3-amaliy mashg’ulot: Ekologik omillarning dorivor o`simliklarga ta’sirini o`rganish
Mashg‘ulot maqsadi. Mashg‘ulot davomida talabalar dorivor o’simliklarga ekologik omillarning ta’sirini o’rganadilar.
Zarur narsalar: O’simlik namunalari, plakatlar, gerbariylar , chizg’ich, gerbariy taxtasi. Slaydlar.
Tashqi muhitdan o‘simliklar o‘zi uchun zarur bo‘lgan energiyani olib, uning parchalanishidan hosil bo‘lgan dissimilyatsiya mahsulotlarini ajratib chiqaradi. Shuning uchun tashqi muhit o‘simliklarga ta’sir qilsa, o‘z navbatida o‘simliklar tashqi muhitning o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi. 3. O‘simlik o‘sishi va rivojlanish uchun zarur bo‘lgan tashqi muhit elementlari ekoloigk omillar deb nomlanadi. Ularni 3 guruhga bo‘lish mumkin. 1. Abiotik - tabiatning tirikmas omillari. Iqlim omil-lari: yorug’lik, harorat, suv, havo, tuproq va orografik omillar. 2. Biotik omillar. Tirik organizmlarning o‘zaro ta’siri: hayvonlarning, hashoratlarning, mikroorganizmlarnnig o‘simliklarga ta’siri. 3. Antropogen omillar insonlarnnig tabiatga ta’siri. Insonlarnnig tabiatga ta’siri bevosita va bilvosita bo‘ladi.
Ekologik omillar yil davomida o‘zgarib turishi bilan birga, ularga o‘simliklarning munosabati ham turlicha bo‘ladi. Masalan: urug‘ unib chiqishi uchun qorong‘i muhit talab qilinsa, maysaning rivojlanishi uchun yorug‘lik talab qilinadi. Ekologik omillar o‘simlikka bevosita va bilvosita ta’sir qiladi. Bevosita ta’sir qiluvchi omillarga namlik, yorug‘lik, issiqlik, inson va hayvonlar ta’siri misol bo‘la oladi.
Bilvosita ta’sir etuvchi omillarga relef, tog‘ jinslari, iqlimni o‘zgarishi va tuproq sharoitining o‘zgarishi misol bo‘la oladi. Ba’zan ayrim ekologik omillar bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan: shamol o‘simliklarning novdasini sindirib, bargini mevasini to‘kib, bevosita ta’sir ko‘rsatsa, tuproqdagi namlikni kamaytirib, qatqaloq hosil qilib bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Do‘l o‘simlikning yer usti organlariga salbiy ta’sir ko‘rsatsa, tuproq namligini oshirib, havo haroratini o‘zgartirib bilvosita ta’sir yetadi.Har qanday ekologik omil o‘simliklarga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: sholi suvda yaxshi o‘sadi, lekin suv ko‘p bo‘lsa, g‘o‘za tez kunda halok bo‘ladi. Кo‘pchilik o‘rmonda o‘suvchi o‘simliklar soya joyda yaxshi o‘sadi, yorug‘ joyda tezda halok bo‘ladi. Aksincha, cho‘l zonasida o‘suvchi o‘simliklar yorug‘ joyda yaxshi rivojlansa, soya joyda tez kunda halok bo‘ladi. O‘simliklar ekologiyasini asoslagan olimlardan biri O.P. Dekandolning o‘g‘li - Alfonis Dekandol xisoblanadi. U o‘zining "O‘simliklar geografiyasi" kitobida issiqlik, yorug‘lik, namlik, tuproqqaasoslanib, o‘simliklar yashaydigan muxit klasifikatsiyasini beradi.
U o‘simlik turlarining turli tuproqlar bilan bog‘liqligini birinchi marta ko‘rsatib berdi.
Iqlim omillari haqida tushincha.
Yorug‘lik omillarining o‘simliklarga ta’siri.
Harorat omilining o‘simliklar hayotida ahamiyati. 3.Havo omilining o‘simliklar hayotidagi roli.
4.Suv omilining o‘simliklarga ta’siri.
Yorug‘lik omili. Barcha yashil o‘simliklar rivojlanishi uchun yorug‘lik zarurdir. Yorug‘lik avvalo fotosintez jarayoni uchun zarurdir. Bu jarayonning jadalligi suv bug‘latish, oziqlanish, nafas olish jarayonini muntazam amalga oshishini ta’minlaydi. Yorug‘lik o‘simlikning ichki va tashqi tuzilishiga ta’sir qiladi. Yorug‘lik kuchsiz bo‘lgan joyda o‘suvchi o‘simliklarning tanasi ingichka, bo‘g‘im oraliqlari uzun, sarg‘ish yoki och yashil rangda bo‘ladi, barg va poyada maxanik to‘qimalar yaxshi rivojlanmaydi.
Yorug‘likka bo‘lgan munosabatiga ko‘ra o‘simliklar ikki guruhga bo‘linadi. 1. Yorug‘sevar o‘simliklar. 2. Soyasevar o‘simliklar.
1. Uzun kunli o‘simlilkar. 2.Qisqa kunli o‘simliklar.
Qisqa kunli o‘simliklarga tropik, subtropik va cho‘l zonasi o‘simliklari kiradi. Masalan soya, sholi, tamaki, g‘o‘za, makkajo‘xori, tariq, bodiring, qovoq kabilar. Uzun kunli o‘simliklar arpa, suli, zig‘ir javdar kabilardir. Uzun kunli o‘simliklar janubga, qisqa kunli o‘simliklar shimolga olib borib o‘stirilsa gullamaydi va meva hosil qilmaydi. Shimoliy hududlarda issiqxonalarda sabzavot ekinlari yetishtirilmoqda.
3. Harorat omillari. Yer sharining quyosh radiatsiyasini turli miqdorda qabul qilishi ekvatordan qutblarga borgan sari o‘simlik qoplamini o‘zgarib borishiga sabab bo‘ladi. Havo omili. Havo o‘simlikka muhim ekoloigk omil sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Yer sharida havoning tarkibi doimo bir xil meyyorda turadi. Uning tarikbida 78% azot, 21% kislorod, 1% azon va 0,03% karbonat angidirid gazi bo‘ladi. Кislorod o‘simliklarning nafas olish jarayoni uchun zarurdir. Кarbonat angidrid ega fotosintez jarayoni uchun kerak.
Havo oqimiga shamol deyiladi. Shamol o‘simlikka ekologik va fiziologik omil sifatida ta’sir yetadi. Shamol ta’sirida o‘simliklarda suv bug‘latiladi va havoda gazlar harakati yuzaga keladi. Shamol ta’sirida ko‘pchilik o‘simliklar changlanadi, meva va urug‘lari tarqaladi. Shamol o‘simlikka maxanik ta’sir ko‘rsatadi. Natijada ko‘pchilik o‘simliklar bayroqsimon shakil hosil qiladi yoki ko‘p hududlarda (vohalarda, dengiz qirg‘oqlarida, tundrada) o‘simliklarning yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘ladi.
O‘rta Osiyo hududida garimsel shamoli suv bug‘lanishini kuchayishiga sabab bo‘ladi va o‘simlikni halokatga olib keladi. Shamol yordamida changlanuvchi o‘simliklarni anemofill o‘simliklar deyiladi. Кo‘pchilik o‘simliklar - tuyaqorin, kermek, saksovul, juzg‘un, chalov, qoqio‘t, kabilarning urug‘i shamol yordamida tarqaladi. Bunday o‘simliklar anemoxor o‘simliklar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |