Matndagi imloviy va ishoraviy xatolarni toping:
Bu odatdagi ko‘rik edi, biroq endi qizimning buyragida kasallik paydo bo‘lgandi. Siydik chiqarish kanalidagi asab tolasi qurib qolgan va maktabda ham siydik to‘plovchi apparat olib yurishiga to‘g‘ri kelardi. Undan tashqari rivojlanmagan oyoqlar tanani ko‘tarib turolmas, boshqa organlar ham yaxshi ishlamasdi. Bolam o‘sgan sayin dard ham kattalashardi. Ha, bu og‘riqlarga chidash qizim uchun naq azobning o‘zginasi. Vaqti-vaqti bilan Tokioga kelgan paytlarimda o‘z zurriyodimni ko‘rish istagi tug‘iladi. Qizim esa tanasini sudrab, arang uchrashuvga chiqadi. Shunda men hammasini xotinimga tashlab, yana toqqa qochib ketaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |