Mavqei alohida o‘rin egallaydi


bozorga kirib olish narxi



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/324
Sana08.01.2022
Hajmi5,3 Mb.
#333959
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   324
Bog'liq
2499-Текст статьи-7151-1-10-20200711

bozorga kirib olish narxi
 yoki 
demping narx
 
deb ataladi. 
Bu narx raqibni sindirishga qaratilganligidan davlat uni ta’qiqlaydi, shu sababli 
firmalar  uni  yashirin  qo‘llaydilar  va  bu  ish  rasmiy  narxning  bir  qismini  kechib 
yuborish shaklida bo‘ladi. 
Korxona  mahsulotiga  o‘rnatiladigan  baho  darajasini  belgilashda  tadbirkorlar 
o‘zaro  bog‘liqlikda  amal  qiluvchi  baholar  tizimi  va  ularning  turlarini  yaxshi  bilishi 
kerak.  
Baholar  tizimini  ularning  ma’lum  bir  xususiyatlariga  muvofiq  turkumlarga 
ajratish qabul qilingan. 
Tovar aylanmasi va xizmat ko‘rsatish (ish bajarish) hajmiga ko‘ra: 

 
ishlab  chiqarish  bahosi  –  ishlab  chiqaruvchi  tomonidan  katta  hajmdagi 
mahsulotlarni buyurtma bo‘yicha korxonalarga va ulgurji savdo tashkilotlariga sotish 
narxlaridan tashkil topadi. Bu baho mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi va uni sotish 
bilan boG‘liq (shu jumladan, tegishli boshqaruv xarajatlari) davr xarajatlariga tegishli 
foyda miqdorini qo‘shib hisoblanadi; 

 
ulgurji  baholar  –  ulgurji  savdo  korxonalari  tomonidan  chakana  savdo  bilan 
shug‘ullanuvchilarga yoki boshqa korxonalarga yirik miqdordagi mahsulotlarni sotish 
narxlaridan  iborat  bo‘ladi.  Ulgurji  baho  ishlab  chiqarish  bahosiga  savdo 
korxonasining barcha muomala xarajatlarini hamda tegishli foyda miqdorini qo‘shib 
belgilanadi;  

 
chakana  baholar  –  sotuvchi  tomonidan  mahsulotlarni  chakana  savdo 
tarmog‘i orqali kichik miqdorlarda yoki donalab (kilolab, grammlab, litrlab, metrlab 
va hokazo) sotish narxlaridan tashkil topadi. Bu baho ulgurji bahoga chakana savdo 
korxonasining barcha muomala xarajatlarini hamda tegishli foyda miqdorini qo‘shib 
belgilanadi;  

 
xarid  baholari  –  davlat  ehtiyojlari  uchun  xarid  qilinadigan  mahsulotlarga 
davlat tomonidan o‘rnatiladigan narx;  


 
 
228 

 
qurilish ishlari baholari: 
-
 
smeta  qiymati  –  muayyan  bir  ob’ektni  qurishga  ketadigan  chegaraviy 
xarajatlar qiymati; 
-
 
pereyskurant  bahosi  –  qurilish  ob’ekti  yakuniy  mahsuloti  bir  birligining  (1 
kv. metr turar joy, 1 kv. metr foydali joy) o‘rtacha smeta qiymati; 

 
maishiy  xizmatlar  baholari  va  tariflari  –  aholiga  ko‘rsatiladigan  maishiy 
xizmatlarga o‘rnatiladi; 

 
yuk  va  yo‘lovchi  transporti  tariflari  –  transport  korxonalari  tomonidan  yuk 
Yoki yo‘lovchilar tashiganlik uchun to‘lov sifatida o‘rnatiladi.  
Davlat tomonidan tartibga solinishi yoki erkinligi darajasiga ko‘ra: 

 
erkin baholar – ishlab chiqaruvchi va xaridor o‘rtasida o‘zaro manfaatdorlik 
asosida talab va taklifdan kelib chiqib o‘rnatiladi; 

 
tartibga  solinadigan  baholar  –  asosan  talab  va  taklifdan  kelib  chiqib 
o‘rnatiladigan,  ammo,  o‘sish  sur’atlari  Yoki  quyi  va  yuqori  chegaralari  davlat 
tomonidan tartibga solinadigan baholarni o‘z ichiga oladi (aholi iste’moli uchun zarur 
bo‘lgan un, shakar va o‘simlik yog‘i kabi mahsulotlar baholari); 

 
qat’iy  o‘rnatiladigan  baholar  –  davlat  tomonidan  ayrim  turdagi  muhim 
ahamiyatga  ega  bo‘lgan  mahsulotlarga  nisbatan  qat’iy  belgilanadigan  baholardan 
iborat bo‘ladi  (strategik  ahamiyatga  ega bo‘lgan  neft  mahsulotlari,  mineral o‘G‘itlar 
va boshqa resurslar baholari); 

 
kafolatlangan  baholar  –  mahsulotning  bozor  bahosi  uning  tannarxini 
qoplamaydigan  holatlarda  ayrim  toifadagi  ishlab  chiqaruvchilarni  himoyalash 
maqsadida mahsulotni minimal daromad ko‘rishga imkon beradigan baholarda davlat 
zaxiralari  uchun  sotib  olish  narxlaridan  tashkil  topadi  (fermerlardan  G‘alla  Yoki 
paxtani tegishli foydalilikni ta’minlaydigan baholarda davlat ehtiYojlari uchun sotib 
olish). 
Asoslanishi nuqtai-nazaridan: 

 
bazis  bahosi  –  xaridor  va  sotuvchi  o‘rtasidagi  muzokaralar  vositasida 
o‘rnatilib,  muayyan  miqdor  va  sifatdagi  (sortdagi)  mahsulotlarni  ma’lum  bir 
muddatlarda  yetkazib  berish  shartlaridan  kelib  chiqib  belgilanadi.  Unga  binoan, 
haqiqatda  yetkazib  berilgan  mahsulot  miqdori,  sifati  (sorti)  va  muddatlari 
shartnomada belgilanganidan farqlansa, bazis bahosiga nisbatan ma’lum bir chegirma 
Yoki ustamalar ko‘zda tutilishi mumkin; 

 
haqiqiy  baho  –  bazis  bahoga  nisbatan  turli  ustama  Yoki  chegirmalar 
qo‘llanilgandan keyingi haqiqiy bitim bahosi;  

 
ma’lumot  beradigan  baholar  –  kataloglar,  jurnallar,  gazetalar,  bukletlar, 
preyskurantlar  va  boshqa  savdo  xabarnomalarida  chop  etiladigan  hamda 
mutaxassislar  tomonidan  shu  turdagi  tovarlarga  narx  belgilashda  mo‘ljal  bo‘lib 
xizmat qiladigan baholarni anglatadi; 

 
preyskurant baholari – ma’lumot beradigan baho turlaridan biri bo‘lib, ishlab 
chiqaruvchi  korxonaning  Yoki  sotuvchi  firmaning  chop  etiladigan  preyskurantlarida 
aks ettiriladi; 

 
taqqoslama baholar – bir necha yillar davomida mahsulot ishlab chiqarish va 
sotish  dinamikasini  aniqlash  hamda  ularni  taqqoslama  holda  solishtirish  maqsadida 


 
 
229 
qo‘llaniladi (davlat tomonidan statistik hisobot shakllari uchun o‘rnatiladi). 
Amal qilish muddati bo‘yicha: 

 
doimiy  (qat’iy)  baholar  –  mahsulotni  yetkazib  berish  shartnomasi  amal 
qiladigan davr mobaynida o‘zgarmaydi; 

 
joriy  baholar  –  aynan  mahsulot  sotilaYotgan  davrda  amal  qilaYotgan 
baholar  darajasini  ifodalaydi  va  bozor  kon’yukturasiga  qarab  o‘zgarib  turishi 
mumkin; 

 
mavsumiy baholar – yilning ma’lum bir davri uchun o‘rnatiladigan baholar 
darajasi  (masalan,  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlariga  yilning  turli  mavsumlarida 
turlicha baho o‘rnatiladi); 

 
o‘zgaruvchi  baholar  –  bozordagi  talab  va  taklif  muvozanati  hamda 
inflyatsiya  darajasidan  kelib  chiqib  o‘sib  Yoki  kamayib  borish  xususiyatga  ega. 
Bunda  sotuvchi  va  xaridor  kelishuviga  asosan  bazis  bahosi  o‘rnatilib,  turli  omillar 
ta’sirida  bahoda  yuz  berishi  mumkin  bo‘lgan  o‘zgarishlar  shartnomada  kelishib 
olinadi. 
Oldi-sotdi shartnomasi kelishuviga ko‘ra: 

 
shartnoma  (faktura)  bahosi  –  shartnomada  belgilangan  mahsulotni  yetkazib 
berish  shartlaridan  kelib  chiqib  sotuvchi  va  xaridor  o‘rtasida  kelishuv  asosida 
o‘rnatiladi va uning quyidagi turlari mavjud: 
-
 
SIF  (qiymat,  sug‘urta,  fraxt  -  yukni  tashish  haqi)  –  sotuvchi  yuk  tashuvchi 
transport  vositasini  Yollash,  ma’lum  bir  joygacha  yukni  tashish  xarajatlarini  to‘lash 
va  uni  buzilish  hamda  yo‘qotishlardan  suG‘urtalash  xarajatlarini  o‘z  hisobidan 
amalga  oshiradi,  xaridor  esa  belgilangan  chegarada  bojxona  to‘lovlarini  to‘lash  va 
yukni o‘z omboriga tashish bilan boG‘liq xarajatlarni bo‘yniga oladi; 
-
 
FOB (bortda erkin) – sotuvchi o‘z hisobidan tovarni yuk kemasi bortigacha 
eltish, suG‘urtalash, bojxona to‘lovlarini to‘lash va yuklash bilan boG‘liq xarajatlarni 
amalga oshiradi, xaridor esa kemani Yollash, yukni kemada tashish va suG‘urtalash 
xarajatlarini o‘z bo‘yniga oladi; 
-
 
FOR  (relsda  erkin)  –  sotuvchi  o‘z  hisobidan  tovarni  temir  yo‘l 
stansiyasigacha  eltish,  suG‘urtalash  va  vagonga  yuklash  bilan  boG‘liq  xarajatlarni 
amalga oshiradi, xaridor esa undan keyingi xarajatlarini o‘z bo‘yniga oladi;  
-
 
Franko – sotuvchi o‘z hisobidan tovarni yuklash, kelishilgan joygacha eltish, 
sug‘urtalash va bojxona to‘lovlarini to‘lash bilan boG‘liq barcha xarajatlarni amalga 
oshiradi va ular mahsulot bahosiga qo‘shiladi.  
Tadbirkorlar  baholarning  turlarini  chuqur  tahlil  etish  orqali  bozor 
kon’yukturasi  va  xaridor  bilan  tuzilayotgan  oldi-sotdi  shartnomasining 
xususiyatlaridan kelib chiqib o‘zining baho siyosatini belgilashi lozim. 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish