Matndagi imloviy va ishoraviy xatolarni toping:
Qizning egnida qizil ko‘ylak. Mag‘rur, sochlari pala-partish turmaklangan; jilovni viqor bilan ushlab olgan. Ona har zamon qiziga nazar tashlaydi va yana boshini ham qilib oyoq sudraydi. No‘xta qayishi tarang tortiladi. Osmon tag‘in xo‘mrayadi. Qora bulutlar quyoshni yashirishadi; quyosh mitti xira sharcha singari tus olib, nur ham sochmay qoladi, ammo tekislik ilgarigidek oppoq yiltiraydi. To‘riq ot. Ora-sira qiz uni oldinga niqtaydi. Ona etolmay, egilgancha izlaridan shoshadi. Ular tobora oldinga – g‘arbga ketishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |