223
mahsulot turiga ko‘ra farqlanadi. Bahoning turlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq
bo‘lib, ular yagona tizimni tashkil etadi. Mazkur tizimning muhim elementlari
quyidagilardir:
ulgurji baholar
. Ular firmalar o‘z mahsulotlarini katta hajmda boshqa
firmalarga yoki vositachilarga va ulgurji savdo tashkilotlariga sotayotganlirida
qo‘llaniladi. Ulgurji baho korxonalarga ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashni,
zarur foyda olishni ta’minlanishi zarur;
chakana baholar.
Ulardan tovarlarni bevosita iste’molchilarga
sotishda foydalaniladi. Bu baholarga davlat savdosi, xususiy shaxsiy mulk
egalari do‘konlari va bozorda yuzaga kelayotgan baholar kiradi. Chakana baho
darajasi aholining peal daromadlari bilan belgilanadi.
xarid baholari
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat tomonidan
sotib olinishida ishlatiladi.
dunyo baholari
xalqaro savdo munosabatlarida qo‘llaniladi.
Baholar tovar ishlab chiqarishning rivojlanishiga o‘z vazifalari orqali ta’sir
etadi. Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijlimoiy zarur mehnat sarfiga
keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi bahoni hosil qiladi.
Bozorda sotuvchi bilan xaridor o‘rtasidagi iqtisodiy munosabat bo‘lganidan
narxning shakllanishida har ikki tomon ishtirok etadi. Xaridor deganda, biz tovar
va xizmatlarni iste’mol etuvchilar - fuqarolar, ishlab chiqarishni yurgizish uchun
resurslarni sotib oluvchi korxonalarni tushunamiz. Baholarning shakllanishida
tovarni ishlab chiqarishdan tortib, iste’molga yetgungacha bo‘lgan mehnat
sarflari ishtirok etadi. Jamiki xarajatlar baho tarkibiga kiradi.
Bahoni shakllantiradigan asosiy omillar esa quyidagicha:
Iqtisodiy xarajat darajasi;
Tovarlarning naflilik darajasi;
Tovarga bo‘lgan talab va uning taklifi;
Raqobat shakllari va usullari;
Tovarni iste’mol qilish vaqti.
Raqobat cheklangan bozorlarda (sof monopoliya, monopolistik raqobat,
oligopoliya) ishlab chiqaruvchilarning o‘rni bozor narxlarini belgilovchi muhim
omillardan hisoblanadi. Monopoliya sharoitida bozorda bir turdagi mahsulotlar
taklif qilinishi sababli baho ustidan to‘liq nazorat amalga oshiriladi. Bu degani
monopolist
ishlab
chiqaruvchilarning
narx
belgilashdagi
hukmronligi,
iste’molchi daromadlari cheklanganligi bilan to‘qnash qiladi. O‘rnini bosuvchi
tovarlarning mavjudligi ham ularning baho belgilashdagi mutlaq imkoniyatini
cheklaydi.
Oligopoliya sharoitida esa alohida ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) bir-
biriga bog‘liq bo‘lganliklari sababli baholarni mustaqil belgilashga botina
olmaydilar. Faqat baho belgilashda yashirincha kelishishlari mumkin.
Bahoning shakllanishini quyidagicha ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: