«materialshunoslik»



Download 4,24 Mb.
bet61/120
Sana29.12.2021
Hajmi4,24 Mb.
#79439
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   120
Bog'liq
Oy

Ko’ylaklik gazlamalar. Ko’ylaklik kamvol gazlamalar engil bo’ladi, o’rilish naqshi aniq bilinib turadi, ular 15-31 teksli ikka kalava ipdan va ikki qavatli 15 teksli va ikki qavatli 31 teksli pishitilgan kalava ipdan silliq, mayda gulli va yirik gulli o’rilishlarda to’qiladi. Sidirg’a, guldor va ba’zan melanj ko’rinishda ishlab chitqariladi. Gul bosilgan ko’ylaklik gazlamalar ishlab chiqarish yildan- yilga oshmoqda. Ko’ylaklik gazlamalarning nisbiy zichligi 50-60 foiz, 1 kv. m gazlamaning vazni 150-250 g, eni 75, 90, 100, 106, 142, 152 sm. Ko’ylakbop gazlamalarni tikish uncha qiyin emas, lekin bir oz titiluvchan, ularni tikishda 90-­100 raqamli ignalar, 50-60- raqamli g’altak iplar ishlatiladi. Ko’ylakbop sof jun gazlamalarga kreplar, «Jemchug», «Novost» gazlamalari va boshqa gazlamalar kiradi. Ko’ylakbop gazlamalarning yangi assortimentiga elastik, mayin gazlamalar kiradi. Ko’ylaklik gazlamalarning yangi assortimentiga elastik, mayin gazlamalar kiradi.

Jilvali gazlamalar - sidirg’a yoki guldor, qayishqoq gazlamalar, Jilvali gazlamalar gazlamalar uchun ishlatiladigan kalava ipdan mayda donador sirtli qilib gazlama to’qiladi. Turli jilvali o’rilishlarda to’qiladi; nisbiy zichligi unchalik kata emas; eni 90, 106, 142, 152 santimetr, 1 kv. m. gazlamaning vazni 194-220 goramm. CHo’ziluvchanligi va kirishuvchanligi tufayli jilvali jun gazlamalarni tikuvchilikda ishlatish qiyin. Quyida ko’ylakubop gazlamalarning xillari keltiriladi.

«Jemchug» - pishitilgan kalava ipdan mayda gulli o’rilishda to’qilgan, sidirg’a bo’yalgan gazlama bo’lib, uning eni 142 santimetr, 1 kv. m. gazlamaning vazni 228 gramm.

«Novost» jilvali jun gazlama kalava ipining xili va sirtqi zichligi jihatidan «Jemchug» gazlamasiga o’xshaydi, lekin yirik gulli o’rilishda to’qiladi.

«Iraida» jilvali jun gazlama sidirg’a bo’yalgan, yirik gulli o’rilishdagi gazlama bo’lib, uning tandasi pishitilgan kalava ipdan, arqog’i yakka kalava ipdan to’qiladi. Mazkur gazlamaning eni 142 santimetr, 1 kv. m gazlamaning vazni 216 gramm.

«Turayda» jun gazlamasi sidirg’a bo’yalgan, yirik gulli o’rilishda to’qilgan, gullari yirik romb shaklidagi gazlamadir. Uning tandasi va arqog’iga

ikki qavatli 25 teksli pishitilgan kalava ipdan ishlatiladi. Eni 152 santimetr, 1 kv. metrining vazni 245 gramm.

«Lade» jun gazlamasi sidirg’a bo’yalgan, siyrak, yupqa, polotno o’rilishidagi gazlamadir. Uning har xil chiziqiy zichlikdagi kalava iplardan 5 millimetr kvadrat o’lchamli katak hosil qilingan holda ishlab chiqariladi. Uning eni 142 santimetr, 1 kv. metrining vazni 156 gramm.

«Ladoga» jun gazlamasi sidirg’a bo’yalgan, Mayin tuzilishdagi, jilvali effektli mayda naqshli o’rilishda to’qiladigan gazlama bo’lib, tandasi va arqog’iga ikki qavatli 25 teksli kalava ip ishlatiladi. Uning eni 142 santimetr, 1 kv metrining vazni 230 gramm.

«Marevo» gazlamasi, sidirg’a bo’yalgan, mayin, yarim shaffof galma-gal keladigan bo’ylama, bo’rtma yo’llari bo’lgan aralash o’rilishdagi gazlama bo’lib, uning tandasi va arqog’iga ikki qavatli 22 teksli kalava ip ishlatilgan. Uning eni 1424 sentimetr, 1 kv. m. gazlamaning vazni 170 gramm.

«Keriya» gazlamasi sidirg’a bo’yalgan, siyrak, shaffof uyasimon rasmli mayda gulli o’rilishdagi gazlama, tandasi va arqog’iga ikki qavatli 25 teksli kalava ip ishlatilgan, uning eni 142 santimetr, 1 kv. m. gazlamaning vazni 214 gramm.

Ko’ylak va kostyumlar tikish uchun ishlatiladigan «Fantaziya» jakkard gazlamasi sidirg’a bo’yalgan, qalin va yirik gulli o’rilishdagi gazlama. Tandasiga ikki qavatli 19,2 teksli pishitilgan kalava ip, arqog’iga 31 teksli yakka kalava ip ishlatiladi. Uning eni 142 santimetr, 1 kv. m. gazlamaning vazni 248 gramm.

Ko’ylakbop va kostyumbop «Vega» gazlamasi, sidirg’a bo’yala, qalin tuzilishdagi va jilvali o’rilishdagi gazlama bo’lib, uning tandasiga va arqog’iga ikki qavatli 22 teksli pishitilgan kalava ip ishlatiladi. Eni 142 santimetr, 1 kv. m. gazlamaning vazni 228 gramm.

Ko’ylakli yarim jun gazlamalar tuzilishi va bo’yalishi jihatidan turli-tuman bo’ladi. Aralash junli kalava ip va ximiyaviy kompleks iplar ko’shib pishitilgan kalava ipdan to’kiladi. Junning miqdori 18-80 foiz. Bu guruxdagi ko’pgina gazlamalar tarkibida 20-50 foiz lavsan bo’ladi. Nitron (50 foiz) ko’shib to’kimlgan gazlamalar ham ishlab chikariladi.

Kashemirlar - eng tipik yarim jun ko’ylakli gazlamalar. Ular sidirg’a, mayin bo’ladi, sarja o’rilishda to’kiladi. Maktab formasi tikish uchun ishl atiladi. Tarkibida qancha jun borligiga va enining o’lchamiga qarab kashemirlar «Shkolnaya», «Shkolbnisa», «Pervoklassnisa» deb ataladi.

«Lyuks» gazlamasi ko’p yillardan beri ishlab chiqariladi; mayda gulli o’rilishda to’kilgan; sidirg’a tarkibida 70 foiz jun va 30 foiz shtapel viskoza tola bo’ladi. Eni 142 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni 271 gramm.

«Skaydrite» gazlamasi «Lyuks» gazlamasiga o’xshaydi, ammo eni 152 sm.

«Paxra» - yupqa, yarim shaffof, mayda gulli o’rilishdagi xom (sarg’ish) gazlama. Zichroq joylashgan kalava iplari sezilar-sezilmas katak hosil qiladi. Tarkibida 40 foiz jun, 45 foiz nitron va 15 foiz kapron bor. Tandasi va arqog’iga 28 teksli yakka kalava ip ishlatilgan. 1 kv. m. gazlamaning vazni 151 gramm.

«Oka» gazlamasi kalava ipining xili va tola tarkibi jihatidan «Paxra» gazlamasiga o’xshaydi, sidirg’a bo’yalgan, aralash o’rilishli, teskarisida bo’rtma diagonal yo’llar bor. 1kv. m. gazlamaning vazni 182 gramm.

«Ruza» gazlamasi tarkibi va qalinligi jihatidan «Paxra» gazlamasiga o’xshaydi; polotno o’rilishda to’kilgan lekin tandasi va arqog’iga har xil nomerli va buramli kalava iplar ishlatilganligi uchun mayda gulli o’rilish effektini beradi. 1 kv. m. gazlamaning vazni 155 gramm.

«Studencheskaya» - guldor gazlama; 16,6 teksli viskoza iplar ishlatilganligi uchun jilvali va yaltiroq; mayda gulli o’rilishda to’qilgan. Tarkibida 33 foiz jun bor; 1kv. m. gazlamaning vazni 170 gramm.

«Tamara» - sidirg’a bo’yalgan, sirti mayda donli, krep o’rilishdagi gazlama. Tarkibida jun (43 foiz) Xamda nitron va kapron bor; 1kv. m. gazlamaning vazni 197 gramm.

«Parusa» - sidirg’a bo’yalgan, to’lqin simon bo’rtma yo’llari bo’lgan mayda gulli o’rilishdagi gazlama. Tarkibi jihatidan «Tamara» gazlamasiga o’xshaydi; 1 kv. m. gazlamaning vazni 221 gramm.

Hozir tarkibida 50 foiz jun va 50 foiz nitron bo’lgan har xil ko’ylaklik gazlamalar ishlab chiqarilmoqda. Bular har xil guldor, yorqin va mayin ranglarga bo’yalgan, 25-28 teksli yakka yoki pishitilgan kalava ipdan polotno, krep hamda har xil mayda gulli bo’ylama ko’ndalang o’rilishlarda to’qiladigan, sirtqi zichligi 130-197 gramm/kv. m. va eni 152 sm. bo’lgan gazlamalardir.

Quyida shu assortimentdagi eng tipik gazlamalarning xarakteristikasi keltirilgan.

«Proxlada» - yupqa, Mayin, polotno o’rilishli, katak-katak gulli gazlama. Tandasi va arqog’iga ikki qavatli 22 teksli kalava ip ishlatilgan. 1 kv. m. gazlamaning vazni 130 gramm.

«Yashma» gazlamasi «Proxlada» gazlamasiga o’xshaydi, lekin mayda gulli o’rilishda to’qilgan. 1 kv.m. gazlamaning vazni 187 gramm.

«Mechta» gazlamasi «Proxlada» gazlamasiga o’xshaydi, lekin sidirg’a bo’yalgan. 1 kv. m. gazlamaning vazni 143 gramm.

«Borovinka» - mayin, yupqa, sarja o’rilishli, katak-katak gulli gazlama. Gazlamaning chiziqli to’ldirilganligi 70-80 foiz. 1 kv. m. gazlamaning vazni 181 gramm.

«Paxta» - guldor, yupqa, mayin, mayda gulli murakkab o’rilishli, bir- biridan 15 mm oraliqda joylashgan rangli bo’rtma yo’llari bor gazlama. 1 kv. m. gazlamaning vazni 203 gramm.

Ko’ylaklik shakldor galama - ko’p rangli tugunli kalava iplardan hosil qilingan yirik katakli guldor gazlama. Tarkibida jundan tashqari, nitron, kapron va viskoza tolalar bor. 1 kv. m. gazlamaning vazni 260 gramm.

Tarkibida 60 foiz jun va 40 foiz lavsan bo’lgan ikki qavatli 25 teksli kalava ipdan mayda gulli o’rilishda katak-katak yoki yo’l-yo’l gulli ko’ylaklik «Raduga» va yirik gulli o’rilishda bo’ylama nakshli «Liena» gazlamalari to’qiladi.




Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish