Uzun kun o`simliklari;
Qisqa kun o`simliklari
Neytral o`simliklarga bo`linadi.
Neytral o'simliklaming gullashi kun uzunligiga bog'liq emas. Odam o'simliklarda fotoperiodizm qonuniyatlarini o'rganib uni
o'zining amaliy maqsadlarida keng foydalanmoqda. Issiqxonalarda sab-
zavot va gullarni yil davomida o'stirish keng yo'lga qo'yilgan.
Bioritm hodisasining o`simliklar hayotida ahamiyati juda katta. Masalan,
fotoperiodizm asosida o'simlik va hayvonlarda evolutsiya
davomida maxsus davriy takrorlanib tumvchi biologik ritmlar paydo bo'lgan.
Biologik ritmlar — biologik jarayonlar jadalligining davriy takrorlanuvchi
o'zgarishidir. Biologik ritmlar kecha-kunduz, mavsumiy va yillik bo'lishi
mumkin. Masalan, kecha-kunduz bioritmlariga o'simliklarda sutka davrida
fotosintezning o'zgarishini, ya’ni kunduz kuni fotosintez jarayonida karbonat angidridni bilan suvdan yorug`lik ta’sirida organic modda hosil qilib, kislorod ajratib chiqarsa, kechasi fotosintez natijasida hosil bo`lgan moddalar ikkilamchi moddalarga aylanadi. Ayrim o`simliklar gullari kunduzi ochilsa, ayrimlari kechasi ochiladi va boshqalar. Ayrim o`simliklarda, ayniqsa poliz ekinlarda o`simlik hujayrasining bo`linishi kechasi tezlashishini kuzatish mumkin. Bioritmlar irsi
yatga bog'liq reaksiyalar bo'lganligi tufayli insonning mehnati va dam olish rejimini to'g'ri uyushtirish uchun uning mexanimzlarini yaxshi bilish lozim.
Tabiatda barcha tirik organizmlarda ekologik omillar ta’sirida mavzumiy fenologik o`zgarishlar yuzaga keladi. Mavsumiy o`zgarishlar biologik ritmlarga misol bo`lib, asosan o`simliklarda fasllar bo`yicha o`zgarishlar aniqroq kuzatiladi. O`simliklarda yorug` kun uzunligiga bog`liq ravishda ham jarayonlar, o`zgarishlar yuzaga keladi. Masalan, fotoperiodizm hodisasi, hazonrezgilik hodisalari.
Tabiatda uchraydigan o`simliklarning 2500 dan ortiq turi insonlar tomonidan foydalaniladi. Ularning ko`pchiligi madaniylashtirilgan. Bularga bug`doy, arpa, sholi, jo`xori, olma, uzum, nok, piyoz, sabzi va boshqalar kiradi. Insonlar tomonidan foydalaniladigan madaniy o`simliklarning umumiy soni 2,5 ming yoki, Yer yuzidagi o`simliklarning 10 % ni tashkil etadi. Inson hayoti uchun oziq-ovqat manbaini hosil qilishda 20 ta o`simlik turi va ularning yuzlab navlari qatnashadi. Ularga bug`doy, sholi, no`xat, qovun, tariq, paxta, uzum, kartoshka, olma va boshqalar kiradi, Yer yuzidagi 6,5 mlrd. aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun har yili 1,2-1,2 mlrd tonna g`alla kerak. Insonning och qolmasligi uchun esa har bir odam hisobiga 0,6 ga yerga ekin ekib, hosil olish kerak.
Muayyan o`simlikning uzoq filogenez tarixi mobaynida qaror topgan hamma irsiy hususiyatlari ontogenezda ko`rinadi. O`simlikning morfologik va anatomik strukturasi va belgilari bo`lsin, muayyan modda almashinish tipi bo`lsin, o`simlik rivojlanib, o`sa oladigan keng yoki tor doiradagi tashqi sharoit kompleksi bo`lsin barchasi o`sha irsiy xususiyatlariga bog`liq.
Irsiyat tufayli paydo bo`lgan xossa va belgilarning yuzaga chiqa olishi va darajasi organizmning ichki xususiyatlarigagina emas, balki, u rivojlanayotgan tashqi muhit sharoitga bog`liqdir.
Gulli o’simliklarning hayotiy shakllari haqida umumiy tushuncha
O’simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda moslanishiga hayotiy shakl deyiladi. Gulli o’simliklar hayotiy shakllariga ko’ra daraxt, buta, yarim buta, bir yillik va ko’p yillik o’tlarga bo’linadi.
Daraxtlar - tanasi yog’ochlashgan, asosan bitta yo’g’on tanasi, baquvvat ildizi va keng shox-shabbali, baland bo’yli ko’p yillik o’simliklardir. Daraxtlar bo’yiga qarab uch guruhga
35 m dan baland (chinor, terak, qora qayin, qarag’ay).
25-35m (qayrag’och, yong’oq, oq qayin, tol, qatrong’i).
25 m gacha (zarang, chetan, shotut va boshqalar) bo’linadi.
Mevali daraxtlar ham shakliga ko’ra uch guruxga
1. Shox-shabbasi ko’p baland bo’lib o’sadigan nok, gilos, yong’oq, olmaning ayrim navlari.
2. Tanasi ko’rimsiz, ildiz bachkilaridan ham ko’payadigan bo’yi past (shaftoli, olmaning pakana xillari, olcha va olxo’rining ayrim turlari.
3.Birinchi va ikkinchi guruh oralig’idagi o’rta bo’yli daraxtlar (olma va o’rikning ko’pchilik xillari va navlari, nok, olchaning ayrim turlari) ga bo’linadi.
Bular guli, mevasi, to’pguli, poyasining eni bo’yi, shox-shabbasi va barglari bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, olma, o’rik, yong’oq va shaftolining shox-shabbasi yoyiq, qarag’ay va terakniki g’uj va tik, sada qayrag’ochniki sharsimon bo’ladi.
O`simliklarni yashovchanligi turning irsiy xusuiyatlariga, ekologik muhitga, tashqi ta’sirga bog`liq. Bir hujayrali o`simliklar juda qisqa vaqt ichida o`z hayotini bo`linib, yangi hujayra hosil qilish milan tamomlaydi. Ko`pgina o`simliklar esa (efimer va efimeroidlar) o`zini hayotini juda tez tugatadi. Efimerlar o`sining hayotini urug`lar orqali yakunlasa, efimeroidlar tugunak va piyozboshlardagi yashirin kurtaklarida tinim davrini o`tkazadi. Ko`pgina buta va daraxtlar uzoq muddat yashaydi. Daraxtlar o`z yoki ko’p yil yashashiga ko’ra turli xil bo’ladi. Masalan, Afrikada o’sadigan baobob daraxti 4000-5000 yil, archa, savr 1000 yil, sohta kashtan 2000 yil, chinor 800 yil, o’rik va yong’oq 70-100 yil yashashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |