Mavzu 15-16. Vitamin saqlovchi dorivor o’simliklarni bioekologiyasi Reja



Download 1,76 Mb.
bet40/85
Sana30.04.2022
Hajmi1,76 Mb.
#596104
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   85
Bog'liq
Bioekologiya davomi

Edafik omilning o’simliklar hayotidagi roli. Hayvonot va o’simliklar hayotida har xil iqlim omillari bilan bir qatorda tuproq sharoiti ham muhim rol o’ynaydi. Edafik omil "Edafos"-grekcha tuproq omilini bildiradi.
Tuproq organizmlarining suv muhitidan quruqlikka chiqishida normal sharoit yaratib bergan muhit hisoblanadi. Edafik omil boshqa ekologik omillardan o’zining xarakterli tomonlari bilan ajralib turadi. Birinchidan, iqlim omillaridan farq qilib, u organizmlarga faqat ta’sir qilib qolmasdan, ko’pgina mikroblar, o’simliklar va hayvonlar uchun yashash muhiti yaratuvchi omil bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, u tog’ jinslari, iqlim, organik dunyo bilan kishilik jamiyati orasida bir-biriga ta’sir qiluvchi dinamik mahsulot hamdir.
Uchinchidan, edafik omilning o’ziga xos xarakteri shundaki, u abiotik va biotik omillar chegarasida turadi. SHuning uchun uni tuproqshunoslar biokos modda deyishadi.
Tuproq omili turli joylarda turlicha bo’lib, u doimo o’zgarib turadi. U V.Dokuchaev aniqlagan qonuniyatlar asosida keng geografik masshtabda mintaqalar o’zgarishiga xos o’zgaradi.
Tuproqlar 3 fazali tuzilishi bilan o’zaro farqlanadi, chunki u qattiq, jinslar, suv va havo fazalaridan iborat. Ekologik nuqtai nazardan, unda quyidagi elementlarni ajartish kerak-uning mineral va organik qismi, suvli yeritmasi, tuproq havosi, mikroorganizmlar, o’simliklar va hayvonlar.
Uning organik qismi-o’simlik va hayvonlar qoldiqlaridan hosil bo’ladi. Organik moddalarning miqdori uning hosildorligini belgilaydi. Tuproqda juda ko’p miqdorda mikroorganizmlar mavjud. Masalan, 1g hosildor tuproqda 2 milliardga yaqin bakteriya, bir necha million aktinomitsetlar va zamburug’lar, yuzlab boshqa mikroorganizmlar, hamda yashil suv o’tlari bor.
Tuproqdagi xlorofilsiz organizmlarning roli ham katta, ular organik va anorganik moddalarni o’simliklar uchun o’zlashtiraldigan holatga keltiradi. Tuproq ba’zi umurtqali hayvonlar uchun yashash muhiti bo’lib xizmat qiladi. Unda suv va qurg’oqda yashovchi, sudralib yuruvchilar, hamda ko’pgina qushlar yashaydi. Tuproq ekologik omili o’simliklar uchun ham muhimdir.
Birinchidan, u tayanch vositasi hisoblanadi, ikkinchidan o’simliklar tuproqdan suv va unda yerigan mineral tuzlarni o’zlashtiradi. O’simlikka tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi, hamda mikroflorasi juda katta ta’sir ko’rsatadi.
Tuproqning mexanik tarkibi har xil bo’lib, u qumlik tuproq, loy tuproq, qumloq, tuproq va hokazolarga bo’linadi.
Tuproqdagi o’simlik uchun muhim bo’lgan kimyoviy elementlarga quyidagilar kiradi: azot, fosfor, kaliy, magniy, oltingugurt, temir hamda bir qator mikroelementlar-mis, bor, tsink, molibden va boshqalar. Bu elementlarning modda almashinuvida roli katta va biri ikkinchisining o’rnini bosa olmaydi. Ozuqa zapasiga boy bo’lgan tuproqlarda eutrof o’simliklar uchraydi. Ozuqaga kam bo’lgan tuproqlarda oligatrof o’simliklar uchraydi. O’rtacha ozuqali tuproqlarda mezotrof turlar uchraydi.
Sayyoramizning 25% yerlari har xil miqdorda sho’rlangan. O’simlik uchun eng zararlisi bu oson yeriydigan tuzlar-osh tuzi, magniy xlorid. CaSO4, MgSO4, CaCO3 bular nisbatan zararsizroq, chunki ular qiyin yeruvchi tuzlar.
Tuproq tarkibida ko’p miqdorda tuzlar uchrasa, o’simlikning osmotik bosimi ko’tarilib uning suv bilan ta’minlanishi buziladi va u zaxarlanadi.
Kuchli sho’rlanish oqsil moddalari sintezlanishini sekinlashtiradi, o’sish jarayonini susaytiradi, tuproq mikroorganizmlarining o’lishiga ham olib keladi, Nam havoli iqlim sharoitidagi tuproqlarning doimo yomg’ir suvlari bilan yuvilishi natijasida ularda tuzlar to’planmaydi. Ularning suv va tuz rejimi boshqacha bo’ladi. Havo, relef va boshqa ekologik omillar. Havo-o’simliklar uchun faqat muhit bo’libgina qolmasdan, ularda kechadigan bir qator hayotiy jarayonlar va oziqlanishda birdan-bir ekologik omil sifatida ishtirok etadi. Atmosfera havosi bir necha gazlarning aralashmasidan iborat bo’lib, o’simliklar uchun bevosita ahamiyatga ega bo’lganlari karbonat angidrid, kislorod va azot hisoblanadi. Karbonat angidridning havodagi miqdori-0,03%. U atmosferada o’simlik va hayvonlarning nafas olishi, yonish jarayonlari hamda vulqonlar otilgan paytda ajralib chiqadi. Kislorod havoda o’simliklar uchun zarur bo’lgan miqdordan ham ortiqroq bo’ladi. Azot ko’pchilik o’simliklar uchun ahamiyatsiz hisoblansada, u tuban o’simliklar, ayniqsa, tuganakli bakteriyalar, azotobakter va aktinomitsetlar, yashil suv o’tlari uchun ozuqa manbai sifatida xizmat qiladi. Havodagi sulьfat angdirid, azot oksidlari, vodorod galogenlari, ammiak va boshqa zararli moddalar o’simliklardagi gaz almashitshsh paytida, yoringarchilik vaqtida, yerga tushganda va changlarning o’tirishi natijasida o’simlik organlariga kirib, ularning barglari va boshqa organlarini zaharlaydi. Natijada, o’simlikda hayotiy jarayonlar buziladi va ular butunlay nobud bo’lishi ham mumkin. SHuning uchun hozirgi vaqtda atmosfera havosini muhofaza qilish bo’yicha juda katta konstruktiv, texnologik, sanitar-
texnologik va boshqa tadbirlar amalga oshirilmoqda.
SHamol deganda havo massasining yer yuzi bo’ylab ko’chib yurishi tushuniladi. O’simliklarga shamol bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatadi. SHamolning to’g’ridan-to’g’ri ta’siri, uning mexanik ta’siridir. U daraxtlarning poyasini sindiradi, barglarini yulib ketadi.
SHamol o’simliklardagi fiziologik jarayonlarga ham ta’sir qiladi, U o’simlik bug’latayotgan suvni olib ketadi. Uning o’rnini quruq havo massasi egallaydi. O’simlik fotosintez uchun zarur bo’lgan karbonat angidrid bilan shunday ta’minlanadi. O’rta Osiyo cho’llarida esadigan "garmsel" shamoli o’simliklarga jiddiy zarar etkazadi.
SHamolning bilvosita ta’siri shundan iboratki, u qum va tuproqlarni ko’chirib yuborishi natijasida o’simliklar ildizlari ochilib qoladi. SHamolning doimo bir tomonga esishi o’simliklarning tashqi qiyofasiga ta’sir qiladi. Natijada, ular bayroqsimon shaklli bo’lib qoladi.
Relьfning o’simliklarga ko’rsatadagan ta’siri, ayniqsa tog’li rayonlarda, balandliklarning dengiz sathidan qarab iqlim, tuproq va boshqa omillar hamda o’simliklarning harakteri ham o’zgarib boradi. Natijada vertikal mintaqalar paydo bo’ladi.
Janubiy tog’ yonbag’irlarida, shimoliy yonbag’irlarga nisbatan ko’proq yorug’sevar va issiqsevar o’simliklar tarqalgan. Har 100 m ga balandga ko’tarilganda temperatura 0,60 S ga pasayadi.
Tog’larda o’simliklar mintaqalar bo’yicha tarqalgan bo’ladi. Bu mintaqadagi o’simliklar o’ziga xos xususiyatlarga ega.
O’rta Osiyo sharoitida, balandliklar zonasi va undagi o’simliklar jamoasi akademik K.Z.Zokirov tomonidan o’rganilgan. Bu quyidagi mintaqalarga: cho’l- balandligi dengiz sathidan 500-600 m bo’lgan joylar; adir-600-1600 m gacha bo’lgan joylar; tog’-1600 -2800 m.; yaylov -2800 va undan yuqori joylar.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish