Matndagi imloviy va ishoraviy xatolarni toping:
Kimsasiz so‘qmoq. Qiz va ot qayoqqa yo‘qolishdi? Yuragim taka–puka bo‘layozdi. Yalang‘och tilog‘ochzor tugab, oqqarag‘aylar egallagan tepalikka chiqdim. Ko‘z o‘ngimda yalanglik namoyon bo‘ldi. Ana ular. Ot va odam. Lekin... u erda odam bitta emas! Xayolimda qad ko‘targan qizcha ot ustida ketyapti. Otni esa onasi etaklab bormoqda. Qizi otda, onasi piyoda. Oppoq sayhonlikda ikki haykal – oq qog‘ozdagi xira qora-qizil tasvir. Nafas chiqarmay qotib qoldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |