Kiyik o‘ti – xalq tabobatida:Mahalliy aholi kiyik o‘tini ziravor sifatida turli taomlarga qo‘shishadi, chunki ularning tarkibida efir moylari, vitaminlar va odam organizmi uchun zarur bo‘lgan turli makro va mikro elementlar mavjud. Xalq tabobatida kiyik o‘tlaridan buyrak, yurak, jigar va oshqozon ichak hastaliklarini
davolashda ishlatib kelinadi. Ilmiy tabobatda ularning damlamasi yurakning ish faoliyatini yaxshilashda, arterial qon bosimlarini pasaytirishda, hamda peshob haydovchi dori vositasi sifatida keng qo‘llaniladi. O‘simlikning yer ustki qismlari– poyasi, bargi va to‘pgullari tarkibida
2.5 foizgacha efir moylari, C, E, A vitaminlari mavjud. Shuningdek, “Safro haydovchi Xojimarov yig‘masi”ning asosiy tarkiblariga ham kiyik o‘ti kiritilgan.
Hozirgi vaqtda bu yig‘ma tibbiyot amaliyotida jigar hastaliklarini davolashda, ayniqsa sariq kasalligi – gepatitni samarali davolashda ishlatilmoqda. Kiyik o‘t nafaqat tabobatda balki, oziq-ovqat sanoatida ham keng qo‘llanilmoqda. Uning asosida, professor Q.Xojimatov tomonidan chanqoqbosti shifobaxsh alkogolsiz “Toshkent” ichimligi yaratilgan.
Bundan tashqari kiyik o‘t turli “fitochoy”lar tarkibiga kiritilgan va muvaffaqiyatli rivishda ishlatilib kelinmoqda. Alohida ta’kidlash joizki, ayni paytda kiyik o‘tidan sifati oshirilgan (boyitilgan) choylar tayyorlashda foydalanmoqda. Bunda asosan olimlarimiz xalqimizning ko‘p yillik tajribalariga tayanib, turli “fitochoy”lar va “boyitilgan choylar” tayyorlashga va yaratishga muvofaqqiyatli erishmoqdalar.
Mavzu 17-18. Efirmoyli dorivor o’simliklarning bioekologiyasi Reja:
1.Efir moyli dorivor o’simliklarning biologiyasi 2.Efir moyli dorivor o’simliklarning ekologiyasi
Tayanch iboralar:Efir moyli o’simliklar, biologiya, ekologik omil, madaniy dorivor o’simlik.
Efir moyi deb, o’simliklardan suv bug’i yordamida haydab olinadigan, o’ziga xos hidi va mazaga ega bo’lgan uchuvchan organik moddalar aralashmasiga aytiladi.Xushbo’y hidli o’simliklar va ulardan olinadigan ba’zi mahsulotlar (tarkibida efir moyi bo’lgan o’simliklardan olingan hushbo’y suvlar, smolalar va efir moylar) qadimdan ma’lum. Odamlar bu mahsulotlardan turli kasalliklarni davolashda, ovqat tayyorlashda keng foydalanib kelganlar. O’rta asrlarda arablar o’simliklardan efir moylarini suv bilan haydab olish va ularni suvdan ajratish usullarini yaxshi bilar edilar.XVIII asrdan boshlab efir moylarinring xossalari va tarkibiy qismi o’rganila boshlangan bo’lsada, bu sohadagi ishlar XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ayniqsa avj oladi.A.M.Butlerov va A.N.Reformatskiy (Rossiya), Gildemeyster va Gofman (Germaniya), Ye.E.Vagner va uning shogirdlari (Polsha) va boshqa mashhur olimlar efir moylarini o’rganishga katta hissa qo’shdilar.
Efir moylari tarkibini o’rganishda, tarkibida efir moyi bo’lgan o’simliklarni qidirib topishda hamda chet mamlakatlardan keltirilgan efir moyli o’simliklarni o’stirishda B.N.Rutovskiy, G.V.Pigulevskiy, I.P.TSukervanik, N.G.Kiryalov, E.V.Vulf, V.I.Nilov, S.N.Kudryashov, M.I.Goryaev kabi olimlar va ular shogirdlarining xizmati katta.O’simliklar dunyosida efir moylari keng tarqalgan. Aniqlangan ma’lumotlarga ko’ra yer sharining florasidagi o’simliklardan taxminan 2500 dan ortiq turi tarkibida efir moyi bo’ladi. SHundan 77 oilaga kiradigan 1050 dan ortiq o’simlik turi Sobiq Ittifoq hududida o’sadi. Ayniqsa, yasnotkadoshlar - - Lamiaceae (labguldoshlar -Labiatae), selderdoshlar - Apiaceae (soyabon- guldoshlar - Umbelliferae), astradoshlar - Asteraceae (murakkabguldoshlar - - Compositae), sho’radoshlar - Chenopodiaceae, archadoshlar (sarvindoshlar)
Do'stlaringiz bilan baham: |