Qor kam yog`adigan va sirpanchiq davri kam bo`lgan hududlarda qatnov
qismining virajdagi nishobligini 100 ‰ gacha olishga ruhsat etiladi. Nishobligi
100 ‰ dan yuqori bo`lgan virajlar odatda tavsiya etilmaydi.
CHunki ular
hisoblangan tezlik bilan yuradigan avtomobillar uchun noqulay hisoblanib ularni
nishoblikda surilib ketishiga sharoit tug`iladi.
Zamonaviy yo`llarda viraj nishobligi 60 ‰ dan ortmasligi kerak
(6-jadval).
6-jadval.
Rejadagi burilish radiusi,
m
Qatnov qismining virajdagi nishobligi, ‰
Eng ko`p tarqalgan
odatdagi hududlarda
Sirpanchiq davri ko`p
bo`lgan hududlarda
3000 va undan ko`p
bo`lgan I toifali yo`llar
uchun
Ikki tomonlama ko`ndalang shaklda
2000 va undan ko`p
bo`lgan qolgan yo`llar
uchun
Ikki tomonlama ko`ndalang shaklda
3000 (2000) dan 1000
gacha
20-30
20-30
1000 dan 700 gacha
30-40
30-40
700 dan 650 gacha
40-50
40
650 dan 600 gacha
50-60
40
< 600
60
40
Marzalarning nishobligi yo`l qatnov qismining nishobligi bilan bir xil
qilinadi. Yo`l qatnov qismining ikki tomonlama
nishobligidan virajning bir
tomonlama nishobligiga o`tish qismi butun viraj bo`ylab bir tekislikda qilinishi
zarur. Bu joyni virajning o`tish qismi (otgon) deb yuritiladi. Uning uzunligi
ko`ndalang nishoblikka bog`liq bo`lib 10-30 m atrofida olinadi.
Radiusi 1000 m dan kam bo`lgan yo`lning egri
joylarida qatnov qismining
ichki tomoni marza hisobiga kengaytiriladi. Lekin marza kengligi I, II, III toifali
yo`llarda 1,5 metrdan, qolgan yo`llarda esa 1 metrdan kam bo`lmasligi kerak.
Tog`li yo`llarda yo`l qatnov qismi egrilikning
tashqi tomoni hisobiga
kengaytiriladi To`rt va undan ortiq harakat bo`laklariga ega bo`lgan yo`llarda
qatnov qismi kengaytirilishi hisobiga bo`laklar soni ortadi.
Asosiy aylanma egriliklar yoy shaklida bo`ladi. Yo`lning to`g`ri qismidan
egri qismiga o`tish ma`lum bir masofada bir tekisda amalga oshiriladi. Avtomobil
harakatining shakli aylanma egirlikka yaqinlashganda egrilik shaklini olib uning
radiusi cheksizlikdan yo`l
egriligi radiusiga kamayishi, undan chiqayotganda esa
kattalashishi kerak. Agar avtomobil to`g`ri yo`ldan egri joyga birdaniga o`tsa,
qisqa vaqt ichida markazdan qochma kuch juda havfli darajaga ko`tarilib
avtomobilni yon tomonga surishi yoki ag`darib yuborishi mumkin. Harakat
xavfsizligini ta’minlash uchun kichik radiusli burilishlarda
hisoblangan yuqori
tezlik bilan harakatni tashkil etish maqsadida burilishning har ikkala tomoniga
o`tish egri chiziqlari qilinadi. Ularning radiuslari o`zgaruvchan bo`ladi. O`tkinchi
egri chiziqlar burilish radiusi 2000 m.dan ortiq bo`lmagan sharoitda qilinadi.
O`tish egri chiziq radiusi uning boshlanishida nolga,
uning ohirida esa
burilish radiusi R ga teng bo`ladi.
Demak, o`tish egrilik chizig`i uzunligi L:
L=C/R
bu yerda: S – doimiy son, o`tish egrilik chizig`ining birligi.
Shunday qilib o`tish egrilik chizig`i quyidagi talablarga javob berishi kerak:
O`tish egri chizig`ining radiusi uning boshlanishi yoki to`g`ri harakatni
ohirida cheksizlikka teng bo`lishi va asta sekin kamayib burilish radiusiga
yaqinlashishi kerak, bunday kamayish asta-sekinlik
bilan amalga oshiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: