Mavzu: 25. Zamonaviy energetika tizimlarida qisqa tutashuv toklarini cheklash
Reja:
1.
2.
Zamonaviy elektr tizimida qisqa tutashuv toklari oʼn ming amperga yetadi. Bunday toklar qisqa vaqt ichida katta hajmdagi issiqlik ajratib chiqaradi va haroratni yuqori darajaga yetkazib yonadigan himoya qatlamini alangalantiradi, metall oʼtkazgichlarni eritib atrof muhitga quvvati katta boʼlgan uchqunlarni tarqatadi, bu esa yengil alangalanuvchilarni oʼt olishga va portlashga olib keladi. Issiqlik taʼsiridan tashqari, qisqa tutashuv, katta mexanik taʼsirga ega. Oʼtkazgichlarni mustahkamligi kam boʼlsa, ularni qotirib turuvchilar buzilishiga olib keladi. Qisqa tutashuvning - ajralib turadigan sabablariga simlarni va tok oʼtkazuvchi qismlarni erishi kiradi. Bunday simlarni erishi koʼp hollarda metall sharsimon erigan koʼrinishida boʼladi. Qisqa tutashuvdan muhofazalanish ikki yoʼnalishda olib borilishi kerak: birinchidan qisqa tutashuvga hosil boʼlishiga yoʼl quymaslik kerak, ikkinchidan xavfli toklar taʼsir vaqtini cheklash kerak. Qisqa tutashuvning oldini olish amallariga elektr qurilmalarining montaj qilish, ularni toʼgʼri tanlab, ekspluatatsiya qilish kiradi. Taqsimlov щitlari, mashinalar, apparatlar, priborlar, sim va kabellar atrof muhit, tokning qiymati va turi, kuchlanish, yuklanish quvvatiga mos kelishi kerak. Qisqa tutashuvning xavfini kamaytirish, yoʼqotish uchun himoya apparatlari oʼrnatiladi, ular himoya qatlamini alangalanishini, oʼtkazgichlardagi tok oʼtkazuvchi tolalarini erishini oldini oladi. Buning uchun tezkor ishlaydigan avtomatlar (oʼchirish vaqti 0,008-0,005 sek) va eruvchi saqlovchilar ishlatiladi. Kuchlanishni kamaytirish uchun qisqa tutashuv paytida generatorlar elektrostantsiyalarda kuchlanishni avtomat ravishda meʼyorlar (АRN) vositasi bilan jihozlanadi. Yuklanish deb - shunday xodisaga aytiladiki, unda elektr tarmogʼida sim va kabellarning, mashinalar chulgʼamlarida va apparatlarda ishchi (Iishchi) tok ruxsat etilgan (Iruxs.et) tokdan uzoq vaqtga kattadir, yaʼni Iishchi > Iruxs.et. Ishchi tokning qiymati Iishchi tok qabul qiluvchining quvvati va turiga, tarmoqdagi kuchlanishga bogʼliq va uni xisoblab topiladi yoki asboblarning koʼrsatmasiga asosan topiladi. Uzoq vaqtli ruxsat etilgan tokning qiymati oʼtkazuvchining kesim yuzasiga va materialiga, yotqizish uslubiga, oʼtkazuvchining konstruktsiyasiga va atrof muhitning haroratiga bogʼliq. Uzoq vaqtli ruxsat etilgan tokli yuklama simlarda va har turdagi kabellarda, yuqoridagilarga asoslanib, PUE (Pravila ustroystva elektroustanovok - UZGOSENERGONАDZOR, Tashkent, 2011 g) ga asosan sim tolalarining xavfsiz qizish hisobiga (rezinali, natriy, polixlorvinil himoya qatlami +650S; qogʼoz himoya qobigʼida +800S; himoya qatlamisiz +700S) asoslanib atrof muhit harorati +250S boʼlishi kerak. Yuklanishning asosiy sabablari boʼlib: ishchi tokga simlar kesim yuzasining toʼgʼri kelmasligi; sim kesim yuzasini hisobga olmasdan koʼzda tutilmagan tok qabul-qiluvchilarni bir tarmoqqa parallel ulash; tarmoqdagi kuchlani shning meʼyordan pasayishi; atrof muhit haroratining koʼtarilishi va boshqalar. Yuklanishning oldini olish: ruxsat etilgan (Iruxs) tokni ishchi (Iish) tokdan doimiy katta boʼlishini taʼminlash, yaʼni Iishchi < Iruxsat etilgan; oʼtkazuvchilarni (simlar) kesim yuzasini qizishga asoslanib toʼgʼri tanlash; katta quvvatga moʼljallangan isteʼmolchilarni bir tarmoqqa parallel ulamaslik; elektr simlarini, mashina va apparatlarni sovushi uchun kerakli sharoitni yaratish, yaʼni PUEning 1-bobiga asosan ruxsat etilgandan toklaridan ortmasligini taʼminlash; elektr qurilmalarini yuklamadan zararlanishini oldini olish uchun eruvchi saqlagichlar, avtomat oʼchirgichlar hamda rele va releli magnit ishga tushiruvchilarni qoʼllash. Katta oʼtish qarshiligi - deb shunday qarshilikka aytiladiki, unda tok bir sim yuzasidan ikkinchi simga yoki simni qandaydir apparatga ulash joylarida, apparatlarning kontakt qismlarida hosil boʼlgan qarshilikka aytiladi. Yuklamali tok oʼtganda bunday joylarda vaqt birligi ichida issiqlik ajralib chiqadi, issiqlikni qiymati tokning kvadratiga va oʼtish kontakti boʼlgan joy qarshiligiga toʼgʼri proportsional. Аgar qizigan kontaktlar yonadigan materialga tegsa, unda yongʼin chiqish mumkin, portlash xavfi bor tizim boʼlsa uchqun oqibatida portlash sodir boʼlishi mumkin. Shuning uchun ham oʼtish qarshiliga boʼlgan joylarni aniqlash qiyin, himoya apparatlari ham tarmoq va qurilma uchun boʼlsada, lekin yongʼin hosil boʼlishini ogohlantira olmaydi, chunki zanjirda tok oʼtmaydi, oʼtish qarshiligi boʼlgan joyda qizish qarshilik oshganligi tufayli hosil boʼladi. Kontaktlardagi oʼtish qarshiligining qiymati materialning turiga, geometrik formadan va oʼlchamlaridan kontakt yuzasining ishlov berish darajasidan, kontaktlarning bosim kuchiga va oksidlanish darajasidan olinadi.
Аyniqsa, oksidlanish intensiv ravishda nam muhitda tezroq amalga oshadi, shuning kimyoviy faol muhitda va kontaktlarda 70-750S dan yuqori qizishida oʼtadi. Katta oʼtish qarshiligining kelib chiqishiga asosan: ulash (kontakt) joylarining mustahkam bajarilmaganligi; ulash (kontakt) joylarining atrof muhit taʼsirida zanglashi va qurum bosishi; kuyishi; ulash (kontakt) joylari materiallarining toʼgʼri tanlanmaganligi (oksidlanishi) va shunga oʼxshashlar sabab boʼladi. Katta oʼtish qarshiligining oldini olish uchun uchun sim va kabellarni ulash joylarini, apparatlarni kontakt qismlarini mustahkamligini (bolьtli, kavsharlash, payvandlash, presslash, qisqichlar orqali) taʼminlash; zang, qurum bosgan kontaktlarni tozalash; alyumin va mis tolali simlarni ulashda maxsus qisqichlar qoʼllash; mis, latun, bronzadan boʼlgan kontaktlarni oksidlanishdan saqlash uchun ularning ustki qismi yupqa simob, kumush bilan qoplash; sim tolalarini ulash joylarini atrof muhit taʼsiridan himoyalash uchun izolyatsiyalash; kuygan kontaktlarni almashtirish va h.z. Bundan tashqari ekspluatatsiya qilish jarayonida ulangan joylarni (kontaktlarni) doimiy nazorati qilib turish lozim
Do'stlaringiz bilan baham: |