralgan bo‘lib, u anchagina puxta taram-taram o‘simtali va hakozolardan iborat. Xorion ostida sariqlik pardasi joylashgan bo‘lib, tuxumning yuqori qismida mikroskoplik teshikcha mikrople bo‘lib, u orqali sperma tuxumga kiradi. Tuxumlarning shakli va katta kichinligi ham turli tumandir.
Hasharotlarning embrional rivojlanishi yadrosining bo‘linishi va sirtqi protoplazmatik qavatga kirish bilan bog‘lanadi.
YAdro bir necha yadrolarga bo‘linib, dastlabki hujayralar blastomerlar u o‘z navbatida ozuqani o‘raydi va blastomerni hosil qiladi.
Ayrim hasharotlarning oziq moddasi kam bo‘lgini uchun to‘la va tekkis bo‘linadi va blastomerlar dastlab morula davrini o‘taydi. Blastomerlardan embrion yo‘li hosil bo‘lib, bundan esa embrion hosil bo‘la boshlaydi. Embrion yo‘li har xil hasharotlarda har xil bo‘ladi. Uning tuzilishi va joylanishiga qarab sirtqihamda ichki embrion yo‘llarida bo‘ladi. Embrion ustida ikkita parda ichki amnion va tashqi serroz pardalar hosil bo‘ladi.
Ichki parda embrioni himoya qiluvchi suyuqlik chiqaradi. Hasharotlarning embrion yo‘llari 3 ta qavat ektoderma, entoderma va mezoderma hosil bo‘ladi. Bu qavatlardan hasharotlarning yoki embrionning turli organlari xosil bo‘ladi.
Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish