М
оЗ
|
Boshqa tolalar qo’shidgan ipakdan to’qilgan gazlamalar
|
o3
15
a
o3
N
o3
ад
й
o3
^ад
134
Ъ
+->
й
аЗ
-о
U-
аЗ
U
ъ
GO
|
Й
аЗ
^ад
'о4
Ъ
+->
й
аЗ
-о
U-
аЗ
5-н
й £ Й 03
а я
сл
ъ
О4
$-н
03
15
о
+->
03
4 йЗ
сл
О
РР
|
$-н
оЗ
15
а
оЗ
тз
оЗ
ад
с
оЗ
^ад
'о4
Ъ
+->
с
оЗ
-о
$-н
оЗ
U
.S
|
Й
оЗ
-о
U-
оЗ
U
-2 * й СЗ
•« g й js
ад й
2 “
СЛ 5 Г-. CS
о ад
СГ ГЙ
5-н О4
О
+->
03
4 йЗ
сл
О
PQ
|
Й
оЗ
ад
^
сл 03
Ъ g
4 оЗ
Н N Й cd ад
й ■н й
&
' s-
2 о +-•
ей Й > ей
тз
§ а -н з
ей о 1й ^ О
Г-.
•Р й
ъ ^
Й
GO
|
Й
оЗ
ад
Гй Wn йЗ й
^ 15 & 1
ей ЬО
О Й +-• ей ей ад СЗ" ГЙ -Й ZT ел ^
О О
ей *3 ей
а ь
ей J5 "р ей
5-н
ей О
is
к/.
ГЙ Й .й
сл +->
.S
|
|
Krep
|
11001
|
21001
|
31001
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
|
Glad
|
12001
|
22001
|
32001
|
42001
|
52001
|
62001
|
72001
|
82001
|
|
Jakkard
|
13001
|
23001
|
33001
|
43001
|
-
|
63001
|
-
|
-
|
|
Tukli
|
14001
|
-
|
-
|
44001
|
-
|
64001
|
-
|
84001
|
|
Maxsus
|
15001
|
-
|
35001
|
45001
|
55001
|
65001
|
75001
|
-
|
|
Donali
buyumlar
gazlamasi
|
17001
|
27001
|
37001
|
47001
|
-
|
67001
|
77001
|
87001
|
Assortimentni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari: to’shamali, yaltiroq sirtli zich gazlamalar yaratish; sirtlari bir-biridan keskin farq qiladigan (bir tomoni silliq, yaltiroq, ikkinchi tomoni g’adir-budir yoki silliq, lekin xira) gazlamalar ishlab chiqarish; kuchli, shakldor pishitilgan va teksturlangan iplardan foydalanib,
eponj sirtli, shu jumladan, nafis gazlamalar yaratish; shtrix effektni va chala yigirilish effektini beradigan gazlamalar ishlab chiqarish.
4.6-rasm. Shoyi gazlamalar.
Chiroyli ko’ylakbop va ko’ylakbop-kostyumbop ishlab chiqarish uchun asetat yoki triasetat toladan olingan va iplar va yarqiroq metall iplar qo’shilgan teksturlangan iplar, profillangan kapron qo’shib pishitilgan triasetat ipakdan qilingan hajmdor iplar keng qo’llaniladi. Mayda gulli va yirik gulli o’rilishlarda to’qilgan, bir qatlamli va ko’p qatlamli, sidirg’a va guldor, yassi va hajmdor tuzilishli gazlamalar ishlab chiqariladi.
Astorlik gazlamalar assortimentida viskoza, asetat, viskoza-asetat iplardan atlas o’rilishida, shuningdek mayda gulli va har xil yirik gulli o’rilishlarda to’qilgan gazlamalar ishlab chiqarish kengaymoqda.
Plashbop gazlamalar assortimenti gul bosilgan gazlamalar, shtapel lavsan- viskoza yoki viskoza-kapron aralashtirib yigirilgan kalava ipdan polotno o’rilishda to’qilgan rezinalangan gazlamalar, o’ngiga plenka qoplangan gazlamalar bilan to’ldirilmoqda. Sof viskoza va aralash kalava ip: triasetat-viskoza, triasetat- viskoza-kapron kabi tolalardan yigirilgan kalava ipdan to’qilgan shtapel gazlamalar ishlab chiqarishi kengaymoqda.
Ipakdan to’qilgan gazlamalar. Ipak gazlamalar ko’pincha yo’g’onligi 1,5
2,3 teksli ingichka xom ipakdan, pishitilgan tabiiy ipak va ba’zi gazlamalarning ipak kalava ipdan polotno o’rilishda to’qiladi. Tabiiy krep gazlamalar ishlab chiqarishda gazlamalarda mayda naqshli sirt hosil qiladigan ipak - krep ishlatiladi. 1m2 eng yupqa gazlamalarning vazni 14 - 22g, 1m2 gazlamaning o’rtacha vazni 50
60g.
Tabiiy shoyi gazlamalar asosan sidirg’a yoki gul bosilgan tarzda ishlab chiqariladi, nisbiy zichligi uncha katta bo’lmaydi. Ayollar ko’ylaklari va murakkab modeli bluzkalar tikish uchun ishlatiladi.
Preyskurant bo’yicha tabiiy shoyi gazlamalar gruppasi krep, glad, jakkard, turli va maxsus kichik gruppalarga bo’linadi.
Tabiiy ipakdan to’qilgan gazlamalar osongina cho’zilishi, qiyshayishi va titilishi tufayli ularni tikuvchilikda ishlatish ancha qiyin. Shoyi gazlamalarning sirti silliq bo’lganidan taxlamdagi qatlamlar sirpanib ketaveradi va bichishni qiyinlashtiradi. Bunday gazlamalarni tikishda 75 - 85 nomerli ignalar, 80 - 100 nomerli paxta iplar 1ki 65-nomerli ipak ishlatish tavsiya etiladi. Gazlamalarning o’ng sirtiga doimo ipak ishlatiladi. Krep gazlamalar eng ko’p ishlatiladi.
Krepdeshin - sidirg’a yoki gul bosilgan yupqa mos gazlama, sirti mayda donli, tandasiga xom ipak ishlatilganidan o’ziga xos tovlanib turadi. Polotno o’rilishda krep effekti arqoqda o’ng va chap kreplarning galma-gal kelishidan hosil bo’ladi. Eni 90 va 95sm, 1m2 gazlamaning vazni 55 - 67g. Krepdeshin art. 11010 ning eni 149sm.
Krep - shifon yupqa, engil, shaffof, sutrang, sidirg’a ipak - krep ishlatib, polotno o’rilishda to’qiladi. Eni 90 - 95 va 105sm, 1m2 gazlamaning vazni 25 - 35g.
Krep - jojet - krep - shifonga qaraganda bir oz zichroq, qalinroq va noshaffofroq gazlama. Yo’g’ onroq krepdan polotno o’rilishda to’qiladi. Eni 95sm, 1m2 gazlamaning vazni 67g.
Glad kichik gruppasidagi gazlamalar ichidan shoyi - polotno eng keng tarqalgan. Tandasiga xom ipak, arqog’ iga bo’sh pishitilgan ipak ishlatib, tual (1m2 ning vazni 52g) va fulyar (33g) ishlab chiqariladi.
Shoyi - polotno - xom (sarg’ ish) yoki guldor gazlama: tandasi va arqog’ iga ipak kalava ip ishlatib, polotno o’rilishda to’qiladi. Zich va noshaffof gazlama bo’lib, tashqi ko’rinishi va naqshining xarakteriga ko’ra ba’zan shtapel polotnolarga o’xshaydi, lekin kamroq g’ijimlanadi. Jakkard gazlamalar jumlasiga bezak gazlamalar kiradi24.
4.7-rasm. Atlas
4.8.-rasm. Shoyi
Tukli gazlamalar jumlasiga baxmal kiradi. U ipak kalava ipdan tukli o’rilishda to’qiladi. Tuklaming bo’yi 1 - 2 mm, gazlamaning eni 70, 90, 135 sm, 1m2 gazlamaning vazni 190g. Baxmal tikuvchilikda eng qiynaydigan gazlama, u aniq bichishni va ehtiyot bo’lib tikishni talab qiladi. Baxmalga namlik- issiqlik ishlov berishda kardolentadan foydalanish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: