(25-rasm).
25-rasm
. Klotoida.
O`tish egri chizig`i burilish burchagi ichiga joylashgan bo`lib, asosiy
burilish chizig`iga nisbatan ichkariga siljigan bo`ladi
(26-rasm).
Bu chiziqni
qurishda asosiy burilish chizig`i faqat α=2β burchagi ichida o`z xolatini
saqlab qoladi. Bunda β – o`tish egri chizig`i boshlanish va ohirgi nuqtalari
orqali o`tkazilgan urinma chiziqlar xosil qilgan burchak.
26-rasmga
asosan
α>2β bo`lgan sharoitda o`tish egri chizig`ini joylashtirish mumkin.
Egrilik radiusi o`zi xosil qilgan yoy uzunligi Sga teskari nisbatda bo`ladi,
ya`ni:
ρ=C/S
C – doimiy-klotoid ko`rsatgichi.
S – klotoid boshidan undagi berilgan nuqtagacha bo`lgan uzunlik.
O`zgaruvchan egrilik uzunligi, quyidagi ibora bilan topiladi:
L= υ
3
/RJ
bunda: J – markazdan qochma tezlanishning ortish tezligi (O`zbekistonda J=0,8
m/s
3
qilib olingan).
26-rasm
. O`tkinchi egrilikni qilinayotgan egrilik bilan joylashtirish
chizmasi.
6. Tog‘dagi ilon izi yo‘llar (Serpantin), yo‘llardagi ko‘rinish sharoitlari.
Tog`li joylarda juda qiyin shaklli, ya`ni zarur nishoblik, alohida ko`rinish,
katta burchakli burilishlarga ega bo`lgan tik ko`tarilish va nishoblikka ega bo`lgan
uzoq masofali yo`llar quriladi. Yo`llarning bunday qismiga
«Serpantin»li yo`llar
deb ataladi
(27-rasm).
Serpantinli yo`llar burilish burchaklari juda katta bo`lganligi uchun egri
chiziq uning ichiga emas, balki tashkarisiga joylashtiriladi. Asosan ikki turdagi
serpantinlar mavjud:
1 – Ularda yordamchi egri chiziq o`zining qabariq qismi bilan har tomonga
qaragan bo`ladi. Ular mutannosib va nomutannosib (simmetrik va akssimmetrik)
bo`lishi mumkin.
2 – Ularda yordamchi egri chiziq o`zining qabariq qismi bilan bir tomonga
qaragan bo`ladi. Ular to`la serpantinli, ya`ni asosiy burilish chizig`i burilish
burchagiga nisbatan siljigan bo`lishi mumkin. SHuningdek yarim serpantinli, ya`ni
asosiy burilish chizig`i burilish burchagi tomonidan biriga tik chiziq bo`ylab
joylashgan bo`ladi.
27-rasm
. O`tkinchi egri chiziqli simmetrik serpantin.
To`la serpantin quyidagi asosiy qismlardan iborat: asosiy egri chiziq S,
uning radiusi R, markaziy burchak γ, serpantinlar burchagi α, yordamchi burilish
radiusi r, asosiy va urinma burilishlar orasidagi kesma uzunligi m, yordamchi
burilish burchagi β, serpantin bo`g`izi Z (serpantinning eng kichik joyidagi o`qlari
orasidagi masofa), tangenslar T.
Bu ko`rsatkichlar hududning me`yoriy, topografiya, geologiya va
gidrologiya shartlari bo`yicha tanlab olinadi.
Serpantinlarni loyihalash ularning qismlarini hisoblash va hududda yo`l
ko`tarmasini joylashtirish imkonini tekshirishdan iborat bo`ladi. Yo`l ko`tarmasini
loyihalashda uni turg`unligiga va transport vositalari harakatlanishi uchun qulaylik
yaratishga alohida e`tibor beriladi.
Davlat standarti (SNiP II-D. 5-72)da serpantin qismlarini loyihalash
me`yoriy ko`rsatkichlari berilgan. Loyihachi va quruvchilarning ishini
osonlashtirish maqsadida serpantinlarni hisoblash va joylashtirish uchun mahsus
jadvallar qilingan.
Avtomobil yo`llarida harakat havfsizligini ta’minlash shartlaridan biri uning
ko`ndalang kesimi bo`yicha ko`rinishni yaxshilashdan iborat. Agar yengil
avtomobil haydovchisining ko`rish nuri qatnov qismi yuzasidan 1,2 m balandda
joylashgan bo`lib avtomobil yo`lning eng chetki bo`lagida qatnov qismi chetidan
1,5 m masofada harakatlanayotgan bo`lsa, yo`l transport hodisasini oldini olish
maqsadida avtomobilni to`xtatish yoki aylanib o`tish imkoniyatidagi masofada
xavf-hatarni ko`ra olsa, hisoblangan ko`rish masofasi ta’minlangan bo`ladi.
Hisoblangan ko`rinish masofasi avtomobil yo`llari toifasini hisobga olgan xolda
quyidagicha belgilanadi.
Ko`rsatkichlar
Yo`l toifasi
I
II
III
IV
V
Hisoblangan tezlik, km/soat
150
120
100
80
60
Hisoblangan ko`rinish masofasi, m
-yo`l yuzasini
250
175
140
100
75
- qarama-qarshi avtomobilni
-
350
280
200
150
28-rasm
. Avtomobil yo`llaridagi kesishma va qo`shilishlardagi ko`rinishni
ta’minlovchi shakl.
Do'stlaringiz bilan baham: |