Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich. Tashkiliy qism
|
O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf- ning darsga tayyorligi tekshiriladi.
|
savol-javob
|
2 minut
|
2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash
|
O'quvchilarning ehtiyojlari aniq- lanib, mavzuga oid misol va masala- lar yechiladi.
|
Savol- javob, mustaqil ish
|
3 minut
|
3-bosqich. O'tilgan mavzuni mus- . tahkamlash
|
• O'tilgan mavzu bo'yicha test sinovi o'tkaziladi.
|
|
13 minut
|
4-bosqich. Yangi mavzu bayoni
|
1-misolni tushuntirish.
2-misolni yechib, uni tekshirish.
3-masala. Masalalarni taqqoslash.
4-misol. Jadval asosida berilgan misollarni yechish.
|
tushuntirish, muammoli izlanish
|
15 minut
|
5-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Kartochkalardan foydalanib. mavzu mustahkamlanadi.
|
muammoli izlanish
|
5 minut
|
6-bosqich. Baholash
|
O'quvchining darsda ishtiroki hi- sobga olinib, reyting bali e'lon qili- nadi.
Dars yakunlanadi.
|
|
3 minut 2 minut
|
7-bosqich. Uyga vazifa
|
5-masala, 6-misol.
|
tushuntirish
|
2 minut
|
Darsning borishi:
1-, 2-bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi.
3-bosqich. O'tilgan mavzuni mustahkamlash:
O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida test sinovi o'tkazish.
1) Bitta savatchada 40 kg, ikkinchi savatchada 30 kg olma bor. Ikkala savatchada necha kilogramm olma bor?
a) 70 kg b) 60 kg d) 50 kg
2) 56 bilan 4 ning yig'indisini belgilang. a) 70 b) 60 d) 40
3) 70 bilan 50 ning ayirmasini belgilang. a) 30 b) 40 d) 20
4) 48 bilan 40 ning ayirmasini belgilang. a) 8 b) 9 d) 7
4-bosqich. Yangi mavzu bayoni.
1-misol. O'quvchilarga yangi mavzuni tushuntirib berish.
Ayirishni tekshirish uchun ayirmaga ayriluvchini qo'shish kerak. Agar yig'indida kamayuvchi hosil bo'lsa, yechim to'g'ri bo'ladi.
67-6=61 tekshirish: 61+6=67
2-misol (yozma). Misollarni yechib, ularni tekshirishga o'rgatish.
58-25=33 tekshirish 33+25=58; 35-4=31 tekshirish 31+4=35;
88-7=81 tekshirish 81+7=88; 75-3=72 tekshirish 72+3=75.
Demak, qo'shishni ayirish bilan tekshirgan bo'lsak. Ayirishni qo'shish bilan tekshirish mumkin ekan.
3-masala (yozma). Masalalarning yechilishini taqqoslashga o'rgatish. Masalaning qisqacha yozuvi:
1) Bor edi - 90 m gazlama
Qirqib olindi - 50 m gazlama
Qoldi - ? m gazlama
Yechish: 90-50=40 m
Javob: To'pda 40 metr gazlama qolgan.
2) Qirqib olindi -50 m gazlama
Qoldi - 40 m gazlama
Bo'lgan - ? m gazlama
Yechish: 50+40=90 m
Javob: Dastlab to'pda 90 metr gazlama bo'lgan.
4-misol. Jadval asosida berilgan misollarni yechish.
Kamayuvchi
|
90
|
80
|
38
|
57
|
96
|
70
|
49
|
Ayriluvchi
|
50
|
30
|
30
|
32
|
44
|
10
|
24
|
Ayirma
|
40
|
50
|
8
|
25
|
52
|
60
|
25
|
Kamayuvchi 90, ayriluvchi 50 bo'lganda ayirma 40 ga teng; Kamayuvchi 80, ayriluvchi 30 bo'lganda ayirma 50 ga teng; Kamayuvchi 38, ayriluvchi 30 bo'lganda ayirma 8 ga teng va hakozo.
5-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Kartochkalardan foydalanib, mavzu mustahkamlanadi. Bo'sh doirachalar o'rniga kerakli sonlarni qo'yib, vazifani bajarishga o'rgatish.
6-bosqich. Baholash. Dars davomida faol qatnashgan o'quvchilarni baholash.
7-bosqich. Uyga vazifa: 5-masala, 6-misol. Ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |