Kiyimlik gazlamalar. Kiyimlik gazlamalar guruhiga kostyumlar, plaщlar, kurtkalar, palto, maxsus kiyimlar tikish uchun mo’ljallangan gazlamalar kiradi. Kiyimlik gazlamalar nisbiy zichligi 60 dan 100 foizgacha va bundan yuqori bo’lgan karda usulida yigirilgan kalava ipi va qayta tarash usulida yigirilgan kalava ipdan to’qiladi, 1 kv. m gazlamaning vazni 250-300 g. Kiyimlik gazlamalar viskoza, kapron va shtapel tolalar aralashtirib ham to’qiladi. Pishiq strukturali, bir oz cho’rziluvchan bo’lgani uchun kiyimlik gazlamalarni bichish, tikish va dazmollash uncha qiyin emas. Bunday gazlamalardan buyumlar tikishda 100-120- nomerli ignalar, 40-50-nomerli g’altak iplar ishlatish tavsiya qilinadi.
Preykurantga ko’ra, kiyimlik gazlamalar beshta kichik guruhga: sidirg’a, maxsus, gul bosilgan, melanj-guldor, qishki guruhlarga bo’linadi. Gul bosilgan gazlamalar kichik guruhiga faqat bir xil gazlama -mayda gulli o’rilishni eslatadigan naqshli moleskin kiradi. Maxsus kiyimlar va buyumlar tikish uchun ishlatiladigan gazlamalar maxsus gazlamalar kichik guruhini tashkil qiladi.
Sidirg’a gazlamalarning xili ko’p, to’q va och rangga bo’yaladi karda va qayta tarash usullarida yigirilgan kalava ipdan polotno, sarja, satin va mayda gulli o’rilishlarda to’qiladi. Plashlik va paltolik gazlamalar sidirg’a gazlamalar assortimentini kengaytiradi.
Reps- polotno o’rilishli, zich, dag’al gazlama, tandasining ancha zichligi va arqog’iga ancha yo’g’on kalava ip ishlatilishi tufayli unda ko’ndalang yo’llar hosil bo’ladi. Tarkibi 100 foiz paxtadan iborat bo’lgan repslar va tuzishga chidamliligini oshirish uchun 15 foiz shtapel kapron aralashtirib to’qilgan repslar ishlab chiqariladi. Tikish paytida repsda o’yiqlar hosil bo’lishi mumkin.
Diagonal - pishitilmagan karda usilida yigirilgan kalava ipidan sarja o’rilishda to’qilgan gazlama, eni 63 sm, 1 kv. m gazlamaning vazni 240-290 g.
Telogreykalar, gimnastyorkalar, maxsus kiyimlar va hokazolar tikish uchun ishlatiladi. Bir oz titiluvchan, «qiyshiq ip» bo’yicha ancha cho’ziluvchan, tanda bo’yicha 6 foizgacha kirishadi.
Kiyimlik «Safari» gazlamasi - sidirg’a bo’yalgan, zich, yupqa, soxta reps o’rilishidagi gazlama. Tandasi ikki qavatli 15,4 teksli pishitilgan kalava ipdan, arqog’i 42 teksli yakka kalava ipdan to’qiladi, eni 95 sm, 1 kv. m gazlamaning vazni 205 g. Ayollar ko’ylagi, sarafan, yubka, kombinezonlar tikish uchun ishlatiladi.
Plashlik gazlamalar asosan qayta tarash usulida yigirilgan pishitilgan kalava ipdan polotno, sarja va mayda gulli o’rilishlarda tuqiladi. Nisbiy zichligi katta, suv yuqtirmaydigan eritma shimdirilgan, 1 kv. m gazlamaning vazni 185300 g. Tarkibida 33 foiz polinoz tolalar va 67 foiz paxta bo’lgan diagonal yoki krep o’rilishda tuqiladigan yangi plashlik gazlamalar ishlab chiqarilmoqda. Tanda va arqog’iga ikki qavatli 15,3 teksli pishitilgan kalava ip ishlatiladi, eni 80 sm, 1 kv. m gazlamaning vazni 248-282 g. Tikish paytida o’yiqlar hosil bo’ladi.
Moleskin - karda usulida yigirilgan kalava ipidan kuchaytirilgan satin o’rilishida to’qiladi. Arqoq bo’yicha nisbiy zichligi katta, ancha zichligi, o’ng sirtining silliqligi va merserizasiyalanganligi tufayli moleskin to’zishga ancha chidamli, uncha kirishmaydi (1-2 foiz).
Satin-triko aralash o’rilishda tuqiladi, tanda bo’yicha nisbiy zichligi 115 foizgacha, unda qo’shaloq qiyshiq yo’llar bo’ladi. Maxsus kiyimlar tikish va shinellarga astarlik uchun ishlatiladi.
Paltolik gazlamalar - zich, og’ir gazlamalar, tanda va arqog’i ikki qavatli 18,5 teksli karda usulida yigirilgan kalava ipidan qilinadi. Murakkab o’rilishda «archasimon» naqshli yoki tangachalar ko’rinishidagi relefli naqshli qilib to’qiladi, eni 68-79 sm, 1 kv. m gazlamaning vazni 289-332 g.
Melanj-guldor gazlamalar - kiyimlik gazlamalar assortimenti ichida eng sifatli va qimmatbaho gazlamalar.
Triko-bo’yalishi va o’rilishi jixatidan (bo’ylama yo’l-yo’l, «archasimon» va boshqa aralash o’rilishli) turli-tuman bo’lgan gazlamalar. Pishitilgan karda usulida yigirilgan va yakka kalava ipdan to’qiladi, jun trikoga o’xshaydi, eni 69 - 148 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni 200 - 350 g. Cholvorlik melanj diagonal - zich va og’ir gazlama, diagonal o’rilishda bo’rtma qiya yo’lli qilib to’qiladi, 1 kv. m gazlamaning vazni 380 g.
Koverkot- o’ziga xos gulli zich gazlama. Tandasiga ikki rangli pishitilgan kalava ip, arqog’iga bir xil rangli yakka kalava ip ishlatilib, diagonal o’rilishda to’qiladi. Suv yuqtirmaydigan eritma shimdirilgan koverkotlar plashlar tikish uchun ishlatiladi.
Jinsilik gazlamalar faqat paxtadan yoki paxtaga lavsan aralashtirib to’qiladi.
Jinsilik melanj gazlama «Vostok» urchuqsiz yigirish mashinalarida tayyorlangan, sidirg’a bo’yalgan 60 teksli tanda va 50 teksli xom arqoq kalava ipidan sarja o’rilishda to’qiladi, eni 90 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni 340 g.
Jinsilik gazlama «Sport» - urchuqsiz yigirish mashinalarida tayyorlangan 50 teksli tanda va arqoq kalava ipidan sarja o’rilishda to’qiladigan qalin xom gazlama, eni 90 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni 282 g.
Paxta-lavsanli jinsilik melanj gazlama «E r a» - qalin, qattiq, mayda gulli o’rilishdagi gazlama, tandasi va arqog’i 33 foiz lavsan tolasi aralashtirilgan 20 teksli kalava ipdan to’qiladi. Uncha yuvilib ketmaydigan juda qattiq yoki o’rtacha qattiqlikdagi appret bilan appretlangan, eni 90 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni 290g.
Paxta-lavsanli jinsilik gazlama «Anapa» yupqa, zich, xom gazlama. Tandasi mayda diagonal yo’lli sarja o’rilishda to’qilgan. Tanda va arqog’iga urchuqsiz yigirish mashinalarida yigirilgan, tarkibida 33 foiz lavsan tolasi bo’lgan 42 teksli kalava ip ishlatilgan, eni 105 sm, 1 kv. m gazlamaning vazni 248 g.
Paxta-lavsanli jinsilik gazlama «Primore» - qalin xom gazlama, sarja yo’llari yaxshi bilinib turadi. Tanda va arqog’iga tarkibida 25 foiz lavsan tolasi bo’lgan 50 teksli kalava ip ishlatilgan, eni 150 sm, 1kv. m gazlamaning vazni
280g.
Paxta-lavsanli jinsilik gazlama «Albena», «Primore» gazlamasiga o’xshaydi, lekin katak-katak gulli qilib ishlab chiqariladi.
Paxta-lavsanli jinsilik gazlama «Novorossiyskaya» ham «Primore» gazlamasiga o’xshaydi, lekin tandasi sidirg’a bo’yalgan kalava ipdan, arqog’i xom ipdan mayda gulli o’rilishda to’qiladi.
Paxta-lavsanli bolalarbop jinsilik gazlama «Filippok» tuzilishi va bo’yalishi jihatidan «Novorossiyskaya» gazlamasiga o’xshaydi, sarja o’rilishida to’qiladi 1 kv. m. gazlamaning vazni 260 g.
Paxta-lavsanli jinsilik gazlama «Azovskaya» - qalin, sarja o’rilishli gazlama. Tandasiga ikki qavatli 25 teksli pishitilgan kalava ip, arqog’iga 50 teksli yakka kalava ip ishlatiladi, uning tarkibiga 25 foiz lavsan aralashtirilgan, eni 150 sm, 1 kv. m gazlamaning vazni 295 g.
Paxta-lavsanli kostyumbop Fulerovkali gazlamalar - sidirg’a bo’yalgan, o’ngiga tuklar chiqarilgan, o’ziga xos bo’rtma yo’lli, sarja o’rilishli qalin gazlamalardir. Tarkibida 33 foiz lavsan tolasi bo’lgan yakka kalava ipdan to’qiladi, eni 150 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni 285 g.
Qishki gazlamalar yo’g’on va o’rtacha yo’g’onlikdagi karda usilida yigirilgan kalava ipidan kuchaytirilgan satin o’rilishda to’qiladi. Arqog’i bo’yicha nisbiy zichligi katta bo’ladi. Pardozlash jarayonida tarab tuk chiqariladi, natijada o’ng sirtida qalin, tekis tuklar paydo bo’ladi. Chang’ichilar kostyumlari va kurtkalar tikish uchun ishlatiladi. Qishki gazlamalarni bichishda tukining yo’nalishini hisobga olish kerak. Bunday gazlamalar bir oz titiluvchan, nisbiy zichligi katta bo’lgani uchun tikish paytida o’yilishi mumkin. Qishki gazlamalar jumlasiga movut, zamsha va velvetonlar kiradi.
Movut - qishki gazlamalar ichida eng yupqa va bo’sh gazlama, melanj va sidirg’a xillari bo’ladi.
3amsha - sidirg’a, qishki gazlamalar ichida eng zich, sifatli va og’ir gazlama. Tuklari qo’yuq, tabiiy zamshaga o’xshaydi, 1 kv. m gazlamaning vazni 415 g.
Velveton - sidirg’a gazlama, zichligi jixatidan zamshadan bir oz keyinroq
turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |