25-26. Amaliy mashg’ulot:O`zR “Qizil kitobga kiritilgan dorivoro`simliklarning” bioekologik xususiyatlarini o`rganish.
Dars maqsadi:Talabalarga O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitobga kiritilgan dorivor o’simliklarning ” bioekologik xususiyatlarini o’rganish. Ishni borishi:Qizil kitob — yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolish xavfida boʻlgan noyob oʻsimlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati. Qizil kitobda oʻsimlik va hayvon turlari sonining kamayishi, areallarining qisqarib borishi sabablari yoritiladi; ularni saqlab qolish uchun tavsiyalar berib boriladi.1948 yilda tashkil etilgan Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi kamyob va yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan oʻsimlik va hayvon turlarining roʻyxatini tuzish gʻoyasini amalga oshirishga kirishdi.
Turlarni saqlab qolish boʻyicha maxsus xalqaro komissiya tuzilib, 1966 yildan boshlab boshqa tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda xalqaro Qizil kitobning dunyo va alohida mintaqalar florasiga bagʻishlangan nashrlar chop etila boshlandi.Oʻzbekistonning noyob va kamayib borayotgan oʻsimlik va hayvonlari toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar 1974 yil taʼsis etilgan Qizil kitobda oʻz aksini topgan. Oʻzbekiston Qizil kitobi 1978 da taʼsis etildi.
Birinchi marta Oʻzbekiston Qizil kitobining faunaga bagʻishlangan qismi 1983 yil nashrdan chiqdi. Unga umurtqali hayvonlar (baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar) ning 63 turi kiritilgan edi. Oʻsimliklar olamining kamyob, yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan 163 turi haqida ilk bor mukammal maʼlumotlar 1984 yil bosmadan chiqqan Qizil kitobda keltirilgan. Qizil kitob — davriy nashr hisoblanadi. Unga kiritiladigan oʻsimlik va hayvon turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi taklif etgan tasnifga binoan 4 guruhga ajratiladi: 1) yoʻqolgan yoki yoʻqolish arafasida turgan (jiddiy muhofaza talab etuvchi) turlar; 2) yoʻqolib borayotgan (areali va soni kun sayin kamayib borayotgan, maxsus muhofazaga muhtoj) turlar; 3) kamyob, bevosita yoʻqolish xavfi boʻlmasada, kichik maydonlarda kamdankam uchraydigan (muhofazaga muhtoj) turlar; 4) muayyan vaqg davomida soni va tarqalgan maydonlar tabiiy sabablarga qoʻra yoki inson taʼsirida qisqarib borayotgan (sonini nazorat qilib turish talab qilinadigan) turlar. Qizil kitobga, unga kirgan turlar maqomining oʻzgarishi, maxsus muhofaza choralari tufayli baʼzi turlar sonining tiklanishi, aksincha, yashash sharoitining oʻzgarishi va boshqalar omillar taʼsirida sonining kamayishi natijasida boshqa toifaga oʻtkazilishini yoritish maqsadida qayta nashr etiladi. Oʻzbekiston florasining yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan 301 turining hozirgi holatini tavsiflaydigan Qizil kitob 1998 yil da qayta bosmadan yuridik va jismoniy shaxslar qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 11 maydagi
O‘zbekistonRespublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gifarmoni va “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasifaoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida o‘rmonlarda dorivor o‘simliklarparvarishlanadigan plantatsiyalar maydonini kengaytirish, asrash borasidamuhim vazifalar belgilangan.
– Mazkur hujjat ijrosi doirasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi “Shifobaxsh” dorivor o‘simliklarini yetishtirish va qayta ishlash markazi direktori o‘rinbosari Turg‘unboy Ibragimov. – Xususan, 2017-2021 yillarda o‘rmon fondi
yerlari va fermer xo‘jaliklarida dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etish loyihasi ishlab chiqildi. Joriy yilda qariyb 2 ming gektarga 70 turdan ortiq dorivor o‘simliklar ekish rejalashtirilgan. Yil oxiriga qadar qariyb 4 ming tonna dorivor giyohlar yig‘ilib, “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi hamda “O‘zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni korxonalariga yetkazib beriladi.
Shuningdek, O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan omonqora, yetmak, bozulbang kabi dorivor o‘simliklar, tabiiy holda o‘sayotgan Turkiston arslonquyruq turini madaniylashtirish, qizil exinatseyaning madaniy plantatsiyalarini kengaytirish va dorivor o‘simliklar yetishtirish hajmini yiliga 4 ming tonnadan 5 ming tonnagacha yetkazish rejalashtirilgan.
Amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar tufayli milliy va xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan o‘simliklarning ayrim turlarini ko‘paytirishga muvaffaq bo‘linmoqda.
Mamlakatimizda shifobaxsh giyohlar o‘sadigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish, o‘rmon xo‘jaliklarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Bo‘stonliq, Oxangaron, Zomin, Baxmal, Forish, Urgut, Kitob, Yakkabog‘, Qamashi, Dehqonobod, Boysun, Uzun, Sariosiyo tumanlarida dorivor o‘simliklar yetishtirish keng yo‘lga qo‘yilgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, shifobaxsh xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘simliklar xastaliklarni samarali davolashda inson organizmi uchun foydali. Qolaversa, o‘zimizda yetishtirilishi ishonchli va arzon. Bundan tashqari, ularga xorijda talab yuqoriligi uchun eksport qilish imkoniyati mavjud. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yurtimizda 4 ming 500 dan ortiq oliy navli o‘simlik turi mavjud. Shundan, 500 xili shifobaxsh xususiyatga ega bo‘lib, ular zamonaviy tibbiyotda va xalq tabobatida keng qo‘llaniladi. Afsuski, bugungi kunda o‘rmon fondi yerlaridagi 324 o‘simlik turi yo‘qolib ketish arafasida turibdi.
Dalachoy, tog‘rayhon, o‘lmas-o‘t, sassiq kovrak, arslonquyruq, qizil do‘lana, qiriqbo‘g‘im, zubturum, shirinmiya, dug‘bo‘ylar shular sirasidandir. Bu kabi xolatlarning oldini olish, tabiiy zaxiralarni saqlash maqsadida har yili o‘rmon xo‘jaliklarida dorivor o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etilmoqda.
Joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati o‘rmon xo‘jaliklarida 800 gektardan oshiq shirinmiya o‘simligi plantatsiyalari barpo etilmoqda. Shirinmiya xalq tabobatida juda qadimdan eng noyob dorilar tayyorlashda keng foydalanilgan. Bugungi kunda uning ildizi jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotga aylanib, shifobaxsh xususiyatlari jahon farmakologiyasi va oziq-ovqat sanoatida yetakchi hisoblanmoqda. Cho‘l hududlarda uchraydigan bu noyob giyoh ildizi tomoq og‘rig‘i, nafas yo‘li shamollashi, bronxit, yo‘tal kabi xastaliklarni davolashda samarali vositadir.
O‘zbekistonning tabiiy iqlim va tuproq sharoitlari mazkur noyob giyoh o‘sishi uchun har jihatdan qulay.
Noyob dorivorlik xususiyatiga ega bu o‘simlik tabiatimizda tobora kamayib bormoqda. Uning xususiyatlarini o‘rganish va asrab qolish soha xodimlari oldidagi muhim vazifalardan biridir. Tabiatimizda shirinmiya kabi o‘simliklar juda ko‘p. Ulardan biri – tilov o‘ti. Bu
o‘simlik o‘tkir yuqumli kasallik – kuydirgi (Sibir yarasi, antraks)ni davolashda keng qo‘llaniladi. Soha mutaxassislarining ta’kidlashicha, tabobatda o‘ta qadrlanadigan tilov o‘ti bundan o‘ttiz yil muqaddam mamlakatimizda juda mo‘l bo‘lgan.
Afsuski, so‘nggi yillarda bu giyoh juda kamayib ketgan. Mamlakatimizda atrof-muhit barqarorligini asrash, tabiatning bebaho ne’matlaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanishga qaratilgan mustahkam tizim yaratilib, sohaga e’tibor yanada oshdi. Nabotot va hayvonot olamini asrashga qaratilgan bunday ezgu amallar ekologik barqarorlikni mustahkamlash, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini chuqur qaror toptirishda katta ahamiyatga ega
Do'stlaringiz bilan baham: |