«materialshunoslik»



Download 4,24 Mb.
bet62/120
Sana29.12.2021
Hajmi4,24 Mb.
#79439
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   120
Bog'liq
Oy

Kostyumlik gazlamar. Kostyumlik kamvol gazlamalar polotno, reps, satin, sarja, krep o’rilishlarda, rogojka o’rilishda va har xil aralash o’rilishlarda to’qiladi. Ularning tandasi va arqog’iga ikki qavatli 19 teksli - ikki qavatli 42 teksli pishitilgan kalava ip yoki arqog’iga 19-42teksli yakka ip ishlatiladi. CHiziqli to’ldirilganligi 80-100 foiz, ba’zi artikullarida 150 foiz gacha; eni odatda142 sm bo’ladi. Ba’zi artikullardagi gazlamalarning eni 124, 136, va 152 sm bo’ladi. 1 kv.

m. gazlamaning vazni 180-400 gramm. Sof jun (artikulning 13 foizchasi), yarim jun kostyumlik kamvol gazlamalar ishlab chiqariladi. YArim jun kostyumlik gazlamalar tarkibida 15-80 foiz jun bo’ladi. YArim jun kostyumlik gazlamalar assortimentining katta qismini shtapel lavsan yoki viskoza tolalar qo’shilgan jun gazlamalar tashkil qiladi. SHtapel kapronli (10 foiz gacha) gazlamalar, tandasi paxta kalava ipdan bo’lgan gazlamalar hamda viskoza yoki kapron ip qo’shib pishitilgan aralash junli kalava ipdan to’qilgan gazlamalar ham ishlab chiqariladi.

Bu gurux tarkibiga uch xil tola: jun, lavsan va viskoza tolalar yoki jun, nitron va viskoza tolalar kiradigan gazlamalar salmog’i uncha katta emas.

Sof jun gazlamalar ikki kavatli 30,3 teks, ikki kavatli 24 teks, ikki kavatli 22,2 teks, ikki kavatli 19,2 teksli sof jun kalava ipdan sarja, krep va har xil aralash o’rilishlardan to’qiladi. Ba’zi hollarda kalava ipga 2-8 foiz kapron iplar qo’shib pishitiladi. Bular asosan 1 kv. m. uning vazni 260-340 gramm bo’lgan qalin gazlamalardir.

Lavsanli yarim jun gazlamalar asosan chiziqiy zichligi ikki qavatli 22,2 teks, ba’zan 31,2 teks, ikki qavatli 30,3 teks, ikki qavatli 29,4 teks, ikki qavatli 25 teks va ikki qavatli 23,8 teksli kalav iplardan aralash, polotno, krep-satin,sarja o’rilishlarda va rogojka o’rilishda to’qiladi. Tarkibida 40 foiz jun bo’lgan gazlamalarda ko’pincha 16,6 teksli kompleks viskoza iplar yoki 2,22 teksli profillangan kompleks kapron iplar ishlatiladi. Tarkibida 60 foiz lavsan bo’lgan aralash jun kalava ipdan ham gazlamalar to’qiladi. Lavsanli yarim jun gazlamalar 1 kv. m. uning vazni 180-300 gramm.

Viskoza tolali yarim jun gazlamalar aralashmalarining tarkibi jihatidan eng xilma-xildir. Ularning assortimentida tarkibida 50-70 foiz jun va 50-30 foiz viskoza shtapel tola bo’lgan aralash gazlamalar ko’proq. Tarkibiga 16,6 teksli kompleks viskoza iplar yoki chiziqiy zichligi 16,5, 6,66, 2,22 teksli kapron iplar qo’shilgan gazlamalar ham ishlab chiqariladi. Ba’zi gazlamalar tarkibida viskoza iplar ham, kapron ip ham bo’ladi. Ba’zi artikullarning to’zishga chidamliligini oshirish uchun ularning aralashmalari tarkibiga 10 foiz gacha kapron shtapel tolalar qo’shiladi. Viskoza tolali gazlamalar chiziqiy zichligi katta (35,7, 31,2, 25 teks) yoki o’rtacha (ikki qavatli 22,2 teks) bo’lgan kalava ipdan asosan aralash va sarja o’rilishlarda, shuningdek, krep, polotno, rogojka o’rilishlarda to’qiladi. 1 kv. m. gazlamaning vazni 210-340 gramm.

Nitronli yarim jun gazlamalar tarkibi 50 - 55 foiz jun, qolgani nitron toladan iborat bo’ladi. Bunday gazlamalar ikki qavatli 22,2 teksli kalava ipdan asosan aralash va sarja o’rilishlarda, shuningdek, krep va rogojka o’rilishda to’qiladi. 1 kv. m. gazlamaning vazni 200-257 gramm.

Lavsanli va viskozali yarim jun gazlamalar tarkibida 40 foiz jun, 30 foiz lavsan va 30 foiz shtapel bo’ladi. Ularning chiziqiy zichligi ikki qavatli 22,2 teks bo’lgan kalava ipdan aralash va krep o’rilishlarda to’qiladi. 1 kv. m. gazlamaning vazni 230-300 gramm.

Viskozali va nitronli yarim jun gazlamalar tuzilishi lavsanli gazlamalar tuzilishiga o’xshaydi, lekin tarkibi 30 foiz jun, 30 foiz nitron va 40 foiz shtapel bo’ladi. 1 kv. m. gazlamaning vazni 240-285 gramm.

Paxta kalava ipli gazlamalar eng kam ishlab chiqariladi. Ular 41,6 teksli paxta kalava ip qo’shgan holda sarja o’rilishda to’qiladi. 1 kv. m. gazlamaning vazni 306-310 gramm.

Kostyumlik kamvol gazlamalarning asosiy tiplari - sidirg’a gazlamalar: bostonlar, sheviotlar, kreplar va asosan guldor triko.

Kostyumlik gazlamalarning texnologik xossalari ularning texnologik tola tarkibi va tuzilishiga bog’lik. Bunday gazlamalarni tikish uchun 110-120 nomerli ignalar, 40-nomerli g’altak iplar ishlatiladi. Ayniqsa, sintetik tolali gazlamalarga namlik-issiqlik ishlovi berishda ehtiyot bo’lish kerak.

Boston - sidirg’a, sof jun gazlama; ikki qavatli 31,3 teksli pishitilgan kalava ipdan sarja o’rishdan to’qiladi. U zichligi jihatidan bir tekis gazlama bo’lgani uchun sarja yo’li 45 gradus burchak ostida yotadi. Boston 1203 artikulda ishlab chiqariladi, eni 142 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni 340 gramm, chiziqli to’ldirilganligi 100-110 foiz.

Bostonning kamchiligi shuki, undan tikilgan kostyumni kiyib yurilganda yaltirab qoladi: ishqalanish natijasida jun tolalari sirtida tangachalar sinadi va tushib ketadi. Natijada yaltiroqlik (las) paydo bo’ladi. Oldin bug’lash keyin qattiq cho’tka bilan yoki Osh tuzi, shuningdek, daryo qumi bilan cho’tkalash yo’li bilan yaltiroqlikni ma’lum muddatga yo’qotish mukin. Lekin vaqt o’tishi bilan yaltiroqlik YAna paydo bo’laveradi. Hozirgi vaqtda bostonlar modadan qolgan, ularning o’rniga kreplar ishlatiladi.

Sheviot - sidirg’a, yarim jun gazlama, tandasiga paxta kalava ip ishlatilib, boston tipida to’qiladi. SHeviotlar odatda qora ranga yoki boshqa to’q rangga bo’yaladi. Bostondan dag’alligi va g’ijimlanuvchanligi bilan farq qiladi.

Krep - sidirg’a, qalin gazlama; tandasi va arqog’i pishitilgan kalava ip ishlatilib, aralash o’rilishda to’qiladi. Boston va sheviotdan farqli ravishda kreplarda mayda zich qo’sh yo’llar bo’ladi. Bu yo’llar 75-80 gradus burchak ostida yuqoriga ketadi. Unda 30 gradus burchak ostida ketgan qiya yo’llar ham bo’lishi mumkin. Sof jun kreplar va viskoza yoki lavsan aralashtirilgan yarim jun kreplar ishlab chiqariladi. YArim jun kreplar o’rilish naqshining aniq bilinib turishi va bir oz tovlanishi bilan ajralib turadi. Kreplarning eni 142 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni 285-341 gramm. Kreplar erkaklar va ayollar kostyumlari uchun ishlatiladi.

Triko - kostyumlik gazlamalar ichida eng keng tarqalgan. U reps, sarja va turli aralash o’rilishlarda to’qiladi. Sof jun trikolar va viskoza, ko’pincha, lavsan aralashtirilgan yarim jun trikolar bo’ladi. Triko guldor yoki tandasi rangdor bo’ladi. Sidirg’a trikoda aralash bo’ylama yo’lli o’rilish naqshi bilinib turadi. Bu bilan boston va kreplardan farq qiladi. Uch yoqli kapron aralashtirib to’qilgan triko ham bor. U jimirlab yaltirab turadi. YArim jun triko tarkibida 23-85 foiz jun, 20-60 foiz lavsan bo’ladi. Lavsanli yupqa zich triko, guldor, xiyol bilinadigan yoo’lli yoki katak trikoga extiyoj juda katta.

Kuyida ba’zi kamvol triko va kostyumlik gazlamalarning xarakteristikasi keltirilgan.

«Udarnik» trikosi - aralash o’rilishda to’qilgan zich, og’ir gazlama. Bir oz seziladigan rangli tandalari va relefli yo’llari bo’ladi. Tandasi va arqog’i qayta tarash usulida yigirilgan ikki qavatli 19 teksli pishitilgan kalava ipdan bo’ladi. 1 kv. m. gazlamaning vazni 332 gramm.

Kostyumlik sof jun kamvol gazlamalar «Arktika», «Obelisk» - Mayin, bir oz tukdor gazlamalar; tandasi va arqog’i ikki qavatli 31 teksli pishitilgan kalavadan to’qiladi. «Arktika» gazlamasi - guldor, tandasi rangdor, sarja o’rilishda to’qilgan gazlama. «Obelisk» gazlamasi - guldor, «archasimon» qilib sarja o’rilishda to’q tusda ishlab chiqariladi. Kostyumlik gazlamalarning ko’pchiligi ikki qavatli 25 teksli pishitilgan kalava ipdan to’qiladi. Bular qalin, qayishqoq, kostyumlik sof jun gazlamalardir.

Kostyumlik gazlama «Yujnaya» art. 13218 - tandasi va arqog’iga ikki qavatli 25 teksli ikki rangli pishitilgan kalava ip ishlatib, bo’ylama yo’lli aralash o’rilishda to’qilgan, tandasi rangli yo’lli gazlama. Eni 142 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni 269 gramm.

Kostyumlik gazlama «Malaxit» art. 13236 - sidirg’a bo’yalgan, mayda tik bo’rtmalari bo’lgan diagonal o’rilishdagi gazlama. Tandasi va arqog’iga ikki qavatli 22 teksli kalava ip ishlatilgan. Eni 142 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni 292 gramm.

Kostyumlik gazlama «Giasint» art. 13237 - tandasi va arqog’i ikki qavatli 19 teksli pishitilgan ikki rangli kalava ipdan to’qilgan guldor gazlama. Eni 142 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni 270 gramm.

Kostyumlik gazlama «Polese» art. 13238 - kalava ipining xili va zichligiga ko’ra «Giasint» gazlamasiga o’xshaydi. Bo’ylama bo’rtma yo’lli aralash o’rilishda to’qiladi.

Kostyumlik gazlama «Solyaris» - art. 13242 - guldor, qalin, elastik gazlama. Tandasi va arqog’i ikki qavatli 19 teksli pishitilgan ikki rangli kalava ipdan bo’ylama yo’lli aralash o’rilishda to’qiladi. Eni 142 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni 315 gramm.

Kostyumlik gazlama art. 13144 - ikki qavatli 19 teksli kalava ipdan ikki tomonli murakkab o’rilishda to’qilgan, zich, dag’alroq, qora gazlama; tanda ipiga profillangan kapron qo’shilgani tufayli yaltirab turadi.

Kostyumlik yarim jun kamvol gazlamalar assortimentida sidirg’a gazlamalar asosiy o’rinni egallaydi. Ammo ikki qavatli 22 teksli pishitilgan aralash

jun kalava ipdan har xil mayda gulli o’rilishda to’qiladigan, tarkibi 60 foiz lavsan yoki nitron bo’lgan guldor gazlamalar; kompleks viskoza ip qo’shib pishitilgan kalava ipdan to’qiladigan gazlamalar, shuningdek, tarkibi shunday, lekin tandasi yoki arqog’iga profillangan kapron iplar qo’shib to’qiladigan gazlamalar ham keng tarqalmoqda. Kostyumlik kamvol flanellar - fulerovkali polotno yoki sarja o’rilishdagi sidirg’a bo’yalgan va melanj gazlamalar ham keng tarqalgan.



  1. -Jadval.


Gazlama

tarkibi

Dazmollaydigan sirtning maksimal harorati, 0S

Bosim, kPa

Tutib turish vaqti, s

Nam- lash, foiz

Press-

niki

Dazmol-

niki

Press-

niki

Dazmol-

niki

Press-

niki

Dazmol-

niki

H

arorat bilan puxtalangan kostyumbop gazlamalar

50 foiz lavsan va 50 foiz jun tolali gazlama

150

160

30

10

10-20

30

20-30

50 foiz lavsan, 20 foiz viskoza, 30 foiz jun

140

150

30

10

15-30

40

20-30

Harorat Bilan puxtalanmagan kostyumbo

p gazlamalar

20 foiz gacha lavsan

130-140

140-150

30

10

20-40

50-60

20-30

20 foiz dan ortiq lavsan

120-130

130-140

30

10

20-45

50-70

20-30





Dazmollash paytida taglatta sifatida mayin gazlama (flanel, bumazeya, appretlanmagan mitkal) ishlatish tavsiya qilinadi. Agar taglatta sifatida bortovkadan foydalanilsa, gazlamada bortovka o’rilishining izi qolishi mumkin.

Agar dazmollash paytida gazlamaning rangi aynisa yoki gazlama kirishsa harorat 10-15 0S pasaytiriladi.

Lavsanli gazlamalarni juda xo’llash va qizdirish yaramaydi xarorat bilan puxtalanmagan gazlamalar uchun dazmollash harorati 130-140 0S bo’ladi, harorat yordamida puxtalangan gazlamalar uchun, puxtalanmagan gazlamalarga nisbatan 10-20 0S past buladi.

Hozirda kostyum va ko’ylaklarga nitronli gazlamalar keng ishlatilmoqda. Tarkibida 35-50 foiz nitron tolasi bo’lgan jun gazlamalar uncha g’ijimlanmayd i va kimyoviy reagentlar ta’siriga chidamli bo’ladi; ho’llangan holatda pishiiqligini uncha yo’qotmaydi; ho’llanganda 2 foiz gacha kirishadi. Ho’llanganda ham burmalarini saqlaydi. Nitronli gazlamalar ancha chuziluvchan va titiluvchan bo’ladi; 290-300 0S da to’ziydi.

Bichish paytida gazlamalarning kirishishi va titilishini hisobga olish kerak. Nitronli gazlamalarni flanel ustiga qo’yib dazmollash tavsiya qilinadi. Bunda harorat 150-160 0S bo’ladi23.



  1. Shoyi gazlamalar assortimenti.

Tolalarning tarkibi, tuzilishi va pardozlanishi jihatidan shoyi gazlamalar turli-tuman bo’ladi. SHoyi gazlamalar assortimentining 98 foizini kimyoviy tolalardan yigirilgan kalava va kompleks iplardan to’qilgan gazlamalar tashkil qiladi.

Savdo preyskuranti bo’yicha shoyi gazlamalar sakkiz guruhga bo’linadi, har bir guruh oltita kichik guruhchalardan iborat (3-jadval). SHoyi gazlama artikulining birinchi raqami guruh raqamini, ya’ni tola tarkibini, artikulning ikkinchi raqami kichik guruhchalar raqamini, ya’ni gazlamaning tuzilishi va nimaga ishlatilishini ko’rsatadi. Demak, ipakdan to’qilgan barcha gazlamalarda artikulning birinchi raqami 1, boshqa tolalar qo’shilgan ipakdan to’qilgan gazlamalarda 2, sun’iy iplardan to’qilgan gazlamalarda 3,boshqa tolalar qo’shilgan sun’iy iplardan to’qilgan gazlamalarda 4, sintetik iplardan to’qilgan gazlamalarda 5, boshqa tolalar qo’shilgan sintetik iplardan to’qilgan gazlamalarda 6 raqami bilan belgilanadi va hokazo. Jilvali gazlamalarda artikulning ikkinchi raqami gazlamalar (polotno, sarja, atlas o’rilishda to’qilgan gazlamalar)da 2, jakkard gazlamalarda 3 raqami bilan belgilanadi va hokazo. Artikulning uchinchi va keyingi raqamlari o’zgarishi mumkin. Ular gazlamaning kichik guruhcha chegarasidagi tartib raqamni bildiradi. Barcha shoyi gazlamalar artikuli besh raqamdan iborat bo’ladi. Oxirgi ikkita guruhni shtapel gazlamalar tashkil qiladi.



Shoyi gazlamalar assortimenti tez-tez o’zgarib turadi (4.6-rasm). Ulaming assortimenti elastik, hajmdor va profillangan sintetik iplar ishlatish (bunday iplar mustaqil ishlatiladi yoki tabiiy va sun’iy ipak bilan qo’shib ishlatiladi), o’rilish turlarini murakkablashtirish (yirik gulli murakkab o’rilishlarni keng qo’llash), shoyi gazlamalarni pardozlashning har xil usullari (gofre, tezoblash, gul bosish, harorat bilan ishlov berish) hisobiga kengayadi.

  1. -jadval


Guruh raqami

Kichik guruhcha (artikulning ikkinchi raqami)

Gazlama guruhi (artikulning ikkinchi raqami)




03

15

a

o3

N

o3

Й

o3

^ад

'S4

Ъ

+->

й

оЗ




Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish